{"id":22973,"date":"2022-03-29T13:44:34","date_gmt":"2022-03-29T10:44:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22973"},"modified":"2022-03-29T13:44:35","modified_gmt":"2022-03-29T10:44:35","slug":"ruanda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ruanda\/","title":{"rendered":"Ruanda"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Ruanda Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kigali. Hududi \u2014 26340 km.kv. Aholisi \u2013 10,2 mlndan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz, fran- suz va kinyaruanda (eng katta etnik guruhlarini \u2014 xutu (70%), pigmey (14%), va tutsilar (9%). Dini \u2014 katoliklar (65%), majusiylar (25%), protestantlar (9%), musulmonlar (1 % ). Pul birligi \u2014 Ruanda franki.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Markaziy Afrika davlati. Janubda Burundi (chegara uzunligi \u2014 290 km), sharqda Tanzaniya (217 km), g\u2019arbda Qarbda Kongo Demokratik Respublikasi (217 km), shimolda Uganda (169 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 893 km. Mamlakat Sharqiy Afrika pasttekisligining g\u2019arbiy qismida joylashgan. Ustunlik qiluvchi tepaliklar dengiz sathidan 1500-2000 m balandlikda joylashgan. Ruandaning yuqori nuqtasi \u2014 Xarisimbi tog\u2018i (4507 m). Asosiy daryosi Koira-Nilning irmog\u2018i. Mamlakatning yirik ko\u2019li \u2014 Kivu kema qatnovi uchun yaroqlidir. Asosiy tabiat resurslari: oltin, volfram rudasi, tabiiy gaz, qalay. Iqlimi \u2014 subekvatorial. 0\u2018simlik dunyosi inson faoliyati ta\u2019sirida o\u2018rmonlar o\u2018rnini savannalar va evkalipt ekinzorlari egalladi. Tog\u2018 yonbag\u2018irlarida fikus, palma, bambuk kabi daraxtlar uchraydi. Yirik hayvonlarni faqat Milliy bog\u2018da uchratish mumkin. Bular timsoh, begemot, fil, antilopa va eng asosiysi odamsimon qora gorillalar.\u00a0 Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat boshqaruv shakli \u2014 respublika. Mamlakat tarkibi 11 ta prefekturadan iborat. Ruanda mustaqillikni 1962- yil 1-iyunda qoiga kiritdi (bundan oldin Belgiya mustamlakasi) va shu kun milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2018i) hamda premyer-ministrga tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali Milliy yig\u2019in amalga oshiradi. Siyosiy partiyalari: Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy respublikachilar harakati, Xutu partiyasi, Ruanda vatanparvarlar fronti, Xristian-demokratlar partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Qishloq xo\u2018jaligi iqtisodiyotining asosini (Y1M \u2014 50%) tashkil qilib, qahva va choy umumiy eksport hajmining 90%ini tashkil qiladi. Sanoat ishlab chiqarish qishloq xo\u2018jalik mahsulotlarini qayta ishlash (YIM \u2014 17%) va tog\u2018-kon sanoati, volfram va qalay rudasini qazib olish bilan cheklangan. 1994-yilda boshlangan fuqarolar urushi ham iqtisodning umumiy ahvoliga salbiy ta\u2019sir qildi. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 Germaniya, Belgiya, AQSH, Italiya.&nbsp; Tarixi.&nbsp;XVI asrga kelib hozirgi Ruanda hududida boshqaruv shakliga ko\u2018ra absolut monarxiya bo\u2018lgan davlat tashkil topdi. Yevropaliklar Ruandani 1858-yilda kashf qilishgan. 1898-yilda esa mamlakat hududi Urundi qirolligi bilan birgalikda Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga kirdi. 1923-yilda Belgiya Millatlar Ligasidan Ruanda-Urundi hududlarini boshqarishga mandat oldi. 1946-yilda Belgiya homiyligidagi va boshqaruvi ostidagi hududga aylangan Ruanda-Urundi 1960-yilda Kongo mustaqilligi e\u2019lon qilingandan so\u2018ng Zoir tarkibiga qo\u2019shilgan va shu yilning o\u2018zida undan ajralib chiqqan. 1961-yilda o\u2018tkazilgan referendum oqibatida Ruanda-Urundi shu yilning o\u2018zida respublika deb e\u2019lon qilingan va Burundi hamda Ruandaga ajralib ketdi. 1962-yilda esa to\u2018la mustaqillikni qo\u2018lga kiritdi. 1973-yil davlat to\u2018ntarilishi oqibatida hokimiyat tepasiga harbiylar kelib, parlamentni ham, siyosiy partiyalarni ham tarqatib yuborishdi. 1990-yilda ko\u2019pchiligi 1959-yilda Ugandadan immigratsiya qilgan tutsi va xutu etnik guruhlari o\u2018rtasida qonli to\u2018qnashuvlar boshlanib ketdi. 1992-yilda mojaroni bostirishga erishildi va mamlakatda demokratiyalashtirish jarayoni boshlandi. Biroq 1994-yilda etnik to\u2019qnashuvlar yangi kuch bilan avj oldi. Ugandadagi fuqarolar urushi o\u2018zi bilan minglab qurbonlar va qo\u2018shni mamlakatlarga, asosan Burundi va Zoirga millionlab emmigrantlarning qochib chiqishiga olib keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Ruanda Respublikasi. Poytaxti \u2014 Kigali. Hududi \u2014 26340 km.kv. Aholisi \u2013 10,2 mlndan ortiq kishi (2012). Davlat tili \u2014 ingliz, fran- suz va kinyaruanda (eng katta etnik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ruanda\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22973","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22973","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22973"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22973\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22984,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22973\/revisions\/22984"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22973"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22973"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22973"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}