{"id":22957,"date":"2022-03-29T13:38:40","date_gmt":"2022-03-29T10:38:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22957"},"modified":"2022-03-29T13:38:40","modified_gmt":"2022-03-29T10:38:40","slug":"mozambik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mozambik\/","title":{"rendered":"Mozambik"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Mozambik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Maputu. Hududi \u2013 799,4 ming km.kv. Aholisi \u2013 21,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili Portugal. Dini \u2014 majusiylik (60%), xristianlik (30%), islom (10%). Pul birligi \u2014 metikal.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrika qit\u2019asining janubi sharqida joylashgan davlat. G\u2018arbda Malavi (chegara uzunligi \u2014 1569 km), Zimbabve (1231 km) va Zambiya (419 km), janubda JAR (491 km) va Svazilend (105 km), shimolda Tanzaniya (756 km) biIan chegaradosh. Sharqda mamlakat hududi Mozambik ko\u2018rfaziga tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 4571 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi esa \u2014 2470 km. Mamlakat shimolida balandligi 2419 m.gacha bo\u2018lgan sharqiy Afrika yassitog\u2018ligi joylashgan. G\u2018arbda mamlakatning yuqori nuqtasi (2436 m) bo\u2018lgan Metebele tog\u2018i bor. Sharqda qirg\u2018oqbo\u2018yi quyi pasttekisliklari joylashgan. Mamlakatning markaziy qismini tepaliklar egallagan. Asosiy daryolari \u2014 Zambezi va Limpopo. Mamlakatning eng yirik Nyasa ko\u2018lining bir qismi Malavi hududida joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: ko\u2018mir, titan, temir rudasi, boksitlar, mis. Iqlimi \u2014 shimolda subekvatorial mussonli, janubda tropik passatli.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Mamlakat 11 ta provinsiyadan iborat, jumladan, poytaxti \u2014 Maputu shahri ham provinsiya maqomiga ega. 1975-yil 25-iyunda Mozam\u00adbik Portugaliyadan mustaqillik oldi. Mustaqillik kuni milliy bayram sifatida nishonlanadi. Qonunchilik Portu\u00adgal fuqarolik huquqiga asoslangan. Davlat va hukumat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Premyer-ministr esa Ministrlar Kengashini boshqarishda prezidentga yordam beradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament \u2014 Respublika Assambleyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: FRELIMO partiyasi, Mozambik milliy ittifoqi (UNAMO), Mozambik liberal-demokratik partiyasi (PALMO), Mozambik milliy harakati (MONAMO).<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Mozambik qishloq xo\u2018jaligida va gidroenergetikada iqtisodiy potensialga ega bo\u2018lishiga qaramasdan Afrikaning eng qashshoq davlatlaridan biri bo\u2018lib qolmoqda. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari \u2014 neftni qayta ishlash, kimyo, to\u2018qimachilik, tamaki, oziq-ovqat ishlab chiqarish. Qishloq xo\u2018jaligi YIMning 50% ini, eksportning 90% ini ta\u2019minlaydi. Asosiy ekinlari: paxta, shakarqamish, choy, maniok, makkajo\u2018xori, sholidan iborat, keilyu yong\u2018oqlari va krevetkalar eksportining asosini tashkil qiladi. Keyingi yillarda hukumat tomo\u00adnidan chet el investitsiyalari kirib kelishining qo\u2018llab-quvvatlanishi, iqtisodiy o\u2018sish sur\u2019atlarining oshishiga sabab bo`lmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Ispaniya, JAR, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya. Temiryo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 3288 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 26498 km, ichki suv yo\u2018llari \u2014 3750 km. Mamlakatning asosiy portlari: Beyra, Maputu, Nakala.&nbsp;Tarixi.&nbsp;O\u2019rta asrlarda hozirgi Mozambik qirg\u2018oq- larida arab savdogarlari o\u2018z koloniyalariga asos solganlar. 1498-yili Mozambik qirg\u2018oqlariga Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya keldi va portugallar mahalliy qabila boshliqlari bilan Portugaliya mamlakatning faqat sohilbo\u2018yi hududlarini nazorat qilishi haqida kelishib olishdi. Mozambikning markaziy qismining portugallar tomonidan tadqiq qilinishi Serpa Pintu yo\u2018lboshchiligida XIX asming oxirida boshlandi, 1951-yili esa Mozambik Portugaliyaning dengizorti provinsiyasiga aylandi. 1962-yilda tashkil topgan FRELIMO (Mozambikni ozod qilish fronti) qurolli tashkiloti portugallarga qarshi kurash olib bordi. 1975-yil 25-iyunda Portugaliya Mozambik mustaqilligini tan oldi. Mamlakatda 16 yil davom etgan fuqarolar urushi 1992-yili hukumat va Mozambik Milliy qarshilik harakati o\u2019rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi bilan yakunlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Mozambik Respublikasi. Poytaxti \u2014 Maputu. Hududi \u2013 799,4 ming km.kv. Aholisi \u2013 21,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili Portugal. Dini \u2014 majusiylik (60%), xristianlik (30%), islom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mozambik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22957","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22957","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22957"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22957\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22969,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22957\/revisions\/22969"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22957"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22957"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22957"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}