{"id":23260,"date":"2022-04-01T16:10:36","date_gmt":"2022-04-01T13:10:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23260"},"modified":"2022-04-08T10:42:48","modified_gmt":"2022-04-08T07:42:48","slug":"umar-shayx-mirzo-bahodir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umar-shayx-mirzo-bahodir\/","title":{"rendered":"Umar Shayx Mirzo Bahodir"},"content":{"rendered":"\n<p>Umar Shayx Mirzo Amir Temurning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1356 yilda tug\u2019ilgan. Umar Shayx Mirzoning onasi To\u2019lin Og\u2019o (To\u2019mlun og\u2019o) dir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Umar Shayx Mirzo yoshligidanoq harbiy ishlarga iqtidori yuksak bo\u2019lib, mohir chavandoz va tolmas jangchi bo\u2019lib yetishgan. Shu bois bo\u2019lsa kerak, uning jangovarlik faoliyati haqida ko\u2019pgina naql va rivoyatlar yozib qoldirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1370 yilda sohibqiron Amir Temurning amir Husayn ibn Musallabga qarshi olib borgan jangida 15 yoshli Umar Shayx Mirzo alohida jangovarlik namunasini ko\u2019rsatgan. Shuningdek, u Farg\u2019onada mo\u2019g\u2019ullarga qarshi ko\u2019pgina janglarda ishtirok qilgan. Uning shaxsiy hayotiga doir tarixiy ma\u2019lumotlarga qaraganda, u o\u2019zining mardligi bilan sohibqiron qo\u2019shinida ustuvor sarkarda bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, 1393 yilda sohibqiron Amir Temur Umar Shayx Mirzoni Fors viloyatini zabt etish ishiga mutasaddi qilib tayinlaydi. Binobarin, u Istahr, Farak, Shahriyor va shunga o\u2019xshash bir necha qal\u2019alarni zabt etib, navbatdagi Sirjon qal\u2019asini zabt etmoq uchun qal\u2019ani muhosara qilish taraddudida edi. Aynan shu paytda sohibqiron Amir Temur Misr va Shom (Suriya)ni zabt qilish uchun Diyor Bakr tomon yo\u2019lga chiqqan edi. Shu bois Amir Temur Umar Shayx Mirzoni o\u2019z huzuriga yetib kelishini ta\u2019kidlab, odam yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Umar Shayx Mirzo Sirjon qal\u2019asini muhosara qilish ishini amir Idigu barlosga topshirib, o\u2019zi Sherozga keladi. Sherozda ishonchli kishilardan amir Sunjaq huzuriga kelib, uni fors mamlakatini zabt qilish ishiga mutasaddi qilib, so\u2019ngra otasi sohibqironning huzuriga jo\u2019naydi. Umar Shayx Mirzo safar asnosida Shavliston yo\u2019li bilan yurib, Kurdistondan o\u2019tib borayotganda, yo\u2019l chekkasida kichikroq bir qal\u2019aga ko\u2019zi tushadi. Bu qal\u2019aning nomini Harmotu deb atardilar. Umar Shayx Mirzo mazkur qal\u2019ani yaqinroqdan tomosha qilish maqsadida bir tepalik ustiga chiqib, qal\u2019a tomon nazar tashlaydi. Shu asnoda qal\u2019a ichidan otilgan nogahoniy o\u2019q Mirzoning qulog\u2019i ostidagi ko\u2019k tomiriga tegib, shu zahoti til tortmay o\u2019ladi. Bu falokat sodir bo\u2019lgach, Mirzoning qo\u2019shini mazkur qal\u2019ani yer bilan yakson qilib, barcha jonzodni qilichdan o\u2019tkazadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu mash\u2019um xabar sohibqiron Amir Temurga yetgach, ko\u2019p anduh chekadi va nihoyat taqdirga tan beradi. U amir Uch Qaro bahodirni Harmotu qal\u2019asi tomon yuboradi. Amir Uch Qaro bahodir Umar Shayx Mirzoning jasadini Sherozga olib keladi. Sherozda motam o\u2019tkazilib, jasadni muvaqqad dafn etadilar. Bir necha muddat o\u2019tgach, marhum Umar Shayx Mirzoning xotinlari \u2013 Sevin Qutlug\u2019 Og\u2019o begim, Beka Mulk Og\u2019o begim va Mulkat Og\u2019o begimlar hamda hali voyaga yetmagan (sag\u2019ir) o\u2019g\u2019li Iskandar Mirzolar jasadni Sherozdan Keshga (Shahrisabz) olib ketadilar va temuriylar xonadoni uchun maxsus qurilgan dahmaga dafn qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Marhum Umar Shayx Mirzodan olti o\u2019g\u2019il qolgan bo\u2019lib, kattasi Pir Muhammad Mirzo 16 yoshda edi. Undan keyingilari Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Saidi Ahmad Mirzo va Bayqaro Mirzolar edi. Amir Temur Fors mamlakatining hukmdorligini 16 yoshli Pir Muhammad Mirzoga topshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>PIR MUHAMMAD MIRZO amirzoda Umar Shayx Mirzoning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1379 yilda tug\u2019ilgan edi. Otasi Umar Shayx Mirzo vafotidan so\u2019ng, unga tegishli bo\u2019lgan Fors mamlakatining hukmdorligi Pir Muhammad Mirzo ixtiyoriga topshiriladi. Shundan so\u2019ng shahzoda Sherozda hukmronlikni boshlaydi. Shu bois shahzodani Pir Muhammad Mirzo Sheroziy deb ataydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1400 yilda sohibqiron Amir Temur Forsda hukmron bo\u2019lib turgan nabirasi Pir Muhammad Mirzo Sheroziy Sohibqironning harbiy yurishlaridan biriga o\u2019zini kasalikka solib qatnashmaganligi sababli uni hokimlik mansabidan azl qiladi. Ikkinchidan, noma\u2019lum maqsadni ko\u2019zlab, qandaydir zahar tayyorlash bilan mashg\u2019ul bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Faqat 1403 yilda Pir Muhammad Mirzoga Sherozni qaytarib beradi. Rustam Mirzoni Isfaxonga va Iskanda Mirzoni Hamadonga hokim etib tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzoda Pir Muhammad Mirzo yosh bo\u2019lsa-da, aqlli, ziyrak va tadbirkorligi bilan ukalaridan farq qilardi. U harbiy san\u2019atdan yaxshigina xabardor bo\u2019lsa-da, biroq uning tabiatida harbiylarga xos toshbag\u2019irlik bo\u2019lmay, aksincha, ishonuvchalik, muloyimlik va muruvvatlik ko\u2019proq edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur vafot qilgandan keyingi taxt talashuvlarida u o\u2019z arkoni davlati bilan maslahatlashib, kichik amakisi Shohruh Mirzoning xibzi-himoyatida bo\u2019lishga qaror qiladi. Bunga otasi Umar Shayx Mirzo vafotidan so\u2019ng, 1398 yilda bobosi sohibqiron Amir Temurning xohishiga muvofiq o\u2019gay onasi, ya\u2019ni ukasi Iskandar Mirzoning onasi Mulkat Og\u2019o begimni amakisi Shohruh Mirzoga bay\u2019at (ishonch) bildiradi. Pir Muhammad Mirzo Sheroziyning mazkur iltifotidan Shohruh Mirzo bag\u2019oyat xushnud bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1405 yil o\u2019rtalarida Iskandar Mirzo Hamadondan akasi Pir Muhammad Mirzoga zarurat yuzasidan Forsga ko\u2019chib kelayotgani haqida maktub yuboradi. Pir Muhammad Mirzo o\u2019z ukasining fe\u2019lini yaxshi bilgani tufayli, o\u2019z o\u2019rnida, ya\u2019ni Hamadonda xavf-xatarsiz o\u2019tirishni ta\u2019kidlab javob maktubini yo\u2019llaydi. Ammo Iskandar Mirzo maktubga iltifot qilmay Sherozga qarab yuradi. Bir oydan so\u2019ng Iskandar Mirzo akasi huzuriga yetib keladi. Bu paytda Umar Mirzoning akasi huzuriga yetib keladi. Bu paytda Umar Mirzoning Iroq va Forsga lashkar tortib kelayotgan xabari eshitiladi. Aka-uka Mirzolar Umar Mirzoga qarshi jang taraddudiga tushadilar. Darhaqiqat, Umar Mirzo katta qo\u2019shin bilan Hamadonga keladi. Ammo Rustam Mirzo Umar Mirzoning huzuriga Hoji Musofirni elchi qilib jo\u2019natadi. Har ikki o\u2019rtada sulh tuzilib, Umar Mirzo qaytib ketadi. Aka-uka Mirzolar urushdan qutilib qoladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo Sheroziy ukasi Iskandar Mirzoga Yazd viloyatini beradi. 1405-1406 yil qish faslida Pir Muhammad Mirzo Umar Mirzo bilan ittifoq tuzib, Abubakr Mirzoga qarshi urishadi. Xarbura mavze\u2019ida bo\u2019lgan jangda Pir Muhammad Mirzo va Umar Mirzolar yengilib orqaga qaytadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, 1407 yilga kelganda Umar Shayx Mirzo farzandlari orasiga fitna-fasod oralab, aka-ukalar bir-birlariga dushmanlik harakatlarini boshlaydilar. Pir Muhammd Mirzo Sheroziy ukasi Iskandar Mirzoni ushlatib qamoqqa oladi. Uning Yazd viloyatidagi barcha xazina va dafinalarini olib, Sherozga keltiradi. O\u2019zining esa qo\u2019l-oyog\u2019ini bog\u2019latib, Hirot dorissaltanasiga yuboradi. Biroq Iskandar Mirzo yo\u2019lda banddan xalos bo\u2019lib, Isfanxonga akasi Rustam Mirzo huzuriga qochib keladi. Shundan so\u2019ng, Rustam Mirzo va Iskandar Mirzolar ittifoq tuzib, akalari Pir Muhammad Mirzoga qarshi Sherozga qo\u2019shin tortadilar. Ammo Sherozni qamal qilsalar-da, uni ololmaydilar. Sheroz atrofidagi qishloqlarni talon-taroj qilib, ko\u2019p o\u2019ljalar olib Isfaxonga qaytib ketadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1408 yilda Pir Muhammad Mirzo o\u2019tgan yilgi mag\u2019lubiyat intiqomini olish uchun Rustam Mirzoga Isfaxonga qo\u2019shin tortadi. Jang Gandumtosh mavzeiga yaqin joyda bo\u2019lib, Rustam Mirzoning mag\u2019lubiyati bilan tugaydi. U Koshonga qochib ketadi. Pir Muhammad Mirzo intiqom olib bo\u2019lgach, Isfaxon ahliga hech qanday zarar yetkazmaydi. Faqat Isfaxonda Rustam Mirzoga xayrixoh bo\u2019lgan amir va beklrni yo\u2019qotib, Isfaxon viloyatini o\u2019z o\u2019g\u2019li Umar Shayx Mirzoga in\u2019om qilib, o\u2019zi Sherozga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1409 yilda Pir Muhammad Mirzo Xuziston mamlakatini zabt etadi. Ammo jangda mag\u2019lubiyatga uchragan Rustam Mirzo Hirotga \u2013 Shohruh Mirzo huzuriga panoh istab borgan edi. Shuningdek, Iskandar Mirzo ham Xuroson hududida sargardon yurgan kezlarda, uning sargardonligi Shohruh Mirzoga ma\u2019lum bo\u2019lib, u Pir Muhammad Mirzo Sheroziyga o\u2019z uksi Iskandar Mirzoga nisbatan shfqat qilmog\u2019i lozim ekanini uqtirib maktub yuboradi. Shundan so\u2019ng Iskandar Mirzo akasi Pir Muhammad Mirzo Shohruh Mirzoning farmoniga amal qilib, Iskandar Mirzoni marhamat qilib kutib oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1410 yilda Pir Muhammad Mirzo Sheroziy Kermon viloyatini zabt etish ishtiyoqida qo\u2019shin tortib yo\u2019lga tushadi. U Duchoha mavze\u2019iga yetganda, qo\u2019shinga orom berish uchun o\u2019sha manzilda to\u2019xtaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo Sheroziyning Xoja Husayn Sharbatdor ismli amiri bor edi. Uni tabiblik lavozimidan amirlik mansabigacha ko\u2019tarib, ko\u2019p tarbiya va navozishlar qilgan hamda mulk ishlarida mutlaq sohib ixtiyor qilib qo\u2019ygan edi. Ana shu ko\u2019rnamak amir Xoja Husayn sharbatdor bir necha yomon kishilar bilan til biriktirib, qorong\u2019u tunda odil podshohzodaning chodiriga kirib, uni qatl etadi. Pir Muhammad Mirzo Sherzouy 31 yoshda halok bo\u2019ladi. Undan ikki o\u2019g\u2019il qoladi. Kattasi Umar Shayx Mirzo, kichigi Solih Mirzodir.<\/p>\n\n\n\n<p>UMAR SHAYX MIRZO 1398 yilda tug\u2019ilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1408 yilda Pir Muhammad Mirzo Isfaxon viloyatining hokimligini Umar Shayx Mirzoga in\u2019om qiladi. Umar Shayx Mirzo Isfaxon viloyatida osuda hayot kechirar ekan, 1409 yilning oxirida Sulton Mo\u2019tasimning Isfaxonga to\u2019satdan bostirib kirishi Umar Shayx Mirzo qo\u2019shinida parokandalikni vujudga keltiradi. Uning ishonchli beklari amir Said barlos va amir Jalonboirshohlar dushmanga qarshi urushish o\u2019rniga o\u2019z jonlarini qutqarib, Yazd viloyati tomon ketib qoladilar. Nochor ahvolda qolgan shahzoda Isfaxonni tashlab, Yazdga ketishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>U keyinchalik amakisi Iskandar Mirzo qo\u2019l ostida xizmatda bo\u2019ladi. Biroq Iskandar Mirzo Iroq va Fors mamlakatlarini o\u2019z tasarrufiga kiritib olgach, shahzoda Umar Shayx Mirzoning mamlakatdan ixroj qilishga farmon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1411 yil 24 mayda Shohruh Mirzo Bodxez mavze\u2019ida dam olayotgan chog\u2019ida, Umar Shayx Mirzo xoqonning huzuriga najot istab keladi va bo\u2019lgan voqealarni birma-bir bayon qiladi. Shohruh Mirzo shahzodaga shafqat va muruvvat ko\u2019rsatib, o\u2019z saroyida olib qoladi. Shahzoda umrining oxirigacha Hirotda \u2013 Shohruh Mirzo mulozamatida hayot kechiradi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Umar Shayx Mirzo 1429 yilda 31 yoshida Xurosonda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>SOLIH MIRZO 1406 yilda tug\u2019ilgan edi. U otasining o\u2019limidan so\u2019ng Shohruh Mirzo saroyida xizmat qiladi. Shohruh Mirzo vafotidan (1447) so\u2019ng, uning nabirasi Alouddavlar qo\u2019l ostida bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Alouddavla Mirzo bilan Abdullatif Mirzo o\u2019rtasida sodir bo\u2019lgan 1447\/48 yil qish faslidagi jang paytida Solih Mirzo Chechektudagi chegara harbiy guruhining boshlig\u2019i vazifasida qoyim edi. U Abdullatif Mirzoga nisbatan ko\u2019nglida kek va adovat saqlardi. Solih Mirzoning husumatidan Abdullatif Mirzo yaxshi xabardor edi. Binobarin, Abdullatif Mirzo Chechektu harbiy guruhiga hujum qilib, Solih Mirzoni mag\u2019lubiyatga uchratadi. U Chechektudan Hirotdan qochib keladi va 1452 yil 46 yoshida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>RUSTAM MIRZO amirzoda Umar Shayx Mirzo bahodirning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1381 yilda tug\u2019ilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1403 yilda sohibqiron Amir Temur Rustam Mirzoga Isfahon hukmronligini beradi. Rustam Mirzo 1406 yilda Umar Mirzo va Pir Muhammad Mirzolar bilan birgalikda Abubakr Mirzoga qarshi urushadilar. Xarbura mavze\u2019ida bo\u2019lgan jangda Rustam Mirzo qo\u2019shini qattiq shikastlnadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019p o\u2019tmay aka-uka shahzodalar orasida fitna oralab, hamjihatlik tobora susaya boradi. Chunonchi, Rustam Mirzo o\u2019zining beklaridan amir Said barlosning ichi qoraligini payqagach, uning ikki ko\u2019ziga mil torttirib, ko\u2019r qilib, qal\u2019ada mahbuslikda saqlardi. Ammo amir Said barlosning bir ko\u2019zida ozgina ko\u2019rish imkoni saqlanib qolganligi tufayli, kunlardan bir kun qal\u2019a posbonlarini chalg\u2019itib qochadi va so\u2019qmoq yo\u2019llardan yurib, Sherozga keladi. Pir Muhammad Mirzo o\u2019z ukasining dushmaniga homiylik qilayotganini bilibmi, bilmaymi, amir Said barlosni o\u2019z himoyasiga olib, tarbiya qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akasining bu ishidan xabar topgan Rustam Mirzo, \u201cAmir Said barlos bu xonadonga nisbatan bir necha bor ko\u2019rnamaklik qilgan, xudoyi taolo ko\u2019mak berib, uning qing\u2019ir ko\u2019ziga mil tortdik, endi esa u xuddi o\u2019q yegan to\u2019ng\u2019iz yoki dumi qirqilgan ilon qabilidadir. Shunday ekan, uning bu xondadonga nisbatan to\u2019g\u2019ri fikrda bo\u2019lishiga qaysi aql bovar qiladi?\u201d \u2013 degan ma\u2019noda akasiga maktub yo\u2019llaydi. Pir Muhammd Mirzo zo\u2019r xato qilganligini sezsa-da, uzr so\u2019rab, Rustam Mirzonining ishontiraoladigan dalillar bilan maktub yozib, sovg\u2019a-salomlar bilan jo\u2019natadi. Garchi Rustam Mirzo akasining isbot-dalillarini odob yuzasidan qabul qilgan bo\u2019lsa-da, biroq ko\u2019ngil ko\u2019zgusi allaqachon xira tortgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu voqeadan so\u2019ng, Rustam Mirzo ukasi Iskandar Mirzo bilan ittifoq tuzib, akasi Pir Muhammd Mirzoga qarshi urush harakatlarini boshlaydi. Ammo nima bo\u2019ladi-yu,1410 yilda aka-uka o\u2019rtasida ixtilof chiqib, muxoraba sodir bo\u2019ladi. Rustam Mirzo bu muxorabada mag\u2019ubiyatga uchrab Qaro Yusuf Turkman huzuriga panoh izlab ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1412 yilda Rustam Mirzo Qaro Yusuf huzuridan qaytib Tabriz orqali Isfaxonga keladi. Uni ixtilofchi amirlardan bo\u2019lgan sohibi ixtiyor Xoja Ahmad Saidiy kutib oladi. Rustam Mirzo Xoja Ahmad Saidiyni qatl qilish borasida o\u2019z arkoni davlati bilan kengashib olgach, Xojani jallodga topshiradi. Shu voqeadan so\u2019ng isfaxonliklarning Rustam Mirzodan ixlosi qaytadi. Ayni vaqtda Iskandar Mirzoning qo\u2019shini Isfaxonga yaqinlashib kelmoqda edi. Rustam Mirzo ukasi Iskandar Mirzo bilan jang qilishga qudrati yetmasligini fahmlagach, Isfaxonni tashlab, Xuroson tomonga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1412 yil aprel oyida Rustam Mirzo Hirotga kelib, xoqon Shohruh Mirzo huzuriga dohil bo\u2019ladi. Shohruh Mirzo shahzodaga iltifotlar ko\u2019rsatib, o\u2019z huzurida bir oz orom olishini buyuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1414 yilda Iskandar Mirzoni tutib, Shohruh Mirzo huzuriga keltiradilar. Iskandar Mirzo Iroq va Fors hukmdorligidan azl qilinadi. Uning o\u2019rniga mazkur mamlakat hukmdorligini Rustam Mirzo izxtiyoriga topshiriladi. Shuningdek, sobiq hukmdor Iskandr Mirzoni ham Rustam Mirzo qo\u2019liga topshiradilar. Biroq Rustam Mirzo fursatni g\u2019animat bilib, eski gina-quduratlarni evaziga intiqom olish hamda kelajak istiqbolini ravnaq toptirish maqsadida ukasi Iskandar Mirzoning ikki ko\u2019ziga mil tortirib ko\u2019r qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1415 yil 9 iyunda Iskandar Mirzoning bir onadan tug\u2019ishgan ukasi Boyqaro Mirzo Sherozni zabt etadi. Bu xabarni eshitgan Rustam Mirzo fitnaning o\u2019zagi bo\u2019lgan Iskandar Mirzoni qatl qildiradi. Ammo Shohruh Mirzo farmoniga muvofiq Ibrohim Sulton Mirzo katta qo\u2019shin bilan Sherozga yaqinlashganda, Boyqaro Mirzo qarshilik befoyda ekanligini tushunib Boysung\u2019ur Mirzo huzuriga elchi yuboradi. 1415 yil 8 noyabrda Boyqaro Mirzo xoqon Shohruh Mirzo huzuriga bosh egib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Iroq va Fors mamlaktlari Rustam Mirzo ixtiyorida qoladi. Rustam Mirzo 1424 yilda vafot etadi. Uning ikki o\u2019g\u2019li bor edi. Kattasi Usmon Ali Mirzo, kichigi Sulton Ali Mirzo edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Usmon Ali Mirzo 1400 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib, balog\u2019atga yetgach, Qaydu Mirzoga qarshi uyushtirilgan fitnada qatnashadi va 1424 yilda qatl etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Ali Mirzo Rustam Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1402 yilda tug\u2019ilgan edi. 1412 yilda Iroq va Fors mamlakatlari Iskandar Mirzo qo\u2019liga o\u2019tgach, yosh shahzodani hokimiyatga da\u2019vogar bo\u2019lishidan qo\u2019rqib, mamlakatdan ixroj qilgan edi. Shahzoda Sulton Ali Mirzo Hirotga borib, xoqon Shohruh Mirzo mulozimatiga dohil bo\u2019ladi. U 1422 yilda kasal bo\u2019lib Isfaxonda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>ISKANDAR MIRZO amirzoda Umar Shayx Mirzo bahodirning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1384 yilda tug\u2019ilgan. Onasi Mulkan Og\u2019o begim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu Mirzo haqida \u201cMuhammad Sulton Mirzo\u201d bobida ma\u2019lum darajada, ya\u2019ni Farg\u2019ona hukmdori bo\u2019lganligi va Muhammad Sulton Mirzo tomonidan jazolanganligi haqida ma\u2019lumot bergan edi. O\u2019sha ma\u2019lumotga qo\u2019shimcha ravishda shuni ma\u2019lum qilamizki, keyinchalik Muhammad Sulton Mirzo 1401 yilda Iskandar Mirzoni qamoqdan chiqarib, kaltaklab jazolaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1403 yilda sohibqiron Amir Temur Iskandar Mirzoning Hamadon viloyatining hokimligiga tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1405 yil o\u2019rtalarida Iskandar Mirzo Hamadondan akasi Pir Muhammad Mirzo Sheroziyga elchi yuborib, \u201cUmar Mirzo (Mironshohning ikkinchi o\u2019g\u2019li) Jaxonshoh Jokuni to\u2019satdan o\u2019ldirdi va o\u2019z otasi Mironshoh Mirzoni mamlakatdan ixroj qildi. U tufayli bu tarafga biror malollik yetib qolishi mumkin, degan gumon bilan ko\u2019chimizni birga olib Fors va Iroqqa qarab yurdik, endi qayerga tushishimizni ma\u2019qul topsalar, ishorat qilsinlar\u201d \u2013 deb xabar beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzo o\u2019z ukasining fe\u2019lini yaxshi bilgani tufayli, \u201cyana biror fitna boshlamasin\u201d \u2013 degan andishada, ishonchli kishi orqali ukasiga maktub yo\u2019llaydi. Maktubda Iskandar Mirzoni Umar Mirzodan hadiksiramaslikka, shuningdek fuqaro orasida asossiz vahima tarqatmasdan o\u2019z o\u2019rnida qoyim o\u2019tirishga undaydi. Ammo Iskandar Mirzo maktubga iltifot qilmay, Forsga qarab yuradi. Bir oydan so\u2019ng Iskandar Mirzo akasi huzuriga yetib keladi. Pir Muhammad Mirzo ukasi Iskandar Mirzoga Yazd viloyatini beradi. Ammo tez kunda aka-ukalar o\u2019rtasida nizo chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1407 yilda Pir Muhammad Mirzo ukasi Iskandar Mirzoni qamoqqa oladi va Yazd viloyatidagi barcha xazina va dafinalarni Sherozga keltiradi. Iskandar Mirzoni esa qo\u2019l-oyog\u2019ini bog\u2019latib, Hirot dorissaltanasiga yuboradi. Biroq yo\u2019lda Iskandar Mirzo banddan xalos bo\u2019lib, Isfaxonga \u2013 akasi Rustam Mirzo huzuriga qochib keladi. Shundan so\u2019ng Iskandar Mirzo akasi Rustam Mirzo bilan birgalikda, katta akalari Pir Muhammad Mirzoga qarshi jang boshlaydilar. Shahzodalar Sherozni qamal qilib ololmaydilar, ammo Sheroz atrofidagi qishloqlarni talab, ko\u2019p miqdorda o\u2019ljalar bilan Isfaxonga qaytadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1409 yilda Pir Muhammad Mirzo Huzistonni zabt etib, Rustam Mirzo va Iskandar Mirzoni mag\u2019lubiyatga uchratadi. Rustam Mirzo Hirotda \u2013 Shohruh Mirzo huzuriga panoh istab boradi. Iskandar Mirzo esa Xurason hududida darbadarlikda hayot kechiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Mirzo Andxo\u2019y atrofiga keladi. Andxudning hokimi Sayyid Ahmad tarxon bundan xabar topib, uni kutib oladi va yuksak ehtiromlar ko\u2019rsatadi. Shu bilan birga Shohruh Mirzoga Iskandar Mirzoning hozir Andxo\u2019yda ekanligi haqida arz qilib, maktub jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo Iskandar Mirzoning sargardonligidan voqif bo\u2019lgach, Sayyid Ahmad tarxonning navkaridan ikkita maktub yuboradi. Birinchi maktub Sayyid Ahmad tarxon nomiga yozilgan bo\u2019lib, \u201cIskandar Mirzoga hech bir zarar yetkazilmain, aksincha izzat-ikrom qilinsin. Shahzoda qaysi tomonni orzu qilsa, o\u2019sha tomonga ketishiga ko\u2019maklashsin\u201d \u2013 deyilgandi. Ikkinchi maktub esa, Pir Muhammad Mirzo Sheroziy nomiga yozilgan bo\u2019lib, \u201cizzatu hurmatli janob to\u2019ng\u2019ich farzand, davlatu dinning nuri tangri umrini boqiy qilgur Pir Muhammad Mirzo barcha hollarda, Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen hm kishilarga yaxshilik qil va yaqin tug\u2019ishganlarni shavqat ezguligidan bahramand qilish lozim. \u201cTug\u2019ishganlarning birlari boshqa birlariga yaqinroqdir\u201d \u2013 oyati taqozosiga, bu muhim qoida nurlaridan foydalanish uchun tug\u2019ishganlik tugunlariga ega bo\u2019lgan jamoatdan boshqa biror yaratilgan banda sazovorroq ekanligini xayolga keltirib bo\u2019lmaydi. Mavjudlik boshini bir yoqadan chiqargan toifa nash\u2019u namo oyog\u2019ini bir etikka uzatish, xuddi Surayyo sitoralari shaklida bir matla\u2019dan tulug\u2019 qilishi, uddi burjladek bir-biri ketidan chiqishi, xuddi gavharlardek bir shodadan tarqalishi va xuddi kalimalar singari bir lafzdan aytilishi lozim. Bu holatlar aka-uka va opa-singlillar, qarindosh-urug\u2019lardan boshqalar orasida bo\u2019la olishi mumkin emas. Chunki bu jamoatda bir-biriga nisbatan muhabbat va e\u2019tiqod ziyodadir. Agarda xudo ko\u2019rsatmasin, orada biror shubha tug\u2019ilib qolsa, chaqimchi va hasadchilar yo\u2019lini to\u2019sib \u201cbugun sizlarning ustingizda malomat yo\u2019q\u201d oyati ko\u2019chasini ochiq tutsinlar. Maqsad shulki, farzand Iskandar Mirzoni chaqirib olib inoyat va shafqat bilan taqdirlasin ham mamlakat chekkasidan bir bo\u2019lagini uning devoniga topshirsin\u201d \u2013 deyilgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu maktub Iskandar Mirzoga tekkach, o\u2019z yaqin kishilari bilan kengashib, Pir Muhammad Mirzo huzuriga qarab yo\u2019l oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Mirzo 1409 yil 12 fevralda, ya\u2019ni ramazonning yigirma oltinchisida Sherozga borib, ayni iftor vaqtida Pir Muhammd Mirzo huzuriga dohil bo\u2019ladi. Iftor qilib o\u2019tirgan hukmdor oz ukasi Iskandar Mirzoni ehtirom bilan qabul qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1410 yilda Pir Muhammad Mirzo Sheroziy Kermon viloyatidan, Duchoha mavze\u2019ida amir Xoja Husayn sharbatdor tomonidan qatl etilgach, Iskandar Mirzo darhol o\u2019z yaqin kishilari bilan o\u2019sha tunda Sherozga qarab qochadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Mirzo 1410 yilda akasining vorisi sifatida uning o\u2019rniga taxtga o\u2019tiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pir Muhammad Mirzoning Kermonga jo\u2019natgan amirlari mash\u2019um xabarni eshitishgach, Sherozga qaytib keladilar. Amir Siddiq yo\u2019l ustida ko\u2019rnamak Xoja Husayn sharbatdorni ushlab olib, uning bir qulog\u2019ini belgi sifatida xanjar bilan kesib olib, Iskandar Mirzo jo\u2019natadi. Xojani soqol-mo\u2019ylablarini taroshlab, ayollarga o\u2019xshatib yasantirib ho\u2019kizga mindiradilar va boshiga davlat kuloxini kiydirib, Iskandar Mirzo huzuriga keltiradilar. Iskandar Mirzo undan \u201cNega birodarimni o\u2019ldirishga qasd qilding?\u201d \u2013 deb so\u2019raganida, u: \u201cAgar men unga qasd qilgan bo\u2019lsa, natijasi sen uchun yomon bo\u2019lib chiqmadi\u201d \u2013 deb javob beradi. Iskandar Mirzo pichoq olib, o\u2019z qo\u2019li bilan uning ko\u2019zini o\u2019yib oladi va cho\u2019qmor bilan urib o\u2019ldirishga buyuradi. Uning kallasini Isfaxonga yuboradilar, tanasini esa ikki-uch kun osib qo\u2019ygandan so\u2019ng kuydiradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Mirzo 1411 yil may-iyun oylarida katta qo\u2019shin bilan Kermon viloyatiga qarab yuradi. Qo\u2019shin qayerga borsa, o\u2019sha yer xarob bo\u2019lardi. Kermonliklar sulh so\u2019raydilar. Sulh tuzilib, Iskandar Mirzo Sherozga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1412 yilda Iskandar Mirzo Qum viloyatiga qarshi otlanadi. Ammo qumliklar osonlikcha taslim bo\u2019lmadilar. Oxiri Iskandar Mirzo noumid bo\u2019lib orqaga qaytayotganda, Qumning amirlaridan Muzaffar Faroxoniy Iskdanr tomonga o\u2019tib Qum viloyatini taslim qildiradi. Iskandar Mirzo shu yili o\u2019z poytaxtini Isfaxonga ko\u2019chiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Mirzo Iroq va Fors salnatat taxtida qoyim bo\u2019lgach, endi mustaqillik orzusini qila boshlaydi va pul zarb qildiradi va xutbani Shohruh Mirzo nomiga emas, o\u2019z nomiga o\u2019qitadi. Asta-sekin Xuroson chegaralarini mustahkamlab, ayrim hollarda Xuroson hududiga bosqinlar ham qilaboshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskandar Mirzo keyingi davrlarda maishatga berilib, dunyoda qanday kayf beruvchi narsa bo\u2019lsa, hammasidan iste\u2019mol qilib, gulruxsorlar anjumanini kundan-kunga kengaytirib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1414 yilda xoqon Shohruh Mirzo o\u2019z qo\u2019shinini Iskandar Mirzoga qarshi yuboradi. Mag\u2019rur Iskandar Mirzo ham qo\u2019shin tortib keladi. Ammo birinchi to\u2019qnashishdayoq Iskandar Mirzo qo\u2019shini katta talofat ko\u2019radi. Ayrim amir va beklari Shohruh Mirzo huzuriga qochib o\u2019tadilar. Nihoyat, Iskandar Mirzo orqaga chekinib, Isfaxon qal\u2019asiga kirib oladi. Xuroson qo\u2019shini esa 1414 yil 3 iyulda shaharni qamal qiladi. Nihoyat, 20 iyulda shahar olinadi. Iskandar Mirzoni ushlab xoqon Shohruh Mirzo huzuriga keltiradilar. Undan har qancha savol qilasalar-da, ammo javob ololmaydilar. Iskandar Mirzoning keyingi taqdirini \u201cRustam Mirzo\u201d bobida hikoya qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Iskdar Mirzoning Pir Ali Mirzo nomli o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1400 yilda tug\u2019ilgan edi. Otasining vafotidan so\u2019ng, 1415 yilda u ham olamdan o\u2019tadi (sababi noma\u2019lum).<\/p>\n\n\n\n<p>AHMAD MIRZO amirzoda Umar Shayx Mirzo bahordirning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019lidir. U 1388 yilda tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahmad Mirzo 1404 yil oxirida sohibqiron Amir Temurning Xitoyga qarshi mashhur yurishida qo\u2019shinning o\u2019ng qanotiga Xalil Sulton Mirzo bilan birgalikda rahbarlik qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron vafotidan so\u2019ng, Ahmad Mirzo Shohrux Mirzo mulozimatida bo\u2019ldi. 1409 yilda Hisor viloyatini bo\u2019ysundirish uchun, Shohruh Mirzo amir Xudoydodni va aka-uka mirzolar Ahmad Mirzo va Saydi Ahmad Mirzolarni jo\u2019natadi. Topshirilgan vazifa muddatidan ilgari bajariladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1409 yilda Movarounnahr saltanati Shohruh Mirzo qo\u2019liga o\u2019tgach, Samarqand taxtini Ulug\u2019bek Mirzoga, Balxni Ibrohim Mirzoga, Farg\u2019onani esa Ahmad Mirzoga in\u2019om qilgan edi. Ahmad Mirzo Farg\u2019onada o\u2019z hukmronligini boshlab, u yerning istehkomlarini ta\u2019mirlab, obodonchilik ishlarini yanada rivojlantirishga harakat qiladi. Shuningdek, valine\u2019mati Shohruh Mirzoning talabiga muvofiq, o\u2019z navkarlari bilan uning harbiy yurishlarida qatnashib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hofizi Abru va Abdurazzoq Samarqandiyning yozganlariga qaraganda, 1413 yilda Ulug\u2019bek Mirzo harbiy kengash bahonasida, Ahmad Mirzoni Samarqandga taklif qiladi. Ammo Ahmad Mirzo Ulug\u2019bek Mirzoning fe\u2019lidan hadiksirab, Samarqandga kelmaydi. Shundan so\u2019ng Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019z kishisi amir Boyazid parvonachilik muzokara yuritish uchun Andijonga yuboradi. Amir Boyazid parvonachi Ahmad Mirzo bilan mukokara qilib, ko\u2019zlangan maqsadga erishaolmaydi. Faqat Ahmad Mirzo ma\u2019lum muddatdan so\u2019ng, o\u2019z o\u2019g\u2019lini garov tarzida Samarqandga yuborishga rozilik beradi. Biroq belgilangan muddat o\u2019tsa-da, o\u2019g\u2019lini yubormaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Ulug\u2019bek Mirzo Andijonga qo\u2019shin tortadi. Ahmad Mirzo istehkomlarni mustahkamlab, o\u2019zi toqqa chiqib ketadi. Ulug\u2019bek Mirzo Andijonni jang bilan qo\u2019lga kiritgach, eng mustahkam va ulkan qal\u2019a \u2013 Ahsini shiddatli janglardan so\u2019ng zabt qilishga muvaffaq bo\u2019ladi. Ulug\u2019bek Mirzo Poyanda bakovulni qutvol tayinlab, Andijonni idora qilish ishini amir Musoko va amir Muhammad Tobonlarga topshirib, o\u2019zi Samarqandga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahmad Mirzo Ulug\u2019bek Mirzoning qaytib ketgan xabarini eshitgach, Mo\u2019g\u2019ulistondan madad uchun kelgan lashkarni olib, Andijonga qarab yuradi. Bu xabarni eshitgan amirlar jang qilish maqsadida O\u2019sh atrofiga beradilar. Ahmad Mirzo to\u2019satdan amirlar ustiga hujum qilib, hammasini halokat girdobiga uloqtiradi. Shundan so\u2019ng Ahmad Mirzo Mo\u2019g\u2019ulistonga \u2013 Muhammadxon huzuriga borish maqsadida Qashqarga o\u2019tib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning bergan xabariga qaraganda, Shohruh Mirzo 1415 yil 26 mayda Ahmad Mirzoga quyidagi maktubni yo\u2019llaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cXabarchilar bizga shu narsani yetkazmishlarki, Ahmad Mirzo bilan farzandi solih Ulug\u2019bek Mirzo oralarinda fisqu fasodchilarning noshoyon so\u2019zlari birlan shaharlar va fuqarolarning tashvishlarini orttiruvchi voqealar sodir bo\u2019lmish. Bu xabarni biz Iroq mamlakatingda ekanligimizda eshitduk, ammo masofa yiroqligi tufayli, uning tadorigini ko\u2019rishga kirisha olmaduk. Dorissalnata Hirotga qaytib kelgandan keyin esa eshitdukki, u farzand Mo\u2019g\u2019uliston tomon ketayotgan emish. Bu hol biz uchun bag\u2019oyat maslahatdan yiroq va ajib tuyuldi. Chunki birodarlar va farzandlarga nisbatan bizning \u201cbeshikdan tobutgacha\u201d g\u2019amxo\u2019r ekanligimiz barchaga ayondur. Ota-bolalik binosi qo\u2019zg\u2019olmay turuvchi tog\u2019lardek sobit bo\u2019lmog\u2019i uchun u farzand bizning ishonchimiz komil va e\u2019tiqodimiz kuchlidir. Bu so\u2019zlarni tug\u2019ishganlik vazifalarini ado etish musulmonlik ham musulmonlarga g\u2019amxo\u2019rlik qilish yuzasidan aytildi. Takallufu maqtanchoqlik, makr-hiylaga yo\u2019yib kek saqlash bizlar uchun uyatdir. Ehtimolki, mulozimlikda yurgan bir guruh kishilar mazkur noo\u2019rin harakatlar xoh ixtiyoriy, xoh majburiy tarzda ular tomonidan sodir bo\u2019lganligi tufayli, vahimaga tushib, u farzandning bizning huzurimizga kelishiga mone\u2019lik qilarlar. Ahmad Mirzo ularning barchasini ishontirsinki, biz hammalarining gunohlarini avf qildi. Haq ustiga haqdirki, ularning hammasiga rahm-shafqat panohidan boshpana bergumizdir\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng 1416 yilda Ahmad Mirzo Qashqardan Hirotga qaytib keladi. Uni qaytadan biror viloyatga hukmdor qilib tayinlash uyoqda tursin, hatto Hirotdan tashqariga chiqarmasdan nazoratda saqlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Ahmad Mirzo Abubakr Mirzoning o\u2019g\u2019li Ilangir Mirzo bilan hamtovoq bo\u2019lib olib, ikkalasi ertayu-kech betinim sharobxo\u2019rlik bilan mashg\u2019ul bo\u2019lganlar. Ba\u2019zi fitnachi navkarlar ularning ko\u2019ngliga saltanat vasvasasini solganlari va har ikkovi fitna qo\u2019zg\u2019ashag uringanlari uchun jazoga mustahiq qilinganlar. Chunonchi Ahmad Mirzoni Ka\u2019batullo ziyoratiga jo\u2019natishga farmon berilgan. Ahmad Mirzo Ka\u2019batullo ziyoratidan qaytib kelmagan. U 1425 yilda o\u2019sha yerda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>SAYDI AHMAD MIRZO amirzoda Umar Shayx Mirzo bahodirning beshinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1391 yilda tug\u2019ilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, sohibqiron Amir Temur vafot etgan chog\u2019da Saydi Ahmad Mirzo 15 yoshda bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Saydi Ahmad Mirzoning nasabini tarixiy qo\u2019lyozmalarda ikki xil talqin qilinadi. Chunonchi, Sharafuddin Ali Yazdiy Saydi Ahmad Mirzoning otasi Umar Shayx Mirzo bahodirdur, deb belgilasa tarixchi Xondamir esa, Mironshohning o\u2019g\u2019li edi, deb yozgan. Fikrimizcha, Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma\u2019lumoti aniqroq va har jihatdan puxtaroq ko\u2019rinadi. Zero, sohibqironning so\u2019nggi davrlarida safarda va harbiy yurishlarda doim birga yurgan tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning adashishi mumkin emas edi. Ushbuni nazarda tutib, Saydi Ahmad Mirzo sohibqironning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lmish amirzoda Umar Shayx Mirzo bahodirning o\u2019g\u2019lidir, deb nuqta qo\u2019ydik.<\/p>\n\n\n\n<p>Saydi Ahmad Mirzo otasiing vafotidan so\u2019ng, Shohruh Mirzo mulozimatida bo\u2019lgan. Fasih Xavofiyning yozishicha, 1407 yilda Shohruh Mirzo Shibirg\u2019on viloyatini Saydi Ahmad Mirzoga suyurg\u2019ol qilib bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>Saydi Ahmad Mirzo 1429 yila vafot etadi. Uning Ahmad Mirzo nomli o\u2019g\u2019li bo\u2019lgan. Ahmad Mirzo 1414 yilda tug\u2019ilgan. Ahmad Mirzo ham otasi Saydi Ahmad Mirzo kabi hech qayerda hukmronlik qilmagan. U Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning kichik opasi Oqobegimga uylangan edi. Ular Qorabog\u2019da hayot kechirardilar. Xurosonda hokimiyat Sulton Husayn Boyqaro qo\u2019liga o\u2019tgach, ular Hirotga ko\u2019chib keladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahmad Mirzo Hirot shahrining dorug\u2019asi (hokim, boshliq) etib tayinladi. U umrining oxirigacha mazkur mansabda qoyim turadi. Ahmad Mirzo 1498 yilda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahmad Mirzoning Muhammad Sulton Mirzo ismli o\u2019g\u2019li bor edi. U 1458 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib, yoshligidan unga Kichik Mirzo deb laqab qo\u2019ygan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Kichik Mirzo aqlli, zehni o\u2019tkir, farosatli va bilimdon yigit edi. U Mavlono Kamoliddin Shayx Xusayn qo\u2019lida ma\u2019rifat gulshanidan bahramand bo\u2019lgan edi. Uning odobi, axloqi va bilimini saroy ahli, shu jumladan tog\u2019osi Sulton Husayn Mirzo Boyqaro ham yuksak qadrlardi. Shu bois saltanat ishlarida sohibixtiyor qilib tayinlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Kichik Mirzo yoshlik g\u2019ururiga asir bo\u2019lib, o\u2019z bilimi va saroyda tutgan mavqeidan mag\u2019rurlanib, o\u2019z holicha mustaqil harakatlar qila boshlaydi. Sulton Husayn Mirzo jiyani Kichik Mirzo hatti-harakatlarini sezib, ko\u2019rib tursa-da, opasi va pochchasining ro\u2019y xotiri uchun o\u2019zini tag\u2019ofilga solib yurardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kunlardan bir kun Sulton Husayn Boyqaro jiyani Kichik Mirzo bilan birga Xoja Abdullo Ansoriyning mozorini ziyorat qilish uchun Gozurgohga boradi. Mozorni tavof qilgach, Hirotga qaytadilar. Havo nihoyatda issiq edi. Kichik Mirzo quyoshdan pana bo\u2019lish maqsadida boshiga chodira yopinib oladi. Holbuki, Kichik Mirzoning yonida tog\u2019asi shahanshoh ham oftob tig\u2019iga bardosh berib kelayotgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kichik Mirzoning bu qilgan ishi shahanshohning sabr va toqat paymonasini to\u2019lishiga turtki bo\u2019ladi. Shahanshoh Hirotga yetib kelgach, Kichik Mirzoning aqlini kiritib qo\u2019yish niyatida qamoqqa hukm qiladi. Uni Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamaydilar. Kichik Mirzo ma\u2019lum muddat qamoqda yotgach, shahanshoh farmoniga muvofiq avaxtadan ozod qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo qamoqdan chiqqach, saltanat ishlaridan ko\u2019ngli sovib, o\u2019z qilmishlaridan xijolat chekib, indamas va odamovi bo\u2019lib qoladi. Oxiri Ka\u2019batullo ziyoratiga borishga jazm qilib, shahanshohdan ruxsat so\u2019raydi. U Ka\u2019batullodan qaytgach, hasba (qora bezgan) kasaliga chalinib, 1484 yilda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Xondamirning yozishicha, Saydi Ahmad Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019lining nomi Usmon Mirzo bo\u2019lgan. Biroq Usmon Mirzoning qaysi yilda tug\u2019ilgani yoxud tarjimon holi haqida hech qanday ma\u2019lumot yo\u2019q. Faqat uning o\u2019g\u2019li bo\u2019lmish ABDULBOQI MIRZO haqida qisqacha ma\u2019lumot berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdulboqi Mirzoning ona avlodi turkmanlarning Oq qo\u2019yli sulolasiga mansub edi. Binobarin, Abdulboqi Mirzo Iroqqa qarashli Yazd viloyatining hokimi Murodbek huzurida katta nufuzga ega bo\u2019lgan. Ammo 1502 yilda Eron shohi Ismoil Safaviy Iroq va Ozarbayjonni zabt etgach, Abdulboqi Mirzo va Yazd hukmdori Murodbek Xirotga \u2013 Sulton Husayn Mirzo Boyqaro huzuriga kelgan edilar. Sulton Husayn Mirzo Boyqaro ularga yuksak iltifotlar ko\u2019rsatadi va o\u2019zining beva qizi Sultonim begimni Abdulboqi Mirzoga nikohlab beradi. Sultonim Begimning avvalgi zavjasi marhum Sulton Vays Mirzo edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo Boyqaro vafotidan so\u2019ng, Xuroson hududiga bostirib kirgan Muhammad Shayboniyxonga qarshi olib borilgan janglarda Abdulboqi Mirzo faol qatnashadi. 1507 yilda Nishopur va Sabzavorda shayboniylarga qarshi jangu jadalda Abdulboqi Mirzo halok bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>BOYQARO MIRZO amirzoda Umar Shayx Mirzoning oltinchi \u2013 eng kichik o\u2019g\u2019lidir. U 1393 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib, otasi vafot qilgan chog\u2019da endigina bir yoshda edi. Uning onasi Mulkat og\u2019o begimdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy ma\u2019lumotlarga qaraganda, Boyqaro Mirzo husn va tarovatda ikkinchi Yusuf, jur\u2019at va jasoratda esa ikkinchi Rustam bo\u2019lgan. Sohibqiron Amir Temur vafotidan so\u2019ng, Boyqaro Mirzo Shohruh Mirzo saroyida mulozimatda bo\u2019ladi. Uning onasi Mulkat og\u2019o begimdir.<\/p>\n\n\n\n<p>1410 yilda Iskandar Mirzo Iroq va Fors mamlakatida o\u2019z saltanatini muqim qilib olgach, o\u2019z huzuriga birodarlaridan birortasini yuborishlarini so\u2019rab, Shohruh Mirzoga maktub yo\u2019llaydi. Shohruh Mirzo esa, bir onadan tug\u2019ilgan ukasi Boyqaro Mirzoni uning huzuriga jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1414 yilda Shohruh Mirzo Hamadon hukumatini, Vuruja va Nehovand qal\u2019alari hamda butun Luristonni Boyqaro Mirzoga suyurg\u2019ol qilib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1415 yilda Iskandar Mirzo ko\u2019r qilingach, uni Shohruh Mirzoning farmoniga ko\u2019ra, ukasi Boyqaro Mirzo huzuriga olib borib, qo\u2019ygan edilar. Iskandar Mirzo Boyqaro Mirzoni oliy saltanatga qarshi qayrab, yo\u2019ldan ozdiradi. Natijada Boyqaro Mirzo Sheroz tomon yuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyqaro Mirzoning muxolifatchiligini eshitgan Ibrohim Mirzo (Shohruh Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li) Iskandar Mirzoning Sherozdagi navkarlaridan Sevinch Xoja, O\u2019rduvon va Mazidlarni bandga olib, ishonchli kishi orqali Xurosonga jo\u2019natadi. Yo\u2019lda bandilar Xonxabash mavzeida banddan ozod bo\u2019lib, nazoratchini o\u2019ldiradilar va Gandumonda turgan Boyqaro Mirzo huzuriga borib, uni shoshilinch harakat qilishga undaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyqaro Mirzo Gandumondan chiqib, Sherozga yaqinlashadi. Ibrohim Sulton Mirzo ham jangga hozirlanib qarshi hujumga o\u2019tadi. Shu asnoda Ibrohim Sulton Mirzoning Shayx Chuhra, Ma\u2019sudshoh va boshqa navkarlari Boyqaro Mirzo tomon ot qo\u2019yadilar-u, lekin orqaga qaytib, o\u2019z valine\u2019matlarining yuziga o\u2019q otadilar. Shuningdek, bir guruh iroqliklar ham muxolifatlik yo\u2019lini tutadilar. Ibrohim Sulton Mirzo bu ahvolni ko\u2019rgach, jang maydonidan chiqib tunda Sherozga kirib, o\u2019z onasi To\u2019ti og\u2019o begimni va xazinadan bir qancha mablag\u2019ni olib, zudlik bilan Abarko\u2019hga jo\u2019naydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1415 yil 9 iyunda Boyqaro Mirzo Sherozning Istahr nomli darvozasi oldiga kelib to\u2019xtaydi, shahar boshliqsiz qolgani tufayli, sayyidlar, qozilar va akobirlar shahar darvozasini ochib, Boyqaro Mirzoni shaharga olib kiradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xabar Hirotga yetib kelgach, Shohruh Mirzo isyonning oldini olish maqsadida, amir Jaloliddin Feruzshohni qo\u2019shinga boshliq qilib, Yazd yo\u2019lidan borib shahzoda Ibrohim Sulton Mirzoga qo\u2019shilishiga amr qiladi. Amir shoh Malikni esa Ray viloyatidagi amirlarga borib qo\u2019shilishiga buyruq beradi. Shayx Luqmon barlosni Xuttalon, Qunduz va Baqlon qo\u2019shinini yig\u2019ib, oliy o\u2019rdugohga keltirishga safarbar qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1415 yil 24 avgustda qo\u2019shin Hirotdan chiqib, Sherozga yo\u2019l oladi. Amir Jaloliddin Feruzshoh Ibrohim Sulton Mirzo bilan qo\u2019shilib, Sherozni qamal qiladi. Boyqaro Mirzo shahar qal\u2019asiga kirib oladi. 26 oktabrda Shohruh Mirzo boshchiligidagi qo\u2019shin ham yetib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Vaziyatni bunchalik mushkullashishini o\u2019ylamagan Boyqaro mirzo shahzoda G\u2019iyosiddin Boysung\u2019ur Mirzodan xoqon Shohruh Mirzo huzuriga vositachi bo\u2019lib borishni iltimos qilib, uning huzuriga o\u2019zining navkari Qishloqni yuboradi. Boyqaro Mirzo bu xabarni otasi Shohruh Mirzoga yetkazadi. Xoqon rozilik beradi. Shundan so\u2019ng 1415 yil 8 noyabrda Boyqaro Mirzo qal\u2019adan chiqib taslim bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo uning gunohini avf etib, Qandahorga \u2013 Qaydu Mirzo huzuriga jo\u2019natadi. Ko\u2019p o\u2019tmay, Qaydu Mirzodan Hirotga \u2013 Shohruh Mirzoga maktub keladi. Maktubda quyidagilar bitilgan edi: \u201cBoyqaro Mirzo bir toifa qonxo\u2019r buzuqilarni o\u2019ziga ittifoqdosh qilib, Qaydu Mirzoga qasd qildi. Qaydu Mirzo bu isyondan voqif bo\u2019lib, Boyqaro Mirzoni bandga oldi va fitnachilarni yo\u2019qlik olamiga jo\u2019natdi. Boyqaro Mirzo esa zanjir va g\u2019ul bandida onhazratning ishoratini kutmoqda\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Shohruh Mirzo Boyqaro Mirzoni \u201cSind suvidan o\u2019tkazib yuborilsin, toki u Hind mulki qaysi joyni istasa o\u2019sha yerda tursin!\u201d \u2013 degan mazmunda Qaydu Mirzoga maktub yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Qaydu Mirzo noma\u2019lum sabablarga ko\u2019ra Boyqaro Mirzoni Hindga jo\u2019natmay turardi. Shohruh Mirzo Qaydu Mirzo huzuriga xabarchi yuborib, \u201cAlhol Boyqaro Mirzo Hind tarafiga ketmagan ekan, endi uni bu tomonga jo\u2019natsun!\u201d \u2013 deb ta\u2019kidlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1417 yil 28 avgustda Qaydu Mirzo huzuridan amir Jahon Uch Qaro kelib Boyqaro Mirzoning kelayotganidan xabar beradi. Boyqaro Mirzo yetib kelgach, Shohruh Mirzo unga Hizr Xojani mulozim qilib Samarqandga \u2013 Ulug\u2019bek Mirzo huzuriga jo\u2019natadi. Davlatshoh Samarqandiyning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, 1423 yilda Ulug\u2019bek Mirzo farmoniga ko\u2019ra, Boyqaro Mirzo lashkargohda o\u2019ldiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyqaro Mirzodan uch o\u2019g\u2019il \u2013 Muzaffar Mirzo, Muhammad Mirzo va G\u2019iyosiddin Mansur Mirzolar qolgan edilar<\/p>\n\n\n\n<p>Boyqaro Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Muzaffar Mirzo 1409 yilda tug\u2019ilgan. Ammo u ko\u2019p umr ko\u2019rmay, 1429 yilda 20 yoshida vafot etadi. Undan farzand bor-yo\u2019qligi noma\u2019lum. Ikkinchi o\u2019g\u2019li Muhammad Mirzoning qachon tug\u2019ilgani hamda vafoti haqida ma\u2019lumot uchramaydi. Faqat uning o\u2019g\u2019li Sulton Uvays Mirzoning 1454 yilda Samarqand hukmdori Sulton Abusayid Mirzo mulozamatida ekanligi hamda hukmdorga qarshi isyon ko\u2019tarib, qamoqqa olinganligi haqida ma\u2019lumot bor.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019IYOSIDDIN MANSUR MIRZO Boyqaro Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1413 yilda tug\u2019ilgan. Uning onasi Qutlug\u2019 Sulton begim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019iyosiddin Mansur Mirzo hukmronlik qilmagan. U umrining oxirigacha Hirotda oddiy odamlardek o\u2019rta hol hayot kechirgan. 1445 yilda G\u2019iyosiddin Mansur Mirzo vafot etadi. Undan ikki o\u2019g\u2019il va ikki qiz qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>FERUZA BEGIM sohibqiron Amir Temurning katta o\u2019g\u2019li O\u2019gi Beginning o\u2019g\u2019li Sulton Husayn Mirzoning qizi edi. Feruza begimning onasi Qutluq Sulton begim esa Mironshoh Mirzoning qizi edi. Feruza begim Boyqaro Mirzoning uchinchi o\u2019gli G\u2019iyosiddin Mansur Mirzoga turmushga chiqqan edi. Feruza begim ikki o\u2019g\u2019il va ikki qizning onasi edi. U 1469 yil 24 iyulda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>BOYQARO MIRZO G\u2019iyosiddin Mansur Mirzoning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1430 yilda tug\u2019ilgan. Onasi Feruza begim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyqaro Mirzo Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning akasi edi. Sulton Husayn Mirzo Boyqaro Hirot taxtiga o\u2019tirgach, Boyqaro Mirzo bir necha muddat Balx hukumatini idora qiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo uning haqida quyidagilarni yozgan edi: \u201cBoyqaro Mirzo Sulton Husayn Mirzodan ulug\u2019 edi va navkari edi, vale devon boshida hozir bo\u2019lmas edi, g\u2019ayri devonda bir to\u2019shakda o\u2019ltururlar edi\u201d. Boyqaro Mirzo 1487 yilda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyqaro Mirzoning uchta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, kattasi Sulton Muhammad Mirzo edi. U 1449 yilda tug\u2019ilgandi. U amakisi Sulton Husayn Mirzo Boyqaro saroyida mulozimatda yurib, 1483 yilda Hirotda vafot qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rtancha o\u2019g\u2019li Sulton Vays Mirzo bo\u2019lib, 1451 yilda tug\u2019ilgan edi. U ham saroyda xizmat qilardi. Sulton Husayn Mirzo Boyqaro o\u2019zining eng katta qizi Sultonim begimni Sulton Vays Mirzoga nikohlab berib, o\u2019ziga kuyov qilgan edi. Bu haqida Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo shunday yozadi: \u201cOg\u2019asi Boyqaro Mirzoning o\u2019rtancha o\u2019g\u2019li Sulton Vays Mirzoga chiqarib edi. Bir qiz, bir o\u2019g\u2019il bo\u2019lib edi. Qizini Shaybon sultonlaridan Yilibors sultonning inisi Esonquli sultonga chiqarib edi, o\u2019g\u2019li Muhammad Sulton Mirzodurki, bu tarixta Kunnuch viloyatini anga beribturmen\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Vays Mirzo 1491 yilda vafot qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyqaro Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li \u2013 Iskandar Mirzo bo\u2019lib, 1455 yildaa tug\u2019ilgan edi. U ham amakisi Sulton Husayn Mirzo Boyqaroga kuyov edi. Shahanshohning yettinchi qizi \u2013 Sulton Najod begimga uylangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1502 yil aprel oyida Iskandar Mirzo vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>BADIUJ-JAMOL BEGIM G\u2019iyosiddin Mansur Mirzoning katta qizi edi. Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning opasi edi. Badiuj-Jamol begimning ismini \u201cBoburnoma\u201dda Badakbegim deb yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo Boyqaro hali Xuroson taxtini o\u2019z tasarrufiga kiritmasdan burun, Jurjon viloyati atrofida qozoqilikda yurgan kezlarida, Badiuj-Jamol begimni Pir Badog\u2019 Sulton nikohiga kiritgan edi. Pir Badog\u2019 Sulton vafotidan so\u2019ng, Badiuj-Jamol begimni Dashti Qipchoq hukmdori Hoji Tarxonli (Astraxon) Sulton Ahmadxon o\u2019z nikohiga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuj-Jamol begimning Sulton Ahmadjondan ikki o\u2019g\u2019li va bir qizi bor edi. Sulton Ahmadxon vafotidan so\u2019ng, malika o\u2019z yurti Hirotga kelishga jazm qiladi. Ammo katta o\u2019g\u2019li Sulton Mahmudxon Xurosonga kelishdan bosh tortib, o\u2019z mavrusiy mamlakatida qoladi. Malika kichik o\u2019g\u2019li Bahodir Sulton va qizi Xonzoda begim bilan birga 1485 yilda Hirotga keladi. 1487 yilda Xonzoda begimni Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning suyukli o\u2019g\u2019li Muzaffar Husayn Mirzoga nikoh qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>OQOBEGIM G\u2019iyosiddin Mansur Mirzoning ikkinchi qizi edi. Oqobegim Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning kichik opasi edi. Oqobegim ham hali Sulton Husayn Mirzo Boyqaro Hirot taxtiga o\u2019tirmasdan burun, Saydi Ahmad Mirzoning o\u2019g\u2019li Ahmad Mirzo nikohiga kirgan edi. Ularning yakka-yagona o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, ismi-sharifi Muhammad Sulton Mirzo, laqabi \u201cKichik Mirzo\u201d edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umar Shayx Mirzo Amir Temurning ikkinchi o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, 1356 yilda tug\u2019ilgan. Umar Shayx Mirzoning onasi To\u2019lin Og\u2019o (To\u2019mlun og\u2019o) dir. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Umar Shayx Mirzo yoshligidanoq harbiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/umar-shayx-mirzo-bahodir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3469,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[179],"tags":[],"class_list":["post-23260","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23260","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23260"}],"version-history":[{"count":12,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23598,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23260\/revisions\/23598"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3469"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23260"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23260"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}