{"id":23252,"date":"2022-04-01T12:14:35","date_gmt":"2022-04-01T09:14:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23252"},"modified":"2022-04-01T16:06:21","modified_gmt":"2022-04-01T13:06:21","slug":"muhammad-jahongir-mirzo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammad-jahongir-mirzo\/","title":{"rendered":"Muhammad Jahongir Mirzo"},"content":{"rendered":"\n<p>U Amir Temur sohibqironning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, u 1356 yilda tug\u2019ilgan. Xondamirning bergan ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, uning onasi Turmish Og\u2019odir.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir Mirzo otasi Temurga o\u2019xshab bir so\u2019zli, qat\u2019iyatli va jasur bo\u2019lgan. U yosh bo\u2019lishiga qaramay, harbiy ilmdan yaxshigina xabardor bo\u2019lib, otasi Amir Temurning harbiy yurishlarida o\u2019ziga topshirilgan qo\u2019shin qismlariga mohirona boshchilik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Sharqiy Turkiston (Mo\u2019g\u2019uliston) ga qarshi qilgan yurishlarining (1370-1376) uchtasida, shuningdek Xorazmga qilgan yurishlarida Jahongir Mirzo faol qatnashadi. Sohibqiron jangda yengilib qochgan amir Qamariddinning izidan ta\u2019qib etishni Jahongir Mirzoga topshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1373 yilda Jahongir Mirzo Xorazm shohi Husayn So\u2019fining qizi Sevin bekani (keyinchalik Xonzoda begim nomi bilan mashhur bo\u2019ladi) o\u2019z nikohiga oladi. Xonzoda begim O\u2019zbekxonning nabirasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1374 yilda Jahongir Mirzo Ilyos Yasuriyning qizi Baxt Mulk Og\u2019oga uylanadi. Undan tug\u2019ilgan o\u2019g\u2019ilga Pir Muhammad Mirzo deb ism qo\u2019yishadi. Ammo Jahongir Mirzo 1376 yilda 20 yoshida kasal bo\u2019lib, vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur o\u2019z o\u2019g\u2019illari orasida Jahongirga alohida e\u2019timod qo\u2019ygan edi. U Jahongirni yaxshi ko\u2019rar va kelajakda o\u2019z taxtining vorisi deb bilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>XONZODA (SEVIN BEKA) BEGIM 1371 yilda Amir Temur Xorazmga qo\u2019shin tortib, Husayn So\u2019fi bilan Xorazm yonida jang qiladi. Jangda Husayn So\u2019fi yengilib, shahar qal\u2019asiga kirib jon saqlaydi. Amir Temur Xorazm atrofidagi yerlarni zabt etib, shaharni qamal qiladi. Qamal asnosida Xorazm hukmdori Husayn So\u2019fi 1372 yil 5 yanvar kuni vafot etadi. Shundan so\u2019ng Xorazm taxtiga o\u2019tirgan Yusuf So\u2019fi Amir Temur bilan bitim tuzadi. Bitimga muvofiq Yusuf So\u2019fi jiyani Xonzoda (Sevin beka) begimni Amir Temurning o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzoga xotinlikka berishga rozi bo\u2019ladi. Amir Temur esa shaharni qamaldan ozod qilib, qaytib ketadi. Xonzoda begim O\u2019zbekxonimning nabirasi, ya\u2019ni xon avlodidan edi. 1373 yilda Amir Temur buyrug\u2019iga binoan, Xonzoda begim Xorazmdan maxsus mahofa bilan kelinib, Samarqandda Konigilda katta to\u2019y-tomoshalar bilan Jahongir Mirzoga nikohlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xonxoda begim Jahongir Mirzodan bir o\u2019g\u2019il tug\u2019adi. Ismini Muhammad Sulton Mirzo deb ataydilar. Biroq 777\/1376 yilda Jahongir Mirzo vafot etib, yosh malika Xonzoda begim beva qoladi. Ammo qandaydir sabablarga ko\u2019ra, Amir Temur Xonzoda begimni qo\u2019ldaan chiqarmaslikka harakat qilgan. Zamona tarixchilarining bergan ma\u2019lumotlariga qaraganda, Amir Temur kelini Xonzoda begimni nihoyat darajada hurmat qilgan va uning ra\u2019yiga qaragan. Balki Xonzoda begim O\u2019zbekxon avlodidan bo\u2019lgani uchundir. Biroq tarixchilarning hamjihatlik bilan guvohlik berishlaricha, Xonzoda begimning o\u2019tkir zehni, aql-farosati hamda tadbirkorligi Amir Temurni ham o\u2019ziga rom etganidadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur avvalo Xonzoda begimni qo\u2019ldan chiqarmaslikka harakat qilgan bo\u2019lsa, ikkinchidan o\u2019zbek urug\u2019 va qabilalarida qadimdan urf-odat tusiga kirib kelayotgan rasmni qo\u2019llagan, ya\u2019ni o\u2019lgan akaning bevasini kichik ukasiga nikoh qilish rusumiga binoan ish tutgan. Binobarin, Amir Temur 1383 yilda Xonzoda begimni uchinchi, o\u2019g\u2019li Mironshohga nikohlab beradi. Xonzoda begim Mironshohdan bir o\u2019g\u2019il tug\u2019adi. Ismini Xalil Sulton Mirzo deb ataydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1407 yilda Xonzoda begim Makkatullo ziyoratiga ketadi. Baytulloh ziyoratidan qaytgach, Abdurazzoq Samarqandiyning ma\u2019lumotiga qaraganda, o\u2019g\u2019li Xalil Sulton Mirzoning o\u2019limidan bir necha kun ilgariroq, ya\u2019ni 1411 yil 3 noyabrda Tusda vafot qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD SULTON MIRZO Jahongir Mirzoning katta o\u2019g\u2019li edi. U 1376 yilda Xorazm hukmdori Yusuf So\u2019fining qizi \u2013 Xonzoda (Sevin beka) begimdan tug\u2019ilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur suyukli o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzo vafotidan so\u2019ng, o\u2019zining barcha orzu-umidlarini Muhammad Sulton Mirzoga bog\u2019lab, unga e\u2019timod qo\u2019ydi. O\u2019zidan so\u2019ng taxt-tojning yagona vorisi deb bilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, Muhammad Sulton Mirzo bobosi Amir Temurga o\u2019xshab jasoratli, qat\u2019iyatli, zukko, dushmanga nisbatan shafqatsiz, dovyurak jangchi edi. Shuningdek u saltanat ishiga ozgina bo\u2019lsa-da, ziyon yetkazgan kishini, u kim bo\u2019lishidan qat\u2019i nazar, o\u2019z avlodidan bo\u2019lsa ham ayab o\u2019tirmas, aksincha shafqatsiz ravishda jazolardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1399 yilda Amir Temur navbatdagi harbiy yurishga ketayotib, Samarqand hukmdorligini 23 yoshli Muhammad Sulton Mirzoga topshirib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, 1399\/1400 yil qish faslida Muhammad Sulton Mirzo bilan Farg\u2019ona hokimi Iskandar Mirzo o\u2019rtasida nizo chiqadi. Muhammad Sulton Mirzo o\u2019z amakivachchasi 16 yashar Iskandar Mirzoni Samarqandga chorlab keltirib, avaxtaga tashlatadi. Iskandar Mirzo bilan birga kelgan 26 nafar navkari hamda shahzodaning otabegisini qatl qildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Musaviyning hikoya qilishicha, keyinchalik Amir Temur Samarqandga qaytib kelgach, shahzodalar orasida vujudga kelgan nizoni tekshirib ko\u2019radi va Muhammad Sulton Mirzoning qilgan ishini nohaq deb topadi. Binobarin, Iskandar Mirzoni avaxtadan ozod qilib, undan tortib olingan barcha mollarni qaytarishga amr qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1401 yil mart oyida Amir Temur Damashq (Suriya)da turarkan, nabirasi Muhammad Sulton Mirzoga sobiq Xulaguxon tasarrufida bo\u2019lgan viloyatlaarni (Iroq yoki shimoli-g\u2019arbiy Eron) boshqarish haqida farmon yuboradi. Natijada, 1401 yil noyabr oyida bobo bilan nabira Qorabog\u2019da uchrashadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1402 yilda Amir Temurning Kichik Osiyoga \u2013 Boyazid Yildirim (Yashin) ga qarshi yurishida Muhammad Sulton Mirzo faol qatnashadi. U hatto Kichik Osiyoning g\u2019arbiy qirg\u2019og\u2019igacha boradi. Biroq u yerda qaytayotganda shamollab, 1403 yil 12 martda Qora Hisor mavzeida 27 yoshida vafot etadi. Muhammad Sulton Mirzoning jasadi Oqshaharga jo\u2019natiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton Mirzoning vafoti o\u2019rdugohni larzaga keltiradi. Amir Temur suyukli nabirasi vafotidan qattiq qayg\u2019uradi. Barcha qo\u2019shinlar qora va ko\u2019k libosga burkanadi. Hatto oq ot minish ham man\u2019 etiladi. Har kuni tong saharda yig\u2019i bilan ta\u2019ziya boshlnib, kechqurun yana yig\u2019i bilan xotimalanardi. Mazkur tartib bir necha kun davom etadi. Nihoyat, lashkarboshilarning tasalli berishlari vositasi-la, bir necha kundan so\u2019ng sohibqiron ta\u2019ziyani to\u2019xtatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton Mirzoning jasadi solingan tobutni Oqshahardan taxtiravonga qo\u2019yib, 200 otliq askar muhofazasida Orzurum viloyatiga jo\u2019natiladi. U yerda jasadni yangi tobutga solib, muvaqqat dafn etish uchun Sultoniyaga jo\u2019natiladi. Eski tobut esa Oniq shaharchasida qoldiriladi. Amir Temur Oniq shahriga kelgach, valiahd shahzodaga qaytadan ta\u2019ziy ochilar. Bu ta\u2019ziyaga Sultoniyadan, Tabriz, Qazvin va boshqa shaharlardan shahzodalar, malikalar, sayidlar va ulamolar keladilar. Marhum shahzodaning onasi Xonzoda begim (Sevin beka) ham Sultoniydan yetib keladi. Mazkur eski tobutni olib kelinadi va hamma ishtirokchilar tobut atrofida nola-fig\u2019on qiladilar. Hamma qaytadan qora va ko\u2019k libosga o\u2019raladi. Ta\u2019ziya maydoniga marhum shahzodaning katta nog\u2019orasi (kovurgo-jang nog\u2019orasi) ni olib keladilar. Shu asnoda barcha shahzodalar, malikalar, beklar va jangchilar ovoz chiqarib yig\u2019laydilar. Shundan so\u2019ng nog\u2019orani tilimlab kesib, mayda-mayda bo\u2019laklarga bo\u2019lib tashlaydilar. Ta\u2019ziya tugagach, yana qora kiyimlarni yechishga ijozat beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1404 yil mart oyida marhum Muhammad Sulton Mirzo vafotining bir yillik marosimi Araks daryosi yaqinida Qorabog\u2019da o\u2019tkaziladi. Chunki shu paytda Amir Temur Qorabog\u2019da edi. Bu yerga marhum shahzodaning xotirasi uchun barcha shahzoda va malikalar, beklar, ulamolar yig\u2019iladilar. Bu safar ta\u2019ziyda yig\u2019i-sig\u2019i qilinmay, kelganlarga osh-suv berilgach, hatmi qur\u2019on bilan marosim tugaydi. Marhum shahzodaning onasi Xonzoda begimga Sultoniyaga borib, Muhammad Sulton Mirzoning jasadini muvaqqat dahmadan olib, Samarqandga ko\u2019chirishga ijozat beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Muhammad Sulton Mirzoning hoki Samarqanddagi marhumning madrasasi yonidagi maqbaraga dafn qilinadi. Klavixoning yozishicha, 1404 yilning iyul oyida Amir Temur safardan qaytib kelib, shahar chetidagi \u201cChinorli bog\u2019\u201dga tushadi va u yerdan Muhammad Sulton Mirzo madrasasiga \u201cmarhum nevarasining xokini ziyorat qilish uchun\u201d boradi. Keyinchalik, Muhammad Sulton Mirzo maqbarsini baland qilib qurdiradi va atrofini bog\u2019 qilib o\u2019rattiradi. Amir Temur nabirasi Muhammad Sulton Mirzoni o\u2019zining valiahdi qilib tayinlangan edi. Yosh shahzodaning to\u2019satdan betob bo\u2019lib vafot etishi, Temurning kelajak rejalarini barbod qiladi. Chunki, u o\u2019zining farzandlari Mironshoh va Shohruh siymolarida taxt uchun munosib nomzodni ko\u2019rmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibn Arabshohning yozishicha, Muhammad Sulton Mirzo olimlar, fozillarga o\u2019ta hayrixoh bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton Mirzodan uch o\u2019g\u2019il va bir qiz qolgan edi. O\u2019g\u2019illari \u2013 Muhammad Jahongir Mirzo, Sa\u2019d Vaqqos Mirzo va Yahyo Mirzolar edi. Qizining nomi O\u2019gi Begi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>PIR MUHAMMAD MIRZO Jahongir Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019lidir. U 1376 yilda otasining o\u2019limidan so\u2019ng 40 kun o\u2019tgach, Baxt Mulk Og\u2019o begimdan tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1392 yilda sohibqiron Amir Temur G\u2019azna, Kobul, Zobiliston, Qandahor viloyati va uning atrofi, to Sind daryosigacha bo\u2019lgan yerlarni Pir Muhammad Mirzoning tasarrufiga topshirgan edi. Binobarin, uni Pir Mihammad Kobuliy ham deb atardilar. Pir Muhammad Mirzo bobosi Amir Temurning bir necha yurishlarida hamrohlik qilgan edi. Jumladan, Pir Muhammad Mirzo Amir Temurning Hindiston safarida o\u2019ng qanot qo\u2019shinda xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo bobosi Amir Temur vafot qilgan vaqtda Qandahorda edi. Darhaqiqat, temuriy shahzodalar orasida, Mironshohni hisobga olmaganda, Pir Muhammad eng kattasi edi. Binobaarin, Amir Temur o\u2019lim oldida o\u2019z valiahdi qilib Pir Muhammd Mirzoni belgilagan edi. Bu haqda Pir Muhammadga xabar yuborilgan bo\u2019lsa-da, biroq hech kim uning yetib kelishini kutib o\u2019tirmadi, aksincha har kim o\u2019z xohishicha taxt uchun kurashaboshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Taxtning haqiqiy vorisi Pir Muhammad Mirzo Samarqand taxtiga o\u2019tirish maqsadida yo\u2019lga chiqqanda, Xalil Sulton Mirzo allaqachon taxtni egallagan edi. Taxt uchun ikkinchi da\u2019vogar Sulton Husayn Mirzo esa taxtni ololmasligiga ko\u2019zi yetgach, Xalil Sulton Mirzoga borib qo\u2019shilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo o\u2019z yo\u2019liga to\u2019sqinlik qilgan Sulaymonshoh va Sulton Husaayn Mirzoga qarshi jang qilishga majbur bo\u2019ladi va pirovardida Sulaymonshoh ustidan qilgan g\u2019alabasidan so\u2019ng Balxni egallaydi va Shohruh Mirzo bilan Movarounnahrni qo\u2019lga kiritish borasida Xalil Mirzoga qarshi birgalikda kurashmoq uchun Shohruh Mirzo bilan bitim imzolaydi. Bitimga ko\u2019ra, amir Shoh Malik Xalil Sulton Mirzoga qarshi yurishni bir oz kechiktirilishini, toki Shohruh Mirzoning qo\u2019sini yetib kelishini kutishni Pir Muhammad Mirzodan iltimos qiladi. Shuningdek, yurishni Buxorodan boshlashni taklif qiladi. Biroq Xalil Sulton Mirzo askarlarining yo\u2019lga chiqqan xabarini eshitishgach, Qarshi tomonga qarab yuradilar. 1406 yil fevralida Xalil Sulton Mirzo qo\u2019shini bilan Pir Muhammad Mirzo va Shohruh Mirzo qo\u2019shinlari o\u2019rtasida Qarshi yaqinida jang boshlanadi. Jang qizib, Shoh Malikning bahodirligi natijasi o\u2019laroq, Xalil Sulton Mirzoning mag\u2019lubiyati ko\u2019rinib turgan bir paytda, bir necha amirlar Pir Muhammadga xiyonat qilib, jang maydonini tashlab ketadilar va urushning natijasi Xalil Sulton Mirzo foydasiga hal bo\u2019ladi. Pir Muhammad Mirzo Balxga, Shoh Malik esa Xurosonga qarab qochadilar. Pir Muhammad Mirzoning jang maydonidan qochish asnosida, butun boshliq qarorgohi va harami Xalil Sulton Mirzo qo\u2019liga tushadi. Mana shu mag\u2019lubiyatdan bir yil o\u2019tgach, ya\u2019ni 1407 yil 22 fevralda Pir Muhammad Mirzo o\u2019zining vaziri amir Pir Ali Toz tomonidan qiynab, bo\u2019g\u2019ib o\u2019ldiriladi. Amir Pir Ali Toz o\u2019z valine\u2019mati Pir Muhammad Mirzoga qo\u2019shib uning eng yaqin kishilarini ham halok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Pir Ali Toz oddiy navkar bo\u2019lib yurgan kezlarida, Pir Muhammad Mirzo uni o\u2019z panohiga olib, oddiy navkarlikdan amirlik darajasigacha ko\u2019targan. Ko\u2019pgina tarixiy manbalarning ma\u2019lumotiga qaraganda, Pir Ali Toz ig\u2019vogar, shuhratparast va niyati buzuq shaxs edi. Pir Ali Toz 1405 yilda Xalil Sulton Mirzo qo\u2019shinida xizmat qilgan. Sulton Husayn Mirzoni Xalil Sulton Mirzoga qarshi oyoqlantirgan ham ana shu Pir Ali Toz edi. Abdurazzoq Samarqandiyning ma\u2019lumotiga qaraganda, Pir Ali Toz Amir Temur vafot qilgach, darhol Xalil Sulton Mirzo qo\u2019shinidan ajrab, Balxga kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo o\u2019ldirilgach, Pir Ali Tozdan qasos olish maqsadida Shohruh Mirzo askar yuboradi. Jangda Pir Ali Toz yengilib, Balxdan qochadi. Ammo, 1408 yil 6 aprelda Pir Ali Toz yana Balxga hujum qiladi. Balx hukmdori Qaydu Mirzo Hirotga xabar yuboradi. Shohruh Mirzo qo\u2019shini Pir Ali Tozni yana mag\u2019lubiyatga uchratadi. Pir Ali Toz yana qochadi. Biroq Pir Ali Tozning hazora qavmidan bo\u2019lgan sardorlari maslahat qilishi \u201cBu fasod hamirturushi toki bizning oramizda ekan, fitnachilik kamaymaydi\u201d, &#8211; deb ittifoq tuzadilar va uni tutib, taxt orzusini qilgan bemag\u2019z kallasiga somon tiqib, dorussaltana Hirotga yuboradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzodan yetti o\u2019g\u2019il qoladi \u2013 Qaydu Mirzo, Holid Mirzo, Sa\u2019d Vaqqos Mirzo, Qaysar Mirzo, Sanjar Mirzo, Jahongir Mirzo va Buzanjir Mirzo.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO Muhammad Sulton Mirzoning katta o\u2019g\u2019lidir. Amir Temurning katta o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongir Mirzoning nabirasidir. U 1396 yilda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Nafsilambirini aytganda Xalil Sulton 1405 yilda saltanatni egallagach, bobosi Amir Temur xohishini hisobga olib, valiahd hisoblanmish Muhammad Sulton Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li \u2013 9 yoshli shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoni xon qilib ko\u2019taradi va o\u2019zi xuddi bobosi kabi otaliq mansabida bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1409 yilda Xalil Sulton Mirzo hokimiyatdan tushirilgach, Shohruh Mirzo Samarqand taxtiga o\u2019g\u2019li Ulug\u2019bek Mirzoni o\u2019tkazib, Shohmalikni otabek qilib tayinlaydi. Muhammad Jahongir Mirzoga Hisor hokimligini beradi. Muhammad Jahongir Mirzoga Hisor hokimligini beradi. Muhammad Jahongir hali yosh bo\u2019lganligi sababli unga amir Hamza Sulduzni otabek qilib tayinlaydi. Biroq amir Shohmalikni katta mansabga tayinlanganidan norozi bo\u2019lgan raqiblari \u2013 amir Shayx Nuriddin va amir Hamza Sulduzlar unga qarshi yangidan kurash boshlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1410 yil 20 aprelda har ikki amir birgalashib, Shohmalik va Ulug\u2019bek Mirzoga qarshi Qizil Rabotda urush ochadilar. Bu jangda Shohmalik qo\u2019shini yengilib Qoratepaga chekinadi. G\u2019oliblar uchun Samarqand yo\u2019li ochilgan edi. Ammo Samarqand aholisi shaxulislom boshchiligida shahar darvozalarini Nuriddinga ochishga unamaydilar. Hofizi Abruning yozishicha, Shayx Nuriddin Muhammad Jahongir Mirzoni Samarqandga taklif qilib, Hisorga quyidagi mazmunda maktub jo\u2019natadi, \u201cMen bu mamlakatni sening uchun oldim, rahmatlik Amir sohibqiron senga vasiyat qilgandir\u201d. Lekin ahli Samarqand sobiq \u201cxon\u201d \u2013 Muhammad Jahongir Mirzoning kelganiga e\u2019tibor ham qilmaydi. Shohruh Mirzo Hirotdan chiqib, Shahrisabzni egallaydi. Shohruhning yaqinlashib kelayotgan xabarini eshitgan amir Shayx Nuriddin Samarqand qamalini bo\u2019shatib, chekinadi. 12 iyulda Qizil Rabot mavzeida Shayx Nuriddin Shohruh Mirzo qo\u2019shini bilan to\u2019qnashadi. Jangda amir Shayx Nuriddin va Muhammad Jahongir Mirzo yengiladilar. Shohruh Mirzo Hisorda tartib o\u2019rnatish uchun amir Muzrobni jo\u2019natadi. Hisor Muhammad Jahongir Mirzo so\u2019zsiz taslim bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, 1413 yil 11 senabrda Muhammad Jahongir Mirzo Shohruh Mirzoning qizi Maryam Sulton begimga uylanadi. Fasih Xavofiyning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Muhammad Jahongir Mirzo umrining oxirigacha Hisorda hukmronlik qiladi va 1433 yil 24 iyunda 38 yoshida o\u2019z ajali bilan vafot etadi. Undan Muhammad Sulton Mirzo va Xalil Sulton Mirzo ismli ikki o\u2019g\u2019il qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzoning xotini Maryam Sulton begim 1441 yili 14 iyunda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Fasih Xavofiyning yozishicha, MUHAMMAD SULTON MIRZO 1423 yil 29 avgustda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton Mirzo umrining oxirigacha otasiga suyurg\u2019ol tarzida berilgan Hisori Shodmonda hayot kechirib, 1448 yilda olamdan o\u2019tadi. Undan farzand bor-yo\u2019qligi noma\u2019lum.<\/p>\n\n\n\n<p>SA\u2019D VAQQOS MIRZO Muhammad Sulton Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li, Amir Temurning katta o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongirning nabirasidir. U 803\/1400 yilda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sa\u2019d Vaqqos Mirzo Amir Temur vafot qilgan vaqtda 6 yoshda bo\u2019lgan. Shundan keyingi davrda uning haqida qo\u2019lyozmalarda aniq ma\u2019lumot uchramaydi. Har holda Sa\u2019d Vaqqos Mirzo biron viloyatda hukmdor bo\u2019lmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>YAHYO MIRZO Muhammad Sulton Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019lidir. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Yahyo Mirzo Amir Temur vafot qilgan vaqtda 5 yoshda bo\u2019lgan. Shundan keyingi davrda uning haqida aniq ma\u2019lumot uchratmadik. Yahyo Mirzo 1408 yilda sakkiz yoshida vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XALIL SULTON MIRZO Muhammad Jahongir Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019lidir. Xalil Sulton Mirzo ham akasi kabi Hisori Shodmonda hayot kechirib, 1459 yilda vafot etadi. Xalil Sulton Mirzodan bir o\u2019g\u2019il va bir qiz qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>MUHAMMAD UMAR MIRZO Xalil Sulton Mirzoning o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1442 yilda tug\u2019ilgan. Tarixchi Xondamirning yozishicha, Muhammad Umar Mirzo Sulton Husayn Boyqaro saroyida mulozimatda bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1470 yilda Yodgor Muhammad Mirzo Xurosonga qarshi qo\u2019shin torgan kezlarda, Sulton Husayn Boyqaroning bir necha harbiy guruh sardorlari undan yuz o\u2019girib, Yodgor Muhammad Mirzo Xurosonga qarshi qo\u2019shin tortgan kezlarda, Sulton Husayn Boyqaroning bir necha harbiy guruh sardorlari undan o\u2019z o\u2019girib, Yodgor Muhammad Mirzoga xayrixohlik bildirgan edilar. Ana shunday qisqa o\u2019ylaganlardan biri Muhammad Umar Mirzo edi. U 1470 yil 19 iyunda Yusuf tarxon va bir necha sardorlar bilan hamjihatlikda, Sulton Husayn Boyqaro o\u2019rdugohidan qochib, Garmser va Qandahorga boradi. Qandahor hokimi amir Nizomiddin Ahmad bin Tavakkal barlos edi. U Muhammad Umar Mirzoni isyondan qaytarishga da\u2019vat qilsa-da, biroq shahzoda itoat qilmay, o\u2019z qo\u2019shini bilan Ko\u2019histon viloyatiga hujum qilib, aholi mol-mulkini talon-taroj qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Andxo\u2019ydan qaytib kelgach, Muhammad Umar Mirzoning isyoni haqidagi xabarni eshitib, darhol o\u2019z qo\u2019shini bilan Ko\u2019histonga qarab yuradi. Fursatni g\u2019animat bilgan Muhammad Umar Mirzo Qoyin viloyatini qamal qilish taraddudini ko\u2019radi. Ammo Sulton Husayn Boyqaro to\u2019rt ming qo\u2019shinni shahzodaga qarshi ilg\u2019or qilib jo\u2019natadi. Muhammad Umar Mirzo jangga bardosh beraolmay Qandahorga qochadi. Sulton Husayn Boyqaro esa Hirotga qaytib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1471 yilning boshlarida Muhammad Umar Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan Faroh qo\u2019rg\u2019onini muxosara qiladi. Bu xabarni eshitgan Sulton Husayn Boyqaro amir Muzaffar barlos va bir necha bahodirlarni shahzodaga qarshi jo\u2019natadi. Har ikki qo\u2019shin to\u2019qnashib, qattiq jang bo\u2019laadi. Jang asnosida shahzoda Muhammad Umar Mirzo ajal sharbatini ichadi. Shundan so\u2019ng, Qandahor viloyati batamom Sulton Husayn Boyqaro tasarrufiga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>QAYDU MIRZO Pir Muhammad Mirzo Kobuliyning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, Amir Temurning katta o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzoning nabirasidir. U 1396 yilda tug\u2019ilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, sohibqiron Temur vafot qilgan vaqtda Qaydu Mirzo 9 yoshda bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo vafot qilgach, Kobul, Qandahor, G\u2019aznadan tortib Shimoliy Afg\u2019onistonda tashkil topgan viloyatlar uning katta o\u2019g\u2019li Qaydu Mirzoga suyurg\u2019ol qilib beriladi. Qaydu Mirzo yosh bo\u2019lganligi tufayli, Shohruh Mirzo unga amir Bahlulni otabek qilib tayinlaydi. Amir Bahlul Pir Muhammad Mirzoga ham mulozim bo\u2019lib xizmat qilgan edi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, amir Bahlul Qaydu Mirzoning rahnamosi darajasigacha ko\u2019tarilgach, bevafolik, ko\u2019rnamaklik yo\u2019liga o\u2019tadi va saltanatga ehtirosi kuchayib, shahzodaga qarshi fitnalar uyushtirib, o\u2019z atrofiga Hasan axtochi, Luqmon Qaro va Usmon Ali kabi bir guruh amirlarni yig\u2019ib, Qaydu Mirzoni oradan ko\u2019tarib, o\u2019rniga uning ukasi Sanjar Mirzoni taxtga o\u2019tqazishga harakat qiladi. Bu fitnadan ogoh bo\u2019lgan Qaydu Mirzo, darhol Shohruh Mirzoga maktub yo\u2019llaydi. Shohruh Mirzo amir No\u2019shiravon boshliq o\u2019n ming qo\u2019shinni Qaydu Mirzo muhofazasi uchun jo\u2019natadi. Bu vaqtda fitnachilar tomonida turgan harbiy boshliqlar voqeaning asl mohiyatidan xabardor bo\u2019lib, Qaydu Mirzo tomoniga o\u2019ta boshlaydilar. Qaydu Mirzo fitnachilarga qarshi kurashib, ularni tor-mor qiladi. Amir Bahlul o\u2019z tarafdorlarini olib, Shohruh Mirzo huzuriga Hirotga borib, uzr so\u2019raydi. Shohruh Mirzo ularning gunohini kechiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qaydu Mirzo o\u2019z tasarrufidagi viloyatlarni mustaqil ravishda idora qilaboshlaydi. 1415 yilda Shohruh Mirzo akasi Umar Shayx Mirzoning o\u2019g\u2019li Boyqaro Mirzoni Fors mamlakatidan olib, Qaydu Mirzo huzuriga jo\u2019natadi. Qaydu Mirzo uni hurmat-ehtirom bilan kutib oladi. Ammo Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Boyqaro Mirzo Kobulda ham tinch yurmay, Qaydu Mirzoning joniga qasd qiladi. Bundan voqif bo\u2019lgan Qaydu Mirzo uni darhol bandga olib, Shohruh Mirzoga maktub yo\u2019llaydi. Shohruh Mirzo uni \u201cSind suvidan o\u2019tkazib yuborilsin, toki u Hind mulkida qaysi joyni istasa o\u2019sha yerda tursin\u201d, deb farmon yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng, Qaydu Mirzo harholda o\u2019z tasarrufida bo\u2019lgan yerlarda markaziy hokimiyatdan mustaqil ravishda hukmronlik qilish orzusiga tushadi. Qaydu Mirzo o\u2019z tasarrufidagi viloyatlarda o\u2019z nomidan pul zarb qilish va xutbani o\u2019z nomiga o\u2019qilishini talab qilib, viloyatlarga farmon jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qaydu Mirzo u yerlarda shunchalik kuchayib ketadiki, Hindiston voliysi Hizrxon huzuriga odam yuborib: \u201cHind mulklarida \u2013 Qunnuj shahridan tortib to Multon chegaralarigacha bo\u2019lgan yerlarda, uning nomi bilan pul zarb qilsinlar va xutba o\u2019qisinlar\u201d deb farmon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hizrxon Qaydu Mirzoning yuborgan farmoni haqida Shohruh Mirzoga arz qilib elchi yuboradi. Shohruh Mirzo elchiga elchi qo\u2019shib jo\u2019natarkan \u201cXutbada avval Shohruh Mironing nomi, so\u2019ngida Hizrxonning nomi zikr qilinsin\u201d, degan mazmunda farmon yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qaydu Mirzoning bunday o\u2019zboshimcha siyosatidan ranjigan Shohruh Mirzo, Qandahor, G\u2019azna va Kobul viloyatlarida avj olgan qaroqchilarni tinchitish bahonasida katta qo\u2019shin bilan Qandahorga yurish boshlaydi. Shohruh Mirzoning makridan voqif bo\u2019lgan Qaydu Mirzo o\u2019z yaqin kishilarini olib Qandahordan qochadi. Shohruh Mirzo Qandahorga Sanjar Mirzo, Yodgorshoh Arlot va Feruzshohlarni qo\u2019yib, agar Qaydu Mirzo kelsa uni ushlab oliy dargohga yuborishlarini tayinlaydi.1417 yil oxirida Qaydu Mirzoni ushlab dorussaltanat \u2013 Hirotga olib boradilar. Shohruh Mirzo Qaydu Mirzoning gunohlaridan kechib, uni Hirotga saqlaydi. Biroq 1418 yil 22 avgustda Qaydu Mirzo amir Bahlul va Sadr Jahonning vasvasasi bilan Hirotdan Qandahor tomonga qochadi. Zero, Qandahorda Qaydu Mirzo tarafdorlari ko\u2019p edi. Lekin Shohruh Mirzo uning ketidan o\u2019g\u2019li Boysung\u2019ur Mirzoni bir guruh sipohlar bilan jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boysung\u2019ur Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan Qaydu Mirzoni ta\u2019qib qilib, Siparz qishlog\u2019i yaqinida uni asirga oladi va bog\u2019lab Hirotga olib keladi. Shohruh Mirzo Qaydu Mirzo Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamatdiradi hamda u o\u2019sha yerda vafot qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qaydu Mirzo zindonga tashlangach, Shohruh Mirzo unga tegishli bo\u2019lgan yerlarni o\u2019z o\u2019g\u2019li Jaloliddin Suyurg\u2019otmish Mirzoga in\u2019om qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Holid Mirzo Pir Muhammad Mirzo Kobuliyning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1399 yilda tug\u2019ilgan edi. Holid Mirzo ham ulg\u2019aygach, xoqon Shohruh Mirzoning mulozimatida hayot kechiradi. U hech qayerda hukmron bo\u2019lmagan. 1427 yilda kasal bo\u2019lib, 29 yoshida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>SA\u2019D VAQQOS MIRZO Pir Muhammad Mirzo Kobuliyning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1400 yilda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1414 yilda Shohruh Mirzo Qum viloyatining hokimligini Sa\u2019d Voqqos Mirzoga in\u2019om qilgan edi. Sa\u2019d Vaqqos Mirzo Mironshoh Mirzoning qizi \u2013 Og\u2019o Begi xonimga uylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, 1415 yil bahorida Sultoniya hukmdori amir Bistom Jogir, Qaro Yusuf turkmandan qochib, o\u2019g\u2019lini Sultoniyada qoldiradi-da, o\u2019zi Sa\u2019d Vaqqos Mirzo orqali Shohruh Mirzodan madad so\u2019rash uchun Qumga keladi. Biroq Sa\u2019d Vaqqos Mirzo amir Bistomni bandga olib, bu haqda Shohruh Mirzoga maktub yo\u2019llaydi. Shohruh Mirzo Sa\u2019d Vaqqos Mirzoning bu harakatidan ranjiydi va darhol amir Bistom Jogirni banddan xalos qilishni buyuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq yosh shahzoda Sa\u2019d Vaqqos Mirzoning amirlari unga boshqacha yo\u2019l-yo\u2019riqlarni ko\u2019rsatadilar. Chunonchi, \u201camir Bistomdek peshkash sening qo\u2019lindadir. Sen uni darhol Qaro Yusuf Turkman huzuriga olib borib peshkash qilishing lozim. Amir Qaro Yusuf bir umrga sendan minnatdor bo\u2019ladi\u201d, deydilar. Sa\u2019d Vaqqos Mirzo amir Bistomni olib Qaro Yusuf dargohiga boradi. Qaro Yusuf Sa\u2019d Vaqqo Mirzoni zo\u2019r ehtirom bilan qarshi oldi-yu, ammo amir Bistomni banddan xalos qilib, qo\u2019yib yuboradi va unga ham ehtirom ko\u2019rsatadi. Qaro Yusuf amir Bistomning o\u2019g\u2019li Ahiy Farajni Qumga yaqinlashgan xabarini eshitgan Sa\u2019d Vaqqos Mirzoning xotini Og\u2019o begi xonim erining Ozarbayjonga ketib, xato ish qilganini fahmlaydi. Og\u2019o begi xonimning esida: xuddi mana shu Qaro Yusuf Turkman otasi Mironshoh Mirzoning qotili edi. Binobarin, malika o\u2019z navkarlarini qurollantirib, Ahiy Faraj bilan kelgan kishilarning hammasini asirga oladi, hamda Sa\u2019d Vaqqos Mirzoni Qaro Yusuf tomonga o\u2019tishga maslahat bergan Temur Shayx, Qutluqxo\u2019ja va Shayx Ali Zindalarga qo\u2019shib hammasini qatl qildiradi. Ularning boshlarini kesdirib, Shohruh Mirzo saroyiga jo\u2019natadi. Og\u2019o begi xonim zamonasining oqila, tadbirkor va makr-hiylaga mayl qo\u2019ygan ayollardan edi. U yaxshi bilar ediki, otasining qotili Qaro Yusuf qo\u2019l ostida kechiradigan kunlarining oqibati yaxshilikka olib kelmasdi. Shohruh Mirzo Og\u2019o begi xonimning bu jasoratiga tahsinlar o\u2019qiydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq, oradan ko\u2019p o\u2019tmay, hech bir sababsiz o\u2019z suyurg\u2019oli bo\u2019lgan Qum viloyatidan Ozarbayjonga ketib qolgan Sa\u2019d Vaqqos Mirzo 1418 yil aprel oyida 19 yoshida to\u2019satdan vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>QAYSAR MIRZO Pir Muhammad Mirzo Kobuliyning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1401 yilda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qaysar Mirzo ham hech qayerda hukmronlik qilmagan. U ham xoqon Shohruh Mirzo saroyida xizmat qilgan. 1427 yilda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>BUZANJIR MIRZO Pir Muhammad Mirzo Kobuliyning beshinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1402 yilda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Buzanjir Mirzo hech qayerda hukmronlik qilmagan. U ham xoqon Shohruh Mirzo saroyida xizmat qilgan. U 1422 yil 16 avgustda 21 yoshida vafot etgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Buzanjir Mirzoning vafotini eshitgan Shohruh Mirzo, darhol uning maskaniga borib, sag\u2019ir qolgan bolalari va beva qolgan xotiniga hamdardlik bildirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>JAHONGIR MIRZO Pir Muhammad Mirzo Kobuliyning oltinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1402 yilda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir Mirzo ham hech qayerda hukmronlik qilmagan. U ham akalari kabi xoqon Shohruh Mirzo saroyida xizmatda bo\u2019lgan. Jahongir Mirzo 1433 yilda 31 yoshida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>SANJAR MIRZO Pir Muhammad Mirzo Kobuliyning yettinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1403 yilda tug\u2019ilgan edi. Sanjar Mirzo akasi Qaydu Mirzoning saroyida (Kobul) mulozimatda edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Bahlulning Qaydu Mirzoga qarshi fitnasi oshkor bo\u2019lib, fitnachilar har tomonga qochgach, fitna natijasi o\u2019laroq endigina taxtga o\u2019tirgan Sanjar Mirzo Shohruh Mirzo huzuriga borib uzr so\u2019raydi. Xoqon Shohruh Mirzo Sanjar Mirzoning gunohini kechirib, Hirotda o\u2019z saroyida olib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sanjar Mirzo Xoqon mulozimatida bo\u2019lib, 1429 yilda 27 yoshida vafot etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>U Amir Temur sohibqironning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, u 1356 yilda tug\u2019ilgan. Xondamirning bergan ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, uning onasi Turmish Og\u2019odir. Jahongir Mirzo otasi Temurga o\u2019xshab bir so\u2019zli, qat\u2019iyatli va jasur bo\u2019lgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/muhammad-jahongir-mirzo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3469,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[179],"tags":[],"class_list":["post-23252","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23252","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23252"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23252\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23259,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23252\/revisions\/23259"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3469"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23252"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23252"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23252"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}