{"id":22959,"date":"2022-03-29T13:46:23","date_gmt":"2022-03-29T10:46:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22959"},"modified":"2022-03-29T13:46:24","modified_gmt":"2022-03-29T10:46:24","slug":"togo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/togo\/","title":{"rendered":"Togo"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi\u00a0\u2014\u00a0Togolez Respublikasi. Poytaxti\u00a0\u2014\u00a0Lome. Hududi\u00a0\u2013 56,8 ming km.kv. Aholisi\u00a0\u2013 5,8 mln kishidan ortiq\u00a0(2012).\u00a0Davlat tili\u00a0\u2014\u00a0fransuz. Dini\u00a0\u2014mahalliy dinlar\u00a0(50%),\u00a0xristianlik\u00a0(35%),\u00a0islom\u00a0(15%).\u00a0Pul birligi\u00a0\u2014\u00a0Afrika franki.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrikaning g\u2019arbida joylashgan davlat. G\u2019arbda Gana (chegaraning uzunligi \u2014 877 km), sharqda Benin (644 km), shimolda Burkina-Faso (126 km) bilan chegaradosh. Janubda mamlakat sohillari Gvineya ko\u2019rfazining suvlari bilan yuviladi. Chegaraning umumiy uzunligi \u2014 1647 km. Sohilining uzunligi \u2014 56 km. Sohilbo\u2019ylari pasttekslikdan iborat. Mamlakat shimolida kichik tepaliklari mavjud savannalar joylashgan. Markaziy qism qir-adirlardan iborat. Janubda balandligi 986 metrgacha bo\u2019lgan yassitog\u2019liklar joylashgan. Asosiy daryo \u2014 Mono. Tabiiy boyliklari: fosforitlar, marmar. Haydaladigan yerlar hududning 25% ini, qolgan hududlarini o\u2019rmon va to\u2019qaylar tashkil etadi. Iqlimi \u2014 subekvatorial. Mamlakatning janubiy qismida kokos palmalari bilan baobablar o\u2019sadi. Markaziy va shimoliy qismlarda savanna o\u2019simliklari o\u2019sadi. Hayvonot olami qoplon, fil, begemot, arslon, antilopa, timsoh va maymunlardan iborat.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 respublika. Togo 1960-yilning 27-aprelda mustaqillikka erishadi (avval Fransiya mustamlakasi). Milliy bayrami \u2014 27-aprel (Mustaqillik kuni). Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2019i) va Vazirlar Kengashini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Mamlakatda ro\u2019yxatdan o\u2019tgan 40 dan oshiq siyosiy partiyalardan eng yiriklari \u2014 Adolat va demokratiya uchun ittifoq, Demokratik oppozitsiya jamoasi (KOD-2), Yangilanish uchun faoliyat qo\u2019mitasi (KAR), Togolez xalqi birlashmasi (RPT).<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Iqtisodning asosiy sektori \u2014 qishloq xo\u2019jaligi (YIM \u2014 35%). Qishloq xo\u2019jaligida mehnatga layoqatli aholining 78% i band. Eksport umumiy hajmining taxminan uchdan bir qismi \u043a\u0430\u043a\u0430\u043e, qahva, paxtaga to\u2019g\u2019ri keladi. Sanoatning asosiy tarmog\u2019i \u2014 fosforitlarni qazib olish (eksportning 40%i). Asosiy savdo hamkorlari: YI, Afrika davlatlari, AQSH, Yaponiya. Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 515 km, avtomobil yo\u2019llari \u2014 662 km. Porti \u2014 Lome.&nbsp; Tarixi.&nbsp;Hozirgi Togoning sohilbo\u2019yi hududlari portugallar tomonidan XVI asrda kashf etiladi. XVIII asrda bu hudud G\u2019arbiy Afrika qui savdosining asosiy savdo markazlaridan biriga aylanadi. 1884-yilda Togo Germaniyaning protektorati deb e\u2019lon qilinadi. Birinchi jahon urushi davrida Togo britan va fransuz qo\u2019shinlari tomonidan egallanadi. 1919-yildan Buyuk Britaniya va Fransiyaning hamkorligidagi boshqaruvi ostida qoladi. 1956-yilda Togoning Britaniya qismi Oltin Qirg\u2019oq (hozirgi Gana) tarkibiga kiradi, Fransiya Togosi esa muxtoriyatga erishadi. 1960-yilda Fransiya Togosi o\u2019z mustaqilligini e\u2019lon qildi. Togo Respublikasida 1960-yildan keyin bir necha bor harbiy davlat to\u2019ntarishlari bo\u2019lib o\u2019tdi. 1991-yildan beri mamlakatda fuqarolik hukumati o\u2019rnatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi\u00a0\u2014\u00a0Togolez Respublikasi. Poytaxti\u00a0\u2014\u00a0Lome. Hududi\u00a0\u2013 56,8 ming km.kv. Aholisi\u00a0\u2013 5,8 mln kishidan ortiq\u00a0(2012).\u00a0Davlat tili\u00a0\u2014\u00a0fransuz. Dini\u00a0\u2014mahalliy dinlar\u00a0(50%),\u00a0xristianlik\u00a0(35%),\u00a0islom\u00a0(15%).\u00a0Pul birligi\u00a0\u2014\u00a0Afrika franki.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrikaning g\u2019arbida joylashgan davlat. G\u2019arbda Gana (chegaraning uzunligi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/togo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22959","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22959","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22959"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22959\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22993,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22959\/revisions\/22993"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22959"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22959"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22959"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}