{"id":23599,"date":"2022-04-08T12:10:10","date_gmt":"2022-04-08T09:10:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23599"},"modified":"2023-03-20T12:53:12","modified_gmt":"2023-03-20T09:53:12","slug":"sulton-husayn-mirzo-boyqaro","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sulton-husayn-mirzo-boyqaro\/","title":{"rendered":"SULTON HUSAYN MIRZO BOYQARO"},"content":{"rendered":"\n<p>Sulton Husayn Mirzo Boyqaro 1438 yil iyul oyida Hirotning sharqi-shimolida joylashgan \u201cDavlatxona\u201d deb nomlangan saroyda olamga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning otasi Sulton G\u2019iyosiddin Mansur Mirzo nasl-nasabi jihatdan Boyqaro Mirzoning uchinchi o\u2019g\u2019li edi. Boyqaro Mirzoning otasi Amir Temurning ikkinchi o\u2019g\u2019li Umarshayx Mirzo bahodirning kichik o\u2019g\u2019li edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Onasi Feruza begim ota tomonidan Amir Temurning katta qizi, Og\u2019o begimning o\u2019g\u2019li Sulton Husayn Mirzoning qizi edi. Feruza begimning onasi Qutluq Sulton begim esa Mironshoh Mirzoning qizi edi. Darhaqiqat, Sulton Husayn Mirzo Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo ta\u2019riflaganidek, \u201cKarimut-tarafayn\u201d, ya\u2019ni har ikki tomondan ham nasabi Amir Temur Kuragonga tutashardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1445 yilda Sulton G\u2019iyosiddin Mansur Mirzo vafot etadi. Bu paytda Sulton Husayn Mirzo yetti yoshda edi.&nbsp; U 14 yoshigacha maktabda o\u2019qiydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi G\u2019iyosiddin bin Humomiddin Xondamirning yozishicha, 1452 yil kuz oylarida 14 yoshlik Sulton Husayn Mirzo onasi Feruza begim bilan kengashib, Hirot hukmdori Abulqosim Bobur Mirzo saroyiga xizmatga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1454 yil kech kuzda Abulqosim Bobur Mirzo Samarqandga qarshi muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. Bu yurishda 16 yoshli Sulton Husayn Mirzo ham birga edi. Samarqand hukmdori Sulton Abusayid Mirzo Abulqosim Bobur Mirzo qo\u2019shiniga qaqshatgich zarbani bergach, har ikki hukmdor o\u2019rtasida sulh bitimi imzolanib, mazkur yilning 25 dekabrida Abulqosim Bobur Mirzo Hirotga qaytadi. Biroq Sulton Husayn Mirzo o\u2019z valine\u2019mati Abulqosim Bobur Mirzo bilan birga Hirotga qaytmaydi. U Samarqand hukmdori Sulton Abusayid Mirzo saroyida qoladi. Sulton Husayn Mirzoning Samarqandda qolishi bejiz emasdi, albatta.<\/p>\n\n\n\n<p>Feruza begim eri Sulton G\u2019iyosiddin Mansur Mirzodan ko\u2019rmagan ro\u2019shnolikni o\u2019g\u2019li Sulton Husayn Mirzodan ko\u2019rish orzusida yashardi. O\u2019g\u2019liga yoshligidanoq ulug\u2019 bobosi Amir Temur haqidagi qissalardan so\u2019zlab, qulog\u2019ini pishitar hamda ulug\u2019 maqsadlar va buyuk martabalarga havas uyg\u2019otishga tirishib kelardi. Aslida Feruza Begim Abulqosim Bobur Mirzoga nisbatan, Sulton Abusayid Mirzoning qudratli va davlatmand hukmdor fahmlab, o\u2019g\u2019li Sulton Husayn Mirzoga Samarqand saroyida xizmat qilishga ijozat ham bergan edi. Shuningdek, Sulton Abusayid Mirzo saroyida xizmat qilayotgan shahzodalar orasida Umar Shayx Mirzo avlodiga mansub shahzodalardan bir nechasi bor edi. Bular yoniga Sulton Husayn Mirzo ham borib qo\u2019shiladi. Biroq ko\u2019p o\u2019tmay Sulton Husayn Mirzoning amakivachchasi Sulton Vays Mirzo (Muhammad Mirzoning o\u2019g\u2019li) hukmdor Sulton Abusayid Mirzoga qarshi isyon ko\u2019taradi. Isyonchi shahzodadan xavfsiragan Sulton Abusayid Mirzo o\u2019z mulozimatida bo\u2019lgan 13 nafar shahzodalarni hibsga oladi. Tabiiyki, mazkur shahzodalar orasida Sulton Husayn Mirzo ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu dahshatli xabar tez fursatda Hirotga \u2013 Feruza Begimga yetib keladi. Feruza Begim Abulqosim Bobur Mirzo huzuriga borib, undan maslahat so\u2019raydi va o\u2019zini Samarqandga \u2013 hukmdor Sulton Abusayid Mirzo huzuriga jo\u2019natishni iltijo qilib yolboradi. Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur Mirzo harnechuk Feruza Begimning Sulton Abusayid Mirzo bilan xolavachcha ekanligini nazarda tutib, Hirotdn Samarqandga jo\u2019nayotgan savdo karvoniga Feruza Begimni hamroh qilib jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Movarounnahr hukmdori Sulton Abusayid Mirzo xolavachchasi Feruza Begimga iltifot ko\u2019rsatib, iliq kutib oladi. Feruza Begim so\u2019z orasida hukmdorning o\u2019z xolavachchasi ekanligi, shuningdek o\u2019zgalarga nisbatan unga yaqin qarindoshligini alohida ta\u2019kidlab o\u2019tadi. Shuningdek, o\u2019g\u2019li Sulton Husayn Mirzoning ulug\u2019 hukmdorga qarshi hech qachon g\u2019arazi bo\u2019lmagani va bo\u2019lmasligi haqida kafolat berajagini, binobarin o\u2019g\u2019lini hibsdan ozod qilib, Hirotga qaytishga ijozat berishini nolayu-iltijolar bilan so\u2019raydi. Hukmdor Sulton Abusayid Mirzo xolavachchasining zoriyu-tavallolari hamda ko\u2019z yoshlarini inobatga olib, Sulton Husayn Mirzoni hibsdan ozod qilib, onasi Feruza Begim bilan birga Hirotga jo\u2019nashiga farmon beradi. Tarixiy manbalarning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Sulton Husayn Mirzo taxminan 1455 yilda Samarqanddan qaytib kelib, yana Abulqosim Bobur Mirzo saroyida xizmat qila boshlaydi. Tarixchi Xondamirning yozishicha, xuddi shu paytda yosh Alisher Navoiy ham Abulqosim Bobur Mirzo xizmatiga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, 1456 yil oktabrning boshida Abulqosim Bobur Mirzo Hirotdan chiqib, 14 oktabrda Mashhadga keladi. Hukmdorning bu safarida shahzoda Sulton Husayn Mirzo bilan Alisher Navoiy ham birga edilar. Abulqosim Bobur Mirzo Mashhadda qishlaydi. 1457 yilning 22 martida saroyda o\u2019tkazilayotgan bazmda Abulqosim Bobur Mirzo jigar xastaligiga qaramay, me\u2019yoridan ortiq sharob tanovul qilib, olamdan ko\u2019z yumadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abulqosim Bobur Mirzo vafotidan so\u2019ng, Sulton Husayn Mirzo saroyni tark qilib, Marv, Jom va Mohan viloyatlarining hukmdori Sanjar Mirzo Marviy huzuriga boradi. Sanjar Mirzo Marviy 1455 yildan buyon Abulqosim Bobur Mirzo qo\u2019l ostida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abulqosim Bobur Mirzo vafotini eshitgan Sanjar Mirzo marhum hukmdorning o\u2019g\u2019li yosh shahzoda Shoh Mahmudga bay\u2019at bildirishni o\u2019ziga ep ko\u2019rmay, aksincha, mustaqil hukmronlik yo\u2019lini tanlaydi. Xuddi ana shu paytda 19 yoshli barvasta navjuvon shahzoda Sulton Husayn Mirzo uning huzuriga tashrif buyuradi. Sanjar Mirzo Sulton Husayn Mirzoni yuksak ehtirom bilan kutib oladi va benihoya iltifotlar ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sanjar Mirzo yosh shahzodadan kelgusida o\u2019z maqsadlari yo\u2019lida foydalanish niyatida, unga o\u2019z qizi 15 yoshli Beka Sulton begimni nikohlab beradi. Sulton Husayn Mirzo o\u2019zining qat\u2019iyati va jasorati tufayli tez kunda qaynotasi Sanjar Mirzoning ishonchiga sazovor bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1457 yil iyul oyida marhum Abulqosim Bobur Mirzoning o\u2019n bir yoshli o\u2019g\u2019li Shoh Mahmud Mirzo Alouddavla Mirzoning o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzodan yengilib, Mashhadga qaytgani haqidagi xabarni eshitgan Muiziddin Sanjar Mirzo Mashhadni o\u2019z tasarrufiga kiritish ishtiyoqida taraddudga tushadi. Sanjar Mirzo Mashhadga jo\u2019nash oldidan Marvda o\u2019z o\u2019rniga kuyovi Sulton Husayn Mirzoni hukmdor etib belgilaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo tez orada qaynotasi Sanjar Mirzo kutganidek o\u2019z shijoati va qattiqqo\u2019lligini namoyish qila boshlaydi. Shu orada bir qiziq voqea sodir bo\u2019ladi. To\u2019ydan so\u2019ng Beka Sulton begim kunlardan bir kun, bundan uch yuz yil muqaddam o\u2019tgan mashhur bobosi Sanjar haqida hikoya qilib, uning davrida Marvda muhtasham binolar, bog\u2019-rog\u2019lar barpo etilib, Marv misli yo\u2019q go\u2019zal shaharga aylangani haqida ehtiros bilan so\u2019zlab beradi. Darhaqiqat, Marvda mo\u2019g\u2019ul istilosidan qolgan vayronalar hamda bin ova xiyobonlarning yarim xaroba manzarasi o\u2019z davrida nihoyatda ko\u2019rkam shahar bo\u2019lganidan dalolat berardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu yarim xaroba binolar orasida zangori gumbazli bir masjid mo\u2019jiza yuz berib shikastlanmay qolgan edi. Beka Sulton begimning hikoyasi ham xuddi ana shu masjid ustida borardi.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Kunlarning birida, &#8211; deb hikoyasini davom ettiradi Beka Sulton Begim &#8211; Sulton bir pariga uylanibdi. Pari Sultonga uchta shart qo\u2019yibdi, shartga binoan pari sochini tarayotganda Sulton hech qachon unga qaramasligi, uning belidan quchmasligi va xotini yurganda uning oyoqlariga ko\u2019z tashlamasligi lozim edi. Sulton birmuncha vaqtgacha shartga rioya qilib yuradi. Ammo kunlarning birida sabr kosasi to\u2019lib, xotini sochini tarayotgan asnoda yashirincha ko\u2019z qirini tashlaydi. Biroq ne ko\u2019z bilan ko\u2019rsinki, xotini o\u2019z boshini kursi ustiga olib qo\u2019yib, qora sochlarini oltin taroq bilan tarayotgan ekan. Bu voqeadan hang-mang bo\u2019lib qolgan Sulton, bir ozdan so\u2019ng hushi o\u2019ziga kelib, \u201cnega bunday qilding\u201d, deb so\u2019raydi. Pari g\u2019azablanib, \u201cagar ikkinchi shartni buzguday bo\u2019lsang, albatta seni tashlab ketaman\u201d, deb javob beribdi. Oradan bir necha kun o\u2019tgach, sultonga shahvoniy hirs g\u2019alaba qilib, beixtiyor xotinining belidan quchibdi. Quchibdi-yu, parining belida suyagi yo\u2019qligidan hayratga tushib, \u201cnega belingda suyaging yo\u2019q?\u201d &#8211; debdi. Shu zahotiyoq pari uchib, ko\u2019zdan g\u2019oyib bo\u2019libdi. Sulton shaharning zabardast duoxon domlalarini yig\u2019ibdi. Ular to\u2019qqiz kechayu-to\u2019qqiz kun duo o\u2019qib, paridan sultonning gunohini kechirib, qaytib kelishini iltijo qilib so\u2019rabdilar. Nihoyat, pari sultonning gunohidan o\u2019tib, qaytib kelibdi va \u201cagar uchinchi shartni buzsang butunlay ketaman\u201d, debdi. Sulton shartni buzmaslikka so\u2019z berib, to\u2019qqiz yil tishini-tishiga qo\u2019yib chidab yuribdi. Nihoyat, kunlardan bir kun sulton oldidan yurib ketayotgan parining oyog\u2019iga ko\u2019z tashlabdi, qarasa parining oyog\u2019i yerga tegmay, havoda muallaq suzib ketayotgan emis. Sulton jon holatda \u201cuchib ketma, pari\u201d, deb qichqiribdi. Biroq shu zahotiyoq pari g\u2019oyib bo\u2019libdi. Sulton g\u2019am-anduhga botib, kasal bo\u2019lib qolibdi. Xastalikdan tuzalib, o\u2019rnidan turgach, katta masjid qurdiribdi. &#8211; Hu anovi masjidni o\u2019sha sulton qurdirgan, &#8211; deya uzoqda jilvalanib turgan ko\u2019k gumbazli katta masjidni eri Sulton Husayn Mirzoga ko\u2019rsatadi Beka Sulton begim.<\/li>\n\n\n\n<li>U masjidni osmono\u2019par baland qurdirmoqchi ekan, &#8211; deya hikoyasini davom ettiradi Beka Sulton begim. &#8211; Biroq ushbu oxirgi qavati qo\u2019ndirilib, eng yuqorisiga ko\u2019tarilganda, pari darichadan mo\u2019ralab, sultonga ta\u2019zim qilibdi-da, bundan buyon har juma kuni namozshomdan kelib kelib turishga va\u2019da qilibdi. Shundan so\u2019ng sulton juma kunini orziqib kutadigan bo\u2019lib qolibdi. Va\u2019daga binoan har juma kuni shomdan so\u2019ng pari sulton huzuriga kelib, ertaklar aytib berar, ashula aytar, goho uzun qora sochlarini oltin taroq bilan tarab o\u2019ltirarkan. Kunlarning birida pari oltin tarog\u2019ini qo\u2019lidan tushirib yuboribdi. Sulton esa paridan mazkur taroqni esdalik uchun taqdim qilishini iltimos qilibdi. Pari rozi bo\u2019libdi. Zamonlar o\u2019tib, o\u2019limi yaqinlashayotganini sezgan sulton oltin taroqni masjidning gumbaziga qo\u2019yib, ustini suvab yuborishni buyuribdi. O\u2019shandan buyon taroq masjidning gumbazida emish, &#8211; deb hikoyasini tugatadi Beka Sulton begim.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Mazkur afsonani eshitgan Sulton Husayn Mirzoning xayoli qochib, \u201cbalki afsonada ozgina bo\u2019lsa-da haqiqat bordir\u201d &#8211; degan fikrga kelib, hech kim yo\u2019q paytni poylab, masjid ustiga chiqib, gumbaz g\u2019ishtlarini ko\u2019chira boshlaydi. Bu voqeani ko\u2019rgan muezzin Sanjar Mirzoning eng nufuzli ashroflaridan biri bo\u2019lgan vazir Hasan Arlotga xabar beradi. Hasan Arlot esa Sulton Husayn Mirzoni yoqtirmas, unga kelgindi deb qarab, zimdan dilida adovat saqlar edi. Paytni g\u2019animat bilgan Hasan Arlot el orasida \u201cSulton Husayn Mirzo, sanjariy sulolasiga mansub bo\u2019lgan dafinani o\u2019g\u2019irlab, Sanjar Mirzoni ag\u2019darib, Marvda o\u2019z saltanatini barpo etmoqchi\u201d &#8211; degan mish-mishni tarqatadi va uni asirga olish taraddudiga tushadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu fitnadan ogoh bo\u2019lgan Sulton Husayn Mirzo fursatni qo\u2019ldan bermay Hasan Arlotni ushlatib, hibsga oladi. Shu voqeadan so\u2019ng go\u2019yo fitna tinchiganday bo\u2019ladi. Yoshlik g\u2019ururi bilan maylga erk bergan Sulton Husayn Mirzo o\u2019z navkarlari bilan ovga chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Xondamirning \u201cHabib us-siyar\u201d nomli asarida talqin qilinishicha, Sulton Husayn Mirzo o\u2019rdugohdan uzoqlashgach, Muiziddin Sanjar Mirzoning mulozimlaridan Muhammadbek Sheroziy, Shayx Zunnun Iroqiy hamda umarolardan El O\u2019g\u2019li o\u2019zaro ittifoq tuzib, shahzodadan o\u2019ch olishga jazm qiladilar. Darhol Sulton Husayn Mirzoning devonda xizmat qilib turgan yaqin kishilaridan Do\u2019ldoy Shayx Bahodir, Sher Ali va boshqalarni qatl qiladilar. Shahardan hiyla bilan qochib chiqqan Jon Alining birodari mazkur mash\u2019um xabarni Sulton Husayn Mirzoga yetkazadi. Sulton Husayn Mirzo 60 nafar navkari bilan shaharga yaqinlashganda, shahar darvozalari mahkam yopilganini va Sanjar Mirzoga tarafdor amir va beklar jangga tayyor turganini ko\u2019radi. Orada qattiq jang boshlanadi. Jang asnosida Sulton Husayn Mirzoning qo\u2019li baland kelib, shaharga yorib kirsa-da, biroq kuchlarning nomuvofiqligi tufayli jang xotimasida shaharni tashlab chiqishga majbur bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy manbalarning xabariga ko\u2019ra, Sulton Husayn Mirzo Marvdan siqib chiqarilgach, o\u2019sha yili qish faslini Marv bilan Xeva oralig\u2019idagi biyobonda o\u2019tkazishga majbur bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Xondamir va Abrurazzoq Samarqandiyning yozganlariga qaraganda, 1458 yil bahorida Sulton Husayn Mirzo o\u2019ziga qarashli uch yuzga yaqin navkarlari bilan Tajan (Tendjen)ga qarab yuradi. Ayni vaqtda amir Bobo Hasan Jurjonda Jahonshoh turkman tazyiqidan qochib, o\u2019z navkarlari bilan Obivard orqali yurib, Sanjar Mirzoga qo\u2019shilish niyatida kelmoqda edi. Bu xabarni eshitgan Sulton Husayn Mirzo Anbuh yaqinida amir Bobo Hasanga yetib borib hamla qiladi. Orada hayot-momot jangi boshlanadi. Sulton Husayn Mirzo uch yuzga yaqin dalovur navkarlari bilan jangga kirib, amir Bobo Hasan navkarlarini to\u2019zitib, o\u2019zini esa asir olib, so\u2019ngra qatl qildiradi. Amir Bobo Hasanning omon qolgan navkarlarini Sulton Husayn Mirzo o\u2019z panohiga olib, Niso viloyatiga yuradi. Bu g\u2019alaba Sulton Husayn Mirzoning harb maydonidagi birinchi g\u2019alabasi edi. Shundan so\u2019ng Sulton Husayn Mirzo Niso viloyatini zabt etib, undan Astrobod hokimi Husaynbek Jahonshoh turkmanning amakivachchasi edi. 1460 yil sentabrida Sulton Husayn Mirzo Astrobodni zabt etgach, Husaynbekni dorga osdirib, saltanat va arkoni davlatni o\u2019z hukmiga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo hali Astrobodga hujum qilmasdan avval Niso shahridaligida qaynotasi Sanjar Mirzo bilan oradagi nizoni bartaraf etish maqsadida muzokara yuritish uchun Mahmud Turkistoniyni elchi qilib jo\u2019natadi. Ammo bir so\u2019zli, qaysar Sanjar Mirzo hali jahlidan tushmagan edi. Binobarin, elchi Mahmud Turkistoniyni darhol tutdirib, qatlga buyuradi. Natijada qaynota bilan kuyov o\u2019rtasidagi kina-qudurat yana avjiga chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo Astrobodda o\u2019rnashib olgach, Xuroson hukmdori Sulton Abusayid Mirzo bilan muzokara yuritib, Astrobod viloyatida xutbani Sulton Abusayid Mirzo o\u2019zining xavfli dushmani Jahonshoh turkman bilan sulh tuzib olgungacha Sulton Husayn Mirzo bilan do\u2019stona munosabatda bo\u2019lib turadi. O\u2019z saltanatini katta-kichik dushmanlaridan forig\u2019 qilgach, Astrobod viloyatiga, ya\u2019ni Sulton Husayn Mirzoga qarshi ko\u2019z tika boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1459 yil mart oyida Sulton Husayn Mirzo huzuriga Sulton Abusayid Mirzo tomonidan Abdurazzoq Samarqaniy elchi bo\u2019lib keladi. Bu paytda Sulton Abusayid Mirzoning dushmanlari deyarli tugatilgan, 1458 yildayoq Alouddavla Mirzo, uning o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzo va Sanjar Mirzolarning birlashgan harbiy kuchlari Saraxs qo\u2019rg\u2019oni yaqinida tor-mor etilib, Alouddavla bilan Ibrohim Mirzo jang maydonidan arang qochib qutulgan edilar. Ammo Sanjar Mirzo yaralanib, asir olingach, Sulton Abusayid Mirzoning buyrug\u2019iga ko\u2019ra qatl qilingan edi. Shuningdek, bu vaqtda Sulton Abusayid Mirzoning eng xavfli dushmani turkman hukmdori Jahonshoh bilan sulh tuzilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo Hirot elchisi Abdurazzoq Samarqandiyni Hirotga qaytishga ruxsat berarkan, uning yoniga o\u2019z elchisini ham qo\u2019shib jo\u2019natadi. Sulton Abusayid Mirzo Sulton Husayn Mirzoning elchisini yaxshi qabul qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, keyinchalik Sulton Husayn Mirzoning harbiy to\u2019dalari Xuroson muzofotiga kirib, talon-taroj bilan shug\u2019ullanadilar, ular hatto Sabzavor va Nishopurgacha izg\u2019ib kela boshlaydilar. Holbuki, butun Xuroson va Mozandaronni o\u2019z tasarrufiga kiritishni niyat qilib yurgan Sulton Abusayid Mirzo uchun Sulton Husayn Mirzoning bunday kirdikorlari ayni muddao edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xondamirning yozishiga qaraganda, Sulton Husayn Mirzoning yaqin mulozimlaridan Muhammad Qavchin hokimlik qilib turgan Biyorjumand viloyatiga Sulton Abusayid Mirzoning buyrug\u2019iga ko\u2019ra, amir Muhammad Mushtoq hujum qiladi. Ammo Muhammad Qavchin jangda Muhammad Mushtoqni asir olib, qo\u2019shinlarni yakson qiladi. Muhammad Mushtoqni esa Sulton Husayn Mirzo huzuriga jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo esa, Sulton Abusayid Mirzoning hurmati yuzasidan uning amiri Muhammad Mushtoqni banddan bo\u2019shatib, sarupolar kiydiradi va yoniga o\u2019z mulozimlaridan biri amir Sayyid Ko\u2019kaltoshni elchi qilib tayinlab, Hirotga &#8211; Sulton Abusayid Mirzo huzuriga jo\u2019natadi. Elchi amir Sayyid Ko\u2019kaltosh Sulton Abusayid Mirzo huzuriga kirishi bilan Sulton uni ushlatib zindonga soladi. Shu kundan boshlab Sulton Husayn Mirzo bilan Sulton Abusayid Mirzo o\u2019rtalarida dushmanlik urug\u2019i unib chiqadi va kundan-kun rivojlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xondamirning yozishicha, Sulton Husayn Mirzo 1460 yilning boshlarida Biyorjumand viloyatida yashovchi arablar isyonini bostirish uchun Abdul Ali tarxon boshchiligida harbiy guruhni jo\u2019natadi. Ular Biyorjumand viloyatida osoyishtalik o\u2019rnatib, u yerdan qochgan isyonchilarni ta\u2019qib qilib, Sabzavor va Nishopurgacha bosib boradilar. Bu xabarni eshitgan Sulton Abusayid Mirzo amir Ali Forsi barlos, Hasan Shayx Temur, amir Nur Sayid va amir Sayyid Mazidlarni Biyorjumandga jo\u2019natadi. Abdul Ali tarxon Xuroson beklarining kelayotgan xabarini eshitib, Astrobodga qaytib keladi. Shundan so\u2019ng Sulton Husayn Mirzo Xuroson beklariga qarshi ilg\u2019or yuboradi. Ammo beklar ketidan katta qo\u2019shin bilan Sulton Abusayid Mirzoning o\u2019zi ham kelayotganini eshitib, Astrobod qal\u2019a va qishloqlarini jangga tayyorlashga farmon beradi. Shu asnoda qaltis vaziyat sodir bo\u2019lib, Sulton Husayn Mirzo amirlaridan Ahmad va Bobo Yoqut Jaloyir o\u2019z qavmi bilan birgalikda Sulton Husayn Boyqarodan yuz o\u2019girib, ketib qoladi. Bu voqeadan keyin qo\u2019shindan putur ketib, Xuroson qo\u2019shiniga bardosh berish imkondan tashqari bo\u2019lib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Vaziyatni hisobga olgan holda Sulton Husayn Mirzo Astrobodni tashlab chiqadi va Amudaryodan kechib o\u2019tib ketadi. Sulton Abusayid Mirzo Astrobodga tantana bilan kirib, bu viloyatni o\u2019zining uchinchi o\u2019g\u2019li yosh Sulton Mahmud Mirzoga in\u2019om qilib, o\u2019zi Hirotga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1461 yil bahorida Sulton Abusayid Mirzo Shohruhiyada qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan Muhammad Jo\u2019kiy (Abdullatif Mirzoning o\u2019g\u2019li) Mirzoga qarshi lashkar tortadi. Qulay fursatni g\u2019animat bilib, Sulton Husayn Mirzo Astrobodga hujum qiladi va Astrobod hokimi yosh shahzoda Sulton Mahmud Mirzoni yengib, viloyatni qo\u2019lga kiritadi. Sulton Mahmud Mirzo esa Hirotga qochib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Mirzo Astrobodni zabt etgach, Abdurahmon Arg\u2019unni hokim qilib, o\u2019zi Hirotga qarab yo\u2019l oladi. Bu xabarni eshitgan Sabzavor hokimi amir Sayid Murod va Nishopur hokimi amir Sayid Asil Arg\u2019unlar tezda Hirotga borib, qal\u2019ani mustahkamlash taraddudiga tushadilar. Ammo Sulton Husayn Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan 1461 yil 31 avgustda shahar chetidagi Bog\u2019i Zog\u2019onga kelib to\u2019xtaydi. Hirotning barcha darvozalari yopilgan va jangga tayyor holda turardi. Sulton Husayn Mirzo askarlari Hirot darvozalari yonida qattiq jang olib boradilar. Ammo amir Sayid Asil Arg\u2019un va amir Sayid Murodlarning jonbozligi natijasi o\u2019laroq, hirotlilar dushmanni shaharga yaqinlashtirmaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Dushman tarafidan kimki hirotlilar qo\u2019liga tushsa, quloq va burnini kesib qo\u2019yib yuborardilar. O\u2019z navbatida dushman qo\u2019liga tushgan hirotlilarning qismati ham mazkur jazodan mustasno emas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nihoyat, shu yilning sentabr oyining oxirida Sulton Abusayid Mirzo shoshilinch ravishda Muhammad Jo\u2019kiy Mirzo bilan sulh tuzib, Hirot tom yo\u2019lga tushadi. Hirot atrofida bir oy muddat ichida hech bir ish chiqaraolmagan Sulton Husayn Mirzo bu xbarni eshitgach, 3 oktabrda shaharni qamaldan bo\u2019shatib, Astrobod tomonga chekinib, 10 oktabrda Astrobodga yetib keladi. Biroq, Sulton Abusayid Mirzo Sulton Husayn Mirzoni ta\u2019qib etib, Astrobod tomonga yuradi. Sulton Husayn Mirzo tomonidan Saraxs qal\u2019asi muhofazasi uchun qo\u2019yilgan ilg\u2019or Sulton Abusayid Mirzo qo\u2019shiniga bardosh beraolmay Astrobodga chekinadi. Sulton Abusayid Mirzo qo\u2019shinining shitob bilan Astrobodga kelayotgan xabarini eshitgan Sulton Husayn Mirzo o\u2019z arkoni davlati bilan maslahatlashib, Astrobodni ikkinchi marta bo\u2019shatib, Amudaryodan qayiqlarda kechib o\u2019tib, Xorazmga dohil bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Abusayid Mirzo tomonidan Xorazm viloyatiga tayinlangan hokim zolimligi tufayli xalq nazaridan qolgan edi. Binobarin, Sulton Husayn Mirzo tez fursatda Xorazm viloyatini o\u2019ziga tobe\u2019 qiladi. 1464 yilda yana Xurosonga muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. Xondamirning yozishicha, Sulton Husayn Mirzo Niso, Obivard, Mashhad va Turshiz viloyatlariga hujum qilib, yo\u2019lida kim uchrasa o\u2019ldirib, nima uchrasa talon-taroj qilardi. Garchi Turshiz viloyatida g\u2019laba qozonga bo\u2019lsa-da, biroq u yerda turolmay yana Xorazmga qaytadi. Xorazmga ham muqim o\u2019rnasholmaydi. Chunki Xorazmda hokimiyat Sulton Abusayid Mirzoga hayrixoh bo\u2019lgan amir Nur Sayid qo\u2019liga o\u2019tgan edi. Nur Sayid Xorazmning avvalgi hukmdori Shoh Malik avlodidan edi. 1467 yilda Sulton Husayn Mirzo Xorazmga bostirib kirib, u yerni xarobaga aylantiradi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Nur Sayid shahar mudofaasini tashkil qilishda xatoga yo\u2019l qo\u2019yib, avval hokimiyatdan, so\u2019ngra hayotidan mahrum bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Sulton Husan Mirzo ko\u2019p vaqtgacha Xorazm bilan Buxoro o\u2019rtasida kezib hayot kechiradi. Nihoyat, 1468 yili Jo\u2019jixon avlodiga mansub Dashti Qipchoq hukmdori Abulhayrxon huzurida ko\u2019mk istab boradi. Tarixchi Xondamirning so\u2019ziga qaraganda, xon huzuriga kiruvchi zot taxt oldida turib, ta\u2019zim bilan bosh kiyimini ko\u2019tarib, ehtiyojmandlik ramzi sifatida bir qo\u2019liga bir poy kovushini olib, egilib ta\u2019zim qilishi vojib bo\u2019lgan. Ammo Sulton Husayn Mirzo bu rusumni bajarishdan bosh tortadi va o\u2019z odatiga ko\u2019ra xon huzurida bir tizzasini yerga tegizib, egilib ta\u2019lim qiladi. Abulhayrxon bu vaqtda shol kasaliga chalinib, ko\u2019rpa-to\u2019shakda yotardi. Shunga qaramay, Sulton Husayn Mirzoga ko\u2019mak berishga rozilik bildiradi. Sulton Husayn Mirzo Abulhayrxon o\u2019rdasida bir hafta davomida, shohlarga xos iltifot va ehtiromdan sarafroz bo\u2019lib hayot kechiradi. Mazkur fursatda Sulton Husayn Mirzoga ko\u2019mak uchun o\u2019zbek qo\u2019shinini yig\u2019ishga farmon berilgan edi. Biroq taqdir taqozosi bilan Abulhayrxon vafot etib, o\u2019rdugohda besaranjomlik boshlanadi. Bunday vaziyatda ko\u2019mak olish amrimahol ekanligiga ko\u2019zi yetgan Sulton Husayn Mirzo noumid bo\u2019lib, Xurosonga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1469 yil mart oyida Sulton Abusayid Mirzo Iroqda turkmanlar bilan bo\u2019lgan jangda halok bo\u2019ladi. Bu xabar tezda tarqalib, Sulton Husayn Mirzo Hirotga qarab yuradi. Xondamirning yozishicha, Qorabog\u2019da turgan shahzoda Sulton Mahmud Mirzo otasining haloatini eshitishi bilan Hirotga qarab yuradi. Abdurazzoq Samarqandiyning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Sulton Abusayid Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Sulton Ahmad Mirzo 50 ming qo\u2019shin bilan Samarqanddan chiqib, Hirot mudofaasi uchun kelayotgan edi. Nihoyat, 16 mart payshanba kuni Sulton Mahmud Mirzo Hirotga kiradi va 17 mart juma kuni uning hamda akasi Sulton Ahmad Mirzo nomiga xutba o\u2019qiladi. Biroq Ixtiyoriddin qal\u2019asining boshlig\u2019i Sulton Mahmud Mirzoga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019taradi. Qo\u2019zg\u2019olonchilarni shahar ahli ham qo\u2019llab-quvvatlaydi. Tashqaridan Sulton Husayn Mirzoning qo\u2019shini shaharga yaqinlashib kelardi. Sulton Mahmud Mirzo ichki va tashqi dushmanga bardosh berolmasligiga ko\u2019zi yetgach, \u201cjon boride boshni saqlab qolish\u201d qabilida ish tutib, Hirotni tashlab chiqadi va hali yo\u2019lda kelayotgan akasi Sulton Ahmad Mirzoga qo\u2019shilib, Samarqandga ketadi. Shundan ikki kun o\u2019tgach, 1469 yil 24 mart juma kuni Sulton Husayn Mirzo tantana bilan Hirotga kirib keladi va o\u2019sha kuni jom\u2019e masjidida sulton Husayn Boyqaro nomiga xutba o\u2019qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1469 yil aprelida Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga keladi. Alisher Navoiy do\u2019sti Sulton Husayn Boyqaroni shahanshohlik martabasi bilan qutlab, 14 aprel bayram kuni \u201cHiloliya\u201d qasidasini tortiq qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1469 yilda Sulton Husayn Boyqaroni jiyani Muhammad Sulton Mirzo ota-onasi Sulton Ahmad Mirzo va Oqobegim bilan birga Ozarbayjondan Hirotga keladilar. Muhammad Sulton Mirzoning laqabi Kichik Mirzo bo\u2019lib, Sulton Husayn Boyqaroni opasi Oqobegimning o\u2019g\u2019li edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini qo\u2019lga kiritgach, ko\u2019p o\u2019tmay Shohruh Mirzo avlodiga mansub, ya\u2019ni Boysung\u2019ur Mirzoning nabirasi Yodgor Muhammad Mirzo taxt da\u2019vogari sifatida maydonga chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yodgor Muhammad Mirzoning otasi Sulton Muhammad Mirzo o\u2019z akasi Abulqosim Bobur Mirzo tomonidan qatl (1451 yil) qilingach, yosh shahzodani uning ammasi Poyanda Sulton begim o\u2019z tarbiyasiga oladi. Poyanda Sulton begim o\u2019z zamonasining oqila va fozila ayollaridan edi. Uning sa\u2019y-harakati bilan Yodgor Muhammad Mirzo turkman hukmdori Mirzo Jahonshoh mulozimatiga o\u2019tadi. Mirzo Jahonshoh vafotidan so\u2019ng amir Hasanbek yosh shahzodaga katta umid bog\u2019lab, uni har sohada yaxshi tarbiyalab, uning yoniga ba\u2019zi xurosonlik beklardan qo\u2019shib \u201cmavrusiy mamlakatni egallash\u201dga undaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yosh va go\u2019l shahzoda taxt egallash vasvasasi bilan g\u2019urulanib, darhol Jurjon viloyatiga qo\u2019qqisdan hujum qiladi. Jurjon hokimi amir Shayx Zohid Torimiy nogahoniy zarbaga dosh berolmay, Hirotga \u2013 Sulton Husayn Boyqaro huzuriga qochib keladi. Bu xabarni eshitgan Sulton Husayn Boyqaro darhol amir Nosiriddin Abduholiq, amir Muboriziddin Valibekni dushmanni daf etmoq uchun jo\u2019natadi. Ularning ketidan qo\u2019shimcha ko\u2019mak bilan o\u2019z jiyani Kichik Mirzo (Muhammad Sulton Mirzo)ni ham yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1469 yil 11 sentabrda Sulton Husayn Boyqaro o\u2019z askarlari bilan Hirotdan chiqib, Mashhad orqali Astrobodga yuradi. Chinoron mavzeida Yodgor Muhammad Mirzo qo\u2019shini bilan to\u2019qnashib, jang boshlanadi. Jang asnosida har ikki tomondan ko\u2019plab qurbonlar berilib, jang Sulton Husayn Boyqaro g\u2019alabasi bilan intihosiga yetadi. Sulton Husayn Hirotga qaytib, shahar chekkasidagi Bog\u2019i Safedda qo\u2019shinlari bilan qishlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni vaqtda Hirotda ayrim amaldorlarning aybi bilan xalq qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019taradi. Sulton Husayn Boyqaro qo\u2019zg\u2019olonning sababini tekshirish uchun Alisher Navoiyni Hirotga yuboradi. Alisher Navoiy qo\u2019zg\u2019olonchilarga Sultonning farmonini o\u2019qib eshittiradi. Mazkur farmonda fuqaro talabi qondirilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng 1470 yil iyun oyida Sulton Husayn Boyqaro Hirotga kiradi. Biroq ayrim harbiy guruhlarning sotqinligi tufayli shaharni tashlab chiqishga majbur bo\u2019ladi. Bu paytda turkmanlardan katta ko\u2019mak olgan Yodgor Muhammad Mirzo shitob bilan yurib, iyul oyining boshida Hirotga kirib, taxtni egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Xondamirning yozishicha, Sulton Husayn Boyqaro o\u2019z arkoni davlati bilan maslahatlashib, ton saharda Bog\u2019i Zog\u2019onga yetib keladi. Bu tungi hujumda amir Alisher Navoiy ham birga edi. Tun. Hamma tonggi shirin uyquda. Endi Yodgor Muhammad Mirzoning oromgohini toppish zarur edi. Bu mushkul ishni amir Alisher Navoiy o\u2019z zimmasiga olib, qilichini g\u2019ilofdan chiqarib, qo\u2019lida hassa qilib, qasr tomon yuradi. Nihoyat, tungi bazmda horigan shahzodani mastona uyquda yotgan joyida qo\u2019liga olib, Sulton Husayn Boyqaro huzuriga keltiradilar. Sulton Husayn Boyqaro Yodgor Muhammad Mirzoning gunohini kechib, qo\u2019yib yubormoqchi bo\u2019ladi. Biroq arkon davlat monelik qiladi. 1470 yil 21 avgustda 19 yoshli Yodgor Muhammad Mirzo qatl qilinadi. Shundan so\u2019ng Hirot va uning atrofini o\u2019rab turgan dushman qo\u2019shini sarosimada, dahshatdan esankirab shaharni tashlab qochadi. Binobarin, Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini ikkinchi marta o\u2019z tasarrufiga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1470 yil bahorida Ulug\u2019bek Kobuliy (Sulton Abusayid Mirzoning o\u2019g\u2019li) o\u2019z akasi Sulton Mahmud Mirzo bilan birga Balx viloyatini muhosara qilib, u yerdan Marv viloyatiga bosqin qilib, mazlum fuqaro boshiga haddan ziyod jabr-zulmlarni solidi. Sulton Husayn Boyqaro darhol o\u2019z askarlari bilan aka-uka shahzodalarga qarshi yurib, Balx va Marv viloyatlarini dushmandan tozalab, Andxo\u2019yga kelganda Muhammad Umar Mirzoning isyon ko\u2019targan xabarini eshitadi. Muhammad Umar Mirzo Amir Temur sohibqironning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzo avlodiga mansub bo\u2019lgan Xalil Mirzoning o\u2019g\u2019li edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yodgor Muhammad Mirzo Xurosonga bostirib kirgan kezlarda, ba\u2019zi bir beklar, harbiy boshliqlar va mansabdorlar Sulton Husayn Boyqaroning saltanatini omonat fahmlab, undan yuz o\u2019girib, Yodgor Muhammad Mirzo mulozamatiga o\u2019taboshlagan edilar. Shahzoda Muhammad Umar Mirzo ham ana shunday kishilardan biri edi. U Yusuf Tarxon va guruh harbiylar bilan ittifoq tuzib, 1470 yil 19 iyunda Sulton Husayn Boyqaro o\u2019rdugohidan chiqib, Garmser va Qandahor tomonga qochadi. Nihoyat, Sulton Husayn Boyqaro Qandahorga ilg\u2019or yuborib, fitna bostiriladi va jang asnosida shahzoda Muhammad Umar Mirzo ajal sharobini ichadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Hirotda balki butun Xuroson muzofotida osuda kunlar boshlanib, jabrdiyda xalq osoyishta va farovon hayot kechira boshlaydi. Zotan, Sulton Husayn Boyqaroning bundan keyingi uzoq muddatli saltanati davrida Xuroson xalqi chel el bosqini xavfidan xotirjamlikda yashaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, tarixiy manbalarning bergan ma\u2019lumotiga qaragandan, Sulton Husayn Boyqaro temuriy shahzodalar orasida jasoratli, mard, odil va tadbirkor saltanat sohibi bo\u2019lgan. Uning davrida mamlakatda adolat barqaror bo\u2019lib, Xuroson fuqarosi birmuncha osoyishta va farovon hayot kechirgan. Ayniqsa Alisher Navoiyning sa\u2019y-harakatlari natijasi o\u2019laroq, mamlakatda yirik suv inshootlari, ma\u2019muriy va madaniy qurilishlar: madrasa, masjid, karvonsaroy, rabot, ko\u2019prik va shu kabi qurilish ishlarining keng ko\u2019lamda olib borilgan. Shuningdek, ilm-ma\u2019rifat gullab yashnagan. Zotab bu davrga kelib, Samarqandning avvalgi shon-shuhrati deyarli qolmagan, binobarin, olimu shoir, ulamoyu fuzalolar Samarqandni tark etib, Hirotda maskan qura boshlagan edilar. Shu bois Sulton Husayn Boyqaroning hukmronlik davrida Hirot fan va madaniyat markaziga aylangan. Bu davrda ilmu fanning barcha jabhalarida qalam tebratgan bilimdon olimlar, so\u2019z ustasi suxandon xassos shoirlar, inson ruhiga hamogan, nozik ta\u2019b musiqashunoslar, mohir hunarmand naqqoshlar va yetuk ustoz musavvirlar, o\u2019zlarining betakror asarlari bilan Xuroson va uning poytaxti Hirotnig dovrug\u2019ini jahonga mashhur qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o\u2019tirgach, o\u2019z qalamravidagi barcha viloyat, shahar va tumanlarda ma\u2019muriy boshliqlarni yangidan tayinlab, qozilik va dodxohlik mansablarida odil va fozil kishilarni belgilaydi. Shuningdek, masjid va madrasa ishlarini yetuk ulamoyu fuzalolar qo\u2019liga topshiradi. Xondamirning yozishicha, Sulton Husayn Boyqaro 1470 yil 13 avgust payshanba kuni Hazrat Xo\u2019ja Abdullo ansoriy qabrini ziyorat qilish maqsadida Gozurgohga tashrif buyuradi. Ziyorat asnosida qozi Mavlono Kamoliddin Shayx Husaynni o\u2019z huzuriga chorlab, \u201cHirot dorussaltanatida Sulton Sayid zamonidagi dasturni qo\u2019llash lozim bo\u2019ladi va agar men tomondan yoki birodarim yoki farzamdim tomonidan shar\u2019iy chegaradan tashqari chiqilsa, uning ijrosi kechiktirilmasligi lozim\u201d \u2013 deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat Sulton Husayn Boyqaro mamlakat ichida tartib o\u2019rnatish borasida shariat ahkomlaridan ustalik bilan foydalanadi. Darvoqe, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo yozganidek, shahanshoh ba\u2019zi masalalarda shariat yo\u2019llariga qattiq rioya qilgan. Chunonchi o\u2019z o\u2019g\u2019illaridan biri bir kishini o\u2019ldirib qo\u2019ygani tufayli o\u2019g\u2019lini da\u2019vogarlar qo\u2019liga topshirib, qozixonaga yuborgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning shakl shamoyili va xulq-atvori haqida Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo shunday yozadi: \u201cqiyiq ko\u2019zlik, sherandom bo\u2019yliq kishi edi. Belidan quyi ingichka edi. Bovujudkim, ulug\u2019 yosh yashab, oqsoqollik bo\u2019lib edi, xushrang, qizil-yashil abreshimni kiyar edi. Qora ko\u2019zi bo\u2019rk kiyar edi yo qalpoq. Ahyonan iydlarda kichik speech dastorni yap-yassi yomon chirmon chiemab, qarqara o\u2019tagasi sanchib namozg\u2019a borur edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Avval taxt olg\u2019onda hayoli bor ekandurkim, dovuzdah (o\u2019n ikki) imomni xutbada o\u2019qitg\u2019ay. Alisherbek va ba\u2019zilar man\u2019 qilibturlar. So\u2019ngralar xud ja\u2019mi ishkuchi sunnat va jamoat mazhabi bila muvofiq edi. Mafosil (revmatizm) zahmati jihatidan namoz qilolmas edi, ro\u2019za ham tutmas edi. Harrof (ochiq yuzli) va xushq kishi edi. Hulqi bir nima guzarroq voqi\u2019 bo\u2019lib edi, so\u2019zi ham hulqidek edi. Ba\u2019zi muomalotga shar\u2019ni bisyor rioyat qilur edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shujo\u2019 va mardona kishi edi. Borlar o\u2019zi qilich tegurubdur, balki har ma\u2019rakada borlar qilich tegubrubtur. Temurbek naslidin hech kim ma\u2019lum emaskim Sulton Husayn Mirzoga qilich chopmish bo\u2019lg\u2019ay. Ta\u2019bi nazmi bore di. Devon ham tartib qilib edi. Turkiy aytur edi. Taxallusi \u201cHusayniy\u201d edi. Ba\u2019zi baytlari yomon emastur, vale mirzoning devoni tamom bir vazndadur, bovujudkim ham yosh va saltanat bila ulug\u2019 podshoh edi, kichiklardek qo\u2019chqor saqlab, kabutar saqlab, kabutar o\u2019ynar edi, tovuq ham urushqa solur edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Xuroson hududini ichki va tashqi dushmandan tozalagach, beg\u2019amlikka berilib, ayshu ishrat yo\u2019liga kiradi. Ko\u2019plab xotinlarni o\u2019z nikohiga kiritib, haramini gul ruxsorli parivashlar bilan to\u2019ldiradi. Saroyda turli-tuman bazmlar ko\u2019payib, bazmaro mayxo\u2019rlik tobora avjiga chiqaboshlaydi. Shahanshohning o\u2019zi ham mayxo\u2019rlikka mukkasidan ketgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Sulton Husayn Boyqaro haqida quyidagilarni yozadi: \u201cAvval taxt olg\u2019on mahalda olti-yetti yil toyib edi. Andin so\u2019ngra ichkuga tushdi, qirq yilg\u2019a yovuqkim Xurosonda podshoh edi, kun yo\u2019q edikim, namoz peshindan so\u2019ng ichmagay, vale hargiz sabuxiy (nahor) qilmas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, Sulton Husayn Boyqaroning 38 yillik hukmronlik davrini ikki qismga bo\u2019lsak, birinchi pallasida mamlakat hududi ichki va tashqi dushmanlardan tozalanganini hamda siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan qudratli bo\u2019lgan hokimiyatni barpo etilganligini ko\u2019rish mumkin. Ikkinchi pallasida esa, saltanatni boshqarishda beg\u2019amlik va maishatparastlik alomatlari sezilaborib, bu nuqsonlarning oqibati o\u2019laroq, saroyda fisqu fasodning kuchayishi, podshoh bilan shahzodalar orasida vujudga kelgan nizolar va nihoyat o\u2019zaro qirg\u2019inbarot jangler intihosida, kundan-kunga saltanatning inqirozi yaqinlashayotganini mushohada qilish qiyin emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning o\u2019n bir xotini bo\u2019lib, ulardan o\u2019n to\u2019rt o\u2019g\u2019il va o\u2019n bir qiz ko\u2019rgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi xotini Beka Sulton begim Marv hukmdori Sanjar Mirzoning qizi bo\u2019lib, 1457 yilda uylangan edi. Beka Sulton begimdan Badiuz-Zamon Mirzo tug\u2019ilgan edi. Beka Sulton begim sarv qomat, latofatli bo\u2019lsa-da, rashkchi, xudbin, tili zahar va o\u2019ta injiq tabiatli ayol edi. O\u2019zining mashhur sanjariylar avlodiga mansubligi va shahanshohning katta xotini ekanligini ro\u2019kach qilib, haram ahliga tinchlik bermasdi. Hatto shahanshoh haramdagi boshqa xotinlari bilan so\u2019zlashib qolguday bo\u2019lsa, uni ham chayonday chaqib, mulzam qilardi. Beka Sulton begim haqida Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo shunday yozadi: \u201cKo\u2019p kajxulq edi. SUlton Husayn Mirzoni ko\u2019p og\u2019ritur edi. Kajxulqlig\u2019idin mirzo batan keldi, oxir qo\u2019ydi va xalos bo\u2019ldi, ne qilsun haq Mirzo jonibida erdi.<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Zani bad dar saroyi mardi nekxo\u2019,\nHam dar in olamast do\u2019zaxi o\u2019\u201d.\n\n<\/pre>\n\n\n\n<p>(Yaxshi kishining saroyida yomon xotin shu dunyoning o\u2019zida uning do\u2019zaxidur)\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Beka Sulton begimning uzluksiz achchiq tazriqlariyu dashnomlaridan to\u2019yib, oxiri taloq qiladi. Beka Sulton begim bu ulkan baxtsizlikka dosh berolmay, kasal bo\u2019lib yotib qoladi. Nihoyat 1488 yilda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Naql qilinishicha, Beka Sulton begim vafot etganda shoh shikorda bo\u2019lgan. Haramdan ixroj qilingan malikani qaysi tarzda dafn etish, hamda dagn marosimida shohning qatnashish-qatnashmasligini darhol aniqlash lozim edi. Ammo shahanshoh ovda (shikor) yurgan bir paytda, bunday noxush xabarni unga yetkazishga hech kimning yuragi dov bermasdi. Nihoyat arkon davlat kengashib, bu qaltis vazifani faqat ulug\u2019 amir Nizomiddin Alisher Navoiy hazratlari uddalay oladilar, degan qarorga keladilar. Bovujud Alisher Navoiy shikorgohga yetib boradi. Sulton Husayn Boyqaro do\u2019sti Alisher Navoiyni yuksak iltifotlar bilan kutib olarkan, \u201cUlug\u2019 amirning shikorga mayllari yo\u2019qlig\u2019idin xabarimiz bor erdi, alhol bemavrid tashriflaridin hayratdadurmiz. Ne yumush voqe\u2019 bo\u2019lubdur? So\u2019zlangiz?\u201d \u2013 deydi. Hazrat Navoiy shoh tomon mungli boqarkan:<\/p>\n\n\n\n<p>-Sarvi gulning soyasinda so\u2019ldi gul netmak kerak?-deydi. Tabiatan zukko shoh gap nimada ekaniga darhol tushunadi va ulug\u2019 amirga yuzlanib:<\/p>\n\n\n\n<p>-Sarvdan tobut yasab, guldan kafan etmak kerak!-deb javob beradi. Shohning bu javobi marhumani shohona dafn etishga va dafn marosimida o\u2019zini bo\u2019lmasligiga ishora edi. Hazrat Navoiy shikorgohdan qaytib kelgach, barcha shahzodalarning hamda arkoni davlatning ishtirokida shohona dafn marosimi o\u2019tkaziladi. Malikaning jasadini o\u2019zi qurdirgan va o\u2019g\u2019lining nomi bilan atalgan \u201cBadi\u2019a\u201d madrasasiga dafn qiladilar. Ikkinchi xotini Cho\u2019libegim bo\u2019lib, Ozoq beklaridan birining qizi edi. Shahanshohdan Sulton Begim ismli qizi bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchi xotini Shahribonu begim bo\u2019lib, Sulton Abusayid Mirzoning qizi edi. Sulton Husayn Boyqaro Hirotni olgach, uylangan edi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishicha, Chekmon urushida Sultonning haramidagi barcha malikalar mahofadan tushib otga minganlarida, Shahribonu begim mahofadan tushmaydi va otga minishni rad etadi. Bu o\u2019jarlikni Sultonga yetkazadilar. Sulton esa shakkok Shahribonu begimni taloq qilib, haramdan ixroj qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019rtinchi xotini Poyanda Sulton begim bo\u2019lib, Sulton Abdusayid Mirzoning qizi, Shahribonu begimning singlisi edi. Poyanda Sulton begimning Sultondan to\u2019rt qizi bor edi. Muhammad Shayboniyxon Xurosonni o\u2019z tasarrufiga kiritgach, Poyanda Sulton begim Iroqqa qochadi va o\u2019sha yerda g\u2019ariblikda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Beshinchi xotini Hadicha og\u2019o begim edi. U 1451 yilda Hirotda tug\u2019ilgan bo\u2019lib, 1457 yilda Sulton Abusayid Mirzo Hirotni olgach, unga hadya etilgan xos kanizaklardan biri edi. Sulton Abusayid Mirzo Hadicha og\u2019o begimni 1465 yilda o\u2019z nikohiga kiritgan edi. Sulton Abusayid Mirzodan Oqbegim ismli bir qizi ham bo\u2019lgan. 1469 yilda Sulton Abusayid Mirzo jangda halok bo\u2019lgach, Hirot taxtiga o\u2019tirgan Sulton Husayn Boyqaro marhum Sulton Abusayid Mirzo haramida Hadicha begimni ko\u2019rib, uni sevib qoladi va shar\u2019iy iddasi (uch oy o\u2019tkazib) tugagach, o\u2019z nikohiga kiritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hadicha begim yosh, go\u2019zal, dimog\u2019dor, yengil tabiat ayol bo\u2019lib, ayni vaqtda fitna va makr-hiylaga moyil ham edi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Hadicha begim haqida \u201co\u2019zini oqila tutar edi, vale beaql va purgo\u2019y (ko\u2019p gapiruvchi, ezma) xotun edi, rofiziya (shiiylik mazhabining bir oqimi) ham ekandur\u201d, deb yozadi. Darhaqiqat, Hadicha begim tez fursatda o\u2019zining jozibali husn-latofatiyu makkorona iltifotlari bilan Sulton Husayn Mirzo Boyqaroni o\u2019ziga rom qilib, haramda ulug\u2019 bekalik o\u2019rnini egallaydi. Sulton Husayn Boyqaroning Hadicha begimdan ikki o\u2019g\u2019il bo\u2019lib, kattasi Shohg\u2019arib Mirzo va kichigi Muzaffar Husayn Mirzo edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hadicha begim kichik o\u2019g\u2019li Muzaffar Husayn Mirzoni ota taxtiga valiahd qilib tayinlash uchun hufyona taraddudda edi. Ammo taomilga ko\u2019ra, valiahdlik haqqi Sultonning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Badiuz-Zamon Mirzoniki edi. Sulton Husayn Boyqaro Badiuz-Zamon Mirzoni unchalik suymasa-da, harholda uni rozi qilish tadorikini o\u2019ylar edi. Ayni vaqtda Alisher Navoiy boshliq saroy ahlining ko\u2019pchiligi valiahdlikka Badiuz-Zamon Mirzoning 11 yashar o\u2019g\u2019li \u2013 Mo\u2019min Mirzoni munosib deb bilar va bu haqda o\u2019z mulohazalarini Sultonga ochiq bildirgan edilar. Ammo Sulton Boyqaro sevikli xotini Hadicha begimning so\u2019zini ikki qilishga jur\u2019at qilaolmas, shuningdek valiahd tayinlash masalasida suyukli o\u2019g\u2019li Muzaffar Husayn Mirzoga moyilligi sezilib turardi. Tabiiyki arkoni davlat orasida bo\u2019layotgan bunday mulozahalar Hadicha begimning g\u2019azab olovini alangalatmasdan iloji yo\u2019q edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltinchi xotini Popo (Bobo) Og\u2019acha begim bo\u2019lib, shahanshohning sevikli xotini edi. U besh o\u2019g\u2019il va qizning onasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yettinchi xotini Opoq begim bo\u2019lib, uning o\u2019g\u2019il-qizi yo\u2019q edi. Opoq begim Popo og\u2019achani emakdoshi edi. Binobarin uning bobolarini o\u2019z bolasidek tarbiyalab o\u2019stirardi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning ta\u2019kidlashicha, Opoq begim Sultonning behuzurlik chog\u2019larida yaxshi parvarishlab, iltifotlar ko\u2019rsatar ekan. Haramdagi malikalardan hech qaysisi Sultonga Opoq begimdek xizmat qilaolmas ekan. \u201cMen Hindustong\u2019a kelur yil Hiridin (Hirotdan) keldi. Men ham ta\u2019zim va ehtiromlarin ilikdin kelgancha qildim. Chandirini muhosara qilg\u2019onda xabar keldi. Kobulda tangri hukmini butkarmush\u201d, &#8211; deb yozadi Bobur Mirzo.<\/p>\n\n\n\n<p>Sakkizinchi xotini Minglibiy og\u2019acha bo\u2019lib, o\u2019zbek edi, uch o\u2019g\u2019il va ikki qizning onasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019qqizinchi xotini Latifa Sulton og\u2019acha bo\u2019lib, chorshambihiylarga mansub xos kanizaklardan edi. Sultondan ikki o\u2019g\u2019li bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019ninchi xotini Begim Sulton og\u2019acha bo\u2019lib, undan farzand bo\u2019lmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning o\u2019n birinchi xotini Zubayda begim edi. U shahanshohdan bir qiz tuqqan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bulardan tashqari bir necha satang qiz-juvonlar hamda kanizaklar Sulton shabistonining yoritg\u2019ichlari edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning o\u2019ng bir nafar qizi bo\u2019lgan. Eng katta qizi Sultonim begim bo\u2019lib, onasi Cho\u2019li begim edi. Sultonim begimni shahanshoh o\u2019z akasi Sulton Boyqaro Mirzoning o\u2019rtancha o\u2019g\u2019li Sulton Vays Mirzo uzatgan edi. Sulton Vays Mirzo vafotidan so\u2019ng, 1502 yilda Sultonim begimni Abulboqi Mirzoga uzatadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning ma\u2019lumotiga qaraganda Sultonim begim so\u2019z ustasi bo\u2019lib, ibora topishdan qiynalmasdi. Uning avvalgi nikohidan, ya\u2019ni Sulton Vays Mirzodan bir o\u2019g\u2019il va bir qizi bo\u2019lgan. Qizini shayboniylardan Yo\u2019lbars Sultonning inisi Esonquli Sultonga uzatgan ekan. O\u2019g\u2019li Muhammad Sulton Mirzo esa Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo mulozimatida bo\u2019lib, Qunnuj viloyatining hokimi bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonim begimnining keyingi eri Abulboqi Mirzo 1507 yilda Temur Sulton bilan bo\u2019lgan jangda halok bo\u2019ladi. 1520 yilda xonim Kobuldan Hindistonga, ya\u2019ni Bobur podshoh saroyiga ketayorib, Nilobga yetganda bandalikni bajo keltiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning ikkinchi qizi Oqbegim bo\u2019lib, onasi Poyanda Sulton begim edi. Oqbegim Abulqodim Bobur Mirzoning singlisi Beka Sulton begimning nabirasi Muhammad Qosim Mirzo bin Abulqosim Arlotga uzatilgan edi. Undan bir qiz tug\u2019ilgan bo\u2019lib, ismi \u2013 Qorako\u2019z begim edi. Qorako\u2019z begim esa Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning ukasi \u2013 G\u2019aznayn viloyatining hokimi Nosir Mirzoga uzatilgandi. Oqbegim 1504 yilda vafot qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning uchinchi qizi \u2013 Beka begim bo\u2019lib, onasi Poyanda Sulton begim edi. Beka begim o\u2019z xolasi Robiya Sulton begimning o\u2019g\u2019li Bobur Mirzoga uzatilgandi. Beka begim 1502 yilda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning to\u2019rtinchi qizi \u2013 Og\u2019a begim bo\u2019lib, onasi Poyanda Sulton begim edi. Og\u2019abegim ham o\u2019z xolasi Robiya Sulton begimning ikkinchi o\u2019g\u2019li Sulton Murod Mirzoga uzatilgandi. Og\u2019a begim balog\u2019at yoshi ayni gullagan kezlarda olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning beshinchi qizi \u2013 Kichkina begim bo\u2019lib, onasi Poyanda Sulton begim edi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning so\u2019ziga qaraganda, Kichkina begimga Sulton Ma\u2019sud Mirzo ko\u2019p ishtiyoqmandlik qilsa-da, biroq Poyanda Sulton begim qisqa o\u2019ylab, rozilik bermydi. Keyinchalik Sayid Ota naslidan Mullo Xojaga uzatilgan ekan. Ammo Kichkina begim ham ko\u2019p umr ko\u2019rmay, shahanshohning hayotlik davridayoq olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahahnshohning oltinchi qizi \u2013 Saodat Baxt begim bo\u2019lib, Begim Sulton nomi bilan shuhratlangandi. Onasi Popo Og\u2019acha begim edi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning so\u2019ziga qaraganda, Begim Sulton Sulton Ma\u2019sud Mirzoning ko\u2019zi ko\u2019r qilingandan so\u2019ng unga uzatilgan edi. Bir qiz bir o\u2019g\u2019li bo\u2019lgan. Sulton Ma\u2019sud Mirzoni shayboniylar halok qilgach, qizini shahanshohning Opoq begim ismli xotini o\u2019z tarbiyasiga olib, Hirotdan Qobulga kelgan. Balog\u2019atga yetgach, Sayid Mirzo Opoqqa uzatilgan. Begim Sulton esa o\u2019g\u2019li bilan Ka\u2019batulloga ketib o\u2019sha yerda qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning yettinchi qizi \u2013 Sulton Najod begim bo\u2019lib, onasi Popo og\u2019acha begim edi. Sulton Najod begim shahanshohning akasi Sulton Boyqaro Mirzoning kichik o\u2019g\u2019li Iskandar Mirzoga, ya\u2019ni amakivachchasiga uzatilgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning sakkizinchi qizi \u2013 Munavvar Sulton begim bo\u2019lib, onasi Popo Og\u2019acha begim edi. Munavvar Sulton begim Andxo\u2019y sayidlaridan Sayid Mirzoga uzatilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning to\u2019qqizinchi qizi \u2013 Bayram Sulton begim bo\u2019lib, onasi Minglibiy Og\u2019acha begim edi. Bayram Sulton begim o\u2019z amakisi qizining o\u2019g\u2019li Sayid Abdullo Mirzoga uzatilgandi. Sayid Abdullo Mirzoning otasi Andxo\u2019y sayidlaridan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayram Sulton begimdan bir o\u2019g\u2019il tug\u2019ilib, nomini Sayid Baraka qo\u2019ygan edilar. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning ta\u2019kidlashicha, Sayid Baraka avvalroq Bobur Mirzo Samarqandni o\u2019z tasarrufiga kiritganda uning xizmatida bo\u2019lgan. Keyinroq Urganchga borib, saltanat da\u2019vosini qilgan va Astrobodda qizilboshlar qo\u2019lida halok bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning o\u2019ninchi qizi \u2013 Fotima Sulton begim bo\u2019lib, onasi Minglibiy Og\u2019acha begim edi. Fotima Sulton begim Mironshoh Mirzo naslidan Yodgor Mirzoga uzatilgan edi. Tarixchi Xondamirning yozishicha, Fotima Sulton begim otasi shahanshohning hayotligidayoq vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning o\u2019n birinchi qizi \u2013 Oysha Sulton Og\u2019a begim bo\u2019lib, onasi Zubayda begim edi. Oysha Sulton Og\u2019a begim shayboniy sultonlaridan Qosim Sultonga uzatilgandi. Undan Qosim Husayn Sulton nomli o\u2019g\u2019li bo\u2019lgan. Qosim Sulton vafotidan so\u2019ng, uning avlodidan Bo\u2019ron Sulton nikohiga kirgan. Bo\u2019ron Sultondan bir o\u2019g\u2019il tuqqan, ismi Abdullo Sulton bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishicha, Qosim Husayn Sulton Hindistonga \u2013 Bobur xizmatiga borgan. Bobur podshoh unga Badovun hokimligini in\u2019om qilgan. Keyinroq esa Abdullo Sulton ham Bobur podshoh mulozamatiga borgan. Uning haqida Bobur podshoh shunday yozadi: \u201cBovujudkim, kichik yoshliqtur, xizmati yomon emas\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning o\u2019n to\u2019rt o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, to\u2019ng\u2019ichi Badiuz-Zamon Mirzo edi. Badiuz-Zamon Mirzo 1458 yilda tug\u2019ilgan. Sulton Husayn Boyqaroning o\u2019g\u2019illari orasida Badiuz-Zamon Mirzo eng oqil va tadbirkori, shuningdek harbiy salohiyatga molik, toliqmas jangchi ham edi. Badiuz-Zamon Mirzo shariat ahkomlariga rioya qiluvchi adolatpesha hukmdor edi. U o\u2019z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san\u2019atkorlar va turli-tuman ahli hunarmandlarni yig\u2019ib, anjumanlar o\u2019tkazardi. Badiuz-Zamon Mirzo she\u2019rxonlikni yaxshi ko\u2019rar va o\u2019zi ham g\u2019azal bitardi. Ulug\u2019, mutafakkir amir Alisher Navoiy Badiuz-Zamon Mirzoni ta\u2019riflab quyidagilarni yozganlar: \u201cSulton Badiuz-Zamon Mirzo \u2013 husni surat va husni siyrat bila orasta va jamoli zohiriy va kamoli botiniy bila piyrosta yigitdur. Razm atvoridin otar-tutarda dilpisand va bazm asbobidin ichmak va bag\u2019ishlamakda bemonand. Tab\u2019i ham nazm uslubida muloyim tushubtur. Va bu matla\u2019 aningdurkim:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Mahi man, beguli ro\u2019yat, dilam xun basta chun lola,\nJigar ham az g\u2019ami hajrat shuda pergola-pargola.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Mazmuni:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">(Ey go\u2019zalim, gul yuzingsiz yuragim loladek qon bog\u2019ladi,\nJigar ham hajring g\u2019amidin parcha-parcha bo\u2019ldi.)\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Bu turkiy matla\u2019dagi tarkibida xo\u2019b va holatda marg\u2019ub voqi\u2019 bo\u2019lubturkim:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">\u201cE sabo, gar so\u2019rsa holim shammayi ul sarv noz,\nUyrulub boshig\u2019a men sargashtadin yetkur niyoz\u201d.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>1473 yilda Badiuz-Zamon Mirzo Xonim Begimga uylanadi. Xonim Begim Sulton Abusayid Mirzoning Ruqiya Sulton begim ismli xotinidan tug\u2019ilgan qizi edi. Ruqiya Sulton begim esa Shohruh Mirzoning nabirasi Alouddavla Mirzoning qizi edi. 1486 yilda Xonim Begim o\u2019g\u2019il tug\u2019adi. Nomini Muhammad Mo\u2019min Mirzo qo\u2019yadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo 1494 yilda Tahmatinbek qiziga uylanadi. U 1496 yilda o\u2019gil tug\u2019adi. Nomini Muhammad Zamon Mirzo deb ataydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Astrobod hokimi amir Mo\u2019g\u2019ul xiyonatidan so\u2019ng, Sulton Husayn Boyqaro Astrobod viloyatiga o\u2019g\u2019li Badiuz-Zamonni hokim qilib tayinlaydi. Badiuz-Zamon Mirzo Astrobodga borgach, viloyatda adolat va tartib o\u2019rnatib, qurilish-obodonchilik ishlarini yo\u2019lga qo\u2019yadi. 1497 yil bahor paytida Sulton Husayn Boyqaro Hisorga qarshi yurish boshlaydi. Podshohning farmoniga ko\u2019ra, Astrobodda hukmron bo\u2019lib turgan Badiuz-Zamon Mirzo o\u2019z o\u2019rniga o\u2019g\u2019li 11 yoshli Muhammad Mo\u2019min Mirzoni qo\u2019yib, o\u2019z qo\u2019shini bilan kelib, shahanshoh lashkariga qo\u2019shiladi. Jang tugagach, Sulton Husayn Boyqaro Badiuz-Zamon Mirzoni Balx viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Astrobod viloyatiga esa suyukli o\u2019g\u2019li Muzaffar Husayn Mirzoni hokim etib belgilaydi. Podshohning bu farmoni Badiuz-Zamon Mirzoning hamiyatiga tegadi. Zero ko\u2019pdan beri Astrobod viloyatini o\u2019g\u2019li Muhammad Mo\u2019min Mirzoga berib, o\u2019zi Balx viloyatiga hukmronlik qilish niyatida edi. Binobarin, podshohning farmoni Badiuz-Zamonning isyon ko\u2019tarishiga sabab bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng, Badiuz-Zamon Mirzo o\u2019z arkoni davlatini yig\u2019ib, kengash o\u2019tkazadi. Kengash qaroriga ko\u2019ra, Badiuz-Zamon Mirzo otasidan yuz o\u2019girib, istiqlol bayrog\u2019ini ko\u2019targanini e\u2019lon qiladi. Shu kundan boshlab Balx qal\u2019asini mustahkamlab, qo\u2019shin salohiyatiga e\u2019tiborini kuchaytiradi. Shuningdek, Badaxshon hukmdori amir Xusravshoh va Qandahor hukmdori amir Shujo\u2019iddin Zunnun arg\u2019unga elchi yuborib, ularni o\u2019z rejasidan ogoh qiladi. Mazkur amirlar Sulton Husayn Boyqarodan muttasil xavf-xatarda bo\u2019lganliklari tufayli, Badiuz-Zamon Mirzoning taklifini mamnuniyat bilan qabul qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamonning itoatdan bosh tortgan xabarini eshitgan Sulton Husayn Boyqaro qattiq iztirobga tushadi hamda o\u2019g\u2019li bu yo\u2019ldan qaytarmoq maqsadida bir necha elchilar yuboradi. Ammo shahzoda o\u2019z so\u2019zidan qaytmasligini bildiradi. Ilojsiz qolgan Sulton Husayn Boyqaro, nochor o\u2019g\u2019li Badiuz-Zamon Mirzoga qarshi yurish boshlashga jazm qiladi. Ammo ota bilan o\u2019g\u2019il o\u2019rtasida vujudga kelajak qirg\u2019inning oldini olish maqsadida amir Alisher Navoiy shohni Badiuz-Zamon Mirzo bilan muzokara yuritib, shahzoda bilan sulh tuzishga ko\u2019ndiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Badiuz-Zamon bilan muzokara yuritishni amir Alisher Navoiyning o\u2019ziga havola qiladi. Amir Alisher Navoiy Balxga boradi. Badiuz-Zamon Mirzo amir Alisher Navoiyni yuksak ehtirom bilan qabul qilib, cheksiz iltifotlar ko\u2019rsatadi. Amir Alisher Navoiy shahzodaga urushning falokatlari, ayniqsa ota-bolaning noittifoqligidan kelib chiqadigan dil jarohatining o\u2019chmas asoratlari haqida gapiradi. Nihoyat Badiuz-Zamon Mirzo isyonni to\u2019xtatib, padari buzrukvorining nomini xutbaga qo\u2019shib o\u2019qitishga rozilik beradi. Ayni shu asnoda mulozim Badiuz-Zamon Mirzoga maktub olib kiradi va Hirotdan kelgan maxfiy chopar yonidan olinganini ma\u2019lum qiladi. Maktub Sulton Husayn Boyqarodan Balx shahrining boshlig\u2019i amir Islom barlos nomiga yozilgan edi. Maktubda \u201cQachonki Badiuz-Zamon Mirzo shikor (ov) uchun shahar tashqrisiga chiqsa, shahar darvozalarini berkitib, uni shaharga kiritmagaysen, buning uchun bizning inoyat va iltifotimizga sazovor bo\u2019lg\u2019aysen\u201d, &#8211; degan mazmunda ko\u2019rsatma berilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, saroyda Xo\u2019ja Nizom ul-Mulk boshliq bir necha hasadchi amaldorlar ota-bola o\u2019rtasidagi nizoni amir Alisher Navoiyning sa\u2019y-harakati bilan bartaraf bo\u2019lishini istamas edilar. Binobarin, ig\u2019vogarlik bilan shohning boshini gangitib, yuqorida zikr qilingan ko\u2019rsatmani jo\u2019natishga muvaffaq bo\u2019lgandilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo maktub mazmunidan ogoh bo\u2019lgach, istehzoli jilmayarkan, \u201cmana, padari buzrukvorimizning bizga nisbatan bo\u2019lgan iltifotlari naqadar yuksak ekan\u201d, &#8211; deya maktubni amir Alisher Navoiyga uzatadi. Navoiy hazratlari maktub mazmunidan voqif bo\u2019lgach, mahzunlik va iztirob bilan shahzodaga boqarkan, Hirotga qaytish uchun ruxsat so\u2019raydi. Badiuz-Zamon Mirzo amir Alisher Navoiyni kuzatarkan, ota shafqatidan noumid qolib, itoatdan bosh tortganini ma\u2019lum qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Alisher Navoiy Hirotga yetib kelgach, Sulton Husayn Boyqaro huzuriga kirib, Balxda ko\u2019rgan va eshitganlarini mufassil bayon qiladi. Podshoh nihoyatda g\u2019azablanib, darhol Muzaffar Husayn Mirzoning yoniga amir Muhammad Burunduq Barlos va amir Nosirdiddin Umarbekni qo\u2019shib Astrobodga jo\u2019natadi. O\u2019zi esa katta qo\u2019shin bilan Balxga yuradi. Badiuz-Zamon Mirzo podshohning qo\u2019shin tortib kelayotganini eshitib, darhol jangga otlanib, dahanayn Pil Chirog\u2019 mavze\u2019iga boradi. Badiuz-Zamon Mirzo jang oldidan ukasi Muzaffar Husayn Mirzoning Astrobodga qo\u2019shin tortish xabarini eshitadi. Binobarin o\u2019g\u2019li Muhammad Mo\u2019min Mirzoga Astrobodni qanday bo\u2019lmasin dushmandan himoya qilish lozim ekanligi haqida maktub jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1497 yil 2 mayda ota-bola bir-biriga qasd qilgan holda husumat kamarini bellariga bog\u2019lab jangga kiradilar. Jangda Badiuz-Zamon Mirzo mag\u2019lubiyatga uchrab, Qunduz viloyatiga qochadi. Sulton Husayn Boyqaro o\u2019z qo\u2019shini bilan Balxni muhosara qiladi. Qamal qirq kundan oshgach, shahar muhofazachilari orasida tushkunlik kuchayib, hatto shahar boshlig\u2019i amir Shayx Aliga ham itoat qilmaydilar. Tabiiyki, bunday vaziyatda shaharni saqlab qolish imkondan tashqari gapdir. Amir Shayx Ali Sulton Husayn Boyqaro oldida o\u2019z gunohini yuvish uchu nnima qilishini bilmay turgan bir paytda, Badiuz-Zamonning Balx shaharida qolgan xotinining (Taxmatinbekning qizi) ko\u2019ri yozib, o\u2019g\u2019il tug\u2019adi. Nomini Muhammad Zamon Mirzo deb ataydilar. Bu xabarni eshitgan amir Shayx Ali darhol Sulton Husayn Boyqaro huzuriga shodiyona xabarini yetkazish uchun elchi yuboradi. Shahanshoh bu xushxabardan g\u2019oyatda shod bo\u2019lib, tarahhum va ehson eshigini katta ochib, elchilarga iltifotlar ko\u2019rsatadi. Shuningdek o\u2019z tarafidan Xo\u2019ja Nizom ul-Mulkning o\u2019g\u2019li Xo\u2019ja Kamoliddin Xusaynni va amir Hoji Pir bakovulni amir Shayx Ali huzuriga elchi qilib jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning iltifotidan mamnun bo\u2019lgan amir Shayx Ali yangi tug\u2019ilgan shahzoda Muhammad Zamon Mirzoni va uning onasi malikani olib, Sulton Husayn Boyqaro o\u2019rdugohiga borib, 5-6 kun mehmonda bo\u2019lgach, shahanshohdan ruxsat olib, shahzoda va malikani Qunduzga \u2013 Badiuz-Zamon Mirzo huzuriga olib ketadi. Sulton Husayn Boyqaro esa Balxni o\u2019z tasarrufig kiritgach, o\u2019g\u2019li Ibrohim Husayn Mirzoni shaharga hokim qilib, o\u2019zi Murg\u2019ob suvi sohiliga qarab ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo shahanshohdan yengilib, Qunduz viloyatiga qochib boradi. Qunduzning hukmdori amir Xusravshoh shahzodani yuksak ehtirom bilan kutib oladi. Badiuz-Zamon Mirzo o\u2019z arkoni davlatini yig\u2019ib, kengash o\u2019tkazadi. Kengashda amir Xusravshoh ham ishtirok etadi. Kengash qaroriga ko\u2019ra, Badiuz-Zamon Mirzo Qandahor viloyatiga borib, amir Shujo\u2019iddin&nbsp; Zunnun arg\u2019unni o\u2019ziga ergashtirib, ul viloyatning qo\u2019shinini bir yerga jamlab, o\u2019sha yerdan Xurosonga bosib kirishi lozim edi. Bu tomondan amir Xusravshoh Qunduz, Baqlon, Xuttalon va Badaxshon qo\u2019shinlarini to\u2019plab, Balx, Shibirg\u2019on va Andxo\u2019y hududiga bostirib kirishi rejalashtirilgan edi. Shu asnoda amir Shayx Ali shahzoda Muhammad Zamon Mirzo bilan malikani Badiuz-Zamon huzuriga yetkazib keladi. Mirzo nihoyat darajada xushnud bo\u2019lib, bir necha kun davomida arkoni davlati bilan qo\u2019shiniga ziyofat beradi. Shundan so\u2019ng, shahzoda Muhammad Zamon biln malikani Qunduzda qoldirib, o\u2019zi avvalgi rejaga muvofiq Qandahorga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qandahor hukmdori amir Zunnun arg\u2019un va uning birodarlari Badiuz-Zamon Mirzoni zo\u2019r shodlik bilan kutib oladilar va samimiy mehmonnavozlikni o\u2019rniga qo\u2019yadilar. Amir Zunnun arg\u2019unning nihoyatda sohibjamol qizi borligidan Badiuz-Zamon xabardor edi. Binobarin, amir Zunnun arg\u2019unga sovchi yuborib, ushbu qizni o\u2019z nikohiga kiritadi. Shundan so\u2019ng amir Zunnun arg\u2019un bilan Badiuz-Zamon Mirzo oralarida hamjihatlik avvalgidan ham mustahkamroq o\u2019rin oladi. Ammo shu kunlarda bir g\u2019aroyib voqea sodir bo\u2019ladi. To\u2019y o\u2019tgach, amir Zunnun arg\u2019un Zamindovardagi mazorotlardan birini ziyorat qilish maqsadida yo\u2019lga chiqadi. Safar asnosida bir kishi yo\u2019ldan chiqib, amir Zunnun arg\u2019unga pichoq sanchadi. Biroq sanchilgan pichoq choponni teshib o\u2019tolmaydi va badanga jarohat yetmaydi. Pichoq sanchgan kishini mulozimlar shu zahotiyoq tilka-pora qilib tashlaydilar. Ammo bu suiqasdni amir Zunnun arg\u2019un va uning birodarlari amir Shayx Alining qilmishi deb biladilar va uni ushlashga jazm qiladilar. Amir Shayx Ali panoh istab, Badiuz-Zamon Mirzo huzuriga qochib keladilar. Mirzo amir Shayx Alini o\u2019z himoyasiga olib, amir Zunnun arg\u2019un va uning birodarlariga amir Shayx Alining suiqasdga aloqasi yo\u2019qligi, aksincha fidoyi, sodiq do\u2019st ekanligi haqida ko\u2019p gapiradi. Lekin amir Zunnun arg\u2019un qabul qilmaydi va amir Shayx Alini Sulton Husayn Boyqaroning josusi deb gumon qiladi. Binobarin, agar Badiuz-Zamon Mirzo amir Shayx Alini bizga topshirmasa, oramizdagi do\u2019stlik va hamjihatlik rishtalari uzilajak, deb tahdid qiladi. Badiuz-Zamon Mirzo ilojsiz qolib, amir Shayx Alini amir Zunnun arg\u2019un qo\u2019liga topshiradi. Amir Zunnun arg\u2019un amir Shayx Alini bir necha muddat Garmsrrdagi qal\u2019alardan birida mahbuslikda saqlab, so\u2019ngra mahbuslikdan ozod qilib yuboradi. Amir Shayx Ali yana Sulton Husayn Boyqaro huzuriga borib, saroyda e\u2019zozli a\u2019yonlardan biri bo\u2019lib, xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Astrobodda otasi o\u2019rnida turgan 11 yoshli Muhammad Mo\u2019min Mirzo amakisi Muzaffar Husayn Mirzoning qo\u2019shin bilan kelayotganini eshitgan bo\u2019lsa-da, biroq amakisining qora niyatidan voqif emas edi. Binoobarin, uning istiqboliga peshvoz chiqib, iltifotlar bilan kutib olish taraddudida edi. Shu asnoda otasi Badiuz-Zamon Mirzodan kelgan maktub mazmunidan ogoh bo\u2019lgan, shoshilinch ravishda jang taraddudini ko\u2019rib, shahar tashqarisiga chiqadi va Muzaffar Husayn Mirzo qo\u2019shiniga qarshi kurashadi. Lekin harbiy kuchlarning teng bo\u2019lmagani tufayli, dushman askarlari har tomondan hamla qilib, Muhammad Mo\u2019min Mirzoni o\u2019rab, asirga oladilar. Muzaffar Husayn Mirzo jiyani Muhammad Mo\u2019min Mirzoni bog\u2019latib, amir Muhammad Burunduqqa topshirib, Hirotga jo\u2019natadi. 1497 yil 29 sentabrda amir Muhammad Burunduq shahzodani Hirotga yetkazib keladi va Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamab, o\u2019zi Murg\u2019ob daryosining qirg\u2019og\u2019ida o\u2019rdugohda ham, olayotgan Sulton Husayn Boyqaro huzuriga borib, Astrobod voqealarini bayon qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning sevikli xotini Hadicha begim o\u2019z o\u2019g\u2019li Muzaffar Mirzoning istiqboldagi baxt-saodati uchun Badiuz-Zamon Mirzoni va uning o\u2019g\u2019li Muhammad Mo\u2019min Mirzoni asosiy g\u2019ov deb bilardi. Binobarin, qulay vaziyat vujudga kelguday bo\u2019lsa, Badiuz-Zamon Mirzoni va uning o\u2019g\u2019li Muhammad Mo\u2019min Mirzoni oradan olib tashlashga harakat qilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Mo\u2019min Mirzoni bandi qilinib, Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamalishi, Hadicha begim uchun ayni muddao bo\u2019lib, o\u2019zining dahshatli rejasini vaziri a\u2019zam Nizom ul-Mulk bilan kelishib olgach, Murg\u2019ob harbiy o\u2019rdugohida istirohatda bo\u2019lgan Sulton Husayn Boyqaroning qattiq mastligidan foydalanib, Muhammad Mo\u2019min Mirzoni zudlik bilan qatl qilish haqidagi farmonga muhr bostirib oladi. Mazkur farmonni Yor Ali baxshi, Abduvohid Yasovul va yana ikki ishonchli kishilarga topshirib, vaqtni o\u2019tkazmasdan hukmni shu kechasidayoq ijro etishni ta\u2019kidlab Hirotga jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nobakor jallodlar qal\u2019aga \u2013 Muhammad Mo\u2019min Mirzo huzuriga bostirib kirganlarida, shahzoda yotish oldidan tungi ibodatni tugallab, qur\u2019on tilovatiga mashg\u2019ul edi. Chaqirilmagan \u201cmehmon\u201dlarning avzoidan xavfsiragan shahzoda o\u2019zini muhofaza qilishga urinadi. Ammo ular shahzodani ushlab, qo\u2019l-oyog\u2019ini bog\u2019lab, ovozini chiqarmay qal\u2019a devori tagiga olib chiqadilar va o\u2019sha yerda xanjar bilan boshini tanidan judo qiladilar. Ertasi tong chog\u2019ida mastlikdan hushyor tortgan Sulton Husayn Boyqaro tundagi maishat asnosida farmonga muhr bosgani yodiga tushib, Nizom ul-Mulkni chaqirib, farmonning mazmunidan ogoh bo\u2019lgach, darhol \u201csaltanatimizning ulug\u2019vor mevazi, ko\u2019z qorachig\u2019imizga hech bir ziyon-zahmat yetkazmasinlar\u201d, &#8211; deb ko\u2019rsatma yozdirib, Ixtiyoriddin qal\u2019asiga jo\u2019natadi. Ammo vaqt o\u2019tgan edi. Hukm esa shoshilinch ravishda ijro etilgandi. Ertasi kuni maqtul shahzoda Muhammad Mo\u2019min Mirzoning jasadi shohona marosimlar bilan Badi\u2019a madrasasiga dafn etiladi. Shunday qilib, o\u2019n bir yoshli shahzoda Muhammad Mo\u2019min Mirzo qabihlik, munofiqlik va husumatning qurboni bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Mo\u2019min Mirzoning xiyonatkorona qatl qilinishi, Badiuz-Zamon Mirzoni o\u2019z otasi Sulton Husayn Boyrqaroga nisbatan xundor dushmanga aylantiradi. Shuningdek, Sulton Husayn Boyqaroning boshqa o\u2019g\u2019illarini ham qahr-g\u2019azabini qo\u2019zg\u2019atib, otalariga nisbatan ishonchsizlik, mehrsizlik hamda adovat cho\u2019g\u2019ini yallig\u2019lantirib yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Mo\u2019min Mirzo yosh bo\u2019lsa-da ma\u2019rifatli kishilar davrasida tarbiya ko\u2019rgan aqlli, ziyrak va jasoratli shahzoda edi. Zotan Sulton Husayn Boyqaro o\u2019g\u2019illari va nabiralari orasida aqli barkamol hamda sohibi saltanatga arzigulik shahzoda \u2013 Muhammad Mo\u2019min Mirzo edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 amir Alisher Navoiy yosh shahzodaga e\u2019timodi baland bo\u2019lib, mamlakat, el-yurt va saltanatning kelajak taqdiri Muhammad Mo\u2019min Mirzoning oqilona sa\u2019y-harakatiga bog\u2019liq deb bilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Mo\u2019min Mirzo qatl etilgan paytda, ulug\u2019 amir Alisher Navoiy muqaddas Mashhad sharif ziyoratida edi. U mash\u2019um voqeadan uch kun o\u2019tgach, Hirotga qaytadi. Muhammad Mo\u2019min Mirzo fojiasini eshitib ko\u2019p yig\u2019lagan ekan. Tarixchi Xondamirning so\u2019ziga qaraganda, ulug\u2019 mutafakkir Alisher Navoiy \u201cMuhammad Mo\u2019min Mirzo fojiasining kelajak asora haqida gapirib, shunday degan ekanlar: \u201cMo\u2019min Mirzo fojiasi xuddi Shayx Majiddin Bag\u2019dodiy fojiasiga o\u2019xshaydi. Zotan Shayx Majiddin Bag\u2019dodiy qatlidan so\u2019ng ko\u2019p o\u2019tmay, Turondan Erongacha bo\u2019lgan yerlar Chingizxon otining tuyog\u2019i ostida qolib kul tepaga aylandi. Jafoksh xalq qatli omga (umumiy qirg\u2019in0 mahkum qilindi. Alhol Muhammad Mo\u2019min Mirzoning qatli tufayli ulug\u2019 bir fitna vujudga kelib, mamlakat vayron bo\u2019lib, fuqaro boshiga cheksiz musibat va qirg\u2019in tushmog\u2019idan qo\u2019rqadurmen\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Darvoqe, andak fursat o\u2019tishi bilan deb, afsuslanib yozadi. Xondamir, o\u2019zbek lashkari Xurosonga bostirib kirib, mamlakatni poymol qilib, fuqaroni cheksiz musibatlarga giriftor qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Mo\u2019min Mirzoning xoinona qatl qilingan xabarini eshitgan Badiuz-Zamon Mirzo bir lahza xushi boshidan uchib, farzandi arjumandining firoqida kuyib, barcha harbiy guruh boshliqlariga lashkarni to\u2019plashga farmon beradi va o\u2019g\u2019li uchun qasos olish niyatida otasi Sulton Husayn Boyqaroga qarshi urush e\u2019lon qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro eng yaqin kishisi, ulug\u2019 amir Alisher Navoiyning muxlisi Xo\u2019ja Afzaliddin Muhammad Kermoniy bir necha yillardan buyon Iroqda istiqomat qilardi. Shahanshoh doim uning nomini yaxshi soatlarda tilga olinishi hamda ulug\u2019 amir Alisher Navoiy orziqib sog\u2019inligini eshitib, 1498 yilda Xurosonga qaytib keladi. Uning qaytib kelganidan shahanshoh behad xursand bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu paytda Sulton Husayn Boyqaro O\u2019lang-nishin mavzeidagi o\u2019rdugohda o\u2019g\u2019li Badiuz-Zamon Mirzoning navbatdagi hujumini kutib turardi. Mamlakatning barcha ishlari Nizom ul-Mulk v uning avlodlari qo\u2019lida edi. Muhammad Mo\u2019min Mirzoning qatlidan so\u2019ng, shahanshohda Nizom ul-Mulkka nisbatan gina-qudurat vujudga kelib, undan ixlosi qaytgan, ilojini topsa mansabdan azl qilib, xonavayron qilishga tayyor edi. Alhol Xo\u2019ja Afzaliddinning kelishi shahanhohga ilhom bag\u2019ishlab, amir Alisher Navoiy bilan mashvarat qilib, Xo\u2019ja Afzaliddinni oliy martabaga ko\u2019taradi hamda Nizom ul-Mulk va uning avlodiga qarshi pinhona kurashni boshlaydi. Bu kurashning boshida Xo\u2019ja Afzaliddin turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1498 yil 13 may yakshanba kuni Nizom ul-Mulkning qaynog\u2019asi E\u2019mod ul-Islom hibsg olinadi. U yigirma yildan ziyodroq davr mobaynida vazirlik mansabida qoyim edi. 23 maydan boshlab Xo\u2019ja Afzaliddin vazirlik mansabiga tayinlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda Badiuz-Zamon Mirzo janubiy Afg\u2019onistonda o\u2019g\u2019li Muhammad Mo\u2019min Mirzo uchun qasos olishga tayyorlanib turardi. Shahanshoh O\u2019lang-nishon o\u2019rdugohida turib Badiuz-Zamon Mirzoga qarshi bir guruh askarni Isfizorga jo\u2019natgan edi. Isfizorga yuborilgan harbiy guruh orasida Nizom ul-Mulkning o\u2019g\u2019li Umid ul-Mulk ham bor edi. Iyunning boshida O\u2019lan-nishin o\u2019rdugohida Nizom ul-Mulk hamda uning qarindoshi Nizomiddin Kurd qamoqqa olinadilar. Isfizor harbiy guruhidagi Umid ul-Mulkni hibsga olish haqida chopar yuboriladi. Shuningdek, Nizom ul-Mulkning ikkinchi o\u2019g\u2019li Kamoliddinni, singlisining o\u2019g\u2019li \u2013 saroy voqeanavisi Abdul Azizni hamda Nizomiddin Kurdning o\u2019g\u2019illarini qamoqqa olish haqida farmon beriladi. Farmonni shaxsan amir Alisher Navoiyning o\u2019zlari Hirot shahrining boshlig\u2019i Ahmad Mirzoga olib kelib topshiradilar. Qamoqqa olinganlarning mol-mulki musodara qilinib, o\u2019zlarini Ixtiyoriddin qal\u2019asiga qamaydilar. Tunlardan birida Nizom ul-Mulkning o\u2019g\u2019illari qal\u2019adan qochishga muvaffa bo\u2019ladilar. Biroq ertasi yana qo\u2019lga olinadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahbuslarning qal\u2019adan qochish xabarini eshitgan Sulton Husayn Boyqaro bag\u2019oyat darg\u2019azab bo\u2019ib, mahbuslarni zudlik bilan qatl qilish haqida Hirot shahar boshlig\u2019i Ahmad Mirzo hamda amir Abduxoliq nomiga farmon yuboradi. 1498 yil iyul oyining boshida Ixtiyoriddin qal\u2019asida jallod Nizom ul-Mulkning ko\u2019z oldida uning har ikki o\u2019g\u2019li Xo\u2019ja Kamoliddin Husayn va Xo\u2019ja Umid ul-Mulklarni so\u2019yadi. So\u2019ngra Nizom ul-Mulkni qal\u2019a darvozasiga chiqarib, tiriklayin terisini shilib oladi. Shuningdek, Xo\u2019ja E\u2019mod ul-Islom, Xo\u2019ja Abdul Aziz, Nizomiddin Kurd va Mahmud Shoh Farrahiylarni Badiuz-Zamon Mirzoga xayrixohlikda ayblab qatl qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning saroyida va qo\u2019shinida sodir bo\u2019lgan voqealardan ruhlangan Badiuz-Zamon Mirzo va Shujobek arg\u2019unlar fursatni g\u2019animat bilib, darhol Garmserdan qo\u2019shin tortib, O\u2019lang-nishin tomon yuradilar. Bu xabar 1498 yil 13 iyun juma kuni Sulton Husayn Boyqaroga yetadi. Shahanshoh darhol Hirotga chopar yuborib, ulug\u2019 amir Alisher Navoiyga shahar ichidagi va tashqarisidagi barcha qo\u2019shinlarini O\u2019lang-nishinga jo\u2019natish haqida farmon beradi. Ulug\u2019 amir Alisher Navoiy juma namozidan so\u2019ng amri oliyga muvofiq barcha qo\u2019shin guruhlarini O\u2019lang-nishinga safarbar qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bungacha Hisori Shodmon viloyatining hukmdori Sulton Mas\u2019ud Mirzo Xusravshoh fitnasidan qochib, 500 nafar askari bilan Sulton Husayn Boyqarodan panoh izlab kelgan edi. Astrobodga ketgan amir Muhammad Valiek, amir Umarbek va amir Bobo Alilar ham o\u2019z qo\u2019shinlari bilan qaytib kelgan edilar. Shuningdek, shahanshohning Sabzavordagi o\u2019g\u2019li Faridun Husayn Mirzo ham o\u2019z qo\u2019shini bilan, kelib qo\u2019shilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>14 iyun tong otarda Badiuz-Zamon Mirzo O\u2019lang-nishin yaqiniga yetib kelganda bu yerdagi hisobsiz qo\u2019shinni ko\u2019rib, hayrat&nbsp; barmog\u2019ini tishlab, dahshatga tushadi. Ammo oriyatni qo\u2019ldan bermay jangga kiradi. Ota bilan o\u2019g\u2019il o\u2019rtasidagi jang peshingacha davom etib, har ikki tomondan ko\u2019pgina qurbonlar beriladi. Nihoyat Badiuz-Zamon Mirzo jang shiddatiga dosh beraolmay, Qandahorga qarab qochadi. Shahanshoh qo\u2019shin boshliqlaridan amir Umarbek shahzodani ancha masofagacha quvlab, nihoyat shahzodaga yaqinlashib, endi qilich urmoqchi bo\u2019layotganida, shahzodaning amirlaridan biri amir Yusuf Isfandiyor Badiuz-Zamon Mirzoning qo\u2019lidagi nayzasini tortib olib, amir Umarbekning yuziga qattiq zarb bilan uradi. Amir Umarbekning bir necha tishlari sinib, otdan yerga yumalab tushadi. Ushbu mo\u2019jiza tufayli Badiuz-Zaomn Mirzo salomat qutulib ketadi. Sulton Husayn Boyqaro mazkur g\u2019alabani Sulton Mas\u2019ud Mirzo sharafiga insho ettiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019lang-nishin jangidan bir necha kun muqaddam Sulton Husayn Boyqaro o\u2019rdugohiga Badiuz-Zamon Mirzo va amir Zunnun arg\u2019un tarafidan Shayx Jaloliddin Abusayid puroniy kelib, shahanshohni Badiuz-Zamon Mirzo bilan sulh tuzishga ko\u2019ndiradi. Shahanshoh sulga rozi bo\u2019lgach, shayxulislom mavlono Ahmad Taftazoniyni, Jaloliddin Abusayid puroniyni va Sayid G\u2019iyosiddin Muhammad sadrni Garmser tomonga jo\u2019natadi, toki ular Badiuz-Zamon Mirzoga ota-bolar orasida vujudga kelgan jangu jadallar hech qachon va hech kimga foyda keltirmagani, bil\u2019aks saltanat tanazzuliga yo\u2019l ochilajagini tushuntirib, shahzodani itoatga moyil qilishlari lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ular Farahga yaqinlashganlarida, Badiuz-Zamon Mirzoning shahanshohga qarshi lashkar tortib, O\u2019lang-nishinga ketgani xabarini eshitadilar. Shundan so\u2019ng shayxulislom mavlono Ahmad Taftazoniy shahanshoh o\u2019rdugohiga qaytib keladi. Ammo shayx Jaloliddin Abusayid va Sayid G\u2019iyosiddin G\u2019urga \u2013 amir Zunnun arg\u2019un saroyiga borib, hanuz muzokara-munozara boshlamslaridanoq, Badiuz-Zamon Mirzo O\u2019lang-nishin jangida mag\u2019lubiyatga uchrab, G\u2019urga \u2013 amir Zunnun arg\u2019un huzuriga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Shayx Jaloliddin Abusayid va Sayid G\u2019iyosiddinlar Badiuz-Zamon Mirzoni sulhga da\u2019vat qiladilar. Badiuz-Zamon Mirzo sulhga rozi bo\u2019lishdan avval elchilar oldiga o\u2019z talablarini qo\u2019yadi. Chunonchi \u201cAgar padari buzrukvorimiz bizga marhama va mehribonchilik qilmoqchi istagan bo\u2019lsalar, alhol mazkur mulkning bir qismini kaminaga inoyat qilsinlar, toki arkoni davlatim va mulozimlarimning maishatlariga yetgudek bo\u2019lsin. Binoan alayhi men ham itoat kamarini belimga bog\u2019lab, xizmatkorlik rishtasini mahkam tutg\u2019umdir\u201d, deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Elchilar shahanshoh o\u2019rdugohiga kelib, Badiuz-Zamon Mirzoning talabini shahanshohga arz qiladilar Shahanshoh sulhga rozi bo\u2019lib, mazkur elchilarga amir Shayx Ali Tag\u2019oyni qo\u2019shib, sulhning asoslarini aniqlash uchun Badiuz-Zamon Mirzo huzuriga yuboradi. Lekin elchilar 1498 yil iyul oyining o\u2019rtalarida qaytib kelib, Badiuz-Zamon Mirzoning \u201cBalx viloyatining hukmdorligi ham avvalgi farmon bo\u2019yicha mening tasarrufimda qolishi kerak\u201d, &#8211; deb talab qilayotganini shahanshohga arz qiladilar. Shahanshoh bu xabardan g\u2019azablanib, sulhdan voz kechib, shahzodaning esini kiritib qo\u2019yish maqsadida o\u2019g\u2019liga qarshi ikkinchi marta jang taraddudiga tushadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning Badiuz-Zamon Mirzoga qarshi yana urush harakatlarini boshlagan xabarini eshitgan ulug\u2019 amir Alisher Navoiy 28 avgustda Hirotdan chiqib, 29 avgust chorshanba kuni Sulton Husayn Boyqaro huzuriga keladi va Badiuz-Zamon Mirzo bilan sulh tuzishga targ\u2019ib qiladi. Ulug\u2019 amir Alisher Navoiyning so\u2019zlari el-yurtning osoyishtaligi, saltanatning manfaati yo\u2019lida qilinayotgan sa\u2019y-harakat ekanligini his qilgan shahanshoh sulhga rozi bo\u2019ladi. Binobarin, Farah va Seyiston viloyatlarini Badiuz-Zamon Mirzo tasarrufiga berilgani haqida farmon beriladi. Shahanshoh farmonni amir Shayx Aliga topshirarkan, \u201cSen avvalgidek shahzodaning mulozimatida qolib, shunday qilginki, u Seyiston hukmdorligiga rozi bo\u2019lib, isyondan yuz o\u2019girsin!\u201d \u2013 deb ko\u2019rsatma beradi. 31 avgust juma kuni Sulton Husayn Boyqaro O\u2019lang-nishindan ko\u2019chib, 3 sentabr dushanba kuni Bog\u2019i Jahonoroga qadam qo\u2019yadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Farmon yetib borgach, Badiuz-Zamon Mirzo G\u2019ur viloyatidan Seyistonga jo\u2019naydi. Seyistonning sobiq hukmdori Muhammad Ma\u2019sum Mirzo esa Hirotga qaytib keladi. Sulton Husayn Boyqaroning ikkinchi o\u2019g\u2019i Shohg\u2019arib edi. U 1471 yil Hirotda tug\u2019ilgan, onasi Hadicha begim edi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishicha, Shohg\u2019arib Mirzo bukri bo\u2019lib, siyrati xiyla ko\u2019rimsiz bo\u2019lgan. Garchand gavdasi notavon va ko\u2019rimsiz bo\u2019lsa-da, tabiati chiroyli, lafzi pok, so\u2019zlari yoqimli bo\u2019lgan. Uning she\u2019riyatga ixlosi baland edi. O\u2019zi ham \u201cG\u2019aribiy\u201d taxallusi bilan turkiy va forsiy g\u2019azallar bitardi. Devon ham tartib qilgan edi. Quyidagi baxt Shohg\u2019arib Mirzo qalamiga mansubdir:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Dar guzar didam pariro\u2019yi shudam devonaash,\nChist nomi o\u2019, kujo boshad nadonam xonaash.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Mazmuni; O\u2019tarda bir pariro\u2019yni ko\u2019rib, shaydosi bo\u2019ldim, uning nomi nima bilmdim, uyi qayerda ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 mutafakkir Alisher Navoiy o\u2019zining \u201cMajolisun-nafois\u201d nomli asarida Shohg\u2019arib Mirzoni quyidagicha ta\u2019riflaydi: \u201cShohg\u2019arib Mirzo \u2013 sho\u2019x ta\u2019bliq va mutasarrif (fikri ravonlik) zehnlik, nozik taxayyulluq (xayol qilmoq) va daqiq (nozik) taaqqulluq (fikr yurituvchi) yigitdur. Nazm va nasrda naziri yo\u2019q va mutaxayyila (chuqur xayol etish) va hofizada (xotira quvvasi) adili (tengi) noma\u2019lum. Ov va qush xotiriga marg\u2019ub (ma\u2019qul) va qurro (qiroat qilish) va o\u2019qish ko\u2019nglig\u2019a mahbub. <\/p>\n\n\n\n<p>Bu matla\u2019 aning dururkim:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Qaysi bir gulchehra ul gul bargi nadonimcha bor,\nQaysi bir shamshod qad sarvi xiromnimcha bor.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Bu matla\u2019 dag\u2019i yaxshi voqi\u2019 bo\u2019libturkim:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Tarki mehr aylab agarchi bo\u2019ldi jonon o\u2019zgacha,\nTo tirikmen qilmog\u2019imdur ahdu paymon o\u2019zgacha\u2026\u201d\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Hirot shaharining hokimligini Shohg\u2019arib Mirzoga in\u2019om qilgan edi. U bir necha muddat davomida mazkur mansabda qoyim bo\u2019lib, 1496 yilda vafot etadi. Shohg\u2019arib Mirzoning jasadini Gozurgohning o\u2019ng tomonidagi hujralardan biriga dafn etadilar. Qabri ustiga yuksak san\u2019at obidasi bo\u2019lmish \u201cSangi haft qalam\u201d \u2013 qora marmar qabr toshi o\u2019rnatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning uchinchi o\u2019g\u2019li Abduturob Mirzo edi. U 1472 yil Hirotda Minglibiy Og\u2019acha begimdan tug\u2019ilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo Abuturob Mirzo haqida shunday yozadi: \u201cBurunlar andin xili rushdi (yaxshi, yetuklik) rivoyat qilurlar edi. Otasining behuzurligi ortganda o\u2019zgacha xabar eshitib, inisi Muhammad Husayn Mirzo bila qochib Iroqqa bordi. Iroqda sipohiylikni tark qilib, darveshlik ixtiyor qilibtur, yana andin xabari topilmadi. Bir o\u2019g\u2019li bor edi Suxrob Mirzo otliq. Men Hamza Sulton bila Mahdi Sulton boshlig\u2019 sultonlarni bosib, Hisorni olg\u2019onda, mening qoshimda edi. Bir ko\u2019zi ko\u2019r edi. G\u2019arib badhay\u2019at (xunuk ko\u2019rinishli, yomon shaklli) edi. Axloqi ham hay\u2019atidek edi. Bir bee\u2019tidolliq (me\u2019yordan ortiqcha harakat) qildi, tura olmadi, ketdi. Astrobod navohisida bir bee\u2019tidollig\u2019idin Najim Soniy azob bila o\u2019lturdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Abul Muhsin Mirzo, 1472 yilda Hirotda tug\u2019ilgan edi. Uning ukasi Muhammad Muhsin (Kepak Mirzo) Mirzo 1472 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib, bu ikki shahzodaning onasi Latifa Sulton Og\u2019acha begim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro o\u2019g\u2019li Abul Muhsin Mirzoga Marv viloyatining hokimligini, Muhammad Muhsin Mirzoga esa Obivard viloyatini in\u2019om qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Mo\u2019min Mirzoning fojiali o\u2019limidan so\u2019ng, shahzodalar Hadicha begimning makkorona kirdikorlaridan nafratlanib, o\u2019z otalariga bo\u2019lgan ixlos va e\u2019tiqodlari susayib yovlasha boshlaydilar. Jumladan Abul Muhsin Mirzo o\u2019z ukasi Muhammad Muhsin Mirzo bilan maslahatni bir joyga qo\u2019yib, shahanshohga qarshi bosh ko\u2019taradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xabar 1498 yil sentabr oyida Hirotga yetib kelgach, Sulton Husayn Boyqaro amir Quvomiddin Hasan Sorimiyni Abul Muhsin Mirzo huzuriga yo\u2019llarkan: \u201cShahzodaga pandu nasihatlar qiling, toki muxolifat yo\u2019lidan qatib, itoat kamarin beliga bog\u2019lab, ukasi Muhammad Muhsin Mirzoni ham isyondan qaytarsun\u201d, &#8211; deb topshiriq beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Quvomiddin Hasan Sorimiy shahzoda huzuriga borib, isyondan vujudga kelajak jarohatlar haqida ko\u2019p timsollar keltirib, nasihat qiladi. Ammo shahzoda amir Quvomiddin so\u2019zini e\u2019tiborsiz qoldiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Noiloj, 1498 yil 19 dekabrda Sulton Husayn Boyqaro Marvga \u2013 Abdul Muhsin Mirzoga qarshi qo\u2019shin tortadi. Ayni vaqtda Haydar Muhammad Mirzo va amir Shayx Ahmad Suhayli boshliq qo\u2019shinni Muhammad Muxsin Mirzoga qarshi Obivardga jo\u2019natadi. Shahanshoh Marvni qamal qiladi. Shahar mudofaarchilarning jonbozligi tufayli qamal uch-to\u2019rt oyga cho\u2019zilib, har ikki tomon ham holdan toyadilar va sulhga moyillik bildiradilar. Nihoyat Abul Muhsin Mirzoning xohishiga binoan, shahanshoh ulug\u2019 amir Alisher Navoiyning ukasi amir Darvesh Alini shahzoda huzuriga elchi qilib jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Darvesh Ali shahzodadan bo\u2019lajak sulhning shart-sharoitlari haqida so\u2019raganda, shahzoda \u201cPadari buzrukvorimiz gunohimizni kechirib, shaharni qamaldan ozod etsalar hamda qo\u2019shinlarini Saraxs tomon olib ketsalar, Alhol men isyondan voz kechib, isyon kamarin belga bog\u2019ab, o\u2019z ixtiyorim bilan Hirot dorussaltanasiga borsam\u201d, &#8211; deydi. Amir Darvesh Ali shahanshoh huzuriga kelib, shahzodaning iltimosini bayon qiladi. Bu taklif shahanshohga maqul bo\u2019lib, 1499 yil bahorida ota-bola o\u2019rtasida sulh bitimi imzolanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Muhammad Muhsin Mirzoga qarshi jo\u2019natilgan qo\u2019shin mag\u2019lubiyatga uchrab, noumid qaytib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Marv qamalini bo\u2019shatib, Saraxs tomon yurgach, shahzoda Abul Muhsin Mirzo Marvni o\u2019z yaqin kishilaridan biriga topshirib, o\u2019zi ukasi shahzoda Muhammad Muhsin Mirzo huzuriga \u2013 Obivardga jo\u2019naydi. Muhammad Muhsin Mirzo akasi Abul Muhsin Mirzoni ehtirom bilan kutib oladi. Aka-uka shahzodalar ittifoq tuzib, otalariga qarshi ikkinchi marta bosh ko\u2019taradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Bobo Hoki mavzeida isyon xabarini eshitadi. Hirot shahrining dorug\u2019asi (boshlig\u2019i) Ahmad Mirzo (1499 yil) vafot etganligi tufayli o\u2019rniga yangi dorug\u2019a tayinlash lozim edi. Binobarin, shahanshoh amir Muboriziddin Muhammad Valibekni Hirot shahrining dorug\u2019asi mansabiga tayinlab, uni Hirotga jo\u2019natadi. O\u2019zi darhol qo\u2019shinni jamlab, xudbin o\u2019g\u2019illarinig adabini berib qo\u2019yish uchun Obivardga yuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aka-uka shahzodalar 5-6 ming otliq askar to\u2019plab, jangga tayyorlanadilar. Shahanshohning katta qo\u2019shin kelayotgan xabarini eshitishgach, o\u2019z qo\u2019shinlarini shahar tashqarisiga olib chiqib, Niso shahari tomon yuraboshlaydilar. Bu xabarni eshitgan shahanshoh isyonkor o\u2019g\u2019illarini jangdan qochayabdi deb gumon qilib, Muzaffar Husayn Mirzo, Haydar Muhammad Mirzo, Ibn Husayn Mirzo va amir Shujo\u2019iddin Muhammad Burunduq barloslarni \u201cqochoq\u201d shahzodalar ketidan quvlab borib qo\u2019ga olishni buyuradi va o\u2019zi keyindan boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo \u201cqochoq\u201d shahzodalar Xalvo chashma mavzeiga yetganlarida, to\u2019satdan orqaga burilib, shahanshohning ilg\u2019or qo\u2019shiniga hujum qiladilar. Ko\u2019p o\u2019tmay, Haydar Muhammad Mirzo va Ibn Husayn Mirzo jangga bardosh berolmay jang maydonini tashlab qochadilar. Muzaffar Husayn Mirzo ham qochishga taraddudanib turgan asnoda Sulton Husayn Boyqaroning o\u2019zi yetib kelib jangga kiradi. Shundan so\u2019ng zafar shabadasi shahanshoh tomondan esib, Abul Muhsin Mirzo va Muhammad Muhsin Mirzolar mag\u2019lubiyatga uchraydilar. Abul Muhsin Mirzo Marvga va Muhammad Muhsin Mirzo esa Astrobodga qochadilar. Sulton Husayn Boyqaro esa shahzoda Muhammad Muhsin Mirzoni ta\u2019qib qilib, Astrobod tomon yo\u2019l oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning kelayotgan xabarini eshitgan Muhammad Husayn Mirzo o\u2019z birodari Muhammad Muhsin (Kepak Mirzo) Mirzo hamda arkoni davlati bilan kengashib, Astrobodni tashlab terek daryosidan o\u2019tib, turkmanlar hududiga o\u2019tishga qaror qiladi. Yo\u2019lda Muhammad Muhsin Mirzo Muhammad Husayn Mirzodan ajralib, Xuroson tomon yo\u2019l oladi. U akasi Abul Muhsin Mirzo huzuriga borib, bo\u2019lgan voqealarni batafsil hikoya qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Astrobodga kirgach, shahzoda Muhammad Muhsin Mirzoni Marvga borgan xabarini eshitadi. Shundan so\u2019ng shahanshoh Mashhad hokimligini shahzoda Muhammad Muhsinga in\u2019om etilgani haqida nishon xat yozdirib jo\u2019natadi. Shahzoda Muhammad Muhsin Mirzo nishon xatni olgach, benihoya shodlanib, Mashhadga keladi va umrining oxirigacha itoatdan bosh to\u2019lg\u2019amaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1500 yil iyul oyida Muhammad Muhsin Mirzo birodari Muhammad Husayn Mirzoni Isfaroinga hujum qilganini eshitib, fursatni g\u2019animat bilib, Mashhaddan chiqib, Nis ova Obivard viloyatlariga qo\u2019shin tortadi. Ammo avgust oyida otasi shahanshohni Astrobodga bostirib kirgani hamda Muhammad Husayn Mirzoni Terek daryosi tomon qochgan xabarini eshitgach, o\u2019zining sodiq itoatkor ekanini izhor etish uchun shahanshoh huzuriga elchilar yuboradi. Shahanshoh bu xabardan bag\u2019oyat shod bo\u2019lib, shahzoda bilan ko\u2019rishmak orzusida ekanini izhor etadi. Shahanshoh shahzodaning yo\u2019llarda ko\u2019p to\u2019xtamaslikni, ehtiyotkorlik bilan yurishni, toki birodari Muhammad Husayn Mirzo changaliga tushib qolmaslikni elchilarga ta\u2019kidlab jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo taqdir taqozosi bilan Kepak Mirzo yo\u2019lda Muhammad Husayn Mirzo qo\u2019shiniga duch kelib, barcha boyligidan ajralib, o\u2019rovdan chiqib qochadi. Nihoyat Muhammad Muhsin Mirzo Sari puli Sangin mavzeida otasi shahanshoh bilan yuz ko\u2019rishadi. Shahzoda avvalgi qilgan xatti-harakatlari uchun uzr so\u2019rab, shahanshoh huzurida tiz cho\u2019kadi. Sulton Husayn Boyqaro Kepak Mirzoning sadoqatini yuksak baholab, Tus, Mashhad, Obivard va Niso viloyatlarini unga in\u2019om qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning oltinchi o\u2019g\u2019li Muzaffar Husayn Mirzo edi. U 1473 yil Hirotda tug\u2019ilgan, onasi Hadicha begim edi. Muzaffar Husayn Mirzo tabiatan xudbin, o\u2019jar va tantiq edi. Shunga qaramay, Sulton Husayn Boyqaroning eng suyukli o\u2019g\u2019li edi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo uning haqida \u201cagarchi xili suygidek axloq va af\u2019oli ham yo\u2019q edi\u201d deb yozgan edi. Binobarin shahanshohning boshqa o\u2019g\u2019illari shu boisdan otalariga yovlashadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Muzaffar Husayn Mirzoning onasi Hadicha begim erining o\u2019g\u2019liga bo\u2019lgan muhabbati va e\u2019tiqodidan foydalanib, qanday bo\u2019lmasin Muzaffar Husayn Mirzoni taxtga valiahd qilib tayinlatmoq fikrid edi. 1497 yilda Sulton Husayn Boyqaro Astrobod viloyatini Muzaffar Husayn Mirzoga in\u2019om qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo 1498 yilning yoz oylarida Muhammad Husayn Mirzo Astrobodga to\u2019satdan hujum qilib, Astrobod viloyatini o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Muzaffar Husayn Mirzo birodari bilan bo\u2019lgan jangda yengilib, Sabzavor viloyatiga qarab ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro shahzoda Muhammad Husayn Mirzoga qarshi Astrobodga yurish qilish niyati bo\u2019lsa-da, biroq mamlakatda ketma-ket vujudga kelayotgan isyonlar bunga yo\u2019l bermasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni vaqtda Badiuz-Zamon Mirzo o\u2019z qayinotasi amir Zunnun arg\u2019un bilan birga lashkar tortib, Hirotga yaqinlashadilar. Hirot xarf ostida qolgan edi. Ammo ulug\u2019 amir Alisher Navoiy va amir Muboriziddin Muhammad Valibeklar shaharni mudofaaga tayorlaydilar. Shahzoda Muhammad Ma\u2019sum Mirzo boshchiligida qo\u2019shin tartibga solinadi. Bu paytda amir Zunnun arg\u2019unning qo\u2019shini Hirot atrofidagi qishloqlarni talashga kirishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Muboriziddin Muhammad Valibek shahzoda Muhammad Ma\u2019sum Mirzo boshchiligidagi qo\u2019shin bilan shahardan tashqariga chiqib, dushman bilan jang qiladilar. Kuchlar teng emas edi.&nbsp; Binobarin, Hirot avvalgidek xavf-xatar ostida kun kechirardi. Bunday vaziyat qirq kunga yaqin davom etadi. Nihoyat Sulton Husayn Boyqaroning Astroboddan kelayotgan xabari ma\u2019lum bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu paytda Badiuz-Zamon Mirzo O\u2019lang-nishinda turardi. Shahanshohning kelayotgan xabari ma\u2019lum bo\u2019lgach, ulug\u2019 amir Alisher Navoiy Badiuz-Zamon Mirzoga elchilar yuborib, avvalo padari buzrukvorga nisbatan isyon ko\u2019tarib, yog\u2019i bo\u2019lmoq gunogi azim ekanligini yana bir marta ta\u2019kidlab, hech bo\u2019lmaganda shahanshohning yo\u2019lini to\u2019smaslik, toki ko\u2019z-ko\u2019zga tushib, ko\u2019ngul Mulki abadul-abad xira tortmasligi chorasini ko\u2019rmaklik lozim lobud ekanligini iltimos qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ziyrak shahzoda Badiuz-Zamon Mirzo ulug\u2019 amir Alisher Navoiyning samimiy maslahatini darhol qabul qilib, O\u2019lang-nishin o\u2019rdugohidan ko\u2019chib, Murg\u2019ob daryosi qirg\u2019og\u2019iga borib to\u2019xtaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Hirotga yetib kelgach, o\u2019g\u2019li Badiuz-Zamon Mirzoga qarshi jang tadorigini ko\u2019ra boshlaydi. Ammo jang qilish uchun salohiyati nochor edi, chunonchi askarlar uzoq masofadan horib kelgan, otlar esa charchagan edi. Binobarin, shahanshoh ulug\u2019 amir Alisher Navoiy bilan mashvarat qilib, sulhga moyillik bildiradi. Nihoyat Badiuz-Zamon Mirzo bilan sulh tuziladi. Bitimga ko\u2019ra Balx viloyati hamda Amudaryodan to Murg\u2019obgacha bo\u2019lgan yerlar Badiuz-Zamon Mirzo tasarrufiga o\u2019tadi. Shuningdek, xutbada Sulton Husayn Boyqro nomi bilan birga Badiuz-Zamon Mirzo nomi ham qo\u2019shib o\u2019qiladi. Shu voqeadan so\u2019ng, xatto amir Xusravshoh ham Badiuz-Zamon Mirzo hukmronligini tan olib, Qunduz, Baqlon, Termiz, Qubodiyon, Hisori Shodmon, Xuttalon va Badaxshonda uning nomini xutbaga qo\u2019shib o\u2019qitish hamda pul zarb qilishga rozi bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo Balxga qarab borgach, Balxning sobiq hukmdori shahzoda Ibrohim Husayn Mirzo Hirotga qaytadi. Badiuz-Zamon Mirzo Balxga o\u2019rnashgach, Seyiston viloyatining hokimligini amir Zunnun arg\u2019unning ukasi amir Sulton Ali arg\u2019unga havola etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning yettinchi o\u2019g\u2019li Muhammad Husayn Mirzo 1476 yilda Hirotda tug\u2019ilgan, onasi Minglibiy Og\u2019acha begim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Husayn Mirzo otasi shahanshohning betoblik paytida o\u2019z akasi shahzoda Abuturob Mirzo bilan til biriktirib, Iroq va Ozarboyjon nochor ahvolda kun kechiradilar. Uning haqida Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo shunday yozadi: \u201cIroqda muni va Shoh Ismoilni bir yerda band qilg\u2019on ekandurlar. Ul vaqt anga murid (Shoh Ismoilga \u2013 T.F.) bo\u2019lib ekandur, so\u2019ngra g\u2019aliz rofiziy bo\u2019lib edi. Bovujudkim, ota-og\u2019a-inisi bori sunniy, bu mundoq rofiziy. Astrobodda o\u2019shul gumrohlik va batolat bila o\u2019ldi. Ani xili mardona va bahodir derlar edi. Hech andoq shi zohir bo\u2019lmadikim, bitmakka loyiq bo\u2019lg\u2019ay. Tab\u2019 nazmi bor ekandur. Bu bayt aningdurkim:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Oludai gardi zi payi saydki gashti,\nG\u2019arqi araqi dar dili garmiki guzashti\u201d.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Mazmuni:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Ov ketidan yurganding, garding bulg\u2019anibsan,\nHaroratli qalbing terig g\u2019arq bo\u2019lib o\u2019tibsan.\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Nihoyat, Oq quyunlilar saltanatiga putur yetgach, shahzoda Muhammad Husayn Mirzoning tole\u2019 yulduzi porlaydi. 1497 yil kech kuzda Muhammad Husayn Mirzo otasi shahanshohga elchi yuborib, vatani Xurosonga kelish ishtiyoqida ekanligini izhor qiladi. Shahanshoh o\u2019g\u2019lining qaytishidana shodlanib, unga maktub jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu asnoda shahanshohning yaqin kishilaridan biri oliy dargohga kelib, \u201cshahzoda Muhammad Husayn Mirzo bu yerga yaxshi niyat bilan emas, balki badandeshalik bilan kelayotir\u201d, &#8211; deb xabar qiladi. Bu noxush xabarni eshitgan shahanshoh amir Muboriziddin Muhammad Valibek, amir Umarbek va amir Bobo Alilarni ikki ming otliq askar bilan shahzodaning istiqboliga yuboradi. Shuningdek, amirlarga \u201cagar iloji bo\u2019lsa shahzodni qurolsizlantirib olib kelinglar\u201d,-deb farmon beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amirlar Mashhadga kelganlarida u tomondan shahzoda ham o\u2019z qo\u2019shini bilan shaharga yaqinlashadi. Ammo ba\u2019zi bir kishilar amirlarning qora niyatlarini shahzoda Muhammad Husayn Mirzoga yetkazadilar. Shahzoda bu xabardan xavotirga tushib, Mashhadda to\u2019xtamay, darhol Jurjonga qarab yo\u2019l oladi. Shahzodaning Mashhaddan Jurjon tomonga qochgan xabarini eshitgan shahanshoh amirlarga mazkur ikki ming sipoh bilan Astrobod viloyatiga borib, Muzaffar Husayn Mirzoga qo\u2019shilib, birgalikda Muhammad Husayn Mirzo ustiga yurishni buyuradi. Shahanshoh amriga muvofiq, amirlar Astrobodda Muzaffar Husayn Mirzo bilan birlashib, Astrobod viloyatining tuman va qishloqlarini xarobaga aylantirayorgan Muhammad Husayn Mirzoga qarshi yurish boshlaydilar. Muzaffar Husayn Mirzo va amirlarning mardona hakarati natijasida, Muhammad Husayn Mirzoning qo\u2019shini batamom parokandalikka uchrab, o\u2019zi turkmanlar tomoniga qochib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1498 yil avgust oyining o\u2019rtalarida Muhammad Husayn Mirzo katta qo\u2019shin to\u2019plab, Astrobodga ikkinchi marta hujum qiladi. Astrood hukmdori Muzaffar Husayn Mirzo birodari Muhammad Husayn Mirzoga qarshi qo\u2019shin bilan shahar tashqarisiga chiqadi. Ammo, o\u2019sha asnoda Muzaffar Husayn Mirzo mijozida zaiflik vujudga kelib, dam-badam xushdan ketib, nihoyat o\u2019zini o\u2019nglay olmay qoladi. Holbuki, Muhammad Husayn Mirzoning qo\u2019shini shitob bilan shaharga yaqinlashib kelmoqda edi. Muzaffar Husayn Mirzoning betobligi tufayli boshliqsiz qolgan qo\u2019shin parokandalikka uchrab, jang maydonini tashlab qocha boshlaydi. Muhammad Husayn Mirzo esa shaharni osongina qo\u2019lga kiritadi. Muzaffar Husayn Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan Sabzavorga chekinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu noxush xabarni eshitgan Sulton Husayn Boyqaro 1498 yil oktabrning o\u2019rtalarida amir Muhammad Burunduq barlos va amir Kamoliddin Husayn jaloyirni Muzaffar Husayn Mirzoga ko\u2019mak berish uchun Sabzavorga jo\u2019natadi. Shahanshohning o\u2019zi ham Astrobod yurishiga taraddudlanib turgan paytida, Marv hukmdori shahzoda Muhammad Muhsin (Kepak Mirzo) Mirzolarning isyon ko\u2019targanliklari haqida xabarni eshitgach, Astrobodni qo\u2019yib, Marvga qarab lashkar tortadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Husayn Mirzo Astrobod viloyatiga o\u2019rnashib oladi. Oradan bir yil o\u2019tgach, 1499 yil yozida Xalvo chashma jangida yengilib, Astrobodga qochgan shahzoda Muhammad Muhsin Mirzoni ta\u2019qib qilib kelayotgan shahanshoh xabarini eshitgan shahzoda Muhammad Husayn Mirzo zudlik bilan Astroboddan chiqib Terek daryosini kechib, turkmanlar hududiga qochib o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro Astrobodda 15 kun turadi. Shu asnoda Hirot dorug\u2019asi amir Muboriziddin Muhammad Valibekdan chopar kelib, Badiuz-Zamon Mirzoning yana bosh ko\u2019targani va endi Hirotga xavf solayotganini arz qiladi. Shahanshoh bu noxush xabarni eshitgan zahoti Astrobod viloyatini Muhammad Husayn Mirzoga in\u2019om qilgani haqida nishon xati yozdirib, muhrlab mavlono Shamsuddin Ali Shoh orqali Muhammad Husayn Mirzo huzuriga jo\u2019natadi. O\u2019zi esa shahzoda Muhammad Husayn Mirzo kelishini kutmay, Astrobodni vaqtincha amir Badriddin ixtiyoriga topshirib, Badiuz-Zamon Mirzo isyonini bartaraf qilish uchun shoshilinch ravishda Hirotga jo\u2019naydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mavlono Shamsuddin Ali Shoh shahzoda Muhammad Husayn Mirzo qarorgohiga borib, shahanshohning inoyatnomasini topshiradi. Shahzoda bu iltifotdan bag\u2019oyat xushnud bo\u2019lib, Astrobodga qaytib kelib, hukmronlikni davom etdiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Muhammad Husayn Mirzo Astrobod viloyatiga mustahkam o\u2019rnashib olgach, endilikda faqat Astrobod bilan qanoatlanmay, balki yangi-yangi viloyatlarni o\u2019z tasarrufiga kiritish xayoliga tushadi. Binobarin, 1500 yil iyul oyida Isfaroyin tarafiga hujum boshlaydi. Isfaroyin hukmdori amir Badriddin shahanshohning ixlosmand yanqin kishilaridan bo\u2019lganligi tufayli, shahzoda Muhammad Husayn Mirzoga itoat qilishdan ko\u2019ra jang qilishni afzal ko\u2019radi. Ammo amir Badriddinning qo\u2019shini juda oz edi. Shunga qaramay, shahanshohning ishonchini oqlab, shahzodaga qarshi jang boshlaydi. Jang asnosida shahzoda qo\u2019shinlari amir Badriddin qo\u2019shinini o\u2019rab olib, qirib tashlaydilar. Amir Badriddin ham jang maydonida halok bo\u2019ladi. Amir Badriddinning halok bo\u2019lgan xabarini eshitgan Muzaffar Husayn Mirzo Sabzavordan ukasi Muhammad Husayn Mirzoga qarshi amir Shujo\u2019iddin Muhammad Burunduqning o\u2019g\u2019li amir Muhammad Qosim barlos boshchiligida ilg\u2019or qo\u2019shin yuboradi. Muhammad Husayn Mirzo qo\u2019shiniga esa Darvesh Muhammad Ko\u2019kaldosh boshchilik qilardi. Har ikki qo\u2019shin o\u2019rtasida qattiq jang vujudga keladi. Jang asnosida Darvesh Muhammad Ko\u2019kaldosh Muzaffar Husayn Mirzo qo\u2019shiniga ofat yetkazib, hatto amir Muhammad Qosim barlos ham oyog\u2019idan o\u2019q yeb, safdan chiqadi. Sabzavor qo\u2019shinlari jang maydonini tashlab qochadilar. Bu xabarni eshitgan Muzaffar Husayn Mirzo qaytadan jang qilishga yuragi dov bermay, orqaga qaytadi. Muhammad Husayn Mirzo esa Nishopur viloyatigacha bosib kelib, shahar va qishloq aholisini ayovsiz ravishda talaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro noahil, isyonkor o\u2019g\u2019illarining qilmishlaridan g\u2019azanlanib, 1500 yil avgust oyida Hirotni ulug\u2019 amir Alisher Navoiy bilan amir Muboriziddin Muhammad Valibek ixtiyoriga topshirib, o\u2019zi mahofada katta qo\u2019shinga bosh bo\u2019lib, Astrobodga jo\u2019naydi. Yo\u2019lda Muzaffar Husayn Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan kelib shahanshoh qo\u2019shiniga qo\u2019shiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning katta qo\u2019shin bilan kelayotgan xabarini eshitgan shahzoda Muhammad Husayn Mirzo shahanshoh qo\u2019shiniga bardosh berolmasligini sezib, Astrobodni tashlab yana Terek daryosi tomon qochadi. Shahanshoh Astrobodga kirib, osoyishtalik o\u2019rnatib, 3-4 kun qo\u2019shinga dam beradi. Shu asnoda Muhammad Husayn Mirzo shahanshohga qarshi qilgan xatti-harakatlaridan afsuslanib, uzr so\u2019rab elchilar yuboradi. Shahanshohning farzandi arjumandiga nisbatan otalik mehri jo\u2019sh urib, yana Jurjon mulkini Muhammad Husayn Mirzoga in\u2019om qilib, Hirotga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning Astrobod yurishidn zafar bilan qaytish xabari Hirotga yetib kelgach, odatga ko\u2019ra, arkoni davlat, barcha yaqin kishilar shu jumladan, ulug\u2019 amir Alisher Navoiy shahanshoni kutib olish uchun Xo\u2019ja Abbos mavzeiga peshvoz chiqadilar. Amir Alisher Navoiy shahanshoh bilan ko\u2019rishaturib, holsizlanib xushdan ketadi. Uni maxsus mahofaga solib shaharga olib ketadilar. Amir Alisher Navoiyga tabiblarning muolajasi foyda bermay, ikki kun xushsiz yotib, 1501 yil 3 yanvar yakshanba kuni tongda olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1503 yilda Faridun Husayn Mirzo ov qilish bahonasi bilan Hirotdan chiqib, Astrobodga qochib boradi. Astrobod hukmdori Muhammad Husayn Mirzo ukasi Faridun Husayn Mirzoni yuksak iltifotlar bilan kutib oladi. Ammo ko\u2019p o\u2019tmay, Muhammad Husayn Mirzo hasba (qora bezgak) kasaliga chalinib, 1503 yilda 28 yoshida olamdan o\u2019tadi. Uning o\u2019rniga Faridun Husayn Mirzo o\u2019tiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Faridun Husayn Mirzo shahanshohning sakkizinchi o\u2019g\u2019li, 1478 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Minglibiy Og\u2019acha begim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Faridun Husayn Mirzo haqida Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo shunday yozadi: \u201cYoyni kuchluk tortib, o\u2019qni yaxshi otar edi. O\u2019zi xiyla mardona edi, vale feruzjang (mohir jangchi) emas edi. Har yerdakim urushdi mag\u2019lub bo\u2019ldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Xondamirning yozishiga qaraganda, Faridun Husayn Mirzo Domg\u2019on qal\u2019asidan qutulib chiqqach, turkmanlar orasiga ketadi. 1509 yilda Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa qo\u2019shin tortganda, Faridun Husayn Mirzo fursatdan foydalanib, bir oz qo\u2019shin bilan Xuroson hududiga kirib, Kelot qal\u2019asini qo\u2019lga kiritadi. Bu xabarni eshitgan Marv hokimi Qanbarbiy barcha o\u2019zbek (shayboniy) askarlarini yig\u2019ib kelib, Kelot qal\u2019asini muxosara qiladi. Faridun Husayn Mirzoning qo\u2019shini kam bo\u2019lgani tufayli, qal\u2019ani saqlab qolishga ojizlik qiladi va jang asnosida dushman qo\u2019liga tushib, 32 yoshida qatl qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning to\u2019qqizinchi o\u2019g\u2019li Haydar Muhammaad Mirzo 1479 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Poyanda Sulton begim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshoh bu o\u2019g\u2019liga avval Mashhad viloyatining hokimligini bergan edi. Keyinchalik Balxda hukmronlik qilgan. Shahanshoh Hisorni muxosara qilganda, Sulton Mahmud Mirzoning Xonzoda begim ismli xotinidn tug\u2019ilgan qizi \u2013 Bekabegimni Haydar Muhammad Mirzoga nikoh qilgach, Hisor qamalini bo\u2019shatib sulh tuzib qaytgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xondamirning yozishicha, Haydar Muhammad Mirzo 1502 yilda o\u2019z ajali bilan 26 yoshida vafot etadi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishiga qaraganda, Haydar Muhammad Mirzodan Shodibegim ismli bir qiz qolgan edi. Xurosonni Shayboniylar zabt etgach, Shodibegim Kobulga \u2013 Bobur Mirzo huzuriga keladi. Kobulda Bobur Mirzo maslahati bilan Shodibegim Odil Sultonga turmushga chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning o\u2019ninchi o\u2019g\u2019li Muhammad Ma\u2019sum Mirzo 1476 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Popo Og\u2019acha begim edi. Shahanshoh bu o\u2019g\u2019liga Qandahor viloyatining hokimligini in\u2019om qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xondamirning yozishicha, 1490 yil 3 fevralda Kobul hukmdori Ulug\u2019bek Mirzo Kobuliyning qizini Muhammad Ma\u2019sum Mirzoga nikoh qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishiga qaraganda, Muhammad Ma\u2019sum Mirzo o\u2019z aka-ukalariga qaraganda iqtidorsizroq bo\u2019lgan. Garchi Qandahorning hokimi bo\u2019lsa-da, biroq hukumat ishlari amir Zunnun arg\u2019unning o\u2019g\u2019li Shohbek arg\u2019unning qo\u2019lida bo\u2019lgan. Shahzodada esa hech qanday ixtiyor bo\u2019lmagan. Binobarin, Muhammad Ma\u2019sum Mirzo Qandahorda turaolmay, Xurosonga qaytib keladi. 1501 yil sentabr oyida jigar va ichburug\u2019 kasali bilan 26 yoshid olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning o\u2019n birinchi o\u2019g\u2019li Ibrohim Husayn Mirzo 1478 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Popo Og\u2019acha begim edi. Shahanshoh bu o\u2019g\u2019liga avval Balx hukmdorligini beradi. Ammo davlat ishlari ulug\u2019 amir Alisher Navoiyning ukasi amir Darvesh Alining qo\u2019lida edi. 1490 yilda amir Darvesh Ali Balxda hokimiyatni butunlay o\u2019z qo\u2019liga olish va shahzoda Ibrohim Husayn Mirzoni chetlashtirish maqsadida qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019taradi. Ammo qo\u2019zg\u2019olon Xo\u2019ja G\u2019iyosiddin Muhammad Dehdor tomonidan tinch yo\u2019l bilan bostiriladi. Amir Darvesh Ali Hirotga jo\u2019natiladi. Shahanshoh uning gunohini kechiradi. Shundan so\u2019ng shahanshoh o\u2019z qo\u2019shini bilan Balxga borib, 1491-1492 yil qish mavsumini o\u2019sha yerda o\u2019tkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyinchalik, Qoyin viloyati shahzoda Ibrohim Husayn Mirzoga suyurg\u2019ol qili beriladi. Ammo shahzoda keyingi paytlarda aysh-ishratga berilib, sharobxo\u2019rlikni avjiga chiqaradi. U kecha-kunduz ichishdan tashqari hatto nahorga ichishni ham odat qilaadi. Natijada 1504 yilda o\u2019nglamaydigan bedavo kasalga chalinib, 1505 yil mart oyida 27 yoshida olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning o\u2019n ikkinchi o\u2019g\u2019li Farruh Husayn Mirzo 1480 yilda Hirotda tug\u2019ilgan edi. Onasi Popo Og\u2019acha begim edi. Shahzoda Farruh Husayn Mirzo 1503 yilda 23 yoshida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning o\u2019n uchinchi o\u2019g\u2019li Ibn Husayn Mirzo edi. U 1488 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Popo Og\u2019acha begim edi. Ibn Husayn Mirzo barcha shahzodalardan yoshrog\u2019i bo\u2019lsa-da, jasur va shijoatli edi. Jangu jadalda akalaridan qolishmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1502 yili Losh qal\u2019asining boshlig\u2019i Hojam Hojilar Seyiston hukmdori amir Sulton Ali arg\u2019un bilan nizolashib, Sulton Husayn Boyqaroga arz qilib, \u201cagar shahanshoh shahzodalardan birini Seyistonga yuborsalar, bu viloyat osonlik bilan tasarruflariga kirishi muqarrardir\u201d, &#8211; deydi. Binobarin, Sulton Husayn Boyqaro shahzoda Ibn Husayn Mirzoga 2000 askar berib, Nimruz viloyatiga jo\u2019natadi. Ibn Husayn Mirzo Seyiston chegarasiga kirib lashkargoh quradi. Bu xabar amir Zunnun arg\u2019unga yetgach, u o\u2019z o\u2019g\u2019li Shujo\u2019bek bilan barcha arg\u2019un qo\u2019shinini yig\u2019ib, shahzoda Ibn Husayn mirzoga qarshi yuradi va tong saharda shahzodaning lashkargohini o\u2019rab oladi. Bu paytda shahzoda halo noz uyquda bo\u2019lib, qo\u2019shini har yer-har yerda dam olmoqda edi. Shahzodaning yonida faqat uch yuzga yain askar bor edi. Shahzoda o\u2019rovdan chiqish uchun uch yuz askar bilan jangga kiradi. Biroq yalanib, o\u2019rovdan arang chiqib, jang maydonini tashlab, Hirotga qochadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1504 yilda Ibrohim Husayn Mirzo vafot etgach, uning tasarrufida bo\u2019lgan Qoin viloyatini Ibn Husayn Mirzoga suyurg\u2019ol qilib berilgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahanshohning o\u2019n to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Muhammad Qosim Mirzo, 1488 yilda Hirotda tug\u2019ilgan. Onasi Popo Og\u2019acha begim edi. Muhammad Qosim Mirzo shahanshohning eng kichik o\u2019g\u2019li edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtga kelib o\u2019zbeklar hukmdori Muhammad Shayboniyxonning tole\u2019 yulduzi sho\u2019la socha boshladi. U 1501 yilda Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzoni qatl qildirib, Movarouhnnahrni o\u2019z tasarrufiga kiritgandi. Endilikda Muhammad Shayboniyxondek xavfli va zabardast ko\u2019lankasi Xuroson uzra soya solmog\u2019i muqarrar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Xurosonda ahvol o\u2019zgacha kechmoqda edi. Zotan mamlakat ustig og\u2019ir damlar yaqinlashib Xurosonning avvalgi shon-shuhrati so\u2019nayotgan edi. Keyingi paytlarda Sulton Husayn Boyqaroning salomatligi kundan-kun yomonlashib, kuch-quvvatdan qolayotgan edi. Shuningdek, mamlakatning ichki ahvoli ham aytarli yaxshi emas, shahanshoh bilan shahzodalar orasida vujudga kelayotgan qonli nizolar, adovat va xusumatlar saltanat poydevoriga rahna sola boshlagandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Binobarin, Sulton Husayn Boyqaro yaqinlashib kelayotgan ofatning oldini olish maqsadida, o\u2019g\u2019li Badiuz-Zamon Mirzoga o\u2019zbeklarga qarshi jang qilish majburiyatini yuklaydi. 1502 yili Badiuz-Zamon Mirzo amir Zunnun arg\u2019unga maktub yo\u2019llab, Zamindovar va Seyiston qo\u2019shini bilan yetib kelishini so\u2019raydi. Amir Zunnun arg\u2019un Zamindovar va Seyistondan qo\u2019shin to\u2019plab, shahzoda o\u2019rdugohiga kelib qo\u2019shiladi. Badiuz-Zamon Mirzo 12 ming qo\u2019shin bilan Amudaryo sohiliga kelib o\u2019rnashadi. Shundan so\u2019ng, avvalgi bitimga muvofiq Badiuz-Zamon Mirzo Hisori Shodmon hukmdori Xusravshohni tezlikda o\u2019z qo\u2019shini bilan kelib qo\u2019shilishini ta\u2019kidlab, amir Sulton Husayn, amir Zunnun va amir Abdullo Qo\u2019raquloqni elchi qilib jo\u2019natadi. Ammo amir Xusravshoh o\u2019z so\u2019zidan qaytib qo\u2019shin yubormaydi. Shundan so\u2019ng Badiuz-Zamon Mirzo yurishni davom etdirishga botinmay, Balxga qaytib keladi. Shu voqeadan so\u2019ng Badiuz-Zamon Mirzoning arkoni davlati orasida fitna va ixtiloflar vujudga kela boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1503 yilning o\u2019rtalarida Muhammad Shayboniyxon Balxga lashkar tortdi. Badiuz-Zamon Mirzo yakka o\u2019zi Muhammad Shayboniyxonga qarshi kuraolmasligini anglab, o\u2019g\u2019li shahzoda Muhammad Zamon Mirzo o\u2019z o\u2019rniga qo\u2019yib, amir Sulton Qulixonni uning mulozamatiga tayinlab, o\u2019zi shahnshoh Sulton Husayn Boyqaro huzuriga ko\u2019mak istab ketadi. Xondamirning so\u2019ziga qaraganda, Badiuz-Zamon Mirzo Muhammad Shayboniyxonning hozir Balx shahrini qamal qilib turgani, ertaga butun Xuroson muzofotiga xavf solajagini ta\u2019kidlab, otasi Sulton Husayn Boyqaro huzuriga bir necha bor maktub yo\u2019llasa-da, biroq shahanshoh o\u2019g\u2019lining so\u2019zlariga quloq solmaydi. Zero, Sulton Husayn Boyqaro o\u2019g\u2019li Badiuz-Zamon Mirzodan ko\u2019p marta dili og\u2019rigani tufayli uning so\u2019ziga e\u2019tibor bermay, o\u2019zini tag\u2019ofilga solib, ko\u2019mak berishni xayoliga keltirmaydi. Lekin Murg\u2019ob daryosining qirg\u2019oqlarida mustahkam mudofaa inshootlarini qurish uchun amir Abdullatif bilan amir Abulqosim Baxshini mutasaddi qilib jo\u2019natadi. Badiuz-Zamon Mirzo esa Chechaktu qo\u2019rg\u2019onini mustahkamlash uchun ketadi. Shuningdek, Badiuz-Zamon Mirzo Muhammad Shayboniyxonga qarshi kurashda hamjihatlik istab, Hisor hukmdori Xusravshohga maktub yuboradi. Xusravshoh o\u2019z ukasi amir Valibekni qo\u2019shin bilan shahzoda huzuriga jo\u2019natadi. Amir Valibek hali Badiuz-Zamon bilan uchrashmasidanoq, amir Umarbek turkmanga yo\u2019liqadi. Amir Umarbek turkman Shibirg\u2019on viloyatini Badiuz-Zamon Mirzodan ajratib olish vasvasasiga tushgan edi. Binobarin, amir Umarbek turkman amir Valibekning huzuriga yarim tunda kelib, go\u2019yo Badiuz-Zamon Mirzo amir Valini ushlab yo\u2019q qilish taraddudida ekanligini aytadi. Amir Valibek bu xabarni eshitgach, shahzoda huzuriga borishdan cho\u2019chib, o\u2019z qo\u2019shini bilan Qunduzga qaytib ketadi. Amir Umarbek turkman o\u2019z qo\u2019shini bilan Shibirg\u2019onga jo\u2019naydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo amir Umarbekning xiyonatidan voqif bo\u2019lgach, uni ixtilof yo\u2019lidan qaytarish uchun bir nechta marta kishilar yuborib, pandu nasihatlar qiladi, ammo foyda bermaydi. Amir Umarbek turkman o\u2019z yo\u2019lidan qaytmaydi. Shundan so\u2019ng, Badiuz-Zamon Mirzo Zamindovar hukmdori amir Zunnun arg\u2019unga elchi yuborib, tezlik bilan Shibirg\u2019onga amir Umarbek turkmanga qarshi yurishni buyurib, o\u2019zi Chechaktuga jo\u2019naydi. Zero amir Umarbek turkman ixtilofi tufayli Chechaktu qo\u2019shinida ham tartibsizliklar kuchaygan edikim, agar Muhammad Shayboniyxon qo\u2019shini bostirib kelgunday bo\u2019lsa, hech bir qarshiliksiz suvdan kechib o\u2019tishi muqarrar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Umarbek turkmanning Shibirg\u2019onga ketib qolishi hamda Badiuz-Zamon Mirzoning Chechaktuga qaytib kelish voqeasi hammaga ma\u2019lum bo\u2019ladi. Jumladan, Sulton Husayn Boyqaro ham bu xabarni eshitgach, amir Umarbekni ixtilofdan qaytarmoq hamda o\u2019jar o\u2019g\u2019li Badiuz-Zamon Mirzoni o\u2019z royishiga kiritmoq maqsadida, Murg\u2019ob daryosi tomon qo\u2019shin tortadi. Ammo shahanshoh yo\u2019l asnosida o\u2019zini noxush seza boshlaydi. Qo\u2019shin Tarnob manziliga yetganda, shahanshohning ahvoli og\u2019irlashib, dam-badam xushidan keta boshlaydi. Arkoni davlat mashvarat qilib, yurishni to\u2019xtatib, poytaxtga qaytishga qaror qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu paytda Badiuz-Zamon Mirzo Ola-Tamur tog\u2019ining etagida turardi. Otasi shahanshohning to\u2019satdan betoblanganini eshitgach, farzandlik mehri toblanib oliy o\u2019rdugohga borib, shahanshohni ziyorat qilmoq fikri tushadi. Binobarin, shahanshoh bilan muloqotda bo\u2019lib, uning xusni tavajjuhidan bahramand bo\u2019lmoqqa izn so\u2019rash uchun amir Sulton Boyazid barlosga quyidagi so\u2019zlarni ta\u2019kidlab, oliy o\u2019rdugohga elchi qilib jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar shahanshoh hazratlari bu maslak sargardonining gunohlarini avf va marhamat suvi bilan yuvib, binoan alayhi qaytadan qasd va tajovuz qilmaslik haqida Hirot dorus-saltanasindagi shahzodalar hamda sayyidlar huzurinda ahdu paymon qilsalar, toki bu gunohkor banda itoat halqasin quloqqa taqib, tobe\u2019lik ridosin bo\u2019ysiga solib, ul zoti bobarakotning shafqat va marhamatlari soyasinda abadiy orom olish baxtiga musharraf bo\u2019lsa.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Sulton Boyazid barlos Sulton Husyn Boyqaro o\u2019rdugohiga borib, shahzodaning payg\u2019omini ma\u2019lum qiladi. Shahanshoh bu mujdadan xushnud va masrur akobirlarni chaqirtirish taraddudiga tushadi. Ammo Hadicha begim boshliq bir guruh a\u2019yonlar maslahatlashib, \u201calhol shahanshohning vujudi kasaldin batamom forig\u2019 bo\u2019lgani yo\u2019q. Inchunin o\u2019rdugohda Muzaffar Husayn Mirzo ham yo\u2019qdir. Shunday nochor vaziyatda Badiuz-Zamon Mirzo bu yerga kelsa, nogahon xiyonat eshigi ochilib, saltanatni o\u2019z tasarrufiga kiritmoqg\u2019i ehtimoldan holi emasdur. Zero qo\u2019shin orasida shahzoda tarafdorlari ko\u2019pdir. Binobarin, Badiuz-Zamon Mirzoni bu yerga keltirmaslik lozim\u201d, degan qarorga keladilar va shahanshohni ham ko\u2019ndiradilar. Natijada Badiuz-Zamon Mirzoning iltimosi shahanshoh tomonidan keyinga suriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nihoyat 1504 yili sentabr oyida Karruh yonidagi G\u2019ori Abbos mavzeida Sulton Husayn Boyqaro bilan shahzoda Badiuz-Zamon Mirzo o\u2019rtasida yarash marosimi bo\u2019lib, ota-bola bir-birlari bilan yig\u2019lashib ko\u2019rishadilar. Bu marosimda Badiuz-Zamon Mirzo tomonidan amir Zunnun arg\u2019un va amir Xusravshoh ham qatnashadilar. Shahanshoh bu ikki amirni ham gunohlarini kechib, yuksak iltifotlar ko\u2019rsatadi. Shahzoda va amirlar bir necha kun shahanshoh huzurida mehmon bo\u2019ladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1505 yil fevral oyida shahanshoh Badiuz-Zamon Mirzo bilan Muzaffar Husayn Mirzoni Murg\u2019ob daryosi sohilidagi harbiy istehkomni mustahkamlash va qo\u2019shin bilan ta\u2019minlash uchun jo\u2019natadi. Toki Muhammad Shayboniyxon qo\u2019shini daryodan kechib o\u2019tishga muvaffaqq bo\u2019lmasin. Badiuz-Zamon Mirzo Murg\u2019obga jo\u2019nab ketgach, Amir Xusravshoh o\u2019z qo\u2019shini bilan Qunduzga qarab ketadi. Ammo Qunduz shahri Muhammad Shayboniyxon qo\u2019shini tomonidan musaxxar qilingan edi. Binobarin, Qunduz shahrining dorug\u2019asi o\u2019z qo\u2019shini bilan Xusravshohga qarshi hujum qiladi. Har ikki qo\u2019shin o\u2019rtasida qattiq jangu jadal bo\u2019lib, amir Xusravshohning qo\u2019shini mag\u2019lubiyatga uchrab, jang maydonini tashlab qochadi. Amir Xusravshoh esa jang maydonida asirga olinadi. Amir Xusravshohni eshakka mindirib Qunduz shahariga olib kirib, shaharni aylantiradilar. Chunki amir Xusravshoh Qunduzning sobiq hukmdori edi. Binobarin unis hu yerda qatl qiladilar. Amir Husravshoh o\u2019tkinchi dunyoning hoyu-havasiga uchib saltanat va mulkgirlik dag\u2019da\u2019gasi bilan o\u2019z valine\u2019mati, Samarqand hukmdori marhum Sulton Mahmud Mirzoning katta o\u2019g\u2019li Sulton Ma\u2019sud Mirzoning ko\u2019ziga mil tortdirib, ko\u2019r qilgan va kichik o\u2019g\u2019li Sulton Boysung\u2019ur Mirzoni bo\u2019g\u2019ib o\u2019ldirib, Hisor, Xuttlon, Baqlon va Qunduz viloyatlariga hukmron bo\u2019lgan edi. Zero alqasosul minalhaq deganlaridek, falakning gardishi bilan andak fursat o\u2019tmasdanoq intiqom xanjari o\u2019z bo\u2019g\u2019zigaa taqaladi. Bu haqda \u201cHabib us-siyar\u201dning muallifi G\u2019iyosiddin bin Humomiddin Xondamir quyidagi ibratli nazmni tarannum qilibdur:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Chu az lavhi dil shust naqshi vafo,\nBa sad mehnat va dard shud mubtalo.\nVafo kun ba kas valine\u2019mat ast,\nKi dar bevafoyi base zahmat ast.\n\nMazmuni:\n\nChunonchi, dil taxtasidan vafo naqshini o\u2019chirsa,\nYuz dardu mashaqqatga bo\u2019lur mubtalo.\nKimki valine\u2019mating bo\u2019lsa vafo qil,\nShuningdek, bevafolikda ko\u2019pdir zahmat, bil!\n<\/pre>\n\n\n\n<p>1505 yilning yoz va kuz oylarida Muhammad Shayboniyxon qo\u2019shini Maymana va Faryob viloyatlarini bosib, talon-taroj qila boshlaydilar. Sulton Husayn Boyqaro bu xabarni eshitgach, saltanat taqdiridan tashvishlanib, dushmanga qarshi kurash taraddudiga tushadi. Shuningdek, Badiuz-Zamon Mirzoning Muhammad Shayboniyxonga qarshi barcha kuch-qudratni birlashtirish borasida qilgan barcha kuch-qudratni birlashtirish borasida qilgan taklifiga o\u2019z vaqtida quloq solmaganiga afsus va nadomatlar qiladi. Darhol arkoni davlatni yig\u2019ib kengash o\u2019tkazadi. Kengashda Badiuz-Zamon Mirzoni zudlik bilan Hirotga taklif qilishga qaror qilinadi. Binobarin, shahzodaning huzuriga saroyning eng obro\u2019li a\u2019yonlaridan Xo\u2019ja Shamsuddin Muhammad Munshini elchi qilib jo\u2019natadilar. Xo\u2019ja Shamsuddin Muhammad Munshi shahzodaa huzurida shahanshohning shavqat va marhamati beqiyos hamda saxovat va muruvvati benazir ekanligini maftunkor iboralar bilan bayon qilib, shahzodani otasi shahanshoh bilan uchrashishga ko\u2019ndiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1506 yil yanvarida Badiuz-Zamaon Mirzo amir Zunnun arg\u2019unga Zamindovarga borib, qo\u2019shin to\u2019plab, avvali bahorda Murg\u2019ob daryosi sohiliga yetib kelishni buyuradi va o\u2019zi Hirotga \u2013 oliy dargohga yo\u2019l oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo Hirotga kelib, shahanshoh huzurida 20 kun turadi. Shu asnoda Muhammad Shayboniyxon qo\u2019shinining Balx, Andxo\u2019y, Shibirg\u2019on, Maymana va Faryob viloyatlarini bosib olgan xabari keladi. Shahahshoh darhol Badiuz-Zamon Mirzoni Murg\u2019ob daryosi sohiliga ilg\u2019or qilib jo\u2019natadi va o\u2019zi keyindan borishga qaror qiladi. Shuningdek, shahanshoh barcha viloyatlardagi o\u2019g\u2019illari hamda beklarga tezlikda oliy o\u2019rdugohga qo\u2019shin bilan yetib kelishlari haqida frmon beradi. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishicha, Sulton Husayn Boyqaro Muhammad Shayboniyxonga qarshi birgalikda kurashmoq uchun Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo huzuriga Sayyid Afzalni elchi qilib yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaro xastaligiga qaramay, Xuroson qo\u2019shinini yig\u2019ib, Muhammad Shayboniyxonga qarshi Movarounnahr hudududiga qarab yo\u2019l oladi. Biroq tez sur\u2019at bilan jangga otlanish hamda yo\u2019l mashaqqatlari qarib qolgan shahanshohning busiz ham nochor bo\u2019lgan salomatligiga salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatib, kasallik alomatlari botindan zohirga ruju qiladi. Shahanshoh Bobo Ilohiy mavzeiga yetganda, uning ahvoli og\u2019irlashib, qo\u2019shinni to\u2019xtatishga qaror qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda Badiuz-Zamon Mirzo Saripul mavzeida shahanshohni kutib turardi. Arkoni davlat kengashib, shahanshohning og\u2019ir xastaligidan ayrim shahzodalar va qo\u2019shin boshliqlari foydalanib, fitna-fujur yo\u2019liga o\u2019tishlari ehtimoldan xol emasligini nazarda tutib, Badiuz-Zamon Mirzo huzuriga chopar yuboradilar. Bu xabar Badiuz-Zamon Mirzoga yetib kelgach, u o\u2019zining yaqinlaridan 300 kishi bilan yo\u2019lga chiqib, oliy o\u2019rdugohga kelib bir farsah berida to\u2019xtaydi. Ertasi shahanshohning huzuriga kirib, uni nihoyatda behol va og\u2019ir ahvolda ko\u2019radi. Shahzoda otasining ahvolidan g\u2019oyat darajada mahzun bo\u2019lib o\u2019rdugohda ko\u2019p to\u2019xtamay, o\u2019z manziliga qaytib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo ketgach, arkoni davlat yana kengashib, alhol shahanshohning sihat topishidan umid yo\u2019q, binobarin mamlakat va el-ulusning osoyishtaligi borasida, shuningdek shahanshohdan so\u2019ng, shahzodalar itoatdan bosh tortib, taxt talashmasliklari uchun saltanat taxtiga Badiuz-Zamon Mirzo bilan Muzaffar Husayn Mirzoni nomzod etib tayinlasa degan qarorga keladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1506 yil 2 may juma kuni amir Muhamamd Burunduq barlos, amir Muhammad Valibek, amir Nosiriddin Umarbek va amir Nizomiddin Abdullatiflar shahzoda Muzaffar Husayn Mirzo, Muhammad Qosim Mirzo, Sayid Abdullo Mirzo va Abdulboqi Mirzolar boshchiligida oliy o\u2019rdugohdan chiqib, Badiuz-Zamon Mirzo huzuriga keladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo tarafidan amir Jahongir barlosning o\u2019g\u2019li amir Sulton Boyazid, amir Shayx Ali Tag\u2019oyini hamda shahzoda Muzaffar Husayn Mirzo tarafidan Mirzo Alibek, amir Muhammad Ja\u2019far va amir Muhammad Burunduqni bitim anjumaniga taklif qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo bilan Muzaffar Husayn Mirzo qo\u2019llarini qur\u2019oni karimga qo\u2019yib, mavrusiy saltanatni bir-birlari bilan ahillik va hamjihatlikda boshqarish hamda zimdan adovat va ta\u2019addiy qilmaslikka ahdu paymon qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning dardi kundan-kun kuchayib borar, tabiblarning muolijasi foyda bermas edi. Nihoyat 1506 yil 5 may dushanba kuni kechqurun saltanat sohibi Abulg\u2019oziy Sulton Husayn Boyqaro saktayi qalb (apopleksiya) kasali bilan 69 yoshida olamdan o\u2019tadi. Shahanshohning bemavrid vafoti arkoni davlat va qo\u2019shin uchun mushkul vaziyatni vujudga keltirgan edi. Zero tashqaridan Muhammad Shayboniyxondek zabardast yog\u2019iyning bostirib kelish xavfi kun sayin yaqinlashmoqda edi. Shuningdek, shahanshoh vafot qilganda uning 14 nafar o\u2019g\u2019illaridan yettitasi olamdan o\u2019tgan bo\u2019lib, yettitasi barhayot edilar. Mazkur shahzodalar eng katta akalari Badiuz-Zamon Mirzoni taxt sohibi deb tan olsalarda, biroq Hadicha begimning erkatoy o\u2019g\u2019li Muzaffar Husayn Mirzoni taxtga munosib deb bilmasdilar. Hatto Marv viloyatining hukmdori shahzoda Abulmuhsin Mirzo Muzaffar Husayn Mirzoga nisbatan yoshi ulug\u2019 bo\u2019lgani tufayli, uning huzuriga kelishga bo\u2019yni yor bermasdi. Bunday vaziyatda shahzodalar orasida o\u2019zaro nizolar chiqmasligiga hech kim kafillik berolmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Binobarin, zudlik bilan shahanshohni dafn etib, saltanat ishlarini yo\u2019lga qo\u2019ymoq, qo\u2019shin salohiyatini mustahkamlab, umumiy dushmanga qarshi kurashmoq choralarini izlamoq lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xondamirning yozishiga qaraganda, Sulton Husayn Boyqaroning jasadini Hirotga keltirib, o\u2019zi qurdirgan madrasaga dafn qilinadi hamda ta\u2019ziyaning yettinchi kuni yurtga osh tortiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, 1967 yilda Kobul shahrida qo\u2019lyozma asarlar yodgorliklarni o\u2019rganishga doir xalqaro anjuman bo\u2019lib o\u2019tgan edi. Mazkur anjumanda O\u2019zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli sharqshunoslik institutining olimlaridan Ubaydulla Karimov va Quvomiddin Munirovlar ham qatnashgan edilar. Anjumanda tinglangan ma\u2019ruzalardan birida Sulton Husayn Boyqaroning o\u2019limi va dafn qilinishiga oid g\u2019ayri tabiiy va munozarali fikrlar aytilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hikoya qilishlaricha, Sulton Husayn Boyqaro Muhammad Shayboniyxonga qarshi urushga ketayotib, yo\u2019lda \u2013 Bobo Ilohiyda vafot etadi. Garchi urush boshlamagan bo\u2019lsa-da, biroq jangu jadalga jazm qilib, yo\u2019lga chiqqan dushmanning tasodifan yo\u2019lda vafot etishi istiqbolda Muhammad Shayboniyxon g\u2019alabasidan bashorat edi. Binobarin, arkoni davlat va shahzodalar shahanshohning o\u2019limi haqidagi xabar atrofga tarqalib, Muhammad Shayboniyxonga yetib borgunga qadar, shoshilinch ravishda shahanshohni dafn etib, qo\u2019shin salohiyatini tuzatib, jang tadorigini ko\u2019rishga jazm qiladilar. Ammo qandaydir sabablarga ko\u2019ra, shahanshohning jasadini madrasa ichidan oddiy qabr qazdirib omonat dafn qiladilar. (Balki shahanshoh uchun jihozlanishi lozim bo\u2019lgan qabr yoki maqbara bitmagandir.) Shunda so\u2019ng bir necha muddat o\u2019tgach, shahanshoh jasadini haqiqiy qabrga olib qo\u2019yish maqsadida avvalgi qabrini ochadilar. Hayhot! Qaysi ko\u2019z bilan ko\u2019rsinlarki, lahad ichida shahanshoh to\u2019ntarilib yotar, ustidan kafanlari tushib ketgan, lahadning devorlari qo\u2019l bilan timdalangan holda edi. Gap shundaki, Sulton Husayn Boyqaro sakta kasali bilan vafot etgan. Bemorning tomirlari bir necha muddat behol urushi natijasida hayot uchquni sezilmay qolgan. Tabiiyki, kasallikning bunday pinhoniy sirlaridan voqif bo\u2019lolmagan tabiblar va shahanshohning yaqinlari uni olamdan o\u2019ti deb hisoblab, dafn etganlar. Biroq sovuq lahadda bir muncha muddat yotgach, bemorning tomirlari yana o\u2019z me\u2019yorlarida harakatga kelgan bo\u2019lishi mumkin. Binobarin, bemor qorong\u2019u lahad ichra o\u2019ziga kelib, lahaddan chiqishga harakat qilgan. Ammo barcha harakat zoye ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning qabri ustiga o\u2019rnatilgan qora marmar toshni \u201cSangi haft qalam\u201d deb ataladi. Mazkur mo\u2019jizaviy naqshinkor, nafis qora toshni XV asrda Kamoliddin Behzod tarhi asosida uning Hirotdagi shogirdlaridan biri ishlagan. \u201cSangi haft qalam\u201d deyilishining sababi shundaki, bu toshga yeti qator shaklni yetti xil uslubni o\u2019yib bitilgan. Shuningdek, yetti qatordagi yeti xil shakl yetti xil shak yetti xil bo\u2019lib, mutlaqo bir-biriga o\u2019xshamaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afg\u2019onistonlik olimlarning so\u2019ziga qaraganda, &#8211; deb hikoya qiladi sharqshunoslik olim Orif Usmonov, &#8211; mazkur qabrtoshning yasalish tarixiriga oid rivoyat ham bor ekan. Kunlardan bir kun Sulton Husayn Boyqaro o\u2019z zamonasining mashhur va mohir san\u2019atkorlaridan birini huzuriga chorlab, o\u2019zi uchun qabr toshi yasab berishni buyuribdi. Sangtarosh usta yetti yil muttasil mehnat qilib, mazkur \u201cSangi haft qalam\u201d ni tayyorlashga muvaffaq bo\u2019libdi. Ammo hali qabr toshi tugal bitmay turib, shahanshohning sevikli o\u2019g\u2019li Shohg\u2019arib Mirzo vafot qiladi. Shahanshoh sangtarosh ustani chorlab, o\u2019zi uchun ishlanayotgan qabr toshiga o\u2019g\u2019lining nomini yozishga, o\u2019ziga esa boshqasini yasab berishni buyuradi. Sangtarosh usta shahanshohga qarab zamzama ohangida, &#8211; Shohim men qarib qolgan kishiman, bitta toshga yetti yil umr sarf bo\u2019ldi. Yana ikkinchi tosh uchun umrim kifoya qilarmikan? \u2013 deydi. Shunda shahanshoh ustaning nozik zamzamasining ma\u2019nosiga tushunib, hazil-mutoyiba aralash amrona tarzda \u201cMen ham hali beri yorug\u2019 dunyodan ko\u2019z yumishni istayotganim yo\u2019q. Boring, zudlik bilan ishga kirishing\u201d, &#8211; degan ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cSangi haft qalam\u201d haqidagi rivoyatlarni isbotlovchi ayrim yozma ma\u2019lumotlar ham mavjuddir. Chunonchi, Afg\u2019onistonlik olimlardan Rizo Moyil Hiraviy mashhur Abdullo Ansoriyning tug\u2019ilganiga 1000 yil to\u2019lishi munosabati bilan qo\u2019lyozma asarlar asosida yozgan. \u201cPiri Hirot\u201d nomli asarida \u201cSangi haft qalam\u201d haqida quyidagilarni yozadi: \u201cSangi haft qalam\u201d jahondagi hattotlik san\u2019atining bebaho durdonalaridan bo\u2019lib, Sulton Husayn Boyqaro tarafidan shaxsan o\u2019z qabriga atab buyurtirgan qabrtosh edi. Ammo taqdir taqozosi bilan 1494 (902) yil o\u2019g\u2019li Shoh g\u2019arib Mirzo vafot etadi. Mazkur qabrtosh esa shahzodaning qabriga qo\u2019yiladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Husayn Boyqaroning qabriga esa yuqorida zikr qilingandek, o\u2019sha mohir sangtarosh usta tomonidan ikkinchi \u201cSangi haft qalam\u201d yasaladi. Mazkur toshlarning biriga dafn etilgan shahzoda Shohg\u2019arib Mirzoning qabri ustiga, ikkinchi qabrtosh esa Sulton Husayn Boyqaro qabri ustiga qo\u2019yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Xondamirning yozishicha, Sulton Husayn Boyqaroning jasadini o\u2019zi qurdirgan madrasa gumbazi ostiga dafn qilingan. Mazkur madrasa Musallo yoniga qurilgan bo\u2019lib, o\u2019zining salobatli va muhtashamligi bilan kishini lol qoldirgan. Biroq XIX asrda Afg\u2019oniston amiri Abdurahmon zamonida ingliz mushovirlari \u201cRuslar Hirotni zabt etmoqchi\u201d, binobarin mazkur baland va ulkan minoralar ularning zambaraklariga nishon bo\u2019lishi muqarrar\u201d deb minoralarni buzib tashlashni maslahat beradilar. Shundan so\u2019ng mahalliy hukmdorlar mazkur madrasa minoralarining ostiga dinamit qo\u2019yib portlatadilar, natijada bir necha osori atiqa yodgorliklari kultepaga aylanadi. Jumladan, Sulton Husayn Boyqaro qurdirgan madrasa ham vayronaga aylangan. Hozirgi kunda Afg\u2019onistonga borib, Hirot osori atiqalarini ziyorat qilib qaytgan kishilarning so\u2019ziga qaraganda, Sulton Husayn Boyqaro qabri vayronalar orasida, ochiq maydonda qolib, bir oz yerga cho\u2019kkan, ustiga o\u2019rnatilgan marmar tosh \u2013 \u201cSangi haft qalam\u201d esa bir tomonga og\u2019ib, qiyshayib qolgan. Sulton Husayn Boyqaro vafotidan so\u2019ng, avvalgi bitimga muvofiq mavrusiy taxtga Badiuz-Zamon Mirzo bilan Muzaffar Husayn Mirzo o\u2019tiradilaar. Bu haqida Zahiriddin Muhammad Mirzo shunday yozadi: \u201cBadiuz-Zamon Mirzo jonibidin shahr dorug\u2019asi Shayx Ali Tag\u2019oyi, Muzaffar Mirzo tarafidin Yusuf Ali ko\u2019kaldosh. Bu g\u2019arib amre edi, hargiz podsholiqta shirkat eshitilgan emas. Shayx Sa\u2019diy so\u2019zining mazmunining xilofi voqi\u2019 bo\u2019ldi: Nechukkim, \u201cGuliston\u201d da kelturubdur:<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse\">Dah darvesh dar gileme bihusband va du\r\nPodshoh dar iqlime nagunjand\u201d.\r\n\r\nMazmuni:\r\n\r\n(O\u2019n darvesh bir gilamga sig\u2019ib yotadilaru,\r\nikki podshoh bir iqlimga sig\u2019maydilar.)\r<\/pre>\n\n\n\n<p>1506 yilda Muhammad Shayboniyxon Sulton Husayn Boyqaroning vafot qilgan xabarini eshitgach, Xurosonni zabt etish taraddudiga tushadi. U Mavlono Xitoyi nomli kishini Hirotga elchi qilib jo\u2019natadi. Elchi Badiuz-Zamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzo huzuriga doxil bo\u2019lib, Muhammad Shayboniyxon payg\u2019omini yetkazadi. Payg\u2019omda jumladan shunday deyilgandi: \u201cSizlarning ota-bobolaringiz avvalgi vaqtlarda bizning shonli hukmdor xo nota-bobolarimi qo\u2019l ostida bo\u2019lganlar. Alhol sizlar ham o\u2019z bobolaringiz sunnaatiga iqtido qilib, ixtilofsiz taslim bo\u2019lmog\u2019ingiz lozim. Toki qal\u2019ayu shaharlar vayron, fuqarolar qirg\u2019inga duchor bo\u2019lmag\u2019aylar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz Zamon Mirzo barcha arkoni davlatini yig\u2019ib kengash o\u2019tkazadi. Kengash asnosida Balx hokimidan chopar kelib, Muhammad Shayboniyxon Balx shaharini qamal qilgani haqida xabar keltiradi. Kengashda Shayboniyxonga qarshi kurashmoqqa qaror beriladi. Darhol qo\u2019shinni yig\u2019ib, Balxga qarab yuradilar. Qo\u2019shin Childuxtaron mavzeiga yetganda Marvdan shahzoda Abulmuhsin Mirzo o\u2019z qo\u2019shini bilan kelib qo\u2019shiladi. Qoin viloyatidan Ibn Husayn Mirzo va Seyistondan amir Sulton Ali arg\u2019unlar ham yetib kelib qo\u2019shinga qo\u2019shiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu asnoda Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning Sulton Husayn Boyqaro ruhiga fotiha o\u2019qish munosabati bilan Hirotga kelayotgan xabari lashkargohga yetib keladi. Shahzodalar va arkoni davlat ulug\u2019 mehmonni munosib kutib oladilar. Bobur Mirzo shahzodalar hamda Xuroson a\u2019yonlari bilan uchrashib so\u2019zlashgach, shahzodalar o\u2019rtasida ham, arkoni davlat orasida ham hamjihatlik yo\u2019qligi, aksincha bir-biriga husumat va zimdan dushmanlik mavjudligiga ishonch hosil qiladi va afsus-nadomatlar bilan Kobulga qaytib ketadi. Darhaqiqat, Mashhadda hukmronlik qilayotgan shahzoda Muhammad Muhsin Mirzo o\u2019z birodarlarining Muhammad Shayboniyxonga qarshi yurishlarida qatnashmaydi. Holbuki, Xuroson qo\u2019shini ko\u2019makka muhtoj edi. Baxtsizlik faqat shundan iborat emas edi. Zotan, Badiuz-Zamon Mirzo boshliq barcha arkoni davlat shahzoda Muhammad Muhsin Mirzodan xavfda edilar. Chunonchi, Xuroson qo\u2019shini Shayboniyxon daf\u2019i uchun Hirotdan chiqqach, darhol Muhammad Muhsin Mirzo Hirotga bosib kirishi hamda taxtni egallashi muqarrar edi. Binobarin, Badiuz-Zamon Mirzo Hirotga Amir Zunnun arg\u2019un bilan amir Nizomiddin Shayx Ali Tag\u2019oyini qo\u2019yib, o\u2019zi Bodxez yaylog\u2019ida lashkargoh qurib qishlaydi. Shu payt, ya\u2019ni 1507 yil may oyida Badiuz-Zamon Mirzoning qizi Chuchuk begim Hirotda olamdan o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1507 yil may oyining o\u2019rtasida Muhammad Shayboniyxon Amudaryoni kechib o\u2019tib, Andxo\u2019yga yaqinlashgani haqida ma\u2019lumot olinadi. Muhammad Shayboniyxon Andxo\u2019ydan chiqib, 19 may payshanba kuni tong paytida Bodxezga yetib keladi. Uning qo\u2019shiniga o\u2019g\u2019li Temur-Sulton va Ubaydulo Sulton va ibn Mahmudxon sarkardalik qilardi. Badiuz-Zamon va Muzaffar Husayn Mirzo ham qo\u2019shinni jangga orasta qilib, dushmanga qarshi yuradilar. Har ikki qo\u2019shin jangga kirib, beadad qurbonlar beriladi. Ammo jang nihoyasida Xuroson qo\u2019shini mag\u2019lubiyatga uchrab, jang maydonini tashlab, duch kelgan tomonga qocha boshlaydilar. Amir Zunnun arg\u2019un jangda ajal sharbatini ichadi. Amir shayx Ali Tag\u2019oyi esa barcha askarlari bilan o\u2019zbeklar qo\u2019liga tushadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xuroson qo\u2019shini mag\u2019lubiyatga uchragach, shahzodalar va umarolarning har qaysisi o\u2019zi xohlagan tomonga qarab qocha boshlaydilar. Jumladan, Sayid Abdullo Mirzo bir necha umarolar bilan Muhammad Muhsin Mirzo huzuriga \u2013 Mashhadga qochib boradi. Abdulboqi Mirzo va Muhammad Burunduq barlos bir necha harbiy guruhlar bilan shahzoda Ibn Husayn Mirzo huzuriga \u2013 Sabzavorga qochadilar. Badiuz-Zamon Mirzo Hirot tomon borib, shahar tashqarisidagi Bog\u2019i navda tunab, bir oz dam olgach, saharda Qandahorga ketadi. Muzaffar Husayn Mirzo esa Hirot tashqarisida tunni o\u2019tkazishdan xavfsirab, shahar ichidagi bog\u2019ga kirib, shayxulislom mavlono Sayfiddin Ahmad Taftazoniyni, amir G\u2019iyosiddin Muhammad bin amir Jaloliddin Yusuf ar-Roziyni va Qozi Ixtiyoriddinlarni huzuriga chorlab, Hirotni saqlab qolishni iltijo qiladi. Ular shaharni saqlab qolish faqat qo\u2019shinga bog\u2019liqdir, deb javob beradilar. Qani qo\u2019shin? Men bilan birga faqa uchta navkar keldi, xolos \u2013 deydi Muzaffar va Husayn Mirzo va afsus-nadomatlar bilan onasi va harami bilan vidolashib, tong otgach, barcha mulozimlari bilan Hirotning Feruzobod darvozasidan chiqib, Turshiz orqali yurib, Astrobod viloyatiga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1507 yil 23 mayda Muhammad Shayboniyxon qo\u2019shini Hirot shahriga kirib, talon-taroj qiladi. Sulton Husayn Boyqaroning, Badiuz-Zamon Mirzoning, Muzaffar Husayn Mirzoning haramlari va mol-mulklarini, shuningdek boshqa a\u2019yonlarining xotin-qizlari, bola-chaqalarini hibsga olib, g\u2019olib xon \u2013 Muhammad Shayboniyxon huzuriga olib boradilar. Muzaffar Husayn Mirzoning Xonzoda begim nomli xotini xonga manzur bo\u2019lib, o\u2019z nikohiga kiritadi. Xondamirning ta\u2019kidlashicha, Muzaffar Husayn Mirzo mazkur Xonzoda begimni bundan ikki yil muqaddam taloq qilgan ekan. Muzaffar Husayn Mirzoning Xonzoda begimdan tug\u2019ilgan Mehrangiz nomli qizini esa Ubaydullo Sulton o\u2019z nikohiga kiritadi. Boshqa malikalarni qo\u2019shin sardorlari, amir va beklarga in\u2019om qilinadi. 27 may jum\u2019a kuni Hirotning jome\u2019 masjidida g\u2019olib xon \u2013 Muhammad Shayboniyxon nomi xutbaga qo\u2019shib o\u2019qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan so\u2019ng Ixtiyoriddin qal\u2019asini taslim qildirish uchun harakat boshlanadi. Badiuz-Zamon Mirzo shayboniylarga qarshi jangga ketayotgan paytda o\u2019z xaramidagi sevikli xonlaridan Ulug\u2019bek Mirzo Kobuliyning qizi Kobuliy begimni hamda \u201cAndalib\u201d (Bulbul) nomli shuhratlangan Ruqiya Og\u2019o begimni mazkur qal\u2019aga qo\u2019yib ketgan edi. Shuningdek, shahanshohning sevikli bevasi Hadicha begim hamda amir Oshiq Muhammad arg\u2019un va Shayx Abdullo bakovullar ham Ixtiyoriddin qal\u2019asiga berkingan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Shayboniyxon qal\u2019aga elchilar yuborib, taslim bo\u2019lishni taklif qiladi. Qal\u2019adagilar qabul qilmagach, yer ostidan lahm (yo\u2019l) qazishga buyruq beradi. Shundan so\u2019ng qal\u2019a boshlig\u2019i omonlik so\u2019rab, taslim bo\u2019ladi. Qal\u2019a ichidagi barcha mol-mulklar musodara qilinib, Kobuliy begimni Qambar Mirzo Ko\u2019kaldosh o\u2019z nikohiga kiritadi. Andalibni esa Temur Sulton o\u2019z haaramiga jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Shayboniyxon Xurosonga kirgach, shahzoda Abul Muhsin Mirzo o\u2019z xazina va dafinasini Saraxs qal\u2019asiga berkitib, 1507 yil iyun oyida ukasi Muhammad Muhsin huzuriga \u2013 Mashhadga boradi. Aka-uka shahzodalar shayboniylarga qarshi kurashmoq rejasini tuzadilar. Bu paytda Temur SUlton va Ubaydullo Sultonning qo\u2019shini Jom viloyatida turardi. Shahzodalarning harakatidan voqif bo\u2019lgan shayboniy sultonlar Mashhadga qo\u2019shin tortadilar. Ayni vaqtda aka-uka shahzodalar ham dushmanni Mashhad tashqarisida kutib olishga qaror bergan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzodalar o\u2019z arkoni davlatlari bilan tunni maishat bilan o\u2019tkazib, sahar paytida endigina rohat uyqusiga ketganlarida, chopar kelib dushman bostirib kelayotgani haqida xabar beradi. Shahzodalar va harbiy boshliqlar mastona uyqudan uyg\u2019onib, garangsigan holda qo\u2019shinni dushmanga qarshi qo\u2019yadilar. Jang maydonida aka-uka shahzodalar qattiq jonbozlik ko\u2019rsatadilar. Biroq o\u2019zbek qo\u2019shini har jihatdan ustunlik qiladi. Natijada shahzodalarni o\u2019rab olib, qo\u2019l-oyoqlarini bog\u2019lab, g\u2019olib hukmdor huzuriga olib boradilar. Muhammad Shayboniyxon har ikki shahzodani darhol qatl qildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xondamirning yozishicha, Abul Muhsin Mirzoning uch yoshli o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, ismi Sharifi Sulton Muhammad Boyqaro edi. Abul Muhsin Mirzo qatl qilingach, uning yaqin mulozimlari o\u2019g\u2019lini O\u2019rdun (Iordaniya) ga qochiradilar. Sulton Muhammad Boyqaro O\u2019rdunda yashab, ulg\u2019ayib bir necha yillardan so\u2019ng o\u2019z ajali bilan vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abul Musin Mirzo va Muhamamad Muhsin Mirzo Mashhad yaqinida tor-mor etilganda, shahanshohning eng kichik o\u2019g\u2019li Muhammad Qosim Mirzo Niso viloyatiga qochgan edi. U birmuncha qo\u2019shin yig\u2019ib, 1507 yil kuz paytida Mashhadga keladi. Mashhad hukmdori Sayid Xodi Xo\u2019ja Mashhaddan qochib Marvga boradi va sodir bo\u2019lgan voqeani Muhammad Shayboniyxonga arz qiladi. Muhammad Shayboniyxon shahzoda Muhammad Qosim Mirzoni daf etishni Ubaydullo Sultonga topshiradi. Ubaydullo Sulton Buxorodan qo\u2019shin tortib, Chorjo\u2019y kechigidan o\u2019tib Marvga keladi. Marv hukmdori Qambarbiyning hamda Sayid Hodi Xo\u2019janing qo\u2019shinlarini o\u2019ziga birlashtirib, Mashhadga yuradi. Shahzoda Muhammad Qosim Mirzo shahar darvozalarini berkitib jangga hozirlanadi. Nihoyat, har ikki qo\u2019shin jangga kirib, jang asnosida shahzoda qo\u2019shinidan ko\u2019p kishi halok bo\u2019lib, qolganlari esa shahar mudofaasiga ojizlik qiladilar. O\u2019zbek qo\u2019shini shaharga yorib kirib, shahzoda Muhammad Qosim Mirzoni ushlab qatl qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, 1507 yilda Badiuz-Zamon Mirzo jangda yengilib, Qandahorga ketgach, Abulboqi Mirzo, Sayid Abdullo Mirzo va bir necha qo\u2019shin boshliqlari Ibn Husayn Mirzo huzuriga \u2013 Qoin viloyatiga boradilar. Ibn Husayn Mirzo Xurosonni shayboniylardan mudofaa qilishga bel bog\u2019lab, Nishopur va Sabzavorga qo\u2019shin tortadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahzodaning niyatidan voqif bo\u2019lgan Temur Sulton va Ubaydullo Sulton zudlik bilan qo\u2019shinni Sabzavorga buradilar. Qattiq jang boshlanadi. Jang asnosida Ibn Husayn Mirzo Ubaydullo Sultonga zahm yetkazadi. Jangni birinchi pallasida xurosonliklarni qo\u2019li baland keladi. G\u2019alabaga ishonchlari komil bo\u2019lgan xurosonliklar, o\u2019lja yig\u2019ish bilan ovora bo\u2019lib turganlarida, shayboniylar qo\u2019qqisdan hujum qiladilar. Natijada Xuroson qo\u2019shini yengilib, Sayid Abdullo Mirzo va Abulboqi Mirzolar jang maydonida halok bo\u2019ladilar. Ibn Husayn Mirzo shayboniylar ta\u2019qibidan qochib, o\u2019z yaqinlari bilan Iroq hududaiga o\u2019tib ketadi. U Koshon noyibining himoyatida shohona hayot kechiradi. Biroq, 1513 yilda nogahoniy falokatga uchrab, 34 yoshida vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo Shujo\u2019bek arg\u2019un bilan Qandahor chegarasiga yetganda, Shujo\u2019bekdan bevafolik gumon qilib, Nimruz viloyatiga o\u2019tib ketadi. U yerda bir kishini amir Sulton Ali huzuriga yo\u2019llab, o\u2019g\u2019li Muhammad Zamon Mirzoni yuborishni buyuradi. Amir Sulton Ali arg\u2019un farmonga muvofiq, Muhammad Zamon Mirzoni Badiuz-Zamon Mirzo huzuriga jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo o\u2019g\u2019li Muhammad Zamon Mirzoni olib Astrobodga ketadi. Muzaffar Husayn Mirzo ham Hirotdan qochib chiqqach, Turshiz orqali yurib Astrobodga keladi. Aka-uka shahzodalar yana Astrobodda uchrashadilar. Astrobodda hukmron bo\u2019lgan ukalari Faridun Husayn Mirzoni Damg\u2019on viloyatiga yuborib, o\u2019zlari Astrobodda qoladilar. Shu kundan e\u2019tiboran Xuroson muzofotida sarson-sargardon yurgan temuriylar ulusiga mansub bo\u2019lgan sipohiylar Astrobodga to\u2019plana boshlaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzoning Astrobodda ekanliklari haqidagi xabar Hirotga ham borib yetadi. Shundan so\u2019ng Hadicha begim, Poyanda Sulton Begim va shahanshohning boshqa xotinlari Hirot dorug\u2019asi Jon Vafo Mirzodan ruxsat olib, Astrobodga keladilar. Ammo bir necha muddat o\u2019tgach, Muzaffar Husayn Mirzo tuzatib bo\u2019lmaydigan og\u2019ir dardga mubtalo bo\u2019lib, 1509 yilda vafot etadi. Ta\u2019ziyadan besh-olti oy o\u2019tgach, Muhammad Shayboniyxonning Astrobodga kelayotgan xabari tarqaladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo Muhammad Shayboniyxonga qarshi tura olmasligiga aqli yetgach, o\u2019g\u2019li Muhammad Zamon Mirzoni Damg\u2019onga \u2013 Faridun Husayn Mirzoning huzuriga jo\u2019natadi. O\u2019zi esa yaqin kishilari bilan Ozarbayjonga ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Shayboniyxon Badiuz-Zamon Mirzoning Ozarbayjonga ketgan xabarini eshitgach, Astrobodni qo\u2019lga kiritib, so\u2019ng Damg\u2019onni qamal qiladi. Damg\u2019on qal\u2019asida turgan Faridun Husayn Mirzo va Muhammad Zamon Mirzo xon qo\u2019shiniga bardosh berolmasliklarini bilib, Muhammad Shayboniyxon huzuriga omonlik tilab elchi yuboradilar. G\u2019olib xon elchini mamnuniyat bilan qabul qilib, \u201cshahzodalar huzurimga kelsinlar, hech bir ziyon-zahmat yetkazailamydi\u201d, &#8211; deb va\u2019da beradi. Shahzodalar shahar darvozalarini ochib, xon huzuriga boradilar. Xon ularni avf etib, ozod qiladi. Shahzodalar xondan ijozat olib, Muhammad Zamon Mirzo Ozarbayjonga va Faridun Husayn Mirzo esa turkmanlar orasiga ketadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1509 yilda Faridun Husayn Mirzo bir oz qo\u2019shin to\u2019plab, yana Xuroson hududiga kirib, Kelot qal\u2019asini zabt qiladi. Bu xabarni eshitgan Marv hokimi Qandarbiy, barcha o\u2019zbek qo\u2019shinini yig\u2019ib kelib Kelotni muhosara qiladi. Faridun Husayn Mirzo qal\u2019a muhofazasiga ojizlik qiladi va o\u2019zbeklar qo\u2019lida halok bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiuz-Zamon Mirzo Ozarbayjonda uch-to\u2019rt oy turgach, Eron shohining ko\u2019rsatmasiga muvofiq, Ray shahriga kelib qo\u2019shini bilan Astrobodga boradi. Astrobod hokimi Xo\u2019ja Ahmad Qo\u2019ng\u2019irot bilan jang qiladi. Jangda mag\u2019lub bo\u2019lib, o\u2019z yaqinlari bilan Hindistonning Sind viloyatiga o\u2019tib ketadi. Badiuz-Zamon Mirzo Sindda bir yildan ko\u2019proq istiqomat qilgach, 1513 yili yana Eron shohining huzuriga qaytib, Tabrizda istiqomat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1514 yil sentabr oyida turk sultoni Salim I (1512 taxtga o\u2019tirgan) Tabrizga kelganda Badiuz-Zamon Mirzoni o\u2019zi bilan birga Stanbulga olib ketadi. Badiuz-Zamon Mirzo Stanbulda uch-to\u2019rt oy istiqomat qiladi. Ammo ko\u2019p o\u2019tmay vabo kasaliga chalinib, 1515 yil boshida 58 yoshida Stanbulda vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning o\u2019g\u2019li Muhammad Zamon Mirzo esa Eron shohining mulozamatida edi. Ammo otasi Stanbulga ketgach, o\u2019z atrofida yig\u2019ilgan qo\u2019shin bilan Astrobodga boradi. Astrobod hukmdori amir Husayn shahzoda Muhammad Zamon Mirzoning Astrobod hukmligini shahzodaga topshiradi. Biroq shahzoda Astrobodda bir necha muddat hukmronlik qilgach, 1516 yilda Balx viloyatini o\u2019z tasarrufiga kiritish ishtiyoqida qo\u2019shin tortadi. Ammo Balx hukmdori shaharni Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoga taslim qiladi. Nihoyat Bobur Mirzo mulozimlari Muhammad Zamon Mirzoni qo\u2019lga olib, Kobulga keltiradilar. Bobur podshoh Muhammad Zamon Mirzoni yuksak ehtiromlar bilan qarshi olib, saroyning go\u2019zal, mohpora qizlaridan biriga uylantiradi. Uch-to\u2019rt oy Kobulda saqlab, so\u2019ngra Balx viloyatiga hokim qilib tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, 1516 yilga kelganda Amir Temur sohibqironning ikkinchi o\u2019g\u2019li Umar Shayx Mirzo zurriyotiga mansub bo\u2019lgan shahzodalardan faqat Muhammad Zamon Mirzo qolgan edi. <\/p>\n\n\n\n<p>Vallohu a\u2019lam bissavob.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sulton Husayn Mirzo Boyqaro 1438 yil iyul oyida Hirotning sharqi-shimolida joylashgan \u201cDavlatxona\u201d deb nomlangan saroyda olamga keladi. Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning otasi Sulton G\u2019iyosiddin Mansur Mirzo nasl-nasabi jihatdan Boyqaro Mirzoning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sulton-husayn-mirzo-boyqaro\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3469,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[179],"tags":[],"class_list":["post-23599","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23599","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23599"}],"version-history":[{"count":14,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23599\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55503,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23599\/revisions\/55503"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3469"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23599"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23599"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23599"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}