{"id":23045,"date":"2022-03-29T15:18:57","date_gmt":"2022-03-29T12:18:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23045"},"modified":"2022-03-29T15:18:58","modified_gmt":"2022-03-29T12:18:58","slug":"dakka","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dakka\/","title":{"rendered":"DAKKA"},"content":{"rendered":"\n<p>DAKKA, Dhaka (hosildorlik ma&#8217;budasi nomidan) \u2014 Bangladesh poytaxti. Gang-Brahmaputra daryosi deltasidagi port. Mamlakatning va Dakka viloyatining ma&#8217;muriy siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy markazi. Aholisi 3,8 million kishi (shahar atrofi bilan 7,4 million, 1998). Dakka Bengaliyaning eng ko&#8217;hna shaharlaridan, 1608-1717 yillarda uning poytaxti. 17-18-asr boshlarida hunarmandchilik va savdoning dunyodagi eng yirik markazlaridan bo&#8217;lgan. Dakkada ishlangan muslin (yupqa gazlama), kashta, oltin va kumushdan yasalgan buyumlar ko&#8217;p mamlakatlarda, jumladan Yevropada ham mashhur bo&#8217;lgan. Angliya istilosidan keyin (18-asr) Hindistonga Angliyadan ko&#8217;plab gazlamalar keltirila boshlagach, mahalliy hunarmandchilik va savdo inqirozga uchradi. 20-asr boshida Dakka milliy ozodlik harakatining markazlaridan biri bo&#8217;ldi. 1906 yilda Dakkada musulmonlar ligasi tuzildi. Pokiston davlati tashkil topgandan so&#8217;ng Dakka 1947-1971 yillarda Sharqiy Pokiston (Sharqiy Bengaliya) ning ma&#8217;muriy markazi, 1971 yil dekabrdan, Sharqiy Bengaliya ozodlikka erishgandan so&#8217;ng vujudga kelgan Bangladesh Xalq Respublikasining poytaxti. Dakka \u2014 muhim transport yo&#8217;llari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Dakka va uning atrofi, Narayanganj shahri bilan birga, mamlakat Sharqiy qismining asosiy sanoat rayonidir. Mamlakatdagi ip gazlama, jun, oziq-ovqat, kimyo, metallsozlik, oyna, ko&#8217;n sanoatlarining asosiy qismi Dakkada joylashgan. Dakkaning ko&#8217;hna qismida Lal Bagh qal&#8217;asi, Sat gumbaz masjidi, katta bozor (17-asr), &#8220;Yulduzlar masjidi&#8221; (18- asr); Yangi shahar qismida universitet, yangi masjid, san&#8217;at instituti, Milliy kutubxona, xukumat idoralari va boshqalar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAKKA, Dhaka (hosildorlik ma&#8217;budasi nomidan) \u2014 Bangladesh poytaxti. Gang-Brahmaputra daryosi deltasidagi port. Mamlakatning va Dakka viloyatining ma&#8217;muriy siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy markazi. Aholisi 3,8 million kishi (shahar atrofi bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dakka\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23045","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23045","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23045"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23045\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23051,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23045\/revisions\/23051"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23045"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23045"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23045"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}