{"id":23135,"date":"2022-03-29T19:20:50","date_gmt":"2022-03-29T16:20:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23135"},"modified":"2022-03-29T19:20:51","modified_gmt":"2022-03-29T16:20:51","slug":"dam-olish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dam-olish\/","title":{"rendered":"DAM OLISH"},"content":{"rendered":"\n<p>DAM OLISH, hordiq chiqarish \u2014 charchoqni yozadigan, kuchquvvatni asliga keltiradigan, ish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan faoliyat yoki orom holati. Mehnat va Dam olish odamning o&#8217;qish, ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlari bilan uzviy bog&#8217;langan. Yetarli dam olmaslik \u2014 ish qobiliyatining pasayishi va hatto yo&#8217;qolishi, organizmning himoya kuchi susayishi, turli kasalliklar paydo bo&#8217;lishiga sabab bo&#8217;lishi mumkin. Mehnat va Dam olishni to&#8217;g&#8217;ri tashkil etish salomatlik va ish qobiliyatini uzoq vaqt saqlab qolishga imkon beradi. Fiziologik ma&#8217;noda Dam olish \u2014 faoliyatning alohida holati bo&#8217;lib, bunda ishlamay turgan hujayralar o&#8217;z normal tarkibini tiklaydi. Dam olishning ahamiyatini I.M. Sechenov va boshqa fiziolog olimlar isbotlab bergan. Uyqu Dam olishning eng ta&#8217;sirli turi bo&#8217;lib, uyqu paytida birinchi navbatda miya hujayralarida tiklanish jarayoni jadal boradi. Bir xil ishdan boshqasiga o&#8217;tish, aqliy faoliyatni yengil jismoniy mehnat bilan navbatlash charchoqni yo&#8217;qotadi; bu ham Dam olishning o&#8217;ziga xos turi hisoblanadi. Og&#8217;ir jismoniy yoki aqliy mehnatdan keyin ish qobiliyatini mumkin qadar tezroq tiklash uchun passiv Dam olishni (tamomila tinch holatda) aktiv Dam olish bilan navbatlash lozim. Dam olishning 3 turi (kundalik, bir haftalik va yillik Dam olish) mavjud. Kundalik Dam olishga ish kuni davomida qisqa muddatli tanaffuslarda bajariladigan ishlab chiqarish gimnastikasi kiradi. Ovqatlanishga ajratilgan vaqtning bir qismini toza havoda o&#8217;tkazish maqsadga muvofiqdir. Kundalik Dam olish tiniqib uxlash bilan yakunlanadi. Haftada 5 kun ishlab 2 kun Dam olish sof havoda uzoqroq bo&#8217;lish, sport bilan shug&#8217;ullanish imkonini beradi. Yillik Dam olish ta&#8217;til davomida ta&#8217;minlanadi. Yillik mehnat ta&#8217;tilida tabiat quchog&#8217;ida bo&#8217;lish, havo va quyosh vannalari organizmni chiniqtirishda nihoyatda foydali. Oqilona Dam olish tartibi ko&#8217;pgina omillar, xususan, mehnat sharoitlari, kishining yoshi va boshqalarga qarab tanlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAM OLISH, hordiq chiqarish \u2014 charchoqni yozadigan, kuchquvvatni asliga keltiradigan, ish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan faoliyat yoki orom holati. Mehnat va Dam olish odamning o&#8217;qish, ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dam-olish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23135","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23135","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23135"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23135\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23140,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23135\/revisions\/23140"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23135"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23135"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23135"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}