{"id":22900,"date":"2022-03-29T13:21:26","date_gmt":"2022-03-29T10:21:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22900"},"modified":"2022-03-29T13:21:26","modified_gmt":"2022-03-29T10:21:26","slug":"angola-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/angola-2\/","title":{"rendered":"Angola"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Angola Respublikasi. Poytaxti \u2014 Luanda. Hududi \u2014 1246700 km.kv. Aholisi \u2013 12,5 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 Portu\u00adgal. Dini \u2014 katoliklar (65%), protestantlar (20%), majusiylar (10%). Pul birligi \u2014 kvanza.\u00a0 \u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrikaning janubi g\u2018arbidagi davlat. Janubda \u2014 Namibiya (chegara uzunligi \u2014 1376 km), sharqda \u2014 Kongo Demokratik Respublikasi (2511 km) va Zambiya (1110 km), shimolda \u2014 Kongo (201 km) bilan chegaradosh. Angola g\u2019arbda Atlantika okeani bilan tutashgan. Mamlakatning asosiy qismini balandligi dengiz sathidan 1000-1500 m bo\u2018lgan Angola yassitog\u2018ligi egallagan. Eng yuqori nuqtasi \u2014 Moko tog\u2018i (2620 m). Angolaning Kongo, Zambezi, Kasai va boshqa daryolari tog\u2018lardan boshlanadi. Angola neft, olmos, temir rudasi, fosfat, mis, oltin, uranga boy. Iqlimi \u2014 ekvatorial-mussonli va tropik passatli. Mamlakat janubiga xos bo\u2018lgan cho\u2018l o\u2018simliklari, shimolda savannalar va quyuq tropik o\u2018rmonlar bilan tugaydi. Angolada Afrika qit\u2019asida uchraydigan barcha yirik hayvonlar yashaydi: fxl, jirafa, karkidon, zebra, antilopa, sher, gippopotam va h.k.\u00a0 \u00a0Davlat tuziliski, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Ma\u2019muriy-hududiy jihatdan 18 ta viloyatga bo\u2018lingan. Mustaqilligini Portugaliyadan 1975-yil 11-noyabrda olgan. Qonunchiligi fuqarolik huquqning portugal tizimi va mahalliy urf-odatlarga asoslangan. Milliy bayrami \u2014 Mustaqillik kuni 11-noyabrda nishonlanadi. Bir palatali parlamenti \u2014 Milliy Assambleya. Angolada 30 dan ortiq partiyalar qayd qilingan.\u00a0 \u00a0Iqtisodi, transport kommunikdtsiyalari.\u00a0Aholining asosiy qismi qishloq xo\u2019jaligida band. Sanoatning muhim sohasi neft qazib olish bo\u2019lib, YMMning 60% ini tashkil qiladi. Neft, suyultirilgan gaz, olmos, qahva, baliq \u2014 davlat budjeti kirimining asosiy eksport mahsulotlari hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 AQSH, MDH davlatlari, Kuba, Portugaliya, Braziliya. Qishloq xo\u2019jaligi mahsulotlaridan qahva, bug\u2018doy, paxta, shakarqamish, manioka, tamaki eksportga chiqariladi. Temiryo\u2019llari uzunligi \u2014 3189 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 73828 km. Asosiy portlari \u2014 Luanda, Ngenza-Kabolo, Lobitu, Kabinda.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Angola portugaliyaliklar tomonidan 1482-yil kashf etilgan. XIX asrdan boshlab Portugaliya mamlakat ichkarisini egallashga kirishadi. Zambezi va Kongo oralig\u2018ini o\u2019rganib chiqqan portugaliyalik sayohatchi Serpa Pintu 1889-yili Mozambik gubernatori lavozimiga tayinlangandan keyin Angolani Mozambikka qo\u2018shib olishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. XX asr boshlarida Angola Portugaliyaning mustamlakasi, 1951-yildan \u2014 dengizorti hududi, 1955-yildan \u2014 Portugaliya viloyati. 1961-yilda boshlangan milliy-ozodlik kurashi 1975-yil mustaqil Angola Xalq Respublikasi tuzilishi bilan yakunlandi. Sobiq SSSR qo`llagan Angola ozodligi uchun Xalq harakati va AQSH qo\u2018llab turgan UNITA tashkiloti o\u2018rtasidagi qarama-qarshilik fuqarolar urushiga olib keldi. Bu urushda Janubiy Afrika va Kuba ham ishtirok etgan. 1991-yili tinchlik shartnomasi imzolangan, ammo prezident saylovlarida Dush Santush g\u2018alaba qozonishi yana fuqarolar urushi boshlanishiga sabab bo\u2019lgan. 1992-yildan mamlakatning rasmiy nomi \u2014 Angola Respublikasi. 2002-yili rasmiy hukumat va Angolaning to\u2018liq mustaqilligi uchun Milliy ittifoq (UNITA) rahbarlari harbiy harakatlarni to\u2018xtatish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilishdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Angola Respublikasi. Poytaxti \u2014 Luanda. Hududi \u2014 1246700 km.kv. Aholisi \u2013 12,5 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 Portu\u00adgal. Dini \u2014 katoliklar (65%), protestantlar (20%), majusiylar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/angola-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22900","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22900","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22900"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22900\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22912,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22900\/revisions\/22912"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22900"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22900"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22900"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}