{"id":23293,"date":"2022-04-02T12:03:48","date_gmt":"2022-04-02T09:03:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23293"},"modified":"2022-04-02T12:03:49","modified_gmt":"2022-04-02T09:03:49","slug":"amir-temur-ilm-fan-homiysi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-ilm-fan-homiysi\/","title":{"rendered":"Amir Temur \u2013 ilm-fan homiysi"},"content":{"rendered":"\n<p>Amir Temurning ilm-fan homiysi sifatidagi xizmatlari tahsinlarga sazovordir. Qaysi mamlakatdaki xotirjamlik, tinchlik, dorilomonlik bo\u2019lsa, gul ekish, ekin tikish, niholni parvarish etish, uy qurish, ilm o\u2019rganish, kitob yozish, ashula aytish, bog\u2019lar barpo etish imkoni tug\u2019iladi, bir so\u2019z bilan aytganda, insonlar qalbida ma\u2019naviyat chechaklari yaproq yozadi. Va tabiiyki, mamlakatda ilm va fanni rivojlanishi uchun ana shunday xotirjamlik va moddiy ta\u2019minlanganlik bo\u2019lishi kerak. Amir Temur Turon saltanatida ilm-fanning rivojlanishi, unib-o\u2019sishi, kamol topishiga qulay sharoitlar, ulkan imkoniyatlar yaratib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur, ko\u2019p mashhur muarrixlar ta\u2019kidlaganlidek, limning qadriga yetadigan, uni rivojlantirishga astoydil bel bog\u2019lagan, dunyoning eng yetuk olimlari, tarixchilari bilan bemalol suhbatlasha oladigan donishmand hukmdor edi. Ilm-fanga qiziqish Amir Temurning xonadonidan boshlangan edi desak to\u2019g\u2019riroq bo\u2019ladi. Sohibqiron xonadonida farzandlar (shahzodalar, maliklar) ga ilm-fanning turli sohalaridan ko\u2019p saboqlar berilar, madrasalarda tahsil olishlar davom ettirilardi. Masalan, Mironshoh Mirzo uchun maxsus Ibn al-Asirning \u201cAl-komil fit-tarix\u201d (Mukammal tarix) kitobi tarjima qilib berilgan edi. Sohibqiron harakatlari tufayli, uning avlodlari ichida Muhammad Sulton, Ulug\u2019bek Mirzo, Ibrohim Sulton, Boysunqur Mirzo, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ko\u2019chkinchixon, Komron Mirzo, Gulbadanbegim, Zebunniso kabi shoirlar, olimlar, muarrixlar, xattorlar, homiylar, ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat jonkuyarlari bor bo\u2019lib, ular ilm-fan, ma\u2019naviytning qadriga yetadigan ajoyib insonlar bo\u2019lib yetishdi. Ularning sa\u2019y-harakatlari bilan madaniyatimiz yuksak darajalrga erishdi. Misol uchun, Ulug\u2019bek Mirzoning astronomiya maktabi aynan Samarqandda yaratildi. Zamonaning ilg\u2019or rasadxonasi barpo etildi. 1018 ta yulduz ta\u2019rifini o\u2019z ichiga olgan \u201cZiji jadidi Ko\u2019ragoniy\u201d jadvali jahon faniga ulkan hissa bo\u2019lib qo\u2019shildi. \u201cTo\u2019rt ulus tarixi\u201d asari esa xalqimiz tarixini anglab yetishda katta ahamiyatga ega. Sohibqiron Amir Temur davri tarixini to\u2019liq va ishonarli yoritib bergan Sharafiddin Ali Yaxdiyning fundamental \u201cZafarnoma\u201d (1425) asari Sohibqironning nabirasi Sheroz hokimi, shoir va xattot Ibrohim Sultonning rahbarligi, fidoyili va homiyligi ostida dunyoga keldi. 1519 yilda Ulug\u2019bek Mirzoning nabirasi Ko\u2019chkunchixon topshirig\u2019i bilan mazkur \u201cZafarnoma\u201d va Rashiduddinning \u201cJome ut-tavorix\u201d asarlari o\u2019zbek tiliga tarjima qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qolaversa, jahon adabiyotinign buyuk namoyondalaridan hisoblangan Alisher Navoiyning ijodi, Lutfiy va Husayn Boyqarolar she\u2019riyati, allomalar Qozizoda Rumiy va Ali Qushchi asarlari, Kamoliddin Behzodning durdona miniatyura rasmlari, Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho \u201cBoburnoma\u201dsi, go\u2019zal she\u2019riyati, ilmiy asarlari, muarrixlar G\u2019iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Muiniddin Natanziy, Hafizi Abro\u2019, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamirlarning solnomalari \u2013 barcha-barchasi Temuriylar davrining mahsulidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Amir Temurning ilm-fan homiysi sifatidagi xizmatlari tahsinlarga sazovordir. Qaysi mamlakatdaki xotirjamlik, tinchlik, dorilomonlik bo\u2019lsa, gul ekish, ekin tikish, niholni parvarish etish, uy qurish, ilm o\u2019rganish, kitob yozish, ashula aytish, bog\u2019lar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-ilm-fan-homiysi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23266,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[180],"tags":[],"class_list":["post-23293","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-haqida-qoshimcha-malumotlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23293","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23293"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23293\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23295,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23293\/revisions\/23295"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/23266"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23293"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23293"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23293"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}