{"id":23335,"date":"2022-04-02T21:02:09","date_gmt":"2022-04-02T18:02:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23335"},"modified":"2024-11-12T18:34:43","modified_gmt":"2024-11-12T15:34:43","slug":"temur-davlatining-tashkil-topishi-va-temurning-harbiy-yurishlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/temur-davlatining-tashkil-topishi-va-temurning-harbiy-yurishlari\/","title":{"rendered":"Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari"},"content":{"rendered":"\n<p>14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda siyosiy va iqtisodiy vaziyat nihoyatda og\u2019irlashib ketadi. Feodal tarqoqlikning kuchayishi, ichki feodal urushlarning uzluksiz davom etishi va tashqi dushman hujumlarining avj olishidan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari tanazzulga uchrab, aholi og\u2019ir tanglikni boshidan kechirmoqda edi. Bundan savdogarlar, hunarmandlar va dehqonlar g\u2019oyatda norozi edilar. Aholining bunday tabaqalari orasida mavjud og\u2019ir ahvoldan qutulish, mamlakatni birlashtirish va kuchli bir davlat tashkil etish harakati kuchayadi. Husayndan ko\u2019ra Temur o\u2019z zamonining bunday talabani yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u o\u2019z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan mustaqil davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar bilan bir qatorda shaharning savdogar va hunarmand tabaqalariga suyanadi. Bu boradagi amaliy ishni Balx shahriga joylashib olgan raqibi Husaynga qarshi yurishdan boshlaydi. 1370 yil mart oyida Temur yaxshi qurollangan qo\u2019shini bilan Keshdan chiqib Balxni qamal qiladi va katta talofatlar berib, shaharni egallaydi. Movarounnahrning hukmdori amir Husayn o\u2019ldiriladi. Bu voqealardan so\u2019ng mamlakatda Temurning siyosiy mavqei kuchayib ketadi. Chunki endi Movarounnahrda uning uchun kuchli raqib qolmagan edi. O\u2019sha yili Balxda qo\u2019shin boshliqlarining yig\u2019ilgan qurultoyida Temurning hukmronligi rasman qaror topadi. Manbalarda ta\u2019riflanishicha, qurultoyda avvalgi Chig\u2019atoy xonligining e\u2019tiborli amirlari, Temurning yoshlikdagi quroldoshlari va uning sobiq dushmanlari hozir bo\u2019lgan edilar. Ular orasida Amir Shayxmuhammad Bayon Sulduz, amir O\u2019ljoytu, amir Kayxisrov Xuttaloniy, amir Dovud Dug\u2019lot, amir Sorbuga Jaloyir, amir Joku Barlos, amir Zinda Hashm va boshqa mo\u2019tabar ma\u2019murlar bor edi. Temur qadimgi odatga binoan oq kigiz ustiga o\u2019tkazilib, yuqori ko\u2019tariladi. Temurning piri Saidbaraka duoi fotiha qilgach, u Movarounnahrning amiri deb e\u2019lon qilinadi. Movarounnahrning yagona hukmdori bo\u2019lib olgach, Temur o\u2019z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. Avvalambor bu davrda Temurga mustahkam potaxt \u2013 bebosh mahalliy hukmdorlarning hujumlarig qarshi tura oladigan bir qarorgoh zarur edi. Shu maqsadda u 1370 yilda Samarqandga keladi. Bu yerda u shahar devorlari, qal\u2019alar va saroylar bino qilishga kirishadi. Bu imoratlaar Afrosiyob mo\u2019g\u2019ullar tomonidan vayron etilgandan keyin 150 yil o\u2019tgach, birinchi marta bunyod qilingan inshootlaar edi. So\u2019ngra u holdan toygan mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. To\u2019g\u2019ri, deyarli bir asrlik boshboshdoqlik hukm surgan mamlakatda qonunlar joriy etib, tartib o\u2019rnatish oson emasdi. Uni oz-ozdan amalga oshirish mumkin edi. Temur dastlab o\u2019ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus gvardiya ayniqsa, uning siyosiy kurashlari uchun zarur edi. U o\u2019z gvardiyasiga va barlos qabilasiga katta imtiyozlar beradi. Ayni vaqtda Temur o\u2019z davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va Sirdaryo oralig\u2019idagi yerlarni, shuningdek Farg\u2019ona va Shosh viloyatlarini o\u2019z tasarrufiga oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Mo\u2019g\u2019uliston tomonidan bo\u2019ladigan xavf hali tamoman yo\u2019qolmagan edi. Temur davlati uchun ayniqsa, Jo\u2019ji ulusida qad ko\u2019targan Oltin O\u2019rda xonligi oralig\u2019ida bu davrga kelib mustaqil bo\u2019lib olgan Xorazm yerlarida Qo\u2019ng\u2019irot so\u2019filarining davlati qaror topdi. Qadimdan iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdn Movarounnahr bilan mushtarak bo\u2019lgan Xorazm Mo\u2019g\u2019ullar davrida ikki qismga bo\u2019linib, markazi Urganch shahri bo\u2019lgan Shimoliy Xorazm Oltin O\u2019rdaga, markazi Kat qal\u2019asi bo\u2019lgan. Janubiy Xorazm Chig\u2019atoy ulusiga qaragan. 14-asrning 6-yillari oxirida Oltin O\u2019rdada yuz bergan g\u2019alayonlar vaqtida Qo\u2019ng\u2019irot so\u2019filari Shimoliy Xorazmda yangi sulolaning mustaqil hukmronligini tiklab oladilar. So\u2019ngra Kat va Xiva shaharlarini bosib olib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Ayni paytda Xorazm Chig\u2019atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni bosib olish siyosatini tutdi. 1372 yil Temur Xorazmga birinchi bor hujum qildi. Xorazmliklar mag\u2019lubiyatga uchragan bo\u2019lsalar ham, Temurga bo\u2019ysunmadilar. Shu boisdan Temur Xorazmga besh marta yurish qilib, nihoyat, 1388 yilda uni butunlay qo\u2019lga kiritishga muvaffaq bo\u2019ladi. Temurning oxirgi yurishida Urgancha shahri vayron etildi, shahar aholisi esa Samarqandga ko\u2019chiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Temur Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik va o\u2019zaro nizolarga chek qo\u2019yib, Sirdaryo bo\u2019ylaridan Orol dengizigacha bo\u2019lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr xalqlari taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi. Ammo Temur bu bilan qanoatlanmadi. U tez orada qo\u2019shni davlatlar va xalqlar ustiga hujum qilib, jahonga hukmron bo\u2019lishni o\u2019z oldiga maqsad qilib qo\u2019ydi. 1382 yilda Temur dastavval Zakavkazyeni zabt etdi. Temurning O\u2019rta Osiyo chegarasidan shimolga tomon harbiy yurishi asosan, Jo\u2019ji ulusida qad ko\u2019targan oltin O\u2019rda davlatiga qaratildi. Qora dengizdan Oltoy tog\u2019larigacha cho\u2019zilgan va Dashti Qipchoq deb nomlangan yerlar Jo\u2019ji ulusi tasarrufida bo\u2019lgan. Bu ulusning Uraldan qora dengizgacha bo\u2019lgan markaziy va eng katta qismi Oltin O\u2019rda nomi bilan atalib, bu feodal davlatni 13-asrning 40-yillari boshida Botuxon tashkil qilgan edi. Uraldan sharqdagi yerlar Oq O\u2019rda deb yuritilar edi. Siyosiy va iqtisodiy jihatdan bu ikki o\u2019rdaning hayoti bir-biri bilan uzviy bog\u2019liq bo\u2019lgan. O\u2019rta dengiz havzasidan boshlanib, shu o\u2019rdalarning yerlari orqali o\u2019tgan mamlakatlararo savdo yo\u2019li o\u2019rta asrlarda eng asosiy karavon yo\u2019li hisoblangan. Oltin O\u2019rdaning poytaxti dastlab Saroy Botu (Astraxon shahridan shimolroqda), 14-asrdan Saroy berka (hozirgi Volgograd shahri yaqinida) bo\u2019lib, har ikki ham Itil (Volga) daryosi bo\u2019yida joylashgan edi. Sharq va G\u2019arbdan keladigan savdo karvonlarining deyarli hammasi shu shaharlar orqali o\u2019tardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin O\u2019rdaga qarshi zarba berishda Temur uning ichki ziddiyatlarida ustali foydalanadi. Temur Oltin O\u2019rdani o\u2019z davlatiga qo\u2019shib olmoqchi emasdi, faqat u shimoli-g\u2019arbda o\u2019z davlati uchun juda xavfli kuch bo\u2019lgan xonlikni zaiflashtirish va uning sharqiy qismini o\u2019z ta\u2019siri ostidagi xonlar tasarrufiga topshirish hamda Saroy Berka orqali o\u2019tadigan karvon yo\u2019lini ham Movarounnahr orqali o\u2019tishi uchun kurashadi. Temur Oltin O\u2019rdaning faqat Sirdaryo quyi oqimidagi iqtisodiy, siyosiy, va madaniy jihatdan Xorazm va Movarounnahrga bevosita bog\u2019liq bo\u2019lgan yerlarinigina qo\u2019shib olmoqchi edi. Bu davrda Oltin O\u2019rda va Oq O\u2019rdada iikki mustaqil hokimiyat qaror topib, ular o\u2019rtasida kuchli nizolar davom etardi. Temu O\u2019rusxonning tazyiqidan qochib, o\u2019z huzuriga homiylik istab kelgan. Oq O\u2019rda xonzodalaridan To\u2019xtamishga bir necha bor harbiy yordam beradi. 1379 yilda To\u2019xtamish Temurning homiyligida Oq O\u2019rdaning taxtini egallashga muvaffaq bo\u2019ladi. Ammo To\u2019xtamish oq O\u2019rdani, keyinroq Oltin O\u2019rdani qo\u2019lga kiritgandan so\u2019ng, Temur kutgandek uning ta\u2019siri va panohi ostida qolmadi. U o\u2019z homiysiga lozim bo\u2019lgan shukronani tez unutdi. To\u2019xtamish oyoqqa turib olgach, mustaqil siyosat yurgizib, kezi kelganda xatto Temurga qarshi ish kora boshladi. 1380 yilda Kulikova maydonida Oltin O\u2019rda xoni Mamay ustidan qozonilgan g\u2019alaba To\u2019xtamishga Oltin O\u2019rda taxtini egallab, Jo\u2019ji ulusining har ikkala qismini yangidan birlashtirishga imkon berdi. U Oltin O\u2019rdani birlashtirish va uning qudratini oshirishga kirishdi. O\u2019z zafarlaridan sarmast bo\u2019lgan To\u2019xtamish oltin O\u2019rdani tiklash bilan uning chegaralarini kengaytirish maqsadida Rusiya yerlariga, Zakavkazye va Ozarbayjonga bir necha bor yurishlar qildi. 1385 yilda u Tabrizni bosib olish uchun u yerga katta qo\u2019shin yubordi. Hatto 1387-1388 yillarda To\u2019xtamish Temurning navbatdagi harbiy yurishi vaqtida fursatdan foydalanib, Movarounnahrga hujum qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin O\u2019rdaning qayta birlashtirilishi va uning kuchayib borishi, buning ustiga To\u2019xtamishning jahongirlik siyosati Movarounnahrda qaror topgan Temur davlati uchun nihoyatda xavfli bo\u2019lib, Temurning faoliyatiga halaqit beribgina qolmay, balki uning uchun doimiy tahdid ham edi. Bu xavfni bartaraf qilish uchun Temur To\u2019xtamishga qarshi 1389, 1391 va 1394-1395 yillarda uch marta katta yurish qiladi. Ayniqsa, so\u2019nggi ikki yurish uning uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo\u2019ldi. Temur 1391 yilda 200 ming qo\u2019shin bilan Samaranddan chiqib, qishni Toshkentda o\u2019tkazadi. Bahorda Qipchoq dashti orqali o\u2019tib Uralga yetib boradi. Temur o\u2019zining bu yurishi haqida 1391 yil aprelida, \u201cTuron sultoni Temur Bulg\u2019or hokimi To\u2019xtamishga qarshi 200 minglik askar bilan bu yerlardan o\u2019tdi\u201d, degan satrlari Ulug\u2019tog\u2019 etagidagi qoyatoshlardan biriga o\u2019ydirib yozdiradi. Temur va To\u2019xtamish qo\u2019shinlari hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari oralig\u2019ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida bir-biriga ro\u2019baro\u2019 keladi. 1391 yilning 18 iyunida bu yerda uch kun qirg\u2019inbarot jang bo\u2019lib, u To\u2019xtamish ustidan g\u2019alaba qozonib, juda katta o\u2019ljani qo\u2019lga kiritgan bo\u2019lsada, ammo Oltin O\u2019rdaning harbiy va iqtisodiy qudrati hali kuchli bo\u2019lib, u tamomila shikast topmagan edi. Shuning uchun ular o\u2019rtasida raqiblik davom etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur va To\u2019xtmish qo\u2019shinlari o\u2019rtasida so\u2019nggi shiddatli jang 1395 yilda Shimoliy Kavkazda Tarak daryosi vodiysida sodir bo\u2019ladi. Bu daf\u2019a jangda ham Temur o\u2019z dushmaniga qaqshatqich zarba beradi. Katta talofat berib mag\u2019lubiyatga uchragan Oltin O\u2019rda xoni Rus knyazliklari yerlari tomon chekinib, uning qalin o\u2019rmonzorlarida o\u2019ziga panoh izladi. Temur To\u2019xtamishni rus yerlarida ta\u2019qib etib Moskvagacha boradi. Qaytishda Ryazan knyazligi yerlari orqali o\u2019tib, quyi Volga bo\u2019yi va uning markaziy shaharlari Saroy Berka, Saroy Boru va Hojitarxon (Astraxon) shaharlarini egallaydi. Temur Oltin O\u2019rda tasarrufidagi barcha madaniy viloyatlarning xo\u2019jalik va savdo-sotiq ishlariga katta putur yetkazadi. Bu viloyatlar va ulardagi yirik shaharlar ancha vaqtlargacha iqtisodiy jihatdan qaddilarini rostlay ololmaydilar. Natijada Xitoyni Yaqin Sharq mamlakatlaari bilan bog\u2019lagan savdo yo\u2019lini Oltin O\u2019rda orqali o\u2019tgan shimoliy tarmog\u2019i barham topadi. Endilikda butun savdo qatnovi yana Movarounnahr shaharlari: O\u2019tror, Toshkent, Samarqand va Buxoro orqali Balx, Hirot va Sultoniya tomon yo\u2019aladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya muarrixlari B.L.Grekov va A.Yu.Yakubovskiylarning asosli xulosalariga qaraganda, Temurning To\u2019xtmish ustidan g\u2019alaba qozonib Oltin O\u2019rdaga bergan qaqshatg\u2019ich zarbasi faqatgina O\u2019rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek Rus knyazliklari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Chunki Oltin O\u2019rdaning, xususan, uning so\u2019nggi xonlari Mamay va To\u2019xtamishlarning Rus yerlarida olib borgan uzluksiz talon-tarojlik yurishlari Moskva knyazliklarining yagona Rossiya davlatiga birlashishiga imkon bermay, ularning tinkasini quritgan edi. Bunday g\u2019ovning barham topishi bilan shubhasiz, Rossiya davlatining markazlashuvi yo\u2019lida tabiiy ravishda shart-sharoit vujudga keldi. Endilikda Temur o\u2019zining diqqat e\u2019tiborini butunlay Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo yarim oroli, Hindistonni bosib olishga qaratadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xuroson va Eronni fath etishni Temur hali To\u2019xtmishni yengmasdan oldin boshlagan edi. Fors yerlarini bosib olishda Temur Eronda hukm surgan siyosiy parokandalikdan foydalandi. 14-asrning ikkinchi yarmida Eronda birlashgan yagona davlat mavjud emas edi. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo\u2019linib idora qilinar edi. Ozarbayjonda Jaloir davlati (1336-1411 yillar), Sabzavorda Sarbadorlar davlati (1337-1381 yillar), Hirotda Kurtlar davlati (1337-1381 yillar) hukm surardi. Bu davlatlar garchi o\u2019zaro birlashib harakat qilgan taqdirda ham Temurning juda katta qo\u2019shiniga qarshi tura oladigan harbiy kuchga ega emas edi. Shu sababli Temur ular ustidan osonlik bilan tezda g\u2019alaba qozondi. 1380 yilda Temur bir necha yetuk sarxanglar bilan o\u2019g\u2019li Mironshoh Mirzoni Xurosonni fath etish uchun yuboradi. Uning orqasidan asosiy kuch bilan tezda o\u2019zi ham yetib boradi. Xurosonda u ikki xonadon \u2013 shimolda Sarbadorlar, janubda Kurtlar bilan jang qilishga majbur bo\u2019ladi. Ayniqsa Kurtlar hokimi G\u2019iyosuddin Pirali Temurga qattiq qarshilik ko\u2019rsatadi. Mustahkam shahar devori va mashhur Ixtiyoruddin qal\u2019asiga ega bo\u2019lgan Hirot shahri 1381 yilda shiddatli jangdan so\u2019ng zabt etiladi. Temur shahar devori va istehkomlarini buzib tashlaydi. Hirotning mashhur ulamo va fozillari Shahrisabzga jo\u2019natiladi. Shaharga katta o\u2019lpon solinadi. Hirotning qulashi bilan deyarli bir vaqtda Sarbadorlar davlati o\u2019z mustaqilligidan ajraladi. O\u2019sha davrning ilmu ma\u2019rifat va san\u2019at markazlaridan hisoblangan Tus, Nishopur va Sabzavor shaharlari jangsiz taslim bo\u2019ladi. Chunki o\u2019z shaharlarini xarobaga aylanishini istamagan xurosonliklar ixtiyoriy ravishda shahar darvozalarini fotih qo\u2019shiniga ochib beradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, butun Xuroson Temur tasarrufiga o\u2019tadi. Temurning Eronning yurishi bu bilan cheklanmadi. U Eronga 1386 yildan boshlab \u201cuch yillik\u201d, 1392 yildan \u201cbesh yillik\u201d va nihoyat 1399 yildan \u201cyetti yillik\u201d yurishlar qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1383 yilda Temur Seyiston (Sakiston), son\u2019gra Balujistonni zabt etib, Eronning janubiy va shimoli-g\u2019arbiy viloyatlari tomon askar tortadi. Eronning bu o\u2019lkalarida o\u2019sha vaqtda ikki sulolasi hukm surardi. Janubiy Forsda \u2013 Isfaxonda Muzaffariylar hokim edi. Iroq va Ozarbayjon viloyatlari esa Jaloyiriylari hukmdorlari qo\u2019lida bo\u2019lgan. 1387 yilda Fors viloyatining hukmdori Shohkujo o\u2019z yurtini talon-taroj va vayronagarchilikdan saqlab qolish maqsadida o\u2019z ixtiyori bilan Temurga jangsiz taslim bo\u2019ladi. Qizini Jahongir Mirzoning o\u2019g\u2019li Pirmuhammadga berib, sulhni nikoh bilan mustahkamlaydi. Biroq Jaloyirlardan Sulton Ahmad (hukmronligi 1382-1410) o\u2019zining kurd suvoriylari hamda ozarbayjonlik harbiylardan tashkil topgan qo\u2019shini bilan Temurga qarshi turadi. Ammo jangda muvaffaqiyatsizlikka uchrab Bag\u2019dodga chekinadi. So\u2019ngra Temur Araks daryosidan qochib o\u2019tib, bir zarba bilan butun Kavkazni ham bo\u2019ysundiradi. Naxichevon, Shirvon va Tbilisga g\u2019olibona kirib boradi. Gilonni bosib olgach, u yerdan Armanistonga o\u2019tib, mashhur Van qal\u2019asini zabt etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1392 yilda Temur Astrobod va Mozondaronni qo\u2019lga kiritgach, shiddatli muhorabadan keyin to\u2019g\u2019li Eronning asosiy shahri Omulii, so\u2019ngra Luriston va Xuzistonni zabt etadi. Temur Ozarbayjonni batamom bo\u2019ysundirish uchun katta qo\u2019shin bilan bir necha bor yurish qilishga majbur bo\u2019ldi. Nihoyat 1397 yilda Ozarbayjon Temurga butunlay taslim bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1398 yilning mayd oyida Temur 90 ming askar bilan Amudaryodan o\u2019tib Hindistonga yurish qiladi. Avgustda Kobul shahrini zabt etgach, olti oy mobaynida Mo\u2019ltonni qamal qilib turadi. So\u2019ngra Hind daryosidan o\u2019tib, dekabr boshlarida u Dehliga yetib boradi. Dehli ostonasida sodir bo\u2019lgan jang Temurning ko\u2019p yillik yurishlari tarixida eng shiddatli va ko\u2019p talofatli muhoraba hisoblanadi. Bu harbiy to\u2019qnashuvda Dehli hukmdori Sulton Mahmud dushman saflariga qarshi o\u2019rgatilgan jangovar fillani ishga soladi. Temur askarlari zo\u2019g\u2019otali mixlar qoqilgan taxtalarni bostirib kelayotgan hayvon yo\u2019liga tashlash, pistirmadan chiqib fillar hartumiga qilich soluvchi sarbozlar otryadi, hamda ustiga shoh-shabba bog\u2019lamlari ortilib, jang paytida ularga o\u2019t qo\u2019yib yuborilgan tuya va qo\u2019toslar vositasida fillar hujumini daf etadilar. Fillarning bir qismi shikast topib, qolganlari qo\u2019rquvdan orqaga qaytib hind askarlari safini buzib, ularning bir qismini yanchib yuboradi. Dehli hokimi jangda yengiladi. 1398 yilning 15 dekabrida Temur 15 ming askar bilan Dehliga kirib boradi. O\u2019lja olingan boyliklar bilan malakali binokor usta va hunarmandlar Samarqandga jo\u2019natiladi, qolgan qismi amir va lashkar boshliqlariga bo\u2019lib beriladi. Ularning har biriga 150 nafardan asir olingan hunarmandlar tegadi. Temur qo\u2019shin tortib Gang daryosi sohillarigacha boradi. O\u2019sha yerdan orqaga qaytib, 1399 yilning bahorida Samarqandga yetib keladi va o\u2019zi bilan ko\u2019pgina Hindiston fillarini ham olib keladi. Poytaxtda Temur qisqa vaqt dam olgach, G\u2019arbiy Osiyoga yangi safar hozirligini ko\u2019rib qo\u2019shinlari bilan yo\u2019lga chiqadi. Qish mavsumini u Qorabog\u2019da o\u2019tkazib, 1400 yilning yozida Suriyaga yurish qiladi. Avval Xalab (Aleppo) va Bayrut shaharlari olinib, 1401 yilning boshlarida bir oylik qamaldan so\u2019ng Damashq taslim bo\u2019ladi. Damashq zabt etilgach, Temur qo\u2019shinga biroz dam berish maqsadida Qorabog\u2019ga qaytadi. Chunki muttasil yurishlar, shiddatli janglarda horib, behisob o\u2019ljalardan me\u2019dasi to\u2019ygan qo\u2019shin o\u2019zining avvalgi jangavorlik shiddatini yo\u2019qotgan edi. Buning ustiga yoshi oltimishdan oshib qolgan Sohibqironning o\u2019zi qattiq xastalangan edi. Ammo kasallik Temurning qaddini ham, irodasini ham buka olmadi. Shu ahvolda u usmonli turklarning sultoni Boyazid Yildirimga qarshi urush e\u2019lon qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019z davrining jangovar suvoriylari hamda 14-asr 2-yarmida yangi tartibda tuzilgan piyoda askarlar \u2013 \u201cyenchilar\u201dlardan iborat qo\u2019shinga ega bo\u2019lgan usmonli turklar 1354 yili Gallipolni, 1362 yili Adrianopolni zabt ettilar. 1365 yili Sulton Murod Xudorondiyor poyatxtni Bursadan Adrianopol (turkcha Edirne) ga ko\u2019chirdi va bu shahar 1453 yilgacha poytaxt bo\u2019lib turdi. Sulton Boyazid (1389-1402 yillar) davrida usmonli turklar Kichik Osiyo yarim orolida kuchli harbiy-feodal davlatga aylanadi. Ular butun Bolton yarim orolini zabt etishga kirishadi. 1396 yil 25 sentabrda Nikopol ostonasida Turkiya sultoni Boyazid qariyib 200 ming kishilik armiyasi bilan salbchilarning 70 minglik birlashgan qo\u2019shiniga qaqshatgich zarba beradi. Jangda Yevropa ritsarlarining barcha sarasi halok bo\u2019ldi, qolganlari (10 mingga yaqin kishi) asir olindi. So\u2019ngra Sulton Boyazid Konstantinopolni qamalga olib, Vizantiya ustidan o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatadi. Bu voqealardan so\u2019ng butun Sharqiy Yevropa davlatlari taxlikaga tushib qoladi. Xuddi shu paytda Temurning Kichik Osiyo yarim oroliga usmonli turklar sultoni Boyazidga qarshi yurishi boshlanadi. Bu davrda sodir bo\u2019lgan bunday murakkab siyosiy vaziyatdan Sulton Boyazid ham, Sharqiy Yevropa davlatlari hukmdorlari ham o\u2019z manfaatlari yo\u2019lida foydalanishga va undan iloji boricha beshikast chiqib olishga harakat qiladilar. Sharqiy Yevropa davlatlari Boyazidga qarshi kurashish uchun Temur bilan ittifoq tuzishga intilsalar, Turkiya sultoni esa Temurni birgalikda Yevropaga qarshi kurashga da\u2019vat etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan 1401 yilning avgust oyida Konstantinopolning muvaqqat hokimi Ioann VIII Paleolog Qorabog\u2019ga \u2013 Temur qarorgohiga Dominikan monarxlari Frensis bilan Aleksandrni elchi qilib yuboradi. Yunoniston imperatori Manuel III Tranzonlik va arxiepiskop Ioann Sultoniylik ham mana shunday taklif bilan Temurga murojaat qiladilar. Venetsiya Temur agarda Boyazidga qarshi urush boshlagudek bo\u2019lsa, kemalar bilan yordam qilishga va\u2019da beradi. O\u2019z navbatida Temur bilan Boyazid o\u2019rtasida ham yozishmalar olib boriladi. Boyazid o\u2019z maktubida Temurga birgalikda Yevropaga qarshi kurashish imkoniga ishora qiladi. Biroq, Temur bunday taklifni rad qilib, usmonli turklar saroyida panoh topgan turkmanlarning isyonkor Oqquyunlu va Qoraquyunlu qabilalarining boshliqlarini unga topshirishni talab qiladi. O\u2019zaro muzokaralar davomida har ikki tomon ham hayot-mamot yo\u2019lida bo\u2019ladigan katta jangga tayyorgarlik ko\u2019radilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur bilan Boyazid qo\u2019shinlari o\u2019rtasida jang 1402 yilning 28 iyulida Anqara yonida boshlanadi. Shuning uchun bu muhoraba tarixda \u201cAnqara janggi\u201d bilan ma\u2019lum. Muhorabada har ikki tomondan hammasi bo\u2019lib, 400 ming nafar yaxshi mashq ko\u2019rgan, janglarda chiniqqan jangchi va lashkarboshilar ishtirok etadi. Bu tarixiy jangda Temurning buyuk sarkardalik qobiliyati va mahorati har tomonlama to\u2019la namoyon bo\u2019ladi. 200 minglik Temur qo\u2019shinining o\u2019ng qanotida o\u2019g\u2019li Mironshoh, chap qanotida nabiralari Sulton Husayn va Xalil Sultonlar bilan kenja o\u2019g\u2019li Shohruh qo\u2019mondonlik qiladi. Samarqanddan yetib kelgan yangi jangovar qismlardan tashkil topgan qo\u2019shin markazini Temurning sevimli nabirasi va valiahdi Muhammad Sulton boshqaradi. Qo\u2019shin markazining manglayida uchiga yarim oy shaklida oltin to\u2019g\u2019ro o\u2019rnatilgan to\u2019riq ot yoli osilgan zangori davlat alami (bayrog\u2019i) muttasil tutib turilgan. Markaz va qanotlar ortida sohibqiron va uning ikki nabirasi Pirmuhammad va Iskandarlar boshliq zahiradagi qismlar joylashtirilib, ular jang holatini muttasil kuzatgan holda dushmanga to\u2019satdan beriladigan hal qiluvchi zarbaga tayyor turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyazid armiyasining o\u2019ng qanotiga Sultonning qaynisi serb knyazi Lazarevich qo\u2019monlik qiladi. Bu qism o\u2019t irg\u2019itgich (ra\u2019dandoz) lar bilan qurollangan serb polklaridan tashkil topgan edi. Makedoniyalik askarlardan iborat qo\u2019shinning so\u2019l qanotini Boyazidning o\u2019g\u2019li Sulaymon Chalabiy boshqaradi. Bu qanot turk suvoriylari bilan kuchaytirilgan edi. Besh minglik piyoda \u201cyenicheri\u201dlar hamda otliq sipohiy qismlardan iborat markaz esa Boyazid va uning o\u2019g\u2019illari Muso, Iso va Mustafolar tomonidan boshqariladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikki katta qo\u2019shin o\u2019rtasida boshlangan jang avjiga chiqib, hal qiluvchi pallaga yetganda Boyazid lashkarining Onato\u2019li qismlari Temur tomoniga o\u2019tib ketadilar. Manbalarning guvohlik berishicha, turklar lashkarining kattagina qismi dushmanga jangsiz taslim bo\u2019lgan, natijada Sulton Boyazidning qo\u2019shini batamom tor-mor etilib, o\u2019zi asir olinadi. U bilan birga uning xotini serb malikasi Olivera, o\u2019g\u2019illari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushadilar. Temur bu zafarli g\u2019alaba bilan butun Kichik Osiyo yarim orolini zabt etib, O\u2019rta dengizining sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahriga yetib boradi. Izmir zabt etilgach, salbchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohi tugatilib, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari taslim bo\u2019ladilar. O\u2019z navbatida Misr podshohlari ham Temurga o\u2019z itoatkorliklariklarini izhor etadilar. Temur Usmonli turklarning poytaxti Anqarani, shuningdek Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini hamda ko\u2019plab qishloqlarni talon-taroj qiladi. Bursa shahrida u Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yig\u2019ib bergan bojlaridan iborat katta o\u2019ljani qo\u2019lga kiritadi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning o\u2019zi kattagina karvonga yuk bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g\u2019alaba bilan Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va Vizantiya imperatori Temurga o\u2019z muboraknomlarini yuboradilar. Xullas, Yevropaga ulkan xavf solib turgan imperiyaga berilgan zarba uchun Temurdan endigina uyg\u2019onayotgan butun Yevropa minnatdor edi. Ammo Temur usmonli turklar davlatini butunlay yo\u2019q qilib yuborish niyatida emas edi. U bundan manfaatdor ham emasdi. Chunki salb yurishlarining oqibatlari, Yevropa davlatining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi ilinjlari hali musulmon olami yodidan ko\u2019tarilmagan edi. Shuning uchun ham Temur Boyazid vorislariga himmat ko\u2019zi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Sulaymon Chalabiyni u turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim qilib tayinlab, unga hukmdorlik toji va yoriqlar in\u2019om etdi va mansabdorlik sarposini kiygizdi. Ediris (Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilandi. Anado\u2019lu yarim orolining shimoli-g\u2019arbiy qismi suyurg\u2019ol sifatida Iso Chalabiyga in\u2019om etilib, Bursa shahri uning poytaxti bo\u2019ldi. 1403 yilda asirlikda vafot etgan Boyazid lozim darajadagi izzat-ikrom bilan Bursa shahridagi Usmonlilar sulolasining xilxonasiga dafn etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1404 yilning may oyida Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi va o\u2019zining Xitoyga bo\u2019ladigan harbiy yurishiga taraddud ko\u2019radi. Shubhasiz, Temur Xitoyga yurish uchun bir necha yil puxta tayyorgarlik ko\u2019rgan edi. Safar uchun kerakli ma\u2019lumotlar yillar davomida Xitoyga yuborilgan savdo karvonlari orqali allaqachon to\u2019lab olingandi. 1404 yilning oxirida qahraton qishda u yaxshi qurollangan 200 minglik qo\u2019shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqadi. Qo\u2019shinning asosiy qismi hisoblangan o\u2019ng qanot Shohruxiya, Toshkent va Sayram oralig\u2019ida to\u2019planadi. Unga Mironshohning o\u2019g\u2019li Xalil Sulton hamda Umarshayxning o\u2019g\u2019li Xalil Sulton hamda Umarshayxning o\u2019g\u2019li Ahmad qo\u2019mondonlik qiladilar. Temurning nabirasi Sulton Husayn boshliq qo\u2019shinning markazini boshqarib, dekabr oyida Oqsulot mavzeida to\u2019xtaydi. O\u2019sha oyning 25-kuni u O\u2019tror shahri tomon yo\u2019l oldi. 1405 yilning boshlarida Sirdaryoga yetib boradi. Qish nihoyatda qahraton edi. Sirdaryo qalin to\u2019ngib qolganidan qo\u2019shin 4 yanvarda muz ustidan bemalol daryoni kesib o\u2019tadi. Sovuqning qattiqligidan askarlar aksariyatining quloq va burunlari, qo\u2019l va oyoqlarini sovuq olgan edi. Bir qancha askarlar va ayrim harbiy boshliqlar hatto sovuqdan, to\u2019ngib halok bo\u2019lgan edi. Biroq Temur mag\u2019rurona qaysaylik bilan qo\u2019shinni faqat olg\u2019a surardi. 14 yanvarda u O\u2019trorga yetib kelib, shahar yaqinida o\u2019rdugoh (lager) qurishga majbur bo\u2019ladi. Chunki u yo\u2019lda shamollab, qattiq betob bo\u2019lib qolgan edi. O\u2019trorda uning kasali zo\u2019rayib yotib qoladi. Zudlik bilan uni O\u2019tror hokimi Berdibekning saroyiga oladilar. Saroy tabibi Mavlono Fayzulloh bemor Temurning holati umidsiz ekani to\u2019g\u2019risida ma\u2019lum qiladi. Manbalardan ma\u2019lum bo\u2019lishicha, holati razm vaqtini yaqinlashganini sezgan sohibqiron hamsafar nabiralari va quroldosh amirlarini o\u2019zaro ittifoq va do\u2019stona hayot kechirishlarini istab, o\u2019ziga voris etib tayinlangan Pirmuhammadga itoat etishlarini vasiyat qilgan. Hatto Temur hilvatgohida hozir bo\u2019lgan amirlardan Shohmalik va Shayx Nuriddinlar uning vasiyati vojibini og\u2019ishmay so\u2019zsiz va ado etajaklari haqida ahdi va;da ham berganlar. Bu voqeadan so\u2019ng 1405 yilning 18 fevral kuni kechqurun Temur vafot etadi. Uning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsa-da, ammo ko\u2019p vaqt o\u2019tmay bu noxush xabar mamlakat bo\u2019ylab tarqalib ketadi. Temurning jasadi Samarqandga olib kelinadi. Bu yerda o\u2019zi ixlos qo\u2019ygan piri Imom Said Baraka uchun bino qilingan muhtasham maqbaraga dafn qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Temur o\u2019zining 35 yillik hukmronlik davrida ko\u2019p qo\u2019shni mamlakatlarni zabt etdi. Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo\u2019ltig\u2019iga qadarli g\u2019oyat katta territoriyani o\u2019z ichiga olgan ulkan bir saltanatni vujudga keltirish. Bundan tashqari, yana u Osiyoning janubi-g\u2019arbiy tomonlari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shimoli-g\u2019arbda, Quyi Volga, Don bo\u2019ylari, shimoli-sharqda Balxash ko\u2019li va Ili daryosi bo\u2019ylari hamda janubi-sharqda Shimoliy Hindistongacha bo\u2019lgan mamlakatlarni o\u2019ziga bo\u2019ysundirishga muvaffaq bo\u2019ldi. Ushbu mamlakatlardan u juda ko\u2019p o\u2019ljalarni olib ketdi. Temur faqat o\u2019ljalar bilan cheklanib qolmay, boz ustiga Yevropa va G\u2019arbiy Osiyo mamlakatlarini Uzoq Sharq bilan bog\u2019lagan jahon savdosi yo\u2019llari ustidan hukmronlik qilishni ham o\u2019z oldiga maqsad qilib qo\u2019ydi. U Oltin O\u2019rda territoriyasidan o\u2019tgan shimoliy savdo yo\u2019lini O\u2019rta Osiyo orqali o\u2019tgan qadimiy yo\u2019lga yana burib yuborishga zo\u2019r berib harakat qildi. Temur ana shu maqsadni ko\u2019zda tutgan holda Oltin O\u2019rdaning savdo-soti rivojlangan shaharlari Azoq (Azov), Saroy Berka, Astraxon, Urganch va boshqa shaharlarni vayron qiladi. Temurning vafoti va undan keyin yuz bergan siyosiy tangliklar bu rejaning to\u2019la amalga oshiriluviga halaqit berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning harbiy yurishlari, olib borgan janglarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni ta\u2019kidlab o\u2019tish kerakki, uning faoliyati qo\u2019yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bo\u2019linadi. Birinchi bosqich 1360-1386 yillarni o\u2019z ichiga oladi. Bu davrda Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo\u2019lida kurashdi. Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo\u2019lgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar yordamida o\u2019rta asrlarning tarqoq feodal mulklarini birlashtirish uchun kurash olib bordi. Temurning bu davrdagi faoliyati O\u2019rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo\u2019lida shubhasiz ijobiy ahamiyat kasb etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Feodal tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tuzilganligi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni va mo\u2019g\u2019ullarning bir yarim asrlik hukmronligi davrida jiddiy zarar ko\u2019rgan iqtisodiyotni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo\u2019jalikning asosi bo\u2019lgan dehqonchilikda muayyan siljishlar ro\u2019y berdi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topa boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur faoliyatining ikkinchi bosqichi asosan 1386 yildan boshlanib, 1402 yilgacha davom etadi. Bu davrda Temur \u201cuch yillik\u201d, \u201cbesh yillik\u201d va \u201cyetti yillik\u201d harbiy yurishlarini amalga oshirgan. Uning Oltin O\u2019rda, Eron, Iroq, Zakavkazye, Kichik Osiyo, Misr va Hindistonda olib borgan yurishlari va jangu-jadallari, shubhasiz, tajovuzkorlik tusiga ega edi. Bu urushlaar nihoyatda shafqatsizlik bilan olib borilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning istilo qilingan mamlakatlardagi zulmkor tartiblari ko\u2019pincha qo\u2019zg\u2019olonlar ko\u2019tarilishiga sabab bo\u2019lardi. 1383 yilda Sabzavor va Hirot shaharlarida, 1387 yilda Isfaxon va Sherozda, 1401 yilda Bag\u2019dodda katta xalq qo\u2019zg\u2019olonlari bo\u2019lib o\u2019tadi. Bu qo\u2019zg\u2019olonlarni Temur shafqatsiz bostirib, qo\u2019zg\u2019olonchilarni qattiq jazolaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning harbiy yurishlari va jangu-jadallaridagi bunday faoliyati teranroq talqin etilib, unga baho beriladigan bo\u2019lsa, shuni aytish mumkinki, u avvalo Osiyo sarkardasi edi. Temur o\u2019zining g\u2019olib askarlari va qurollaridan o\u2019z zamonasining taomi bo\u2019yicha foydalangan. To\u2019g\u2019ri, jazo nihoyatda qattiq, lekin ko\u2019pincha adolatli bo\u2019lgandi. Isfixon va Sherozda avval tuzilgan o\u2019rtadagi ahdga hiyonat qilinganligi va qatl etilgan uch ming askari uchun Temur qasos tariqasida qatli om qilgan. Xullas, Temur O\u2019rta asrlarda shakllanib rivoj topgan feodal jamiyatning murakkab siymosi. U yuksak harbiy daholik va qat\u2019iyatlik bilan o\u2019z jamiyatiga xizmat qildi. Shu sababli bo\u2019lsa kerak, muarrixlar bunday sifatlarga ega bo\u2019lgani uchun Temurni Makedoniyalik Iskandar, Qaysar (Yuliy Tsezar) va Chingizxonlarga qiyos qilib, ular bilan bir safga qo\u2019yadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Temurning ko\u2019p yillik harbiy yurishlari oqibatida, zo\u2019rlik asosda bo\u2019lsada, O\u2019rta Osiyo, Yaqin va O\u2019rta Sharq hamda Shimoliy Hindistonni qamrab olgan o\u2019z davrida jahondagi eng yirik harbiy-feodal saltanati tashkil topdi. Ayni vaqtda bu davlat tasarrufidagi mamlakatlarda yashagan xalqlar o\u2019rtasida bevosita iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchayib, ularning keyingi taqdirida u ijobiy rol o\u2019ynadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda siyosiy va iqtisodiy vaziyat nihoyatda og\u2019irlashib ketadi. Feodal tarqoqlikning kuchayishi, ichki feodal urushlarning uzluksiz davom etishi va tashqi dushman hujumlarining avj olishidan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/temur-davlatining-tashkil-topishi-va-temurning-harbiy-yurishlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23266,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[180],"tags":[],"class_list":["post-23335","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-haqida-qoshimcha-malumotlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23335","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23335"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23335\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23345,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23335\/revisions\/23345"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/23266"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23335"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23335"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23335"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}