{"id":22867,"date":"2022-03-29T13:09:31","date_gmt":"2022-03-29T10:09:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22867"},"modified":"2022-03-29T13:09:31","modified_gmt":"2022-03-29T10:09:31","slug":"venesuela","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/venesuela\/","title":{"rendered":"Venesuela"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Venesuela Respublikasi. Poytaxti \u2014 Karakas. Hududi \u2014 912100 km2. Aholisi \u2013 27 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 bolivar.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubiy Amerikadagi davlat. Janubda \u2014 Braziliya, g\u2018arbda va janubi g\u2018arbda \u2014 Kolumbiya, sharqda Gayana davlatlari bilan chegaradosh. Shimoliy qirg\u2018oqlari Karib dengizi va Atlantika okeani bilan tutashgan. Mamlakatning shimoli va shimoli g\u2018arbida Karib Andlari tog\u2018 zanjirining Siyerra-de-Perixa, Kordilyera-de-Merida tizmalari joy\u00adlashgan. Venesuelaning eng yuqori nuqtasi \u2014 Bolivar cho\u2018qqisi (5007 m). Mamlakat markazida Orinoko pastligi, janubi sharqda Gviana tekis tog\u2018liklari joylash\u00adgan. Tog\u2018 tizmalari orasida botiqlar va cho\u2018kmalar ko\u2018p bo\u2018lib, u yerlarda koilar hosil bo\u2018lgan. Yirik ko`llari \u2014 Marakaybo va Valensiya. Iqlimi \u2014 subekvatorial. Asosiy daryosi \u2014 Orinoko irmoqlari bilan. Mamlakat neft, tabiiy gaz, temir rudasi, olmos, oltin, kumush, mis, rux, titan, marganes zaxiralariga ega. Venesuelaning doimiy yashil o\u2018rmonlarida qimmatbaho daraxt turlari mavjud. Hayvonot dunyosida maymun, ayiq, yalqov, chumolixo\u2018rlami uchratish mumkin.\u00a0 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Ijro etuvchi hokimiyat Ministrlar Kengashiga ham tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 ikki palatali, Senat va Deputatlar palatasidan tashkil topgan \u2014 Milliy Kongressdan iborat. Har bir shtatning o\u2018z qonun chiqaruv\u00adchi yig\u2018ini mavjud. Venesuela \u2014 respublika, 22 ta shtatga bo\u2018lingan. Siyosiy partiyalari: Demokratik faoliyat, Sotsial-xristian partiyasi, Milliy birdamlik.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Iqtisodi va transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Mamlakat iqtisodining asosini neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Neft qazib olishdan keladigan foyda davlat budjetiga tushadigan daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Quyidagi sanoat sohalari rivojlan\u00adgan; temir rudasini qazib olish, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, to\u2018qimachilik, oziq-ovqat, avtomobilsozlik. Makkajo\u2019xori, dukkaklilar, shakar- qamish, sholi, sorgo, kartoshka, sabzavotlar, qahva, banan yetishtiriladi. Chorvachilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash ham keng yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Braziliya, Kolumbiya, Yaponiya, Italiya, Germaniya.&nbsp; &nbsp;Tarixi.&nbsp;1498-yilda X. Kolumb hozirgi Venesuela yerlarini kashf qildi. XVI asrdan boshlab ispanlar mamlakatni mustamlaka qila boshlaydi. 1567-yilda mamlakat poytaxti Karakasga asos solindi. XVIII asr\u00adning birinchi yarmida Venesuela lspaniya vitse-qirolligining tarkibiy qismiga aylandi. XIX asr boshlaridan mustaqillik uchun kurash boshlandi. Mustaqillik uchun kurashga Simon Bolivar rahbarlik qildi. Bir qator g\u2018alabalar va mag\u2019lubiyatlardan so\u2018ng, Venesuela to\u2018la mustaqillikni 1830-yilda qo\u2018lga kiritdi. XX asrning o\u2018rtalarigacha mamlakatda harbiy to\u2018ntarishlar va inqiloblar bo\u2018lib turdi. 1958-yildagina mamlakatda fuqarolik demokratiyasi o\u2018rnatildi. Mamlakat iqtisodi neft eksporti hisobiga tez sur\u2019atlar bilan rivojlandi. 1974-yilda neft sanoati milliylashtirildi. 1980-yillarning o\u2018rtalarida mamlakatda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlanib, ommaviy namoyishlarga, ish tashlashlarga olib keldi. 90-yillarda bir qator harbiy to\u2018ntarishlami amalga oshirish uchun harakatlar bo\u2018lib, ularning barchasi hukumat qo\u2019shinlari tomonidan bostirildi. Bir kunda &nbsp;3 mln barrel neft qazib oladigan Venesuela prezidenti Ugo Chaves AQSH bilan keskin munosabatda bo\u2018lishiga qaramay neft yetkazib berish shartnomasi uzluksiz bajarilib kelingan (Venesuela nefti AQSH neft importining 15% tashkil qiladi). 2006-yil 12 martda Venesuela parlamenti davlat bayrog\u2018iga sakkizinchi yulduzni qo\u2018shish haqidagi qarorni qabul qildi (XIX asrning boshida Guayana viloyati qo\u2018shilganligini ifodalovchi sakkizinchi yulduzni qo\u2018shish 1817-yilda Simon Bolivar tomonidan taklif etilgan edi).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Venesuela Respublikasi. Poytaxti \u2014 Karakas. Hududi \u2014 912100 km2. Aholisi \u2013 27 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pul birligi \u2014 bolivar.\u00a0 Geografik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/venesuela\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[177],"tags":[],"class_list":["post-22867","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-janubiy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22867","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22867"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22867\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22879,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22867\/revisions\/22879"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22867"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22867"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22867"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}