{"id":22872,"date":"2022-03-29T13:10:34","date_gmt":"2022-03-29T10:10:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22872"},"modified":"2022-03-29T13:10:34","modified_gmt":"2022-03-29T10:10:34","slug":"peru","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/peru\/","title":{"rendered":"Peru"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Peru Respublikasi. Poytaxti \u2014 Lima. Hududi \u2014 1285215 km.kv. Aholisi \u2014 28 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan, kechua va aymara. Dini \u2014 katolik. Pul birligi nuevo sol.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubiy Amerika kontinentining g\u2018arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Kolumbiya (chegara uzunligi \u2014 2900 km) va Ekvador (1420 km), sharqda Braziliya (1506 km) va Boliviya (900 km), janubda Chili (160 km) davlatlari bilan chegaradosh. G\u2018arbda mamlakat qirg\u2018oqlari Tinch okeani bilan tutashgan. Chegaralarining umumiy uzunligi 6940 km, qirg\u2018oq bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 2414 km. Mamlakat hududi ravshan aks ettirilgan uch topografik hududdan tashkil topgan. Sharqiy qismi yaxshi o\u2018rganilmagan. Amazonka havzasida pastlik o\u2018rmonzorlari yastanib yotibdi. Peru markazida baland tog` tizmalaridan iborat And tog\u2018lari joylashgan bo\u2018lib, uning asosiy tog\u2018 zanjirlari: G\u2019arbiy Kordilyera, Markaziy Kordilyera va Sharqiy Kordilyeradir. Mamlakat va And tog\u2018larining eng yuqori nuqtasi \u2014 Oq Kordilyerada joylashgan Uaskaran (6768 km) tog\u2018i. Peru Andlarining janubida vulqonlar ham mavjud. Ulaming eng balandi \u2014 Misti (5822 km) vulqonidir. Eng yirik ko\u2018li qisman Peruga qarashli bo\u2018lgan Titikakadir. Mamlakatning asosiy daryosi Amazonka va uning Maranon, Putumaylo, Upayali irmoqlari. Peru boy yerosti qazilmalariga ega, ulardan: mis, tilla, kumush, neft, temir rudasi qazib olinadi; boshqa tabiiy resurslardan yog\u2018och, baliq ishlab chiqariladi va ovlanadi.\u00a0 Iqlimi \u2014 o\u2018ziga xos uch topografik hududga bo\u2018linadi (Kosta, Syerra, Selva). Kosta hududlari iqlimi nisbatan issiq va quruq. Syerra, And tog\u2019 tizmalaridan tashkil topganligi sababli bu yerda doimiy past harorat hukm suradi. Selva nam va yil davomida issiqlikning teng taqsimlanganligi bilan tavsiflanadi. Faunasi: Syerrada lamalar, Selva o\u2019rmonlarida maymunlar, yirtqichlardan yaguar va atselotlar mavjud. Bundan tashqari, ko\u2018pgina zaharli va bo\u2018g\u2018ma ilonlar mavjud bo\u2018lib, ular ichida dunyodagi eng yirik ilon \u2014 anakonda ham bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.&nbsp;&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 24 ta departamentga bo\u2018lingan bo\u2018lib, bundan tashqari uning tarkibiga bitta konstitutsiyaviy provinsiya kiradi. Peru 1821-yil 28-iyulda mustaqillikka erishdi. Ilgari Ispaniya mustamlakasi boMgan. Milliy bayrami \u2014 mustaqillik kuni. Konstitutsiyaning amal qilishi 1992-yil 5-aprelda to\u2018xtatildi. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2018i) va Ministrlar Kengashi boshlig\u2018i premyer-ministr qo\u2019lida jamlangan. Oliy Qonunchilik organi \u2014 Kongress (ikki palatali parlament) 1992-yil 5-aprelda tarqatib yuborilgan. Yirik siyosiy partiyalari: \u00abYangi ko\u2019pchilik\u00bb \u2014 0\u2018zgarish-90, Xristian demokratik partiya, Xalq harakati.&nbsp; Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Bank ishi, energetika va tog\u2018-kon sanoatida davlat ulushi yirik, biroq mamlakat iqtisodi ko\u2018proq bozor munosabatlariga moslashtirilib bormoqda. Asosiy sanoat tarmoqlari neft va neft mahsulotlari qazib olish qo\u2018rg\u2018oshin, rux, tozalangan kumush (Peru kumush qazib olish bo\u2018yicha dunyo- da uchinchi o\u2018rinda turadi), mis (asosiy eksport mahsu\u00adlotlari) qazib olish, bundan tashqari avtomobilsozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Yaponiya, Kolumbiya, Argentina. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 1801 km, avtomobil yo\u2019llari uzunligi \u2014 69942 km, ichki suv yo\u2018llari 8800 km ga yaqin. Mamlakatning asosiy portlari \u2014 Kalyao, Talara, San-Nikolas, Chimbote.&nbsp; Tarixi.&nbsp;Zamonaviy Peru hududi 1531-1536-yillarda Pisarro boshchiligidagi ispan konkistadorlari tomo\u00adnidan bosib olingan inklar imperiyasi markazi edi. 1543-yilda Janubiy Amerikadagi barcha ispan mustamlakalarini o\u2018z ichiga olgan Peru vitse-qirolligi tashkil etildi. 1821-yilgi milliy-ozodlik harakatlari mustaqillik e\u2019lon qilinishiga olib kelgan, biroq 1825-yilda mustaqil Boliviya davlati nomini olgan mamlakatning yuqori qismi ajralib chiqdi. Tinch okean urushlari (1879-1883) oqibatida Boliviya va Chiliga qarshi urushgan Peru o\u2018z hududining selitra konlari joylashgan qismini boy berdi. 1990-yilda Peru prezidenti etib saylangan, yapon oilasidan chiqqan A.Fukimori mamlakatga qat\u2019iy iqtisod tizimini kiritib, 1992-yilda parlamentni tarqatib yubordi va Konstitutsiyaning amal qilishini to\u2018xtatdi. 1998-yilda Ekvador bilan chegara muammolari hal etildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Peru Respublikasi. Poytaxti \u2014 Lima. Hududi \u2014 1285215 km.kv. Aholisi \u2014 28 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan, kechua va aymara. Dini \u2014 katolik. Pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/peru\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[177],"tags":[],"class_list":["post-22872","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-janubiy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22872","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22872"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22872\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22884,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22872\/revisions\/22884"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22872"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22872"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22872"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}