{"id":22953,"date":"2022-03-29T13:37:56","date_gmt":"2022-03-29T10:37:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22953"},"modified":"2022-03-29T13:37:58","modified_gmt":"2022-03-29T10:37:58","slug":"mali","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mali\/","title":{"rendered":"Mali"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Mali Respublikasi. Poytaxti \u2014 Bomako. Hududi \u2014 1240142 km2. Aholisi \u2013 12,3 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 islom (70%), xristianlik (5%) va majusiylik. Pul birligi \u2014 mali franki.\u00a0Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0G\u2019arbiy Afrikada joylashgan davlat. G\u2018arbda Mavritaniya (chegara uzunligi \u2014 2237 km) va Senegal bilan (419 km), shimoli- sharqda Jazoir bilan (1376 km), sharqda Niger bilan (821 km), janubda Burkina-Faso (1000 km), Gvineya (858 km) va Kot-d\u2019 Ivuar bilan (532 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 7243 km. Mamla\u00adkatning katta qismini dengiz sathidan o\u2018rtacha 500-600 m balandlikda bo\u2018lgan tekisliklar egallagan. Shimoliy qismida toshli cho\u2018l Saxara joylashgan. Janubi-g\u2018arbida, janubi va sharqida Bambua, Monding, shuningdek, eng yuqori balandligi 1155 m bo\u2018lgan Xambori tog\u2018liklari joylashgan. Asosiy daryosi \u2014 Niger. Mamlakat foydali qazilmalardan oltin, fosfatlar, uran, temir rudasi, boksitlar, marganets, litiy va qo\u2018rg\u2018oshinga juda boy. Iqlimi \u2014 tropik kontinental, issiq va quruq, chekka janubi esa subekvatorial.\u00a0Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 1960-yil 22-sentabrda Fransiyadan mustaqillik olgan (oldingi nomi \u2014 Fransuz Sudani). Mustaqillik kuni \u2014 Milliy bayram sifatida nishonlanadi. Qonunchilik fransuz fuqarolik huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyat prezidentga (davlat boshlig\u2018i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat esa bir palatali parlament \u2014 Milliy Yig\u2018in tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyasi \u2014 Birdamlik va Adolat Afrika partiyasi, Afrika demokratik birlashuvi \u2014 Sudan ittifoqi.\u00a0 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.\u00a0Mali dunyoning qashshoq davlatlaridan biri. Ishlab chiqarish qishloq xo\u2018jalik mahsulotlarini qayta ishlash va qazib olish korxonalari bilan (oltin, fosforitlar) cheklangan. Qishloq xo\u2018jaligi YIMning 50% ini beradi. Asosiy ekinlari \u2014 proso, sorgo, makkajo\u2018xori, sholi, maniok, ananaslar, mango, papaya, sitrus ekinlari, shakarqamish, tamaki, yong\u2018oq, paxta. Fermer xo\u2018jaliklari asosan Niger daryosi bo\u2018ylarida joylashgan. Mali \u2014 G\u2018arbiy Afrikaning eng yirik chorvador mamlakatlaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixi.\u00a0XI asrda vujudga kelgan Mali qirolligini XIII asrda 1 ming yillik boshlarida paydo bo\u2018lgan va imperator Muso (1312-1337) davrida o\u2018zining gullab- yashnagan davrini boshidan kechirgan, Gana qirolligi tushkunlikka uchratdi va Songai imperiyasi ta\u2019siriga tushib qoldi. 1591-yili mamlakat Marokash bosqini natijasida bir necha mayda bo\u2018laklarga bo\u2018linib ketdi. XIX asr oxirida hozirgi Mali hududlari Fransiya mustamlakasiga aylantirildi va 1920-yili fransuz Sudani tarkibiga kirdi. 1958-yili Sudan Respublikasi tuzildi va unga 1959-yili Senegal bilan Mali Federatsiyasi birlashdi. 1960-yili ularning mustaqilligi e\u2019lon qilindi. Federatsiya tarqalganidan so\u2018ng, 1960-yil sentabrida sobiq Fransuz Sudani mustaqil Mali davlati bo\u2018ldi. 1968-yili davlat to\u2018ntarishi oqibatida hokimiyat tepasiga harbiylar kelishdi, 1969-yili Traore prezidentlikni egalladi, u 1991-yil o\u2018z vazifasidan olib tashlandi. 1992-yil mamlakatda erkin prezident saylovlari bo\u2018lib o\u2018tdi va unda Konari davlat boshlig\u2018i etib saylandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Mali Respublikasi. Poytaxti \u2014 Bomako. Hududi \u2014 1240142 km2. Aholisi \u2013 12,3 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 fransuz. Dini \u2014 islom (70%), xristianlik (5%) va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mali\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22953","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22953","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22953"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22953\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22965,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22953\/revisions\/22965"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22953"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22953"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22953"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}