{"id":22981,"date":"2022-03-29T13:46:13","date_gmt":"2022-03-29T10:46:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22981"},"modified":"2022-03-29T13:46:14","modified_gmt":"2022-03-29T10:46:14","slug":"tanzaniya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tanzaniya\/","title":{"rendered":"Tanzaniya"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Tanzaniya Birlashgan Respublikasi. Poytaxti \u2014 Dodorna. Hududi \u2013 947,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 40,2 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz va suaxili. Dini \u2014 islom, xristian va mahalliy dinlar. Pul birligi \u2014 tanzaniya shillingi.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Afrikaning janubi sharqiy qismidagi davlat. Shimolda Keniya (chegaraning uzunligi \u2014 769 km) va Uganda (396 km), janubda Mozambik (756 km), Malavi (475 km) va Zambiya (338 km), g\u2019arbda Burundi (451 km) va Ruanda (217 km) bilan chegaradosh. G\u2019arbda Tanganika ko\u2019li Tanzaniyani Kongo Demokratik Respub- likasidan ajratib turadi. Mamlakatning sharqida esa Hind okeani joylashgan. Chegarasining umumiy uzunli\u00adgi \u2014 3402 km, sohil bo\u2019ylab chegara uzunligi \u2014 1424 km. Sohilbo\u2019yi tekisiiklardan iborat. Mamlakat hudu\u00addining asosiy qismini dengiz sathidan o\u2019rtacha 1200 m baland bo\u2019lgan yassitog\u2019lik tashkil qiladi. Shimoli sharq va janubi g\u2019arbda kichik tog\u2019lar bor. Afrikaning eng baland cho\u2019qqisi \u2014 Kilimanjaro vulqoni (5895 m) Keniya bilan chegarada joylashgan. Afrikaning eng yirik uchta koilari \u2014 Tanganika, Viktoriya, Nyasa \u2014 qisman Tanzaniyaga tegishli. Qazilma boyliklardan qalay, temir rudasi. ko\u2018mir, fosforitlar, olmos, oltin bor. Mamlakat hududining 5% ini haydaladigan yerlar. 17% ini o\u2018rmon va to\u2018qaylar, o\u2018tloq va yaylovlar 40% ini tashkil etadi. Iqlimi \u2014 ekvatorial musson. O\u2019simlik dunyosining asosini savanna o\u2018simliklari va o\u2018rmonlar tashkil etadi. Hayvonlardan jirafa, oq karkidon, fil, zebra, antilopalar va turli maymunlar uchraydi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzumi \u2014 prezident respublikasi. Mamlakat tarkibiga 25 ta viloyat (20 tasi materikda, 5 tasi orollarda) kiradi. Tanganika mustaqillikka 1961-yilning 9-dekabrida erishadi. 1963-yilning 19-dekabrida esa Zanzibar mus\u00adtaqillikka erishadi. 1964-yilning 26-aprelida Tanganika Zanzibar bilan birlashadi. 1964-yilning 29-oktabridan bu davlat Tanzaniya Birlashgan Respublikasi deb atala boshlaydi. Milliy bayramlari: 9-dekabr \u2014 Mustaqillik e\u2019lon qilingan kun (1961), 26-aprel \u2014 Ittifoq kuni (1964). Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig\u2019i) va Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat prezident va Milliy Assambleya (parlament) tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Inqilobiy partiya (Chama Cha Mapinduzi), Qayta tiklash va taraqqiyot uchun milliy konvensiya, Birlashgan fuqarolar fronti.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Tanzaniya iqtisodi sezilarli darajada qishloq xo\u2018jaligi (YIM \u2014 58%) bilan bog\u2018liq. Qishloq xo\u2018jaligi mahsulot- lari (asosan qahva, choy, paxta, tamaki, chinnigul) eksportning 85% ini tashkil etadi. Sanoat qishloq xo\u2019jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, olmos va neft qazib olish hamda neftni qayta ishlash bilan chegaralangan. Asosiy savdo sheriklari: Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Italiya. Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 3555 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 81900 km. Portlari: Dor-us- Salom, Mtvara, Ianga va Zanzibar (okean), Mvenda va Kigoma (daryo).&nbsp; Tarixi.&nbsp;Tanganika sohillari va unga yaqin orollarda (Zanzibar) VII-VIII asrlardayoq arablar o\u2018rnashishgan edi. 1505-yilda bu hududlarga portugallar kirib keladi, ammo ular o\u2018z ta\u2019sirini XVII asrning oxirlarida yo\u2018qotishadi. XVIII asrda Zanzibar Ummon sultonlariga qaram bo\u2018ladi. Ummon sultonlari 1832-yilda o\u2018z qarorgohlarini Zanzibarga ko\u2018chirishadi. 1856-yilda mustaqil Zanzibar sultonligi tashkil topadi. 1890-yilda sultonlik Britaniya protektorati deb e\u2019lon qilinadi. Mamlakatning bantu qabilalari istiqomat qiladi\u00adgan markaziy viloyatlarini mustamlakaga aylantirish XIX asrda inglizlar va nemislar tomonidan boshlanadi. 1885-yilda Tanganika hududida Germaniya Sharqiy Afrikasi Kompaniyasiga asos solinib, 1891-yilda bu hududlar Germaniya mustamlakasiga aylantiriladi. 1920-yilda Millatlar Ligasi Tanganikani boshqarish mandatini Buyuk Britaniyaga topshirdi. 1947-yilda bu yerlar BMT otalig\u2018idagi hududlar maqomini oladi. Tanganika (1961) va Zanzibar (1963) mustaqillikka erishgandan so\u2019ng 1964-yilning aprelida yagona davlat Tanzaniya tashkil topadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Tanzaniya Birlashgan Respublikasi. Poytaxti \u2014 Dodorna. Hududi \u2013 947,3 ming km.kv. Aholisi \u2013 40,2 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 ingliz va suaxili. Dini \u2014 islom, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tanzaniya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22981","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22981","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22981"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22981\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22992,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22981\/revisions\/22992"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22981"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22981"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22981"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}