{"id":23729,"date":"2022-04-10T09:03:00","date_gmt":"2022-04-10T06:03:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23729"},"modified":"2022-04-10T09:03:01","modified_gmt":"2022-04-10T06:03:01","slug":"dars","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dars\/","title":{"rendered":"DARS"},"content":{"rendered":"\n<p>DARS \u2014 maktab ta&#8217;limining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy o&#8217;quvchilar tarkibi bilan qat&#8217;iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo&#8217;naltirilgan didaktik tadbirdir. Dars \u2014 insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni o&#8217;quvchilarga juda qisqa vaqtda o&#8217;rgatishning eng samarali usuli. Ta&#8217;limning Dars shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qo&#8217;llanilib kelgan. Darsni tashkil etish va uning samaradorligini ta&#8217;minlashda o&#8217;qituvchining o&#8217;rni beqiyos bo&#8217;lgan. Turkiston maktablarida ta&#8217;limning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham e&#8217;tibor berilgan. Chunonchi, o&#8217;quvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt o&#8217;qiganligiga emas, balki o&#8217;tilgan mashg&#8217;ulotlarni nechog&#8217;li o&#8217;zlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida ta&#8217;limning Dars shakli bo&#8217;lganligi bilan mashg&#8217;ulotlarni sinf-dars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi bo&#8217;lmagan. Shuningdek, Darsning davomiyligi, predmetlarning o&#8217;rinlashuvi, kundalik mashgulotlarning miqdori singari ta&#8217;limiy chegaralar har bir o&#8217;qituvchining uzi tomonidan belgilangan. Dars qadimgi turkiy maorif tizimida oliy va o&#8217;rta ta&#8217;lim bo&#8217;g&#8217;inlarini ifoda etgan madrasa ta&#8217;limida ham asosiy ish shakli hisoblangan. Madrasalarda Dars belgilangan muayyan tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, madrasa Darslarida talabalarning mustaqil o&#8217;zlash-tirishlariga katta e&#8217;tibor qaratilgan. Qadimgi ta&#8217;lim muassasalari uchun Darsning jamoa va individual shakllari qorishiqligi xos bo&#8217;lgan. Dars ta&#8217;limning jamoa bo&#8217;lib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Dars maktab yoshidagi bolalarni yalpi o&#8217;qitishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qo&#8217;shadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga ko&#8217;maklashadi. Darsda o&#8217;quv mashg&#8217;ulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uyg&#8217;unlashadi. Har qanday jamiyatda Dars jamiyat tomonidan ta&#8217;lim oldiga qo&#8217;yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Darsning vazifalari ta&#8217;lim jarayonining qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari bilan qat&#8217;iylashadi. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko&#8217;ra zamonaviy Dars o&#8217;quv muassasasining mulkiy mansubligidan qat&#8217;i nazar quyidagi xususiyatlarga ega bo&#8217;lishi lozim: ta&#8217;limning tarbiyaviy maqsadlarga bo&#8217;ysundirilganligi, o&#8217;quvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yo&#8217;naltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini ta&#8217;minlashga qaratilganligi, insonparvarlik yo&#8217;nalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda o&#8217;zlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga egaligi va hokazolar. Zamonaviy ta&#8217;lim tajribasida bir Dars uchun belgilangan standart vaqt mavjud. Bu vaqt ta&#8217;lim muassasalarining tabiati, ta&#8217;limning bosqichlari va o&#8217;quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib, 45, 40, 35 va 30 minutni tashkil etadi. Ta&#8217;lim tizimida Dars va uy vazifasi munosabatlari o&#8217;ta muhim sanaladi. Zamonaviy ta&#8217;lim tizimining turli bosqichlarida o&#8217;quvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning mikdori singari jiqatlar o&#8217;quv muassasalarining nizomlarida aks ettiriladi. Pedagogika fani va amaliyoti uchun Darsning tarkibi masalasi ham muammoli. Uzoq vaqt davomida har bir Dars yangi mavzuning bayoni, uni o&#8217;quvchi xotirasida mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qo&#8217;llash kabi qismlardan iborat bo&#8217;lishi shart deb hisoblab kelingan. O&#8217;quv jarayoni mantiqan bunday qat&#8217;iy tarkibni talab etmaydi. Dars va maktab tajribasi bu tizimni ma&#8217;qullamadi. O&#8217;quv jarayonida Darsni tashkil etishning oldindan belgilab qo&#8217;yilmagan va hamma uchun majburiy bo&#8217;lmagan har xil yo&#8217;llarini qo&#8217;llash maqsadga muvofiqdir. Olingan bilimlarni amaliyotda qo&#8217;llash hamisha mavzuni mustahkamlashning manbai bo&#8217;lib kelgan va bu masalani Dars tarkibida alohida ko&#8217;rsatishning hojati ham yo&#8217;q. Bir necha Darsni yangi mavzuning bayoniga bag&#8217;ishlash, ayrimlarini laboratoiya topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin. Muhimi, o&#8217;tilayotgan mavzu o&#8217;quvchilar tomonidan o&#8217;zlashtirilib, ularda ko&#8217;nikma paydo bo&#8217;lishi va bu ko&#8217;nikmalarni amaliyotda qo&#8217;llab malakaga aylantira bilishlaridir. Dars tarkibi masalasi Darsni tasniflash, ya&#8217;ni tipologiya bilan bog&#8217;liq. Pedagogik adabiyotlarda Dars mazmunga, didaktik maqsadga, o&#8217;tish yo&#8217;llariga, ta&#8217;lim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga ko&#8217;ra tasnif qilingan. Odatda, Dars kirish, yangi bilim berish, mustahkamlash, ko&#8217;nikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo&#8217;llash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga bo&#8217;linadi. Ta&#8217;lim tajribasida bir Dars jarayonida bir yoki bir necha Dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash Dars ko&#8217;p uchraydi. Dars o&#8217;quv jarayonining yolg&#8217;iz shakli emas. Turli sinflarda fakultativ mashg&#8217;ulotlar, seminar, o&#8217;quv konferentsiyalari, bahslar, muammoli Darslar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash kabi Darslar mavjud. Qozoqboy Yo&#8217;ldoshev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DARS \u2014 maktab ta&#8217;limining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy o&#8217;quvchilar tarkibi bilan qat&#8217;iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo&#8217;naltirilgan didaktik tadbirdir. Dars \u2014 insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dars\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23729","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23729","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23729"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23729\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23735,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23729\/revisions\/23735"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23729"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23729"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23729"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}