{"id":23741,"date":"2022-04-10T09:20:12","date_gmt":"2022-04-10T06:20:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23741"},"modified":"2022-04-10T09:20:14","modified_gmt":"2022-04-10T06:20:14","slug":"darxon-jangi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/darxon-jangi\/","title":{"rendered":"DARXON JANGI"},"content":{"rendered":"\n<p>DARXON JANGI (1865 yil 8 may) \u2014 chor Rossiyasi qo&#8217;shinlari bilan Toshkent mudofaachilari o&#8217;rtasida sodir bo&#8217;lgan jang. General M. G. Chernyaev boshchiligidagi rus qo&#8217;shinining Toshkentni egallash uchun yo&#8217;lga chiqqanidan xabar topgan toshkentliklar zudlik bilan mudofaaga hozirlanadi. Sulton Saidxon va Alimqul 7 mayda ertalab Toshkentga yetib kelib, mudofaaga boshchilik qiladi. Toshkentliklar qarorgohi Mingo&#8217;rikdagi Afrosiyob tepaligida joylashgan bo&#8217;lib, u yerda shahar himoyachilari ishtirokida o&#8217;tkazilgan mashvaratda Alimqul nutq so&#8217;zlaydi. Toshkentning obro&#8217;li zodagonlari kurashni moddiy jihatdan qo&#8217;llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirib, shahardagi barcha ot-ulovlarini To&#8217;ytepada qoldirilgan Qo&#8217;qon qo&#8217;shinining yuk-aslahalarini tashishga safarbar qiladi. Mingo&#8217;rik lashkargohida sarbozlardan ilg&#8217;or (avangard) qo&#8217;shin tuziladi, unga Dashti Qipchoqlagi chingiziylardan bo&#8217;lgan Sulton Kenesari Qosimovning o&#8217;g&#8217;li Siddiq to&#8217;ra qo&#8217;mondon (muqaddam uljaysh) etib tayinlanadi va ayni vaqtda u Qo&#8217;qon qo&#8217;shini sipohsolori etib qam tasdikdanadi. Siddiq to&#8217;raning ukasi Arslon to&#8217;ra esa Sardor (dug&#8217;lat, arg&#8217;in va boshqa ko&#8217;chmanchi qabilalarning yigitlaridan tashkil topgan barcha otliq qo&#8217;shinlar qo&#8217;mondoni) etib belgilanadi. So&#8217;ng, Farg&#8217;onadan kelgan g&#8217;oziylar jangovar mashq qilishga kirishadi. 8 may, erta tongda Toshkent darvozalari ochilib, Eshonqul dodho madrasasi mullavachchalari, ulamolari Mingo&#8217;rikka yo&#8217;l olishadi. Ular o&#8217;zlarini G&#8217;oziy deb e&#8217;lon qilib, qarorgoxda \u2014 Sulton Saidxon huzurida qoladi. Shu payt ruslarning piyoda va otliq otryadi Sho&#8217;rtepadan yo&#8217;lga chiqib, Salor bo&#8217;yiga etib kelgani haqida xabar keladi. Shunda Alimkul zudlik bilan qo&#8217;shinni saflaydida, ular bilan Qo&#8217;qon darvozasi yonidan o&#8217;tib, Tarxonsayyod (hozirgi Darxon) arig&#8217;i tomon yo&#8217;l oladi. Alimqul qo&#8217;shinida 36 to&#8217;p bo&#8217;lib, ularga to&#8217;pchiboshi Hindistoniy va hindi Baji yuzboshi rahbar edi. Bundan tashqari, qo&#8217;shin tarkibida xabash g&#8217;ulomlardan iborat yengil qurollangan jangchilar, egniga ohanpo&#8217;sh (temir sovut), zirxpo&#8217;sh (po&#8217;lat sovut), oynapo&#8217;sh (ko&#8217;zni qamashtiradigan yaltiroq metall parchalar bilan qoplangan sovut), boshiga dubulg&#8217;a yoki kulohpo&#8217;sh (uchli mo&#8217;yna qalpoq) kiyib olgan askarlar hamda uzoqqa otar miltiqlar bilan qurollangan o&#8217;qchi-otliqlar otryadlari bo&#8217;lib, bu otryadlarning har biri egarlarga ortilgan, yurib ketaturib otishga mo&#8217;ljallangan ikki zambarakka ham ega edi. Alimqul qo&#8217;shini tezda Tarxonsayyodga yetib kelib, Darxonariqning o&#8217;ng sohili (hozirgi Niyozbek va Pushkin ko&#8217;chasi yaqini)ga joylashadi. Muhammad Solihning yozishicha, ruslar ularni ko&#8217;rgach, to&#8217;plardan o&#8217;qqa tutib, hujumga tashlanadi. Alimqul ham o&#8217;t ochib, qarshi hujumga o&#8217;tishga buyruq beradi. Ruslar bardosh bera olmay, Salorga, so&#8217;ng uning ortiga chekinadi. Alimqul qo&#8217;shini esa uch tarafdan hujum qilib, ruslarni avval Nazarbek qo&#8217;rboshi qo&#8217;rg&#8217;onchasiga, so&#8217;ng Alichak va Oltintepa yo&#8217;liga va u yerdan Sho&#8217;rtepaga siqib chiqaradi. Ruslar o&#8217;zining Sho&#8217;rtepadagi qarorgohiga etgachgina Alimqul qo&#8217;shini ta&#8217;qibidan qutuladi. Keyin Alimqul zafar nog&#8217;oralari sadosi ostida qo&#8217;shin bilan Darxon bo&#8217;yiga qaytadi. Toshkent ahli g&#8217;oliblarni katta shodiyona va tuhfalar bilan kutib oladi. Ad.: Sokolov Yu., Tashkent, tashkentsi i Rossiya, T., 1965; Karimov Sh., Shamsutdinov R., Turkiston Rusiyo bosqini davrida, Andijon, 1995. Mashhura Sharipova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DARXON JANGI (1865 yil 8 may) \u2014 chor Rossiyasi qo&#8217;shinlari bilan Toshkent mudofaachilari o&#8217;rtasida sodir bo&#8217;lgan jang. General M. G. Chernyaev boshchiligidagi rus qo&#8217;shinining Toshkentni egallash uchun yo&#8217;lga chiqqanidan xabar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/darxon-jangi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23741","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23741","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23741"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23741\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23747,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23741\/revisions\/23747"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23741"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23741"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23741"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}