{"id":22952,"date":"2022-03-29T13:37:44","date_gmt":"2022-03-29T10:37:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22952"},"modified":"2022-03-29T13:37:45","modified_gmt":"2022-03-29T10:37:45","slug":"malavi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/malavi\/","title":{"rendered":"Malavi"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Malavi Respublikasi. Poytaxti \u2014 Lilongve. Hududi \u2013 118,5 ming km.kv. Aholisi \u2013 13,9 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz va chicheva. Dini \u2014 xristianlik (40%), islom (15%), qolganlari majusiylar. Pul birligi \u2014 malavi kvachasi.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrika qit\u2019asiriing janubi-sharqida joylashgan davlat. Janubda va janubi-sharqda Mozambik (chegara uzunligi \u2014 1569 km), g\u2018arbda Zambiya (837 km), shimolda Tanzaniya bilan (475 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 2881 km. Sharqda Tanzaniya va Mozambik bilan chegara Nyasa ko`li orqali o\u2018tgan. Mamlakatning katta qismi o\u2018rtacha balandligi 1000-1500 m bo\u2018lgan yassitogiar bilan band. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Mulone (3002 m) tog\u2019i Malavining janubiy qismidagi baland tog\u2018liklarda joylashgan. Mamlakatning bosh daryosi \u2014 Shire. Eng yirik ko\u2018li \u2014 Nyasa (Malavi)ning bir qismi mamlakat hududiga kirgan va sharqiy chegaralarning katta qismini shakllantirgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, marmar, ko\u2018mir, boksitlar ko\u2018proq uchraydi. Iqlimi \u2014 ekvatorial mussonli.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezident respublikasi. Mamlakat o\u2018z navbatida okruglarga bo\u2018linadigan uchta provinsiyalarga (Shimoliy, Markaziy va Janubiy) bo\u2019lingan. 1964-yili Malavi (oldingi nomi \u2014 Nyasalend, Buyuk Britaniya mustamlakasi) o\u2018z mustaqilligini e\u2019lon qildi. 1966-yili esa Malavi Respublikasi e\u2019lon qilindi. 6 iyul \u2014 mamlakatning milliy bayrami (Mustaqillik kuni) hisoblanadi. Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament \u2014 Miffiy Assambleya tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Birlashgan demokratik front, Malavi kongressi partiyasi, Malavi Sotsialistik Ligasi, Ikkinchi respublika uchun kongress, Malavi ozodligi uchun harakat, Malavi xalq partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Malavi dunyoning iqtisodiyoti nisbatan kam rivojlangan davlatlaridan biri bo\u2018lib, asosan agrar sektorga (qishloq xo\u2019jaligi YIMning 40% ini va eksport daromadining 90% ini ta\u2019minlaydi) asoslangan. Asosiy qishloq xo\u2018jalik ekinlari \u2014 tamaki, shakarqamish, paxta, choy, mayiz, yong\u2018oq, sholi (tamaki, choy va shakar qishloq xo\u2019jaligi mahsulotlarining 82% ini tashkil etadi) hisoblanadi. Chorvachilikning asosiy sohasi \u2014 qo\u2018ychilik. Hamkorlari: JAR, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 789 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 13135 km (2364 km \u2014 asfaltlangan), ichki suv yo\u2018llari \u2014 150 km.&nbsp; Tarixi.&nbsp;XV asr oxirlarida hozirgi Malavi hududida Nyasa ko\u2018li atrofida Malavi qirolligi tashkil topdi. XVII asrda mamlakatga dastlab yevropaliklar (portugallar) kirib kela boshladi, lekin mamlakatni mustamlakaga aylantirish faqat XIX asrda bu yerga 1859-yili ingliz sayohatchisi Livingston kelganidan keyin boshlandi. 1891-yili mamlakat Nyasalend nomi bilan Buyuk Britaniya protektorati deb e\u2019lon qilindi. 1953-yili Nyasalend Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasi tarkibiga kirdi, biroq mamlakatda mustaqillik uchun 1959- yilda boshlangan harakat 1963-yili mamlakatni federatsiya tarkibidan chiqishga olib keldi. Shu yilning o\u2018zida Nyasalend o\u2018z-o\u2018zini boshqarish huquqini oldi, 1964-yil 6-iyulda esa Malavi nomi bilan Buyuk Britaniya Hamdo\u2018stligi tarkibidagi mustaqil davlat deb e\u2019lon qilindi. 1966-yildan \u2014 Malavi Respublikasi. Mamlakatni umrbod prezident qilib saylangan Kamuzu Bonda boshqarmoqda. Uni hukmron Malavi kongressi partiyasi (yagona) qo\u2018llab-quvvatlaydi. XX asrning 90- yillarida muxolifatchi kuchlar K.Bondaning diktatorlik rejimiga qarshi kurash boshlab 1994-yili hokimiyat tepasiga Bakili Muluzi keladi. 1997-yili Bonda 99 yoshida vafot etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Malavi Respublikasi. Poytaxti \u2014 Lilongve. Hududi \u2013 118,5 ming km.kv. Aholisi \u2013 13,9 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz va chicheva. Dini \u2014 xristianlik (40%), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/malavi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22952","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22952","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22952"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22952\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22964,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22952\/revisions\/22964"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22952"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22952"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22952"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}