{"id":23207,"date":"2022-03-30T19:02:27","date_gmt":"2022-03-30T16:02:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23207"},"modified":"2022-03-30T19:02:28","modified_gmt":"2022-03-30T16:02:28","slug":"dandanakon-jangi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dandanakon-jangi\/","title":{"rendered":"DANDANAKON JANGI"},"content":{"rendered":"\n<p>DANDANAKON JANGI &#8211; Saljuqiylar bilan G&#8217;aznaviylar o&#8217;rtasidagi jang. Mahmud G&#8217;aznaviy Movarounnahrga da&#8217;vo qilib, Qoraxoniylar bilan raqobatda bo&#8217;lgan yillarda o&#8217;g&#8217;uz turkmanlaridan bo&#8217;lgan saljuqiylarning bir guruhiga Shimoliy Xuroson (xususan, Marv viloyati) da joylashib yashashiga ruxsat bergan edi. Saljuqiylar ko&#8217;chmanchi chorvadorlar bo&#8217;lgani uchun yaylovlarga egalik qilish uchun kurash boshlaganlar. Masud G&#8217;aznaviy davrida saljuqiy beklar g&#8217;aznaviylarning soliq siyosatiga qarshi isyon ko&#8217;tarishgan. Mas&#8217;ud boshchiligidagi G&#8217;aznaviylar qo&#8217;shini isyonni bostirish uchun Marv vohasi tomon yurgan. Jazirama issiqda cho&#8217;ldan o&#8217;tayotgan G&#8217;aznaviylar qo&#8217;shini ochlik, tashnalik va boshqa ko&#8217;plab qiyinchiliklarga duch keladi. Saljuqiylar qadimgi dasht taktik usulini qo&#8217;llab cho&#8217;ldagi quduqlarga o&#8217;limtiklarni tashlab, ko&#8217;mib tashlashgan. Buning ustiga G&#8217;aznaviylar qo&#8217;shiniga chekka-chekkadan hamla qilib raqiblarini tinkasini quritgan. 1040 yil 23 mayda Mas&#8217;ud qo&#8217;shini Saljuqiylar hamlalarini qaytarib Dandanakon nomli kichik shaharqal&#8217;a devorlari ostiga etib kelgan. Qal&#8217;a aholisi g&#8217;aznaviylarga garchi suv bersada, qal&#8217;aning yagona darvozasidan kirishga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydi. Mas&#8217;udga hamroh bo&#8217;lgan amaldor va lashkarboshilar unga Dandanakonda dam olish lozimligini maslahat berishgan. Biroq Sulton qal&#8217;adan 5 farsax olislikda bo&#8217;lgan suv havzasi tomon xarakat qilishni buyurgan. Voqea ishtirokchisi bo&#8217;lgan tarixchi Bayhaqiyning yozishicha, &#8220;Qachonki hukmdor u yerdan qo&#8217;zg&#8217;algach, qo&#8217;shin tartibi buzilgan, saroy g&#8217;ulomlaridan 370 tasi sher tasviri bo&#8217;lgan nishonlari bilan turkmanlarga qo&#8217;shildilar&#8221;. Saljuqiylar o&#8217;g&#8217;ruqqa tashlanib, qimmatbaho buyumlar, qurol-yarog&#8217;lar, otlarni tashmalab keta boshlaydi. Ular o&#8217;zlariga qo&#8217;shilgan Sulton g&#8217;ulomlari bilan birgalikda Mas&#8217;ud qarorgohiga shiddatli hujum qilishgan. Sulton atrofida qolgan oz sonli g&#8217;ulomlar qattiq qarshilik ko&#8217;rsatgan, biroq mag&#8217;lub bo&#8217;lib qochishga majbur bo&#8217;lganlar. Mas&#8217;ud o&#8217;zini beto&#8217;xtov ta&#8217;qib etib kelayotgan raqibi hamlalarini qaytarib qolgan-qutgan qo&#8217;shini bilan Marvarrudga, u yerdan esa G&#8217;aznaga qaytib kelgan. Sulton Mas&#8217;ud G&#8217;aznaviyni Dandanakon jangida mag&#8217;lubiyatga uchrashi G&#8217;aznaviylar davlatining inqirozi boshlanganidan va yangi davlat tug&#8217;ilganidan dalolat bergan. Xuddi jang maydonining o&#8217;zida chodir o&#8217;rnatilib, To&#8217;g&#8217;rulbek sultonlik taxtiga o&#8217;tiradi. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DANDANAKON JANGI &#8211; Saljuqiylar bilan G&#8217;aznaviylar o&#8217;rtasidagi jang. Mahmud G&#8217;aznaviy Movarounnahrga da&#8217;vo qilib, Qoraxoniylar bilan raqobatda bo&#8217;lgan yillarda o&#8217;g&#8217;uz turkmanlaridan bo&#8217;lgan saljuqiylarning bir guruhiga Shimoliy Xuroson (xususan, Marv viloyati) da &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dandanakon-jangi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23207","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23207","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23207"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23207\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23212,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23207\/revisions\/23212"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23207"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23207"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23207"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}