{"id":23495,"date":"2022-04-07T15:11:15","date_gmt":"2022-04-07T12:11:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23495"},"modified":"2022-04-07T15:11:27","modified_gmt":"2022-04-07T12:11:27","slug":"daraxt","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/daraxt\/","title":{"rendered":"DARAXT"},"content":{"rendered":"\n<p>DARAXT \u2014 tana va shoxlari yog&#8217;ochlangan ko&#8217;p yillik o&#8217;simlik. Daraxtlar bo&#8217;yiga qarab 3 guruhga: 1) 35 metrdan baland (chinor, terak, qora qayin, qarag&#8217;ay); 2) 25-35 metr (qayrag&#8217;och, yong&#8217;oq, oq qayin, tol, qatrang&#8217;i); 3) 25 metrgacha (zarang, chetan, shumurt va boshqalar) bo&#8217;linadi. Mevali Daraxtlar ham shakliga qarab 3 guruhga: 1) shoxshabbasi ko&#8217;p, baland bo&#8217;lib o&#8217;sadigan (nok, gilos, yong&#8217;oq, olmaning ayrim navlari); 2) tanasi ko&#8217;rimsiz, ildiz bachkilaridan ham ko&#8217;payadigan bo&#8217;yi past (shaftoli, olmaning pakana xillari, olcha va olxo&#8217;rining ayrim turlari va boshqalar); 3) birinchi va ikkinchi guruh oralig&#8217;idagi o&#8217;rta bo&#8217;yli Daraxtlar (olma va o&#8217;rikning ko&#8217;pchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari)ga bo&#8217;linadi. Daraxtlarning doim yashil va barglarini har yili kuzda to&#8217;kadigan xillari ham bor. Doim yashil Daraxt barglari vaqt-vaqti bilan to&#8217;kilib, o&#8217;rniga yangisi chiqaveradi. Daraxtlar yoshi ularning kesilgan to&#8217;nkasidan yoki o&#8217;sib turgan ildiz bo&#8217;g&#8217;zidan (parmalab olingan o&#8217;zagigacha), yog&#8217;ochligidagi yillik halqalar soniga, shuningdek, Daraxtlarning tashqi belgilari (bargakning rangi, tanasining shakli, po&#8217;stlog&#8217;ining tusi va tuzilishi)ga qarab aniqlanadi. Masalan, katta yoshdagi igna bargli daraxtlar bargining rangi ochroq, o&#8217;sishdan to&#8217;xtagan daraxtning shoxshabbasi yumaloq telpak gumbaz shaklida, tanasining pastki qismi yorilgan, qalin, o&#8217;lik po&#8217;stloq to&#8217;qimalari bilan qoplangan, ba&#8217;zan poyasi sirtida yashil, sariq va boshqa tusli buqoqlar paydo bo&#8217;ladi. Yosh daraxtlar tik o&#8217;sadi, shox-shabbasi cho&#8217;ziq konussimon, po&#8217;stlog&#8217;i silliq, yaltiroq, igna bargli daraxtlar bargi sersuv, to&#8217;q yashil. Daraxtlarni o&#8217;g&#8217;itlash yoki hosil berishini to&#8217;xtatish bilan hayotini uzaytirish mumkin. Shaftoli daraxti 15-20, saksovul 50-60, terak 70-80, tok 100, tol 300, xandon pista 350, tut va yong&#8217;oq 400, qarag&#8217;ay, shumtol, zarang 700-1000, chinor 1000, eman 2000, shamshod 3000, mamont daraxti 6000 yil yashaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>DARAXT \u2014 naqsh turi va mujassamoti. Amaliy bezak san&#8217;atida keng tarqalgan. Badiiy buyumlar bezagi (kashtachilik, chitgarlik, kulollik, naqqoshlik va boshqalar) da qo&#8217;llaniladi. Jumladan, toshkentlik kulollar Daraxtni laganlarning o&#8217;rtasiga chizishadi, Samarqand, G&#8217;ijduvon, Rishton, Shahrisabzda bu naqsh hoshiya bezaklarida keng ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DARAXT \u2014 tana va shoxlari yog&#8217;ochlangan ko&#8217;p yillik o&#8217;simlik. Daraxtlar bo&#8217;yiga qarab 3 guruhga: 1) 35 metrdan baland (chinor, terak, qora qayin, qarag&#8217;ay); 2) 25-35 metr (qayrag&#8217;och, yong&#8217;oq, oq qayin, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/daraxt\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23495","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23495","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23495"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23495\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23499,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23495\/revisions\/23499"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23495"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23495"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23495"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}