{"id":22980,"date":"2022-03-29T13:46:03","date_gmt":"2022-03-29T10:46:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22980"},"modified":"2022-03-29T13:46:04","modified_gmt":"2022-03-29T10:46:04","slug":"syerra-leone","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/syerra-leone\/","title":{"rendered":"Syerra-Leone"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Syerra-Leone Respublikasi. Poytaxti \u2014 Fritaun. Hududi \u2014 71740 km.kv. Aholisi \u2013 6,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili itigliz. Dini \u2014 majusiylik (52%), islom (40%), xristianlik (8%). Pul birligi \u2014 leone.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrika qit\u2019asining g\u2019arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda va sharqda Gvineya (chegara uzunligi 652 km), janubi sharqda Liberiya (306 km) bilan chegaradosh. G\u2018arbda va janubi g\u2018arbda mamlakat Atlantika okeani bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi \u2014 958 km, sohil bo\u2018ylab chegara uzunligi esa \u2014 402 km. Mamlakat hududining katta qismi Leon-Liberiya tepaligida joylashgan. G\u2018arbida va janubida qirg\u2018oqbo\u2018yi mangro botqoqliklari bor. Tabiiy resurslaridan nisbatan muhimlari \u2014 olmos, boksitlar, titan rudasi, temir rudasi, oltin. Ishlov beriladigan yerlar umumiy hudu\u00addining 25% ini, o\u2018tloq va yaylovlar 31% ini, o\u2018rmon va to\u2019qayzorlar 29% ini egallaydi. Iqlimi \u2014 ekvatorial nam. Syerra-Leone hududlarining taxminan yarmini savannalar, sharqida tog\u2018lar va janubida ekvatorial o\u2018rmonlari bor. O\u2018rmonlarda juda ko\u2018p maymunlar (shimpanze, babuinlar, makakalar), qoplon, giyena, antilopa, zebralar bor, kichik begemotlar saqlanib qolgan. Shuningdek, noyob dengiz hayvoni \u2014 lamantin ham uchraydi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzumi \u2014 harbiy tartib. Mamlakat tarkibida \u2014 G\u2018arbiy viloyat va 3 ta provinsiya (sharqiy, shimoliy, janubiy) bor. Syerra-Leone 1961-yil 27-aprelda mustaqillikka erishgan (ilgari Buyuk Britaniyaning protektorati bo\u2019lgan). Bu kun Milliy bayram (Respublika kuni) sifatida nishonlanadi. Qonunchilik ingliz huquqshunosligiga va mahalliy qabilalar qonunlariga asoslangan. Butun hokimiyat Muvaqqat Milliy Boshqaruv Kengashiga tegishli. Mamlakat parlamenti (Deputatlar palatasi) 1992-yil 29-aprelda sodir bo\u2019lgan davlat to\u2018ntarishidan so\u2018ng tarqatib yuborilgan. Siyosiy partiyalar: Syerra-Leone xalq partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Milliy birlik partiyasi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo\u2018jaligi ilg\u2018or tarmoq hisoblanadi (YIMning 1\/3 qismini tashkil qiladi). Asosiy eksport qiladigan mahsulotlari \u2014 qahva va \u043a\u0430\u043a\u0430\u043e. YIMning 10%ini tashkil qiladigan sanoat (olmos, boksit\u00adlar, rutil) va qishloq xo\u2018jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan cheklangan. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Nigeriya. Avtomobil yo\u2018llarining umumiy uzunligi \u2014 7400 km (shundan 1150 km. tosh yotqizilgan yo\u2019llar), ichki suv yo\u2018llari \u2014 800 km. Asosiy portlari \u2014 Bonte, Pepel, Fritaun.&nbsp; Tarixi.&nbsp;1460-yili portugallar tomonidan ochilgan hozirgi Syerra-Leone hududlari uzoq vaqt davomida G\u2018arbiy Afrikaning qul savdosi markazlaridan biri bo\u2019lib keldi. 1787-yili Amerikada ozodlikka erishgan sobiq qullar Syerra-Leone qirg\u2018oqlarida inglizlar yordamida o\u2018z turar joylariga asos soldilar. 1808-yili Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirilgan bu mamlakat 1961-yili Britan hamdo\u2018stligi doirasida muxtoriyatga erishdi. 1971-yilgi davlat to\u2019ntarishi natijasida Syerra-Leone mustaqil davlat deb e\u2019lon qilindi.&nbsp; 1992-yili navbatdagi davlat to\u2018ntarishi o\u2018tkazildi va hokimiyatga harbiylar kelishdi. Ular parlamentni tarqatib yuborishdi va siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlab qo\u2019yishdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Syerra-Leone Respublikasi. Poytaxti \u2014 Fritaun. Hududi \u2014 71740 km.kv. Aholisi \u2013 6,3 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili itigliz. Dini \u2014 majusiylik (52%), islom (40%), xristianlik (8%). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/syerra-leone\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22980","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22991,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22980\/revisions\/22991"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22980"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22980"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}