{"id":23248,"date":"2022-04-01T11:30:09","date_gmt":"2022-04-01T08:30:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23248"},"modified":"2022-04-01T11:44:19","modified_gmt":"2022-04-01T08:44:19","slug":"amir-temurning-farzandlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temurning-farzandlari\/","title":{"rendered":"Amir Temurning farzandlari"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2019gi BEGI XONIM Amir Temurning katta qizidir. Tarixchi Xondamirning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, O\u2019gi Begi xonimning onasi Turmush Og\u2019adir. Shuningdek, O\u2019gi Begi xonimning qaysi yilda tug\u2019ilgani haqida aniq ma\u2019lumot uchramaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, O\u2019gi Begi xonim husn bobida tenggi yo\u2019q, aql-idrokda Benazir bo\u2019lgan. Amir Temur bu qizini nihoyatda yaxshi ko\u2019rgan va o\u2019ziga yaqin tutgan ekan. O\u2019gi Begi xonimni amir Musoning o\u2019g\u2019li Muhammadbekka nikoh qilganlar. O\u2019gi Begi Muhammadbekdan bir o\u2019g\u2019il tuqqan, ism sharifini Sulton Husayn Mirzo deb ataganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo, 1382 yilda O\u2019gi Begi xonim to\u2019satdan og\u2019ir bedavo kasalga uchraydi. Ko\u2019pgina tabibi qozilarning qilgan muolijalari foyda bermaydi. O\u2019gi Begi xonim 1382 yil oxiridaa vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON HUSAYN MIRZO Temurning kuyovi Muhammadbekning o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, Temurbekning katta qizi O\u2019gi Begi xonimdan tug\u2019ilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Sulton Husayn Mirzo bobosi Temur vafot qilgan vaqtda 25 yoshda bo\u2019lgan. Demak, u 1380 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib chiqadi. Sulton Husayn Mirzogaa Mironshoh Mirzoning qizi Qutluq Sulton begim nikoh qilingan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hofizi Abruning ma\u2019lumotiga qaraganda, Sulton Husayn Mirzo yoshlikdan takabbur, o\u2019zboshimcha va tabiatan ig\u2019vo-fitnaga moyil bo\u2019lib, undagi bu nuqson barcha temuriy shahzodalar hamda amir va beklarga ma\u2019lum edi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, 1400 yilning oxirida Temur o\u2019z qo\u2019shini bilan Damashqni qamal qilgan vaqtda, Sulton Husayn Mirzo o\u2019z odamlaridan ajrab, dushman tomoniga o\u2019tib, o\u2019z kishilariga qarshi kurashadi. Ikki kun o\u2019tgach, shaharni zabt qilish uchun qilingan birinchi hamladayoq Sulton Husayn Mirzoni ushlab Temurning oldiga olib kelishadi. Unga qilgan harakati uchun tayoq jazosi beriladi. Ammo bukurni go\u2019r tuzatadi, deganlaridek, uning hasadgo\u2019yligi umrining oxirigacha davom etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hofizi Abruning yozishicha, Sulton Husayn Mirzo bahodir yigit bo\u2019lsa-da, lekin o\u2019ta buzuqi va beoqibat bo\u2019lgan edi. U Andxo\u2019y tevaragida hech bir sababsiz bobosi Amir Temur o\u2019rdasidan qochib, Kesh atrofida Sulton Holid Mirzo huzuriga borgan va uning inoyatiga sazovor bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo Amir Temurning Hindiston, Iroq, Ozarbayjon, Shom (Suriya) va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlarida faol qatnashgan. Jumladan, Temurning 1405 yildagi Xitoyga qilgan mashhur yurishida, u qo\u2019shinning chap qanotiga boshliq qilib tayinlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1405 yil fevral oyida Temur vafot qilgan vaqtda, Sulton Husayn Mirzo o\u2019ziga biriktirilgan qo\u2019shin bilan Sabronda qishlamoqda edi. Temurning vafoti haqida O\u2019trordan xabar kelisih bilanoq, u Samarqand haqida O\u2019trordan xabar kelishi bilanoq, u Samarqand taxtini egallash vasvasasi bilan o\u2019ziga qarashli qo\u2019shinni Samarqandga qaytishga undaydi. BIroq qo\u2019shindagi harbiy sarkarda va beklar orasida hamjihatlik bo\u2019lmagach, u o\u2019ziga sodiq mingta otliq askarni olib, shitob bilan poytaxtga qarab yo\u2019l oladi. Ammo Samarqand taxtiga Sulton Xalil Mirzo o\u2019tirganini eshitgach, taxtni qo\u2019lga kiritaolmasligiga ko\u2019zi yetadi va o\u2019z qo\u2019shini bilan Xalil Sulton Mirzo huzuriga kelib, uning mulozamatida bo\u2019ladi. Xalil Sulton Mirzo unga ishonch bildirib, 30 minglik qo\u2019shinga boshliq qilib tayinlab, Pir Muhammad Mirzoga qarshi yuboradi. Sulton Husayn Mirzoning Pir Muhammad Mirzoga qarshi yurishida amir Arg\u2019unshoh, amir Xudoydod, Temurxo\u2019ja, amir Ollohdod va Xo\u2019ja Yusuflar birga edilar. 1405 yil may oyida Sulton Husayn Mirzo qo\u2019shini Balxni egallaydi. Ana shundan so\u2019ng, Sulton Husayn Mirzo ko\u2019nglida saltanat, toju-taxt vasvasasi paydo bo\u2019lib, amirlarni o\u2019z huzuriga chorlab, \u201cbir ish sodir bo\u2019ldikim, bu ishni hal qilishda sizlardan boshqa hech kim mahram bo\u2019laolmaydi\u201d, deb barcha amirlarni o\u2019z qarorgohiga olib kiradi. Shu asnoda oldindan tayinlangan 20 chog\u2019li navkarlar qarorgohga kirib kelib, amirlarning qo\u2019l-oyoqlarini bog\u2019laydilar. Sulton Husayn Mirzoning ishorasi bilan navkarlar darhol amir Temurxo\u2019ja va Xo\u2019ja Yusufni qatl qiladilar. Qolgan amirlar Sulton Husayn Mirzoga sodiq ekanliklari haqida qasamyod qilib, zoru-tavallolar bilan jonlarini saqlab qoladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Sulton Husayn Mirzo Samarqanddan Balxga \u2013 Pir Muhammad Mirzo huzuriga kelayotgan Muhammad Sulton Mirzoning harami Xonika begimni to\u2019xtatib, barcha mol-mulklarini talab, g\u2019orat qiladi. Saltanatga tegishli mol-mulkni qo\u2019shinga taqsimlagach, o\u2019z valine\u2019mati Xalil Sulton Mirzoga qarshi Samarqandga yurish boshlaydi. Sulton Husayn Mirzoning xiyonatidan xabar topgan Xalil Sulton Mirzo 1405 yil 6 iyulda Shahrisabz yaqinidagi Jigdalik mavze\u2019ida Sulton Husayn Mirzo qo\u2019shinini tor-mor qiladi. Jang jarayonida amir Arg\u2019unshoh va amir Xudoydodlar Xalil Sulton Mirzo tomoniga qochib o\u2019tadilar. Xalil Sulton Mirzo qo\u2019shini Sulton Husayn Mirzoni Balxgacha quvib boradi hamda Balxni egallaydi. Balxda Sulton Husayn Mirzoning harami bilan birga barcha boyligi Xalil Sulton tasarrufiga o\u2019tadi. Sulton Husayn Mirzo Balxdan qochib, Andxo\u2019ydan hokim bo\u2019lib turgan Temurning jiyani (opasining o\u2019g\u2019li) Sulaymonshoh huzuriga keladi. Sulaymonshoh Sulton Husayn Mirzoni yaxshi qabul qiladi va unga ehtirom ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq, ko\u2019p o\u2019tmay, Pir Muhammad Mirzo qochoq Sulton Husayn Mirzoni ushlab berishni Sulaymonshohdan talab qiladi. Sulaymonshohdan rad javobini olgach, Pir Muhammad Mirzo 3000 askarni Sulaymonshohga qarshi yuboradi. Sulaymonshoh Pir Muhammad Mirzoga qarshi turaolmasligiga ko\u2019zi yetgach, Sulton Husayn Mirzoni olib Hirotga \u2013 Shohruh Mirzo dargohiga sig\u2019inib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo Sulaymonshoh bilan Sulton Husayn Mirzoni iltifotlar bilan qarshi oladi. Voqeadan xabardor bo\u2019lgach, Sulaymonshohga Saraxs viloyatini suyurg\u2019ol qilib beradi va Mironshoh huzuriga elchi qilib jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo masalasiga kelganda, Hofizi Abruning yozishiga qaraganda, Shohruh Mirzo o\u2019z arkoni davlati bilan maslahatlashadi. Arkoni davlat esa, Sulton Husayn Mirzo haqida \u201cbu nodon g\u2019alamis va oqibatsiz, bebok hazrat sohibqiron hayotligida ham Samarqandda va Shoshda isyon ko\u2019targan, on hazratning vafotlaridan so\u2019ng, amirlar bilan muxolifatchilik qilgan edi. Endilikda hech sababsiz zafar bayroqli o\u2019rdudan yuz o\u2019girib, Xalil Sulton Mirzo huzuriga bordi. Uning amirlarini qatlga yetkazdi. Xonikaning mol-mulkini g\u2019orat qildi. Binobarin, bunday nopok qarindoshning bahridan o\u2019tmak kerak, deb arz qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Shohruh Mirzo Pir Muhammad Mirzoning talabini to\u2019g\u2019ri deb topib, Sulton Husayn Mirzoni qamoqqa hukm qiladi. Bir necha kun o\u2019tgach, Shohruh Mirzoning farmoniga muvofiq, amir Nushiravon barlos Sulton Husayn Mirzoni Hirotning Iroq darvozasi tashqarisiga olib chiqib qatl qiladi. Hofizi Abruning yozishicha, Sulton Husayn Mirzoning bosh terisini shilib olib, ichiga poxol tiqib Pir Muhammad Mirzo huzuriga yuboradilar. Kallasiz jasadni esa Hirotni bozoriga osib qo\u2019yadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Sulton Husayn Mirzodan ikki qiz qolgan bo\u2019lib, ulardan birining ismi Feruza begimdur.<\/p>\n\n\n\n<p>SULTON BAXT BEGIM Amir Temurning ikkinchi qizidur. Sulton Baxt begimning onasi sohibqironning ikkinchi xotini \u2013 O\u2019ljaoy Turkon Og\u2019o begim edi. U 1366 yildayoq vafot etganligi ma\u2019lum. Binobarin, Sulton Baxt begimning tug\u2019ilgan yilini 1360-1366 yillar oralig\u2019i deb taxmin qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Baxt begim tabiatan shaddod, o\u2019jar va erkaklarga xos tabiatga molik bo\u2019lib, erkaklarni unchalik yoqtirmagan. Sulton Baxt begim Sher Bahromning o\u2019g\u2019li Muhammad Mirkaga nikoh qilingan edi. Amir Temur Xuttalon viloyatini kuyovi Muhammad Mirkaga in\u2019om qilgan edi. Biroq Muhammad Mirka Temur saltanatiga qarshi isyon ko\u2019taradi. 1388 yilda isyon bostirilib, Muhammad ukasi Abulfath bilan birga qatl qilinadi. Qatl Temurning ikkinchi o\u2019g\u2019li Umar Shayx Mirzoning farmoniga binoan bajariladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1389 yilda malika Sulton Baxt begim amir Dovud dug\u2019lotning o\u2019g\u2019li amir Sulaymonshohga nikoh qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Malika Sulton Baxt begim 1430 yilda Nishopurda vafot etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019gi BEGI XONIM Amir Temurning katta qizidir. Tarixchi Xondamirning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, O\u2019gi Begi xonimning onasi Turmush Og\u2019adir. Shuningdek, O\u2019gi Begi xonimning qaysi yilda tug\u2019ilgani haqida aniq ma\u2019lumot uchramaydi. Sharafuddin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temurning-farzandlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3469,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[179],"tags":[],"class_list":["post-23248","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23248","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23248"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23248\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23251,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23248\/revisions\/23251"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3469"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23248"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23248"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23248"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}