{"id":22865,"date":"2022-03-29T13:09:05","date_gmt":"2022-03-29T10:09:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22865"},"modified":"2022-03-29T13:09:06","modified_gmt":"2022-03-29T10:09:06","slug":"boliviya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boliviya-2\/","title":{"rendered":"Boliviya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Boliviya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Sukre (rasmiy hukumat joylashgan shahar La Pas). Hududi \u2014 1098581 km.kv. Aholisi \u2013 10 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katoliklar (95%), protestanlar (5%). Pul birligi \u2014 boliviano.\u00a0 \u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubiy Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Boliviya shimolda va sharqda Braziliya, janubi sharq\u00adda \u2014 Paragvay, g\u2019arbda \u2014 Chili va Peru, janubda Argen\u00adtina davlatlari bilan chegaradosh. Boliviyaning janubi g\u2019arbi And tog\u2019larida joylashgan. Ikkiga ajralgan tog\u2018 tiz- masi G\u2019arbiy va Sharqiy tog\u2019 tizmalariga ajralgan bo\u2019lib, ularning orasida dengiz sathidan 4000 m balandlikda joy\u00adlashgan Puna yassi tog\u2018ligi joylashgan. G\u2019arbda yassi tog\u2019lar, so\u2019ngan vulqonlar zanjiri. Shu yerda dunyodagi eng sirli tog\u2019 ko\u2019li Titikaka joylashgan. Sharqda And tog\u2019larining eng yuqori cho\u2019qqilari Illimani (6682 m), Ankouma (6550 m), Illampu (6485 m) joylashgan. Iqlimi \u2014 tropik, subekvatorial. Asosiy daryolari: Benin Mamorye, Desaguadero, Madeyra (Amazonka- ning yirik irmog\u2019i). Boliviyada ko\u2019llar ko\u2019p bo\u2019lib, ularning orasida Titikaka va Poopo eng kattalari hisoblanadi. Boliviyada foydali qazilmalardan qalayi, rux, kumush, oltin, mis, qo\u2019rg\u2019oshin, volfram, surma, tabiiy gaz, neft zaxiralari mavjud. Sudralib yuruvchi hayvonlar, qushlar va hasharotlar ham keng tarqalgan.\u00a0 \u00a0Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat va hukumat boshlig\u2019i \u2014 prezident. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat Vazirlar Mahkamasiga ham tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali, Senatorlar va Deputatlar palatasidan iborat \u2014 Milliy Kongress tamonidan amalga oshiriladi. Boliviya 9 de- partamentdan iborat respublika. Siyosiy partiyalari: Milliy inqilobiy harakat, So\u2019l inqilobiy harakat, Milliy demokratik faoliyat, \u00abBirdamlik\u00bb fuqarolik ittifoqi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Boliviya tabiiy resurslarga boy bo\u2019lishiga qaramasdan, Lotin Amerikasidagi iqtisodiy jihatdan eng qoloq mamlakatlardan biri. Asosiy sanoat tarmoqlari \u2014 tog\u2018- kon va tabiiy gaz qazib olish. Qalay, volfram, surma, rangli metallarni qazib olish bo\u2018yicha Boliviya dunyoda birinchi o\u2019rinlardan birida turadi. Neftni qayta ishlash, metallga ishlov berish, to\u2018qimachilik sanoati, shu- ningdek, tamaki va oziq-ovqat ishlab chiqarish rivoj- langan. Madaniy o\u2018simliklardan kartoshka, sholi, boshoqlilar, shakarqamish, qahva o\u2018stiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Argentina, Braziliya, Peru, Chili, Yaponiya, YI mamlakatlari. Avtomobil va temiryo\u2018llardan tashqari ichki suv yo\u2018llari ham mavjud.&nbsp; &nbsp;Tarixi.&nbsp;Titikaka ko\u2018lining janubida qadimda inklargacha bo\u2018lgan davrda Tiaxuanako davlati mavjud bo\u2018lgan. Bu davlat X asrgacha gullab-yashnagan. XIII asrda davlatni aymora hindulari, keyinchalik zamonaviy Boliviya hududini inklar ishg\u2018ol qildi. XVI asrda ispanlar bosib olib, Boliviya Peru vitse-qirolligi tarkibiga kirdi. 1825-yilda mustaqillik uchun kurash rahbari Simon Bolivar qo\u2018shinlari ispanlar ustidan g\u2018alaba qozondi. 1964-yilda harbiy to\u2018ntarish amalga oshirildi. Harbiy xunta bilan kurashish uchun inqilobiy harakat tashkil etilib, unga Ernesto Che Gevara boshchilik qildi. Mamlakatda bir necha marotaba davlat to\u2019ntarilishlari boiib o\u2018tadi va 1982-yildagina hokimiyatni demokratik hukumat egallaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Boliviya Respublikasi. Poytaxti \u2014 Sukre (rasmiy hukumat joylashgan shahar La Pas). Hududi \u2014 1098581 km.kv. Aholisi \u2013 10 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/boliviya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[177],"tags":[],"class_list":["post-22865","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-janubiy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22865","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22865"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22865\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22877,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22865\/revisions\/22877"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22865"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22865"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22865"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}