{"id":23433,"date":"2022-04-05T14:23:09","date_gmt":"2022-04-05T11:23:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23433"},"modified":"2022-04-05T14:23:09","modified_gmt":"2022-04-05T11:23:09","slug":"dostlik-kanali","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dostlik-kanali\/","title":{"rendered":"DO&#8217;STLIK KANALI"},"content":{"rendered":"\n<p>DO&#8217;STLIK KANALI &#8211; O&#8217;zbekistan va Qozog&#8217;iston hududidagi kanal. Mirzacho&#8217;lning shimoli-sharqida. Sirdaryodagi Farhod GESining tashlama kanalidan suv oladi. Uzunligi 116 kilometr. Suv o&#8217;tkazish imkoniyati 230 metr kub\/sekund. Kanal boshdan oxirigacha tuproq o&#8217;zandan oqadi. Kanalda 6 to&#8217;g&#8217;on, suv sarfi 0,2 dan 50 metr kub\/sekundgacha bo&#8217;lgan 45 shoxobcha kanallar va 3 ta ehtiyot tashlamalar: Sharqiy tashlama (40 metr kub\/sekund), shimoliy tashlama (18 metr kub\/sekund) va oxirgi tashlama (17 metr kub\/sekund) qurilgan. Kanal Chordara suv ombori ga tashlama bilan tugaydi. Dastlab kanalni 1891 yilda Knyaz N. K. Romanov kazdirgan. Kanal qurilishi 6 yil davom etgan va Nikolay I arig&#8217;i deb atalgan, uzunligi 84 kilometr bo&#8217;lgan. Kanal suvni Xo&#8217;jand shahridan quyida Qo&#8217;shtegirmon va Bekobod qishloqlari oralig&#8217;ida Sirdaryodan olgan. Kanaldan birinchi marta 1895 yilda Mirzacho&#8217;lga suv oqizilgan, 1897 yil to&#8217;la ishga tushirilgan va 7600 gektar yerni suv bilan ta&#8217;minlangan. 1917 yilgacha Knyaz Romanov nomi bilan yuritilgan va uni xalq Knyazariq (Kenazariq) deb atagan. 1918-38 yillarda Shimoliy Mirzacho&#8217;l kanali deb yuritilgan. 1923 yildan kanal rekonstruktsiya qilina boshladi. 1938 yil kanalda Sultonhovuz tindirgichi (hajmi 16 million metr kub) qurildi. Qozog&#8217;iston hududida 1939 yil 1 &#8211; to&#8217;qayli tarmog&#8217;i va 400 kilometrdan ortiq katta-kichik ariqlar chiqarildi. 1940-41 yillarda Mirzacho&#8217;lda yangi yerlar o&#8217;zlashtirilishi munosabati bilan kanalning bosh inshooti rekonstruktsiya qilinib, suv o&#8217;tkazish qobiliyati 230 metr kub\/sekundga yetkazildi va kanal 14,5 kilometr uzaytirildi, 2 &#8211; va 3-to&#8217;qayli tarmoqlari, 64 mayda shoxobcha va 2 ta yirik tarmoq \u2014 o&#8217;ng tarmoq va chap tarmoq (Malik tarmog&#8217;i) chiqarildi. 1945 yilda kanal Farhod GESning tashlama kanaliga ulandi. Keyingi yillarda kanal uzaytirildi va suv o&#8217;tkazish imkoniyati oshirildi. 1972 yildan kanalda xo&#8217;jaliklararo kanallarga suv taqsimlab berish tele va avtomatik sistemalari ishlaydi. 1996 yil iyulidan hozirgi nom bilan ataladi (1938-97 yillarda S. M. Kirov nomida bo&#8217;lgan). 2001 yilda kanaldan 230 ming gektardan ko&#8217;proq maydon sug&#8217;orildi (O&#8217;zbekistonda 100 ming gektar; Qozog&#8217;istonda 130 ming gektardan ortiq). Sharif Hamdamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DO&#8217;STLIK KANALI &#8211; O&#8217;zbekistan va Qozog&#8217;iston hududidagi kanal. Mirzacho&#8217;lning shimoli-sharqida. Sirdaryodagi Farhod GESining tashlama kanalidan suv oladi. Uzunligi 116 kilometr. Suv o&#8217;tkazish imkoniyati 230 metr kub\/sekund. Kanal boshdan oxirigacha tuproq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dostlik-kanali\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23433","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23433","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23433"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23433\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23435,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23433\/revisions\/23435"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23433"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23433"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23433"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}