{"id":22933,"date":"2022-03-29T13:29:51","date_gmt":"2022-03-29T10:29:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22933"},"modified":"2022-03-29T13:29:52","modified_gmt":"2022-03-29T10:29:52","slug":"lesoto","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lesoto\/","title":{"rendered":"Lesoto"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Lesoto Qirolligi. Poytaxti \u2014 Maseru. Hududi \u2014 30355 km2. Aholisi \u2013 2,1 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz va sesuto. Dini \u2014 xristianlik (katoliklar va protestantlar). Pul birligi \u2014 lotin.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Lesoto Afrika qit\u2019asining janubida joylashgan bo`lib, har tomondan Janubiy Afrika Respublikasining chegaralari bilan o\u2018ralgan. Davlat chegarasining uzunligi 909 km. Mamlakat hududining katta qismi Basuto yassitogligining chegaralarida joylashgan. Ushbu hududlar sharq va janubdan Ajdar tog\u2018lari bilan o\u2018ralgan. Uning eng yuqori nuqtasi \u2014 Tabana Ntlenyan (3842 m). Asosiy daryosi \u2014 To\u2018qsariq. Lesoto hududida olmos, kvars, ko\u2018mir, uran konlari mavjud. Ishlov beriladigan yerlar umumiy yerining 10% ini, o\u2018tloq va yaylovlar 66% ni egallaydi. Iqlimi \u2014 okean yaqin boiishiga qara- masdan kontinental.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 konstitutsion monarxiya. 4-oktabr (1966) Lesoto qirolligi e\u2019lon qilingan kun (oldin Buyuk Britaniya mustamlakasi bo\u2018lgan) Milliy bayram hisoblanadi. Davlat boshlig\u2018i \u2014 qirol (qirol Moshin II 1995-yil fevraldan buyon davlatni boshqarib kelmoqda). Ijroiya hokimiyati Harbiy Kengashga va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Harbiy Kengash va bir palatali parlament \u2014 Milliy Konstitutsion Assambleya tomo\u00adnidan amalga oshiriladi. Asosiy partiyalari \u2014 Basuto milliy partiyasi, Birlashgan demokratik partiyasi, Basuto kongressi partiyasi, Marematlu ozodlik partiyasi.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Mamlakat iqtisodiyoti asosan qishloq xo\u2018jaligiga, yengil sanoatga va shartnoma asosida JARga borib ishlab kela- yotgan ishchilardan olinadigan pul o\u2018tkazmalaridan tushadigan mablag\u2018larga asoslangan. Uncha katta bo\u2018lmagan fermer xo\u2018jaliklari (qishloq xo\u2018jaligi YIMning 20% ini tashkil etgan) makkajo\u2018xori, bug\u2018doy, \u0430rp\u0430 va sorgo yetishtiradi. Ishlab chiqarish asosan qishloq xo\u2018jalik mahsulotlarini qayta ishlash va olmos qazib olish bi\u00adlan bogiiq. Turizm rivojlanmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: JAR, YI. Temiryo`llar (umumiy uzunligi 2,6 km) JARga tegishli. Avtomobil yoMlarining umumiy uzunligi \u2014 7215 km.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0Tarixi.\u00a0Hozirgi Lesoto hududiga kelib joylashgan qabilalar XIX asrning birinchi yarmida Moshin I hukmronligi ostiga birlashtirilgan. Baustolend (mamlakatning sobiq norni) 1871-yili Keyptaun protektoratiga, 1884-yili esa Buyuk Britaniya protektoratiga aylandi. 1966-yili mamlakat mustaqillikka erishdi va Lesoto qirolligi deb atala boshladi. 1970-yilgi davlat to\u2018ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga harbiylar kelishdi va ular davlatni 1993-yilga qadar idora qilishdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Lesoto Qirolligi. Poytaxti \u2014 Maseru. Hududi \u2014 30355 km2. Aholisi \u2013 2,1 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz va sesuto. Dini \u2014 xristianlik (katoliklar va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lesoto\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22933","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22933","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22933"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22933\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22945,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22933\/revisions\/22945"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22933"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22933"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22933"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}