{"id":22949,"date":"2022-03-29T13:37:12","date_gmt":"2022-03-29T10:37:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22949"},"modified":"2022-03-29T13:37:13","modified_gmt":"2022-03-29T10:37:13","slug":"mavritaniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mavritaniya\/","title":{"rendered":"Mavritaniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Mavritaniya Islom Respublikasi. Poytaxti \u2014 Nuakshot.\u00a0\u00a0Hududi -1030700 km2. Aholisi \u2013 3,4 mln kishidan ortiq (2012).\u00a0Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom (davlat dini). Pul birligi \u2014 ugiya.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrika qit\u2019asining shimoli-g\u2018arbida joylashgan. Sharqda Mali (chegara uzunligi \u2014 2237 km), janubda Mali va Senegal (chegara uzunligi \u2014 813 km), shimolda Jazoir (chegara uzunligi \u2014 463 km) va G\u2018arbiy Sahroyi Kabir bilan (chegara uzunligi \u2014 1561 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 5074 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi \u2014 754 km. Mamlakat hududi asosan pasttekisliklar va uncha baland boimagan yassitog\u2018likdan iborat, shuningdek, Sahroyi Kabirning qumli va toshli cho\u2018llari bilan tutashib ketgan. Asosiy tabiiy resurslari: temir rudasi, mis, fosforitlar, gips. Iqlimi \u2014 tropik, cho\u2018lli.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 islom respublikasi. Mamlakat gubernatorlar boshchiligidagi 12 ta ma\u2019muriy hudud va alohida poytaxt hududidan iborat. Mavritaniya 1960-yil 28-noyabrda to\u2018liq mustaqillik olgan (oldin \u2014 fransuz protektorati). Ushbu sana \u2014 Mustaqillik kuni \u2014 milliy bayram hisoblanadi. Qonunchilik islom qonunchiligi \u2014 shariatga asoslangan. Davlat boshlig\u2018i va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Parlament ikki palatadan \u2014 Senat (yuqori palata) va Milliy yig\u2018in (quyi palata)dan iborat. Yirik siyosiy partiyalari: Respublika ijtimoiy-demokratik partiyasi va Demokratik kuchlar ittifoqi.\u00a0Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Mavritaniya temir rudasining katta zaxiralariga ega. Bu mamlakat eksportining yarmini tashkil qiladi. Tog\u2018-kon sanoatidan tashqari neftni qayta ishlash va to\u2018qimachilik tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan. Asosiy qishloq xo\u2018jaligi ekinlari \u2014 xurmo, sorgo, yeryong\u2018oq, makkajo\u2018xori, tamaki, shuningdek, chorvachilik yaxshi taraqqiy etgan. Baliq mamlakatning muhim eksport mahsulotlaridan biri hisoblanadi, biroq boshqa davlatlar tomonidan Mav\u00adritaniya qirg\u2018oqlarida baliq zaxiralarining doimiy o\u2018zlashtirilishi mamlakatning bu daromad manbayiga putur yetkazmoqda. Muhim savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Yaponiya, Jazoir, Xitoy, AQSH. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 670 km, avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 7525 km (1685 km \u2014 asfaltlangan). Portlari: Nuakshot, Nuadibu.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00a0Tarixi.\u00a0VIII-XI asrlarda Mavritaniyaning janubiy qismi G\u2018arbiy Afrikadagi Gana, Tekrur va boshqa davlatlari tarkibida boigan, mamlakat shimoli esa barbar qabilalari nazoratida edi. XI-XII asrlarda Mavritaniya Almoravidlar davlati tarkibiga kirdi, XIV-XV asrlarda esa arablar hukmronligi ostiga o\u2018tdi. 1855- yili mamlakat Fransiya tomonidan okkupatsiya qilindi. 1904-yili Fransiya Mavritaniyani o\u2018z protektorati deb, 1920-yili esa o\u2018z mustamlakasi deb e\u2019lon qildi. 1960-yili mustaqillikka erishganidan so\u2018ng mamlakat bir qator davlat to\u2018ntarishlarini (1917, 1980, 1984) va 1989-yil Mavritaniya va Senegal jamoalari o\u2018rtasidagi etnik qarama-qarshiliklarni o\u2018z boshidan kechirdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Mavritaniya Islom Respublikasi. Poytaxti \u2014 Nuakshot.\u00a0\u00a0Hududi -1030700 km2. Aholisi \u2013 3,4 mln kishidan ortiq (2012).\u00a0Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom (davlat dini). Pul birligi \u2014 ugiya.\u00a0Geografik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mavritaniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22949","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22949","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22949"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22949\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22961,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22949\/revisions\/22961"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22949"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22949"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22949"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}