{"id":22935,"date":"2022-03-29T13:30:11","date_gmt":"2022-03-29T10:30:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22935"},"modified":"2022-03-29T13:30:11","modified_gmt":"2022-03-29T10:30:11","slug":"liviya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/liviya\/","title":{"rendered":"Liviya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jarnahiriyasi. Poytaxti \u2014 Tripoli. Hududi \u2014 1759540 km2. Aholisi \u2013 6,2 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 liviya dinori.&nbsp; Geografik joylashuvi va tabiati.&nbsp;Shimoliy Afrikada joylashgan. Sharqda Misr bilan (chegara uzun\u00adligi \u2014 1150 km), janubda Chad respublikasi (1055 km) va Niger bilan (354 km), janubi-sharqda Sudan bilan (383 km), g\u2018arbda Jazoir bilan (982 km), shimoli g\u2018arbda Tunis bilan (459 km) chegaradosh. Shimoli 0\u2018rta Yer dengizi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 4383 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi esa \u2014 1770 km. Mamlakat hududining katta qismini yassitog\u2018lik, shimolini esa O\u2018rta Yer dengizi bilan tutashgan qirg\u2018oqoldi tekisliklari egallaydi. Sharqida esa Siva, Fayyum, Jalo, Kufra vohalari bilan bo\u2019linib turadigan Liviya cho\u2018llari joylashgan. Asosiy tabiiy boyliklari neft va tabiiy gaz. Iqlimi \u2014 subtropik.&nbsp; Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 jumhuriyat (xalq davlatchiligi). Liviya 1951-yil 24-oktabrda Italiyadan mustaqillik oldi. Qonunchilik italyan fuqarolik huquqiga va islom qonunchiligiga asoslangan. Milliy bayrami \u2014 1-sentabr \u2014 inqilob kuni (1969). Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 Liviya Inqilobi yo\u2018lboshchisi Muammar Kaddafi (1969-yil sentabrdan beri hokimiyat tepasida). Qonun chiqaruvchi hokimiyat Umumiy Xalq Kongressi tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalar 1977-yili tarqatib yuborilgan.&nbsp; Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Iqtisodiyotining asosini neft qazib olish sanoati tashkil qila\u00addi. Mamlakatning asosiy portlari: Tobruk, Tripoli, Beng\u2018ozi, Morea-al- Breyka va boshqalar.&nbsp; Tarixi.&nbsp;\u041c. a. VIII asrda hozirgi Liviya hududida Finikiya shahar-davlatlari shakllana boshladi, m. a. VII asrdan esa bu hudud grek koloniyalariga aylantirildi. \u041c. a. I asrdan boshlab Rim provinsiyasi, V asrda esa vandallar tomonidan bosib olindi. 533-yili Vizantiya imperiyasining bir qismiga aylandi. 643-yili mamlakatni arablar egallashdi, ular bu yerda o\u2018z tillarini va islom dinini joriy qilishdi. XVI asrda Liviya turk korsarlari ta\u2019siriga tushib, Usmoniylar imperiyasining tarkibiy qismiga aylandi. Italiyaliklar bu yerga XIX asrning oxirlarida kirib kelishdi, 1911-yili esa Turkiyaga qarshi urush e\u2019lon qilib, Liviyaning ayrim hududlarini egalladi- lar. 1916-yili mamlakat yana turklar tomonidan bosib olindi, lekin birinchi jahon urushidan so\u2018ng Itahya bu yerda o\u2018z hukmronligini qayta tikladi. 1934-yili hozirgi Liviya hududlari Italiya mustamlakasi deb e\u2019lon qilindi, lekin 1943-yili nemis va italyan qo\u2019shinlarining mag\u2018lubiyatidan so\u2018ng Fransiya va Buyuk Britaniya boshqaruvi ostiga o\u2018tdi. 1951-yili BMT rezolyutsiyasiga ko\u2018ra Liviya mustaqil davlat deb e\u2019lon qilindi. Liviya qiroli Idris I mamlakatni 1969-yilga qadar idora qildi. 1969-yili qirol Idris I rasmiy tashrif bilan Turkiyaga jo\u2018nab ketganida bir guruh ofitserlar hokimiyatni egallab olishdi va mamlakatni Liviya Arab Respublikasi deb e\u2019lon qilishdi. 1977-yil 3-martdan boshlab mamlakat Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi deb atalib kelmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jarnahiriyasi. Poytaxti \u2014 Tripoli. Hududi \u2014 1759540 km2. Aholisi \u2013 6,2 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom. Pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/liviya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22935","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22935","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22935"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22935\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22947,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22935\/revisions\/22947"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22935"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22935"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22935"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}