{"id":22950,"date":"2022-03-29T13:37:23","date_gmt":"2022-03-29T10:37:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22950"},"modified":"2022-03-29T13:37:24","modified_gmt":"2022-03-29T10:37:24","slug":"misr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/misr\/","title":{"rendered":"Misr"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Misr Arab Respublikasi (MAR). Poytaxti \u2014 Qohira. Hududi \u2014 1001450 km.kv. Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom (94% i sunniylar). Pul birligi \u2014 misr funti.<br><strong>Geografik joylashuvi va tabiati.<\/strong>\u00a0Misr ikki qit\u2019ada: Afrikaning shimoli sharqi va Osiyoning janubi-g\u2018arbida joylashgan davlat. Janubda\u00a0<a href=\"http:\/\/geografiya.uz\/mamlakatlar\/afrika-mamlakatlari\/698-sudan.html\">Sudan<\/a>, g\u2018arbda\u00a0<a href=\"http:\/\/geografiya.uz\/mamlakatlar\/afrika-mamlakatlari\/611-liviya.html\">Liviya<\/a>, sharqda\u00a0<a href=\"http:\/\/geografiya.uz\/mamlakatlar\/osiyo-mamlakatlari\/523-isroil.html\">Isroil<\/a>\u00a0va Falastin bilan chegaradosh. Bundan tashqari shimolda O\u2018rta Yer dengizi, sharqda Qizil dengiz suvlari Misr sohillarini yuvib turadi. Misrning strategik jihatdan qulay joylashuvi butun Sinay yarimorolini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari dunyoning eng muhim suv yo\u2018llaridan biri bo\u2018lgan Suvaysh kanali ham Misr nazorati ostida. Mamlakat maydonining 96% i cho&#8217;llardan iborat. G\u2018arbda Liviya cho\u2018li, sharqda Arabiston cho\u2018li, janub\u00adda Nubiya cho\u2018li yastanib yotadi. Misrning eng baland nuqtasi Sinay yarimorolidagi Jebel-Katrina tog\u2018i, balandligi 2637 metr.<br>Mamlakatning eng yirik daryosi Nil daryosi bo\u2018lib, u mamlakat xalq xo\u2018jaligida juda katta ahamiyatga ega. Misr janubida Nil daryosiga Osuan to\u2018g\u2018oni qurilgan bo\u2018lib, u mamlakatning elektr energetika manbayi hisoblanadi.\u00a0Misr kontinental tropik iqlim hududida joylashgan.Mamlakat hududining asosiy qismi cho\u2018llardan iborat bo&#8217;lganligi sababli hayvonot va o\u2018simlik dunyosi unchalik boy emas.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.<\/strong>&nbsp;Davlat tuzilishi \u2014 prezidentlik respublikasi. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident. Ijroiya hokimiyat prezident va Bosh ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Mamlakat 26 ta muhofazatlarga bo\u2018lingan. Ular o\u2018z navbatida markazlarga, markazlar esa nohiyalarga bo\u2018lingan. Asosiy siyosiy partiyalari: Milliy Demokratik Partiya, Mehnat Sotsialistik Partiyasi, Milliy Taraqqiyot Partiyasi, Al- Umma.&nbsp;<strong>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;<\/strong>Misr xalq xo\u2018jaligining asosiy sohalarining barchasi davlat tasarrufida. Sanoatning oziq-ovqat, kimyo, to\u2018qimachilik, neftni qayta ishlash, metallurgiya kabi sohalari yaxshi rivojlangan. Misr jahon turizmi markazlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat byudjetiga tushadigan xorijiy valyutaning asosiy qismi turizm orqali keladi. Qishloq xo\u2018jaligida sholi, arpa, turli mevalar va sabzavotlar yetishtiriladi. Baliqchilik yaxshi rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Yaponiya va Sharqiy Yevropa davlatlari.&nbsp;<strong>Tarixi.<\/strong>&nbsp;Misr insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi o\u2018choqlaridan biridir. Misr 6000 yillik tarixga ega. M. a. IV ming yilhk oxirlarida bugungi Misr hududlarida 2 ta davlat \u2014 janubda Nekxan va shimolda Buto davlatlari mavjud bo\u2018lgan. \u041c. a. IV asming 2-yarmida, ya\u2019ni m. a. 341-yili Misr forslar tomonidan istilo qilingan. M.a.332-yilda Aleksandr Makedonskiy forslarni bu yerlardan quvib chiqarib, o\u2018z hukmronligini o&#8217;matdi va m.a. 331-yilda Aleksandriya shahriga asos soldi. Ellin davri Misr tarixida Ptolemey va uning avlodlari hukmronligi yillarida m.a. 31-yilgacha davom etdi. Shundan so\u2018ng Misr qadimgi Rim imperiyasining istibdodiga tushib qoldi. 395\u2014639-yillarda Misr Vizantiya imperiyasi tarkibida bo\u2018ldi. VII\u2014 VIII asrlarda mamlakatni musulmon arablar bosib oldi. Fotimiylar sulolasi hukmronligi yillarida (969-1171) Misrning siyosiy-iqtisodiy mavqeyi oshdi. Shu davrda Qohira shahri mamlakat poytaxtiga aylandi. Ayubiylar (1171-1250) sulolasidan so\u2018ng Mamluk sultonlari davrida Misr qudratli davlatga aylandi. 1517-yildan Usmonli Turklar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1798-1801-yillarda Napoleon Bonapart bu yerda harbiy harakatlarni amalga oshirdi. Misr 1914-yilgacha Usmonlilar imperiyasining tarkibiy qismi bo\u2018lib qolgan bo\u2018lsa-da, amalda 1805-yildan mustaqil edi. 1882-yilda inglizlar Mismi bosib olishdi. Shu davrdan boshlab mamlakatni ingliz konsuli boshqaradi. 1914-yili I jahon urushining boshlanishidan foydalangan Angliya Misrda o\u2018z hukmronhgini o\u2018rnatdi. 1922-yil Misr o\u2018zini mustaqil davlat deb e\u2019lon qilgan bo\u2018lsa-da, harbiy va siyosiy sohalarda ingliz nazorati saqlanib qoldi. Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi \u00abOzod ofitserlar\u00bb maxfiy tashkiloti 1952-yil 22-24-iyul kunlari davlat to\u2018ntarishini amalga oshirdi. Natijada qirol Farrux ag\u2018darildi. 1953-yil Misr respublika deb e\u2019lon qilindi. Shu yili inghz qo\u2018shinlari Misrdan chiqib ketdi. 1956-yil Suvaysh kanali davlat tasarruflga o&#8217;tkazildi. 1967-yil Misr va Isroil o\u2018rtasidagi urush harakatlari Misrning mag\u2018lubiyati bilan yakunlandi. Ikki davlat o\u2018rtasidagi nizoga barham berish maqsadida 1979-yil&nbsp;<a href=\"http:\/\/geografiya.uz\/mamlakatlar\/shimoliy-amerika-mamlakatlari\/108-angiliya.html\">AQSH<\/a>ning Kemp-Devid shaharchasida Misr prezidenti Anvar Sadat&nbsp;<a href=\"http:\/\/geografiya.uz\/mamlakatlar\/shimoliy-amerika-mamlakatlari\/108-angiliya.html\">AQSH<\/a>&nbsp;va Isroil bilan Kemp-Devid shartnomasini imzoladi. Bu shartnoma arab davlatlarida norozilik harakatlariga sabab bo\u2018ldi. 1981-yil Anvar Sadat suiqasd natijasida otib o\u2018ldirildi. Uning o\u2018miga prezidentlik lavozimini Husni Muborak egalladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Misr Arab Respublikasi (MAR). Poytaxti \u2014 Qohira. Hududi \u2014 1001450 km.kv. Davlat tili \u2014 arab. Dini \u2014 islom (94% i sunniylar). Pul birligi \u2014 misr funti.Geografik joylashuvi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/misr\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22950","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22950","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22950"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22950\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22962,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22950\/revisions\/22962"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22950"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22950"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22950"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}