{"id":22903,"date":"2022-03-29T13:22:04","date_gmt":"2022-03-29T10:22:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22903"},"modified":"2022-03-29T13:22:05","modified_gmt":"2022-03-29T10:22:05","slug":"burkina-faso-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/burkina-faso-2\/","title":{"rendered":"Burkina-Faso"},"content":{"rendered":"\n<p>\u00a0Rasmiy nomi \u2014 Burkina-Faso Respublikasi. Poytaxti \u2014 Uagadugu. Hududi \u2014 274122 km.kv. Aholisi \u2013 15,3 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili fransuz. Dini \u2014 islom (50%), majusiylar (40%), katoliklar (10%). Pul birligi \u2014 afrika franki.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0G\u2019arbiy Afrika davlati. Shimol va g\u2018arbda \u2014 Mali, sharqda \u2014 Niger, janubda \u2014 Benin, Togo, Gana, Kot-d\u2019Ivuar davlatlari bi\u00adlan chegaradosh. Burkina-Faso hududining katta qismini keng yassitog\u2019lik egallagan. Bobo-Diulasodan g\u2019arbda qum-toshdan yassitog` qad ko\u2018targan. Shu yerda mamlakatning yirik daryolari \u2014 Qora, Oq va Qizil Volta joy\u00adlashgan. Qora Voltadan daryolarning barchasi kema qatnovi uchun yaroqsizdir. lqlimi uch asosiy davrlar mavjudligi bilan xarakterlanadi \u2014 salqin-quruq (noyabrdan martgacha), issiq-quruq (martdan maygacha), issiq-nam (yilning qolgan qismida). Mamlakat hududining o\u2018simlik dunyosiga baland o\u2018tli savannalar xosdir. Ba\u2019zi joylarda akatsiya va butazorlar ustunlik qiluvchi o\u2019rmonlar uchrab turadi. O\u2018rmonlar mamlakat maydonining 9% ini egallagan. Hayvonot dunyosi boy bo\u2018lib, bu yerda fil, antilopa, maymun va timsohlarni uchratish mumkin. Zararli hasharotlar ham ko\u2019plab uchraydi, bular setse pashshasi, bezgak chivinlari, termit va chigirtkalar.\u00a0 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika, Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Burkina-Faso 45 ta viloyat (provinsiya)ga bo\u2018lingan. Burkina-Faso doimiy va sezilarli emigratsiya mamlakati. 700 mingdan oshiq kishi ko\u2018chmanchi hayot kechiradi. Siyosiy partiyalari: Xalq fronti, Progressiv vatanparvarlar milliy konventi \u2014 Sotsial-demokratik partiya.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Burkina-Faso agrar mamlakat. Marganes, simob, oltin, fosfatlar, nikel, marmar qazib olinadi, yog\u2018och ishlab chiqariladi. To\u2018qimachilik, teri-poyabzal, go\u2018sht tayyorlash, yog\u2018-moy, paxta tozalash korxonalari mavjud. Daryolarida baliq ovlash keng yoiga qo\u2018yilgan. Yeryong\u2018oq, shakarqamish, paxta yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Kot-d\u2019Ivuar, Italiya, Tailand, Tayvan, Niger, Nigeriya.&nbsp; Tarixi.&nbsp;XI asrda gambagilik kelgindi qabilalar Yuqori Volta tekisliklariga bostirib kirishadi. Asta-sekinlik bilan ular kuclili siyosiy uyushmaga ega bo\u2018lgan markaziy va sharqiy tekislikdagi dehqonchilik qabilalarini bo\u2019ysundirdilar. Ammo g\u2018arbiy tumanlardagi zamo\u00adnaviy bobo, lobe va grusilarning ajdodlari bosqinchilarga qarshilik ko\u2018rsata oldilar. Vaqt o\u2018tib kelgindilar mahalliy aholi bilan aralashib ketib, ularning dini va tilini qabul qihshdi. Keyinchalik bosqinchilarning avlodlari Mosi Yatenga, Uagadugu, Tenkodogo va Fadan-Gurma davlatlarining hukmron doirasini tashkil etdi. XIV-XVI asrlarda Yatenga davlatining qurolli kuchlari Mali va Songay davlatlari hududining bir qismini ishg\u2018ol qildi. XVI asrda mosilar ularni bo\u2018ysundirish va majburan islomlashtirishga intilgan songayliklar hujumlarini qaytardi. 1895-yilda Yatenga davlati ustidan nazorat o\u2018rnatilganidan so\u2018ng, fransuz qo\u2018shinlari Moronaba qo\u2018sbinlarini tor-mor qilib, uning mulklarini bosib oldi. 1897-yilda Fada-Gurma qirolligi hukmdori fransuz protektoratiga o\u2018tdi. Shu davrning o\u2018zida fransuzlar grusi, bobo, lobi xalqlariga tegishli yerlarni ishg\u2018ol qildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0Rasmiy nomi \u2014 Burkina-Faso Respublikasi. Poytaxti \u2014 Uagadugu. Hududi \u2014 274122 km.kv. Aholisi \u2013 15,3 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili fransuz. Dini \u2014 islom (50%), majusiylar (40%), katoliklar (10%). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/burkina-faso-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22903","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22903","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22903"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22903\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22915,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22903\/revisions\/22915"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22903"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22903"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22903"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}