{"id":22871,"date":"2022-03-29T13:10:22","date_gmt":"2022-03-29T10:10:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22871"},"modified":"2022-03-29T13:10:23","modified_gmt":"2022-03-29T10:10:23","slug":"paragvay","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paragvay\/","title":{"rendered":"Paragvay"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Paragvay Respublikasi. Poytaxti \u2014 Asunson. Hududi \u2013 406,8 ming km.kv. Aholisi \u2013 6 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili ispan. Dini \u2014 katoliklar (90%), protestantlar (5%). Pul birligi \u2014 guarani.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubiy Amerikaning markaziy qismidagi davlat. Janubda va janu\u00adbi g\u2018arbda Argentina (chegara uzunligi 1880 km), shimol- da va shimoli g\u2018arbda Boliviya (1290 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi \u2014 3920 km. Mamlakat hududi asosan tekisliklardan iborat. Asosiy daryosi Paragvay mamlakatni ikki qismga ajratib turadi. Sharqiy hududlari o\u2018rmonzor tepaliklardan iborat. Brazil tekis tog\u2018liklari turkumiga kiradi. Gran-Chano viloyati asosan past botqoq daryo tekisliklaridan iborat. Asosiy tabiiy boyliklari: temir rudasi, marganes, ohaktosh, yog\u2018och. Ishlov beriladigan yerlar mamlakat hududining 20% ini, yaylov va o\u2019tloqlar \u2014 39% ini, o\u2018rmonlar va dashtzorlar \u2014 35% ini tashkil etadi. Iqlimi \u2014 tropik. Paragvayning doimiy yashil o\u2018rmonlari va dashtzorlarida daraukariya, yerbya kabi daraxtlar o\u2018sadi. G\u2018arbda palma o\u2018rmonzorlari keng tarqalgan. Yovvoyi apelsin daraxtlari ham ko\u2018plab uchraydi, hayvonot dunyosi juda boy, bu yerda puma, yaguar, bo\u2018ri, botqoq bug\u2018usi, chumolixo\u2018r va hokazolar bor. Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezidentlik respublikasi.\u00a019 departamentdan tashkil topgan. Paragvay 1811-yil 14-mayda mustaqillikka erishgan (ilgari Ispaniyaga qarashli hududlar bo\u2018lgan). Davlat va hukumat boshlig\u2018i prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (Senat va Deputatlar palatasi) Bosh Assambleya amalga oshiradi. Eng yirik siyosiy partiyalari: Milliy respublika Assambleyasi, Kolorado partiyasi, haqiqiy liberal-radikal partiya, Inqilobiy leyboristik partiya.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Ishga yaroqli aholining yarmi band bo\u2018lgan qishloq xo\u2018jaligi va o\u2018rmonchilik mamlakat eksportining katta qismini ta\u2019minlaydi. Asosiy eksport mahsulotlari \u2014 paxta, qahva, shakarqamish, chorvachilik ham rivojlan- gan. Sanoat asosan qishloq xo\u2018jalik mahsulotlarini va yog\u2019ochni qayta ishlashga asoslangan. Paragvay yirik gidroenergetik salohiyatga ega. XX asming 90-yillari boshlarida Paragvayning Argentina, Braziliya va Urugvaylarni o\u2018z ichiga olgan Umumiy bozorning janubiy boiimiga qo\u2018shilishi regiondagi iqtisodiy faollikning oshishiga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. Asosiy savdo hamkorlari: Braziliya, Yl, AQSH, Argentina. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 1300 km, avtomobil yo\u2018llari 11300 km, ichki suv yo\u2018llari \u2014 3100 km. Asosiy port \u2014 Asunson.&nbsp; Tarixi.&nbsp;Guarani hindu qabilalari yashovchi Paragvay hududi 1515-yilda Dias de Soli tomonidan kashf qilingan edi. 1525-yili Diyego Garsia tomonidan mamlakat o\u2018rganilgandan so\u2018ng Paragvay, Peru vitse qirolligi tarkibiga kirgan ispan mustamlakasiga aylandi. 1610-yilda Ispaniyadan kelgan iyezuitlar 1767-yilga qadar mavjud bo\u2019lgan o\u2018ziga xos davlat ichidagi davlatni tashkil qilishdi. 1811-yilda Paragvay ispan mustamlakachilariga qarshi kurashda g\u2018alaba qozonib, mustaqil\u00adlikka erishdi. Mamlakat prezidenti Salono Lopes 1865-yilda Paragvayni Argentina, Braziliya va Urugvayga qarshi qonli urushga tortdi. Buning oqibatida Urugvay o\u2018z hududlarining katta qismidan mahrum bo\u2018ldi. 1928-yilda Chano provinsiyasida neft konlarining ochilishi Boliviya davlati bilan 1950-yilgacha davom etgan harbiy to\u2018qnashuvga sabab bo\u2018ldi. 1954-yilda Paragvayda general Stressnerning harbiy diktaturasi o\u2018matildi. 1989-yildagi davlat to\u2018ntarishi oqibatida general Stressner general Bodrij tomonidan ag\u2019darilib, hokimiyat fuqarolik hukumati qo\u2018liga topshirildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Paragvay Respublikasi. Poytaxti \u2014 Asunson. Hududi \u2013 406,8 ming km.kv. Aholisi \u2013 6 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili ispan. Dini \u2014 katoliklar (90%), protestantlar (5%). Pul birligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paragvay\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[177],"tags":[],"class_list":["post-22871","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-janubiy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22871","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22871"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22871\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22883,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22871\/revisions\/22883"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22871"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22871"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22871"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}