{"id":22874,"date":"2022-03-29T13:10:57","date_gmt":"2022-03-29T10:10:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22874"},"modified":"2022-03-29T13:10:58","modified_gmt":"2022-03-29T10:10:58","slug":"urugvay","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/urugvay\/","title":{"rendered":"Urugvay"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Sharqiy Urugvay Respublikasi. Poytaxti \u2014 Montevideo. Hududi \u2014 176200 km.kv. Aholisi \u2013 3,4 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pid birligi \u2014 urugvay pyesosi.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Janubiy Amerikaning janubi sharqiy qismida joylashgan davlat. Sharqda va shimolda Braziliya (chegara uzunligi \u2014 985 km), g\u2018arbda Argentina (579 km) bilan chegaradosh. Janub va sharq tomonidan Atlantika okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 1564 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 660 km. Urugvay hudud jihatidan Janubiy Amerikadagi kichik davlatlardan biridir. Mamlakat relyefi kichik tepaliklari bo\u2019lgan tekislikdan iborat. Hududning o\u2019rtacha balandligi 200-300 m. Sohil bo\u2019yida unumdor pasttepaliklar mavjud. Asosiy daryolari \u2014 Urugvay, Rionegro. Qazilma boyliklarga kambag\u2018al. Asosiy tabiiy resurslarini unumdor tuproq va gidroenergetik imkoniyatlar tashkil etadi. Mamlakat hududining 22% i haydaladigan yerlar, 78% i o\u2018tloq va yaylovlardir.\u00a0Iqlimi \u2014 subtropik. 0\u2018simlik dunyosini asosan yaylov o\u2018simliklari tashkil etadi. 0\u2018rmonlarida tropik daraxtlar o\u2018sadi. Puma, tapir, to\u2018ng\u2018iz, tulki, kiyik, yowoyi mushuk, chumolixo\u2018r, kolibri, Amerika tuyaqushi, boyo\u2018g\u2018li, jo\u2018rchi, yirik o\u2019rgimchaklar va sudraluvchilar faunani tashkil etadi.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat tarkibiga 19 ta departament kiradi. Urugvay Braziliyadan 1828-yil 25-avgustda mustaqillikka erishadi. Shu sana milliy bayram \u2014 Mustaqillik kuni hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Senat (yuqori palata) va Vakillar palatasi (quyi palata) dan iborat Bosh Assambleya amalga oshiradi. Yirik siyosiy partiyalari: Milliy partiya (Blanko), Kolorado partiyasi, Xiristian-demokratik partiya, Urugvay sotsialistik par\u00adtiyasi, Urugvay kommunistik partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Sanoat go\u2018sht va baliqni qayta ishlash, jun, teri, shakar, to\u2018qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog\u2018liq. Qishloq xo\u2018jaligida katta maydonlar chorva boqish uchun ajratilgan. Asosiy ekinlari \u2014 bug\u2018doy, sholi, sorgo. Regional iqtisodiy hamkorlik doirasida Urugvay Braziliya, Argentina va Paragvay bilan iqti\u00adsodiy aloqalar o\u2018matgan. Asosiy savdo sheriklari: Braziliya, AQSH, Argentina, Xitoy, Italiya. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 3000 km, avtomobil yo\u2018llari 49900 km (6700 km qattiq qoplamali), ichki suv yo\u2018llari \u2014 1600 km. Porti \u2014 Montevideo.&nbsp;Tarixi.&nbsp;Charrua va Guarani hududlari o\u2019mashgan hozirgi Urugvay hududi 1516-yilda ispaniyalik Dias de-Solis tomonidan kashf etiladi. XVII asrda boshlangan mustamlakachilik hindular orasida xristianlikni targ\u2018ib etish bilan davom etgan. 1726-yilda Montevideoga asos solgan ispanlar XVIII asrda hozirgi Urugvay hududini Rio-le-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga kiritadi. XIX asrning boshlarida mamlakatda mustaqillik uchun kurash boshlanadi, lekin 1816-yilda Urugvay portugallar tomonidan bosib olinib, Braziliyaga qo\u2018shib yuboriladi. 1828-yilda mustaqillikka erishgandan so\u2018ng Urugvayda balankos (konservatorlar) va kolorados (liberallar) tarafdorlari o\u2018rtasida fuqarolar urushi boshlanadi. Mamlakatning yirik siyosiy arboblaridan biri Batle-Ordokes 1903-1915-yillarda demokratik jamiyatning poydevorini qo\u2018yib beradi. Lekin uning vafotidan so\u2018ng Urugvayda harbiy diktatura o\u2019rnatiladi. 1952-yildan 1966-yilgacha mamlakatni kollegial hukumat boshqaradi. 1970-yilda mamlakatda tupamaros\u2014milliy-ozodlik harakati tarafdorlarining qo\u2018zg\u2018oloni boshlandi. Qo\u2018zg\u2018olon 1972-yilda hukumat qo\u2018shinlari tomonidan bostiriladi. 1973-yilda Urugvayda navbatdagi harbiy davlat to\u2018ntarishi bo\u2018lib, 1984-yildagina harbiylar hokimiyatni fuqarolar hukumatiga topshiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Sharqiy Urugvay Respublikasi. Poytaxti \u2014 Montevideo. Hududi \u2014 176200 km.kv. Aholisi \u2013 3,4 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ispan. Dini \u2014 katolik. Pid birligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/urugvay\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[177],"tags":[],"class_list":["post-22874","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-janubiy-amerika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22874","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22874"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22874\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22886,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22874\/revisions\/22886"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22874"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22874"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22874"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}