{"id":22994,"date":"2022-03-29T13:49:39","date_gmt":"2022-03-29T10:49:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=22994"},"modified":"2022-03-29T13:49:40","modified_gmt":"2022-03-29T10:49:40","slug":"tunis","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tunis\/","title":{"rendered":"Tunis"},"content":{"rendered":"\n<p>Rasmiy nomi \u2014 Tunis Respublikasi. Poytaxti \u2014 Tunis. Hududi \u2013 163,6 ming km2. Aholisi \u2013 10,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 arab. Davlat dini \u2014 islom. Pul birligi \u2014 tunis dinori.\u00a0 Geografik joylashuvi va tabiati.\u00a0Shimoiy Afrikada joylashgan davlat. G\u2019arbda Jazoir (chegaraning uzunligi \u2014 965 km), janubda Liviya (459 km) bilan chegaradosh. Shimol va sharqdan mamlakat sohillarini O\u2018rtayer dengizining suvlari yuvib turadi. Chegaraning umumiy uzunligi \u2014 1424 km. Sohilining uzunligi \u2014 1148 km. Mamlakat hududining 1\/3 qismini Atlas tog\u2019lari va mamlakat shimolidagi balandligi 1520 metrgacha bo\u2018lgan yassitog\u2018lik tashkil etadi. Markaziy qismida ayrimlari dengiz sathidan pastda joylashgan sho\u2018r ko\u2018llar (shott yoki chott) mavjud bo\u2018lgan tekislik va pasttekisliklar bor. Janubda Sahroi Kabirning shimoliy qismi joylashgan. Asosiy daryosi \u2014 Majarda. Tunisda neft, temir rudasi, fosforitlar, qo\u2018rg\u2018oshin konlari bor. Iqlimi \u2014 subtropik. Mamlakat shimolida agava, opunsa, yowoyi zaytun, eman o\u2018sadi. Janubda tikanli butalar, lishayniklar, sahro daraxtlaridan talxa va etal o\u2018sadi. Yirik hayvonlardan Tunisda qora qoplon, tog` qo\u2018yi uchraydi. Sahroda qoraxal silovsin, yowoyi mushuk, gepard, shoqol, tulki kabi yirtqichlar, kichik gekko\u2019nlar, echkiemarlar, ilonlar (qum bo\u2018g\u2018ma iloni, efa, shoxdor qora ilon) uchraydi. Ayrim yillarda mamlakat hududi chigirtka bosqiniga duchor bo\u2018ladi.\u00a0 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.\u00a0Davlat tuzilishi \u2014 prezident respublikasi. Davlat 20 provinsiyaga bo\u2018lingan. 0\u2018z navbatida provinsiyalar 212 tumanni o\u2018z ichiga oladi. Tunis 1956-yil 20-martda mustaqillikka erishadi (awal Fransiya mustamlakasi bo\u2018lgan). 20-mart milliy bayram (Mustaqillik kuni) hisoblanadi. Qonunchiligi fransuz fuqarolik umumiy huquqiga va islom qonunlariga asoslangan. Davlat boshlig\u2018i \u2014 prezident. Prezident Bosh vazir va huku- matni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Deputatlar palatasi (bir palatali parlament)ga tegishli. Eng yirik siyosiy partiyalari: Demokratik konstitutsion uyushma, Yangilanish harakati, Demokratlar va sotsialistlar harakati, Xalq birligi partiyasi, Progressiv sotsialistik harakat.<\/p>\n\n\n\n<p>Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.&nbsp;Tabiiy boyliklarga boy emasligiga qaramasdan, Tunis Afrikaning taraqqiy etgan davlatlari qatoriga kiradi. Haydaladigan yerlar hududining 20% ni, o\u2018tloq va yaylovlar 19%ni tashkil etadi. Sanoatning eng rivojlangan tarmoqlari: tog\u2018-kon (fosforitlar), to\u2019qimachilik, oziq-ovqat. Qishloq xo\u2018jaligi (YIM-16%) mamlakatni 80% ga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta\u2019minlaydi. Qishloq xo\u2018jaligida bug\u2018doy, arpa yetishtirish va zaytun moyini ishlab chiqarish muhim o\u2018rin egallaydi. Jadal rivojlanayotgan turizm iqtisodining asosiy tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Asosiy savdo sheriklari: YI davlatlari, Yaqin Sharq davlatlari, AQSH, Jazoir. Temiryo\u2019llarining umumiy uzunligi \u2014 2115 km, avtomobil yo\u2018llari \u2014 33000 km. Portlari: Bizerta, Sus, Tunis.&nbsp; Tarixi.&nbsp;\u041c. a. XII asrdayoq Tunis sohillarida dastlabki Finikiya koloniyalari, eng mashhuri Karfagen vujudga keladi. Mamlakatning markaziy qismlarida esa barbar qabilalari yashagan. \u041c. a. VI asrda Karfagen imperiyasi o\u2018z qudratining cho\u2018qqisiga ko\u2019tariladi. M. a. 146-yilda Karfagen qadimgi Rim bilan kurashda qulaydi. Qadimgi Rim bu hududga lotin tili va Rim madaniyatini, III asrda esa xristianlikni olib kiradi. V asrda vandallar tomonidan egallanib talon-taroj qilingan hozirgi Tunis hududi 633-yilda Vizantiya imperiyasi tarkibiga kiradi. 647-yildan Tunisga arablar bostirib kiradi va o\u2018z hokimiyatini o\u2019matadi. IX-XII asrlarda Tunisda abbosiylar va fotimiylarning sharqiy sulolalari hukmronlik qiladi. 1159- 1160-yillarda Abdulmo\u2018min Shimoliy Afrikaning g\u2019arbiy qismidagi musulmonlami o\u2018ziga bo\u2018ysundiradi va barbarlarning almuxiylar sulolasiga asos soladi. 1574-yilda Tunis hududi turklar tomonidan egallanib, XIX asrning oxirlariga qadar Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kiradi. 1830-yilda Yevropa davlatlari bu hududga intervensiya uyushtirishadi. XIX asrning oxirida Tunis Fransiyaga qaram bo\u2019ladi. Lekin bey rasman davlat boshlig\u2018i hisoblangan. 1925-yilda Dastur partiyasining tuzilishidan boshlangan ozodlik kurashi natijasida Tunis 1956-yilning mart oyida mustaqillikka erishadi. 1957-yilning 25-iyulida Habib Burg\u2019iba beyni hokimiyatdan chetlashtirib, Tunisni respublika deb e\u2019lon qiladi. 1958-1963-yillarda fransuz qo\u2018shinlari Tunis hududida xarbiy harakatlarni amalga oshirgan. XX asrning 70-yillarida neft zaxiralari hisobiga mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi jadallashdi. XXI asr bo\u2018sag\u2018asida Tunisda islom fundamentalistlariga qarshi jiddiy kurash olib borildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasmiy nomi \u2014 Tunis Respublikasi. Poytaxti \u2014 Tunis. Hududi \u2013 163,6 ming km2. Aholisi \u2013 10,4 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili \u2014 arab. Davlat dini \u2014 islom. Pul birligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tunis\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22365,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[178],"tags":[],"class_list":["post-22994","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-afrika-mamlakatlari","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22994","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22994"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22994\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23001,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/22994\/revisions\/23001"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/22365"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22994"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=22994"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=22994"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}