{"id":22927,"date":"2022-03-29T13:28:49","date_gmt":"2022-03-29T10:28:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22927"},"modified":"2022-03-29T13:28:49","modified_gmt":"2022-03-29T10:28:49","slug":"kamerun","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kamerun\/","title":{"rendered":"Kamerun"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Kamerun Respublikasi. Poytaxti \u2014 Yaunde. Hududi \u2014 475440 km.kv. Aholisi \u2013 18,5 mln kishi kishidan ortiq (2012). Tili \u2014 ingliz va fransuz. Dini \u2014 xristianlik (53%), majusiylik (25%), islom (22%). Pul birligi \u2014 afrika franki.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0G\u2018arbiy Afrikaning janubida joylashgan davlat. G\u2018arbda Nigeriya (chegara uzunligi \u2014 1690 km), sharqda Markaziy Afrika Respublikasi (797 km) va Chad (1094 km), janubda Kongo (523 km), Ekvatorial Gvineya (189 km), Gabon (298 km) bilan chegaradosh. G\u2018arbida Biafra ko\u2018rfazi joylashgan, shimolda Chad ko\u2019liga tor chiqish yo\u2018liga ega. Qirg\u2018oq bo\u2018yteb Kamerun vulqoni qad ko\u2018targan tekislik joylashgan. Mamlakat markazida shimolga qarab pasayib borgan Adamova tog\u2018ligi joylashgan. Kamerunning asosiy daryolari \u2014 Sanaga, Benuye. Asosiy tabiiy resurslari: neft, temir rudasi, boksit, yog\u2018och, gidroresurslar.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezident respublikasi. Ma\u2019muriy jihatdan 10 ta provinsiyaga boiinadi. 1960-yil 1-yanvarda mustaqillikka erishgan. Qonunchilik fransuz umumiy fuqarolik huquqiga asoslangan. Milliy bayrami \u2014 20- may Mustaqillik bayrami (1972-yil 20-mayda Kamerun Respublikasi va Sharqiy Kamerun bir davlatga birlashdi). Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ \u2014 bir palatali parlament \u2014 Milliy Majlis. 70 dan ortiq siyosiy partiyalaridan asosiylari \u2014 Kamerun xalqi demokratik birligi (KXDB), Demokratiya va rivojlanish uchun milliy ittifoq (DRUM1), Kamerun xalqlari ittifoqi (KXI), Sotsial demokratik front (SDF), Kamerun demokratik ittifoqi (KDI).\u00a0 Iqtisodi va transport kommunikatsiyalari.\u00a0Kamerun neft zaxiralariga boyligi sababli ekvatorial Afrikada aholi jon boshiga tushadigan daromadning yuqoriligi bilan ajralib turadi. Neftni qayta ishlash sanoatidan tashqari yog\u2018ochga ishlov berish, oziq-ovqat, yengil va to\u2018qimachilik sanoatlari ham rivojlangan. Qishloq xo\u2018jaligida mehnatga yaroqli aholining ko\u2018p qismi band bo\u2018lib, mamlakatning qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlariga bo\u2018lgan ehtiyojlarini deyarli toiiq ta\u2019minlaydi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya va AQSH. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 1003 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 65000 km. Asosiy porti \u2014 Duala.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0Kamerun portugallar tomonidan XV asr oxirlarida kashf etilgan. XIX asr oxirlarida Germaniya Kamerunni o\u2018zining protektorati deb e\u2019lon qildi. 1916- yilda mamlakat ittifoqchilar tomonidan egallab olingandan keyin mamlakat hududi Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan bo\u2018lib olindi, 1945-yildan boshlab BMT vasiyligida Fransiya va Buyuk Britaniya tomo\u00adnidan boshqarila boshlandi. Fransiya Kameruni 1958-yil o\u2018z-o\u2018zini boshqarish huquqini, 1960-yilda Sharqiy Kamerun Fransiyadan mustaqillikni qo\u2018lga kiritdi. Britaniya Kameruni 1961-yilda referendum natijalariga ko\u2018ra ikki qismga: shimoliy qismi Nigeriyaga, janubiy qismi Sharqiy Kamerunga qo\u2018shildi, natijada Kamerun Federativ Respublikasi tashkil topdi. 1972-yildan boshlab \u2014 Birlashgan Kamerun Respublikasi, 1984-yildan boshlab \u2014 Kamerun Respublikasi deb yuritila boshlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Kamerun Respublikasi. Poytaxti \u2014 Yaunde. Hududi \u2014 475440 km.kv. Aholisi \u2013 18,5 mln kishi kishidan ortiq (2012). Tili \u2014 ingliz va fransuz. Dini \u2014 xristianlik (53%), majusiylik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kamerun\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22927","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22927","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22927"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22927\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22939,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22927\/revisions\/22939"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22927"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22927"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22927"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}