{"id":23508,"date":"2022-04-07T15:48:46","date_gmt":"2022-04-07T12:48:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23508"},"modified":"2022-04-07T15:48:46","modified_gmt":"2022-04-07T12:48:46","slug":"darband","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/darband\/","title":{"rendered":"DARBAND"},"content":{"rendered":"\n<p>DARBAND \u2014 Rossiya Federatsiyasining Dog&#8217;iston Respublikasi Janubi-sharqidagi shahar. Kaspiy dengizi bo&#8217;yidagi port. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Aholisi 82 ming kishi (1992). Darband \u2014 Dog&#8217;istonning yirik sanoat markazlaridan biri. &#8220;Elektrosignal&#8221;, metall sillikqlash stanoklari zavodlari, oziq-ovqat (jumladan vino tayyorlash, meva konservalash), jun yigirish va gilam fabrikalari, teatr, o&#8217;lkashunoslik, tarix-me&#8217;morlik muzeylari bor. Darbanddan Grozniyga neft quvuri o&#8217;tkazilgan. Darband 438 yilda tog\u2019 yon bag&#8217;ridagi tepalikka qurilgan Norinqal&#8217;a harbiy istehkomi sifatida vujudga kelgan. Keyinroq qal&#8217;adan dengizgacha parallel qurilgan 2 noyob tosh devor oralig&#8217;ida shahar kengaya bordi. Xusrav I Anushirvon 6-asr o&#8217;rtalarida qurdirgan bir necha darvozali, minorali devorlar Kavkaz tog&#8217;lari bilan dengiz oralig&#8217;idagi kambar (3 kilometr) yo&#8217;lakni shimol va Janubdan to&#8217;sib turgan va o&#8217;rta asrlarda muhim harbiy-strategik ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Darbandda uylar toshdan qurilgan. Keyinroq bozor maydonida jome masjidi barpo qilingan. Darband nomi 7-asrdan boshlab uchraydi. 627 yil qal&#8217;ani xazarlar egallagan. Shahar 7-9-asrlarda Arab xalifaligiga kirgan va musulmon olamining eng chekka qal&#8217;asi hisoblanib, Kaspiy dengizi sohilidagi yirik port shahar sifatida ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Tashqariga zig&#8217;ir gazlama va ro&#8217;yan chiqarilgan. 10-asrda sultonlik poytaxti. 13-asrda mo&#8217;g&#8217;ullar vayron qilgan. Bu davrda shahar mo&#8217;g&#8217;ulcha Qahlag&#8217;a, turkcha temir Qapig&#8217; deb atalgan. To&#8217;xtamishxon Darbandda o&#8217;z nomidan tanga zarb qildirgan. Amir Temur To&#8217;xtamishxonga qarshi urushganda va orqaga qaytishda Darbandda bo&#8217;lgan (1395\u2014 96). Shahar 15-asr o&#8217;rtalarida tushkunlikka uchragan. 1509 yildan Eron tarkibida, 1578-1606 yillarda Turkiya tarkibida bo&#8217;lgan; Eron shohi Abbos davrida dengizda tosh minora qurilgan. 1722 yilda Rossiya bosib olgan, 1735 yilda yana Eronga o&#8217;tgan. 1747 yildan Darband xonligining poytaxti. 1765 yildan Kuba xoni Fatxalining qarorgohi. 1796 yil Darbandni yana Rossiya egallagan, 1806 yil qayta bosib olgan. Darband eski va yangi (19-20-asrlarda qurilgan) dahadan iborat. Me&#8217;moriy yodgorliklaridan jome masjidi majmuoti (8\u2014 14 asrlar) va madrasa (15-19-asrlar), Minorali masjid (14\u2014 19-asrlar), Qirqlar masjidi (17-asr), qadimgi karvonsaroylar, ravoq gumbazli hammomlar (17-18-asrlar), xon maqbarasi (18-asr), Norinqal&#8217;a qoldiklari, devorning ayrim qismlari va boshqalar saqlangan. Ad.: Xan-Magomedov S. O., Derbent, M, 1958. Abduqayum Abdurahimov.<\/p>\n\n\n\n<p>DARBAND (fors, dar \u2014 eshik, dara; band \u2014 mustahkam, berk, tugun, to&#8217;siq) \u2014 1) ikki tog&#8217;orasidan, daradan o&#8217;tgan yo&#8217;l. Surxondaryo viloyatidagi Bo&#8217;zgalaxona darasi Darbandi Ohanin deb atalgan. Dog&#8217;iston Respublikasidagi Darband shahri nomi ham Darband so&#8217;zidan olingan; 2) eski adabiyotlarda: chegara, had, ba&#8217;zan qal&#8217;a, chegaradagi istehkom.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DARBAND \u2014 Rossiya Federatsiyasining Dog&#8217;iston Respublikasi Janubi-sharqidagi shahar. Kaspiy dengizi bo&#8217;yidagi port. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Aholisi 82 ming kishi (1992). Darband \u2014 Dog&#8217;istonning yirik sanoat markazlaridan biri. &#8220;Elektrosignal&#8221;, metall sillikqlash &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/darband\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23508","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23508","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23508"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23508\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23509,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23508\/revisions\/23509"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23508"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23508"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23508"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}