{"id":23089,"date":"2022-03-29T16:08:32","date_gmt":"2022-03-29T13:08:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23089"},"modified":"2022-03-29T16:08:33","modified_gmt":"2022-03-29T13:08:33","slug":"dalvarzintepa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dalvarzintepa\/","title":{"rendered":"DALVARZINTEPA"},"content":{"rendered":"\n<p>DALVARZINTEPA \u2014 so&#8217;nggi jez davriga mansub qishloq xarobasi (miloddan avvalgi 10-8-asrlar). Chust madaniyatinit eng yirik yodgorligi. Andijon viloyatining oyim qishlog&#8217;i yaqinidan topilgan. Dalvarzintepaning 6000 metr kvadratga yaqin qismi ochilgan (1966). 2,5 metrdan 3,5 metrgacha madaniy qatlam 3 qurilish qavatiga bo&#8217;linadi. Har bir qavatidan uy-joy qoldiqlari, jez quyish ustaxonalari, g&#8217;alla o&#8217;ralari, mehnat qurollari topilgan. Biroq uylar kam ochilgan vaetarli o&#8217;rganilmagan. Madaniy qatlamda tashlandiq uy-joylar o&#8217;rnida yon tomoni bilan g&#8217;ujanak holda yotgan bir qancha murdalar, ko&#8217;p miqdorda alohida suyaklar topildi. Bular Dalvarzintepada yashagan kishilar antropologik jihatdan evropeoid irqqa mansub bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. Aholining asosiy mashg&#8217;uloti dehqonchilik va chorvachilik bo&#8217;lgan. Donni qayta ishlash uchun yorg&#8217;uchoqdan foydalanilgan. Topilgan hayvon suyaklari aholi uy hayvonlarining barcha turini parvarish qilganligini ko&#8217;rsatadi. Dalvarzintepada jez quyish ishi ancha rivojlangan. Jezdan qilingan o&#8217;roq, iskana, bigiz, igna, nayza, o&#8217;qning uch qismi va zeb-ziynat buyumlari uchraydi. Dalvarzintepadan topilgan temir pichoq va temir parchalar qadimgi Farg&#8217;ona aholisi metall bilan ancha erta tanish bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. Topilmalar orasida to&#8217;qimachilikning ancha taraqqiy etganligidan darak beruvchi materiallar (jez igna, bigiz, urchuq va boshqalar) bor.<\/p>\n\n\n\n<p>DALVARZINTEPA \u2014 qadimgi shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati Sho&#8217;rchi tumani markazi \u2014 Sho&#8217;rchi shahridan 10 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Maydoni 47 gektar. Dalvarzintepa 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 metrgacha) bilan o&#8217;rab olingan shoh saroy qal&#8217;asi va shaharning o&#8217;zidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega bo&#8217;lib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan. O&#8217;zbekiston san&#8217;atshunoslik ilmiy tadqiqot institutining san&#8217;atshunoslik ekspeditsiyasi Dalvarzintepada 1962 yil dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 yildan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba shahrida &#8220;Kushonlar davrida Markaziy Osiyo&#8221; mavzuida o&#8217;tgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini o&#8217;rganish natijalari va hokazolar) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa o&#8217;rnida bo&#8217;lgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri \u20141-asrlarda hozirgi Dalvarzintepa o&#8217;rnida kichik manzilgoh paydo bo&#8217;lgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Miloddan avvalgi 1-asr oxiri \u2014 milodiy boshlarida shimoliy Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohko&#8217;chalar, shuningdek, torko&#8217;chalar bo&#8217;lgan. Kengligi 12 metrga yaqin shoh ko&#8217;chalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib taqaladi. 1972 yil ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kilogramm chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qadimgi bo&#8217;lgan shaxmat donalarini topdi. Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qo&#8217;rg&#8217;onga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan. Shu yerda ko&#8217;p xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish maydonchasi va 11 xumdon ochildi. Qadimgi sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. Dalvarzintepaning shimoliy-g&#8217;arbiy qismidan Kushon ma&#8217;budalaridan biriga bag&#8217;ishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohko&#8217;chalardan biri o&#8217;tgan shahar markazida budda majmuasi \u2014 ulug&#8217;vor haykallari bo&#8217;lgan ibodatxona qad ko&#8217;targan (dala belgisi: DT-25). Milodiy 3-asr oxiri \u2014 4-asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin Dalvarzintepa vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hozirgi qal&#8217;a (Hisor) shoh saroyi o&#8217;rnida) saqlanib kelgan. Arablar istilosidan so&#8217;ng shahar batamom vayron qilinib, hayot Dalvarzintepadan 10 kilometr chamasi sharqda, Budrochtepa o&#8217;rniga ko&#8217;chgan. 1989 yil Dalvarzintepani o&#8217;rganishda yangi bosqich bo&#8217;ldi \u2014 O&#8217;zbekiston san&#8217;atshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti va Kashixaradagi Arxeologiya institutining professor Kyudzo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi hamkorlikda ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini o&#8217;rganish, buddaviylik personajlari ikonografiyasi, shaharsozlik jarayonining o&#8217;ziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yo&#8217;li izlari, kushonlar davridagi diniy e&#8217;tiqodlarning o&#8217;zaro ta&#8217;siri va ular Baqtriya-Toxariston san&#8217;atida aks ettirilishi yapon va o&#8217;zbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi. Ly.; Dalverzintepe [Kollektiv], T., 1978; Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Dalverzintepe \u2014 Kushanskiy gorod na yuge Uzbekistana, T., 1978; Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put. Entsiklopedicheskiy spravochnik, T., 1999. Bahodir Turg&#8217;unov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DALVARZINTEPA \u2014 so&#8217;nggi jez davriga mansub qishloq xarobasi (miloddan avvalgi 10-8-asrlar). Chust madaniyatinit eng yirik yodgorligi. Andijon viloyatining oyim qishlog&#8217;i yaqinidan topilgan. Dalvarzintepaning 6000 metr kvadratga yaqin qismi ochilgan (1966). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dalvarzintepa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23089","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23089","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23089"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23089\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23094,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23089\/revisions\/23094"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23089"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23089"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23089"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}