{"id":22910,"date":"2022-03-29T13:23:18","date_gmt":"2022-03-29T10:23:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22910"},"modified":"2022-03-29T13:23:19","modified_gmt":"2022-03-29T10:23:19","slug":"jazoir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jazoir\/","title":{"rendered":"Jazoir"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi (JXDR). Poytaxti \u2014 Al-Jazoir. Hududi \u2014 2381741 km.kv. Aholisi \u2013 33,8 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom (99%). Pul birligi \u2014 jazoir dinori.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Shimoliy Afrikadagi davlat. Farbda Marokash (chegara uzunligi- 1559 km) va Farbiy Saxara (42 km), janubda \u2014 Niger (956 km), Mali (1376 km), Mavritaniya (463 km), sharqda Liviya (1982 km) va Tunis (965 km) bilan chegaradosh. Shimolda 0\u2018rta Yer dengizi joylashgan. Eng yuqori nuqtasi \u2014 Taxat tog\u2018i (2 918 m). Daryolari juda kam. Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, fosfatlar, temir rudasi, uran, qo\u2018rg\u2018oshin, rux. Haydaladigan yerlari hududning 3%, o\u2018tloq va yaylovlar \u2014 13%, o\u2018rmon va butazorlar \u2014 2% ini tashkil qiladi. Iqlimi \u2014 subtropik, tropik. Mamlakat hududi asosan cho\u2019llardan iborat bo\u2018lganligi sababli, o\u2018simlik turlari unchalik ko\u2018p emas. Atlas va Axaggar tog\u2018larida po\u2018kak eman o\u2018sadi. Hayvonlardan shoqol, giyena, antilopa, quyonlar uchraydi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezident respublikasi. Mamlakat 48 ta viloyatlarga bo\u2018lingan. 1830- 1962-yillarda Jazoir Fransiya mustamlakasi bo\u2019lgan. 1962-yil 5-iyul kuni fransuzlar bilan o\u2018t ochishni to\u2018xtatish to\u2018g\u2018risidagi Evian shartnomasiga asosan qurolli kurash to\u2018xtatildi va Jazoir o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. Qonunchiligi fransuz va islom qonunlariga asoslangan. Milliy bayrami \u2014 1 noyabr \u2014 Inqilob kuni (1954). Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident, qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 bir palatali parlament \u2014 Milliy xalq majlisi. Asosiy siyosiy partiyalari: Xaloskorlik Milliy Fronti (XMF), Sotsialistik kuchlar fronti (SKF).\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Iqtisodning asosiy tarmoqlari \u2014 neft va gaz qazib olish (tabiiy gaz qazib olish bo\u2018yicha jahonda 5-o\u2018rinda). 1973-1974-yillarda neft narxining keskin oshishi iqtisodining yuksalishiga va sanoatlashtirish dasturini moliyalashga imkon yaratdi. Neft va gaz narxining tushishi, iqtisodni markazlashtirilgan boshqaruv tizimining kamchiliklari mamlakatni 1988-yilda ijtimoiy va iqtisodiy inqirozga uchratdi. 1993-vil sentabrida hokimiyat tepasiga kelgan yangi hukumat islohotlarni jadallashtirish va iqtisodni qayta qurishni o\u2019zining asosiy vazifasi deb bildi. Neft va tabiiy gazni qazib olishdan tashqari sanoatning yengil, tog\u2018-kon, neft kimyosi, oziq-ovqat sohalari keng rivojlangan. Mehnatga layoqatli aholining 22% i qishloq xo\u2018jaligida band. Arpa, bug\u2018doy, uzum, sitrus mevalari, sabzavotlar va zaytun yetishtiriladi. Eksportga chiqariladigan asosiy mahsuloti \u2014 neft va tabiiy gaz (jami eksport mahsulotlarining 97% ini tashkil qiladi). Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Italiya, Germaniya va AQSH. Temir yo\u2018llarining uzunligi \u2014 4733 km; avtomobil yo\u2018llari \u2014 80000 km. Asosiy dengiz portlari: Jazoir, Annaba, Arzev, Bijaya, Mostaganem, Oran, Skikda.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0Tarixi.\u00a0\u041c.a. XII asrda Jazoiming hozirgi hududining 0\u2018rtayer dengizi qirg\u2018oqlarida istiqomat qilgan finikiyaliklar keyinchalik Karfagen ta\u2019siri ostiga tushib qoladi. \u041c. a. III asrda barbar qabilasining sardori Masinissa Karfagen va Rim o\u2018rtasidagi urushdan foydalanib dastlabki Jazoir davlati \u2014 Numidiya qirolligini tuzadi. \u041c. a. I asrdan milodiy V asrgacha Jazoir Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. 429-yilda bu yerni vandallar bosib olgandan so\u2018ng barbarlar bir qator mustaqil mayda davlatlarga asos solishadi. VII asrda Jazoirni arablar bosib olib, barbarlar islomni qabul qilishadi va Shimoliy Afrika xalifalik tarkibiga kiradi. XIII asrda xristian va musulmon barbar qabilalari o\u2018rtasidagi kurash natijasida mamiakat uchga bo\u2019linadi. XVI asrda bir qator Jazoir portlarini ispanlar egallashadi. Jazoirlik xristianlar Ispaniya protektoratiga o\u2018tishgan bo\u2018lsa, musulmonlar Usmoniylar imperiyasiga murojaat etishadi va ispanlarni mamlakatdan quvib chiqarishadi. XVII asr davomida jazoirliklar O\u2018rtayer dengizida qaroqchilik qilishadi. 1816-\u0443il ingliz-golland, 1824-yil ingliz floti jazoirlik dengiz qaroqchilari bilan jang qilishadi. 1830-yil 5-iyulda Jazoimi fransuzlar bosib olishadi va 1834-yilda turklar ta\u2019siriga butunlay barham berishadi. 1954-1962-yillardagi ozodlik urushlari natijasida 1962-yil 1-iyul kuni Jazoir mustaqil davlatga aylanadi. 1992-yildagi saylovlarda islom fundamentalistlari g\u2018alaba qozonishganda saylov natijalari hukumat tomonidan bekor qilinadi. Bunga javoban Islom qutqarish fronti Jazoir hududida yashovchi chet el fuqarolariga qarshi terrorchilik harakatlarini uyushtirishadi. 1992-yilgi siyosiy inqiroz natijasida davlatni boshqarish uchun kollegial organ \u2014 Davlat oliy kengashi tuziladi. 1994-yilda prezident etib saylangan general L.Zerual davlat boshqaruv tizimini tiklab fuqarolar urushi boshlanishini oldini oldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi (JXDR). Poytaxti \u2014 Al-Jazoir. Hududi \u2014 2381741 km.kv. Aholisi \u2013 33,8 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom (99%). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jazoir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22910","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22910","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22910"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22910\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22922,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22910\/revisions\/22922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22910"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22910"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22910"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}