{"id":23847,"date":"2022-04-10T17:48:29","date_gmt":"2022-04-10T14:48:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23847"},"modified":"2022-04-10T17:48:30","modified_gmt":"2022-04-10T14:48:30","slug":"dunay","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dunay\/","title":{"rendered":"DUNAY"},"content":{"rendered":"\n<p>DUNAY (Yunoncha Istros \u2014 Istr; nemischa Donau; vengercha Duna; bolgar va Serbcha Dunav; chexcha Dunai; Rumincha Dynarea) \u2014 Yevropadagi Daryo, uzunligi jihatidan Volgadan keyin 2-o&#8217;rinda. Uzunligi 2850 kilometr, havzasining maydoni 817 ming kilometr kvadrat. Boshlanish joyi quyilish joyidan 678 metr baland. Shvarsvald tog&#8217;larining (Germaniya) Sharqiy yon bag&#8217;ridan boshlanib qora dengizga katta Delta hosil qilib quyiladi. Germaniya, Avstriya, Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya, Serbiya, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina hududlaridan oqib o&#8217;tadi. Dunay oqish tavsifiga ko&#8217;ra yuqori, o&#8217;rta va quyi Dunayga bo&#8217;linadi. Yuqori Dunay (Vena shahrigacha) \u2014 tog&#8217; daryosi, chuqur va tor vodiydan oqadi. O&#8217;zanining kengligi 350 metrgacha. O&#8217;rta Dunay (Venadan temir darvoza tangisigacha) O&#8217;rta Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysi keng (5-20 kilometr). Tog&#8217; va tepalarni kesib o&#8217;tgan joylarda tangilar (Vengriya Darvozasi, Vishegrad yo&#8217;lagi, temir Darvoza va boshqalar) hosil qilgan. Bu joylarda o&#8217;zani 150 metrgacha torayib, chuqurligi 20-70 metrga yetadi. Dunayning Serbiya-Ruminiya chegarasi bo&#8217;ylab o&#8217;tgan Jerdap deb ataluvchi 120 kilometr uzunlikdagi vodiysi juda tor (0,6\u2014 1,5 kilometr). Daryoning serostona va tezoqar joylaridagi o&#8217;zani kemalar harakatini ancha qiyinlashtiradi. Quyi Dunay (Temir Darvozadan quyilishigacha) quyi Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysining kengligi 7-20 kilometr. Quyilish joyidan 80 kilometr yuqorida deltasi (maydoni 3500 kilometr kvadrat) boshlanadi. Delta qismida 3 ta asosiy tarmoqqa bo&#8217;lingan. Dunayning rejimi murakkab: bahorda to&#8217;lib oqadi, yoz va kuzda toshib, qishda suvi kamayadi. O&#8217;rtacha suv sarfi yuqori oqimida 420 metr kub\/sekund, o&#8217;rta oqimida 1900 metr kub\/sekund, quyilish joyida 6430 metr kub\/sekund. Bir yilda keltirgan suvining o&#8217;rtacha hajmi 203 kilometr kub. Dunay Qora dengizga yiliga 120 million tonna oqiziq va mineral moddalar keltiradi. Qish sovuq kelganda 1,5 oygacha muzlaydi. Dunayning 300 irmog&#8217;i bor, shundan 34 tasida kema qatnaydi. Eng yirik irmoqlari: o&#8217;ngdan \u2014 Inn, Drava, Sava, Morava; chapdan \u2014 Morava, Tisa, Olt, seret va Prut. Dunayning iqtisodiy ahamiyati katta. Daryodan transport qatnovi, gidroenergiya olish, sug&#8217;orish, shahar va sanoat markazlarini suv bilan ta&#8217;minlashda foydalaniladi, baliq ovlanadi. 2 ta yirik GES (Ruminiya va Serbiya chegarasida), GESlar kaskadi (Avstriya va Germaniyada) bor. Deltasida qamishzor ko&#8217;p. Regensburg shahridan (Germaniya) boshlab Dunayda yil davomida kema qatnaydi. Daryo bo&#8217;yida 100 dan ortiq port, shahar va pristan joylashgan. Eng yiriklari: Regensburg, Vena, Bratislava, Budapesht, Belgrad, Ruse, Galas, Izmail va boshqalar. Dunay \u2014 xalqaro Daryo. Dunayda kema katnash rejimi haqidagi 1948 yilda qabul qilingan konventsiyaga ko&#8217;ra kemalar daryoda erkin suzish xuquqiga ega; Dunaybo&#8217;yi davlatlaridan boshqa davlatlarning harbiy kemalari qatnashi man etilgan; Konventsiyaning bajarilishini nazorat qiluvchi Dunay komissiyasi (barcha Dunaybo&#8217;yi davlatlari a&#8217;zo) tuzilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DUNAY (Yunoncha Istros \u2014 Istr; nemischa Donau; vengercha Duna; bolgar va Serbcha Dunav; chexcha Dunai; Rumincha Dynarea) \u2014 Yevropadagi Daryo, uzunligi jihatidan Volgadan keyin 2-o&#8217;rinda. Uzunligi 2850 kilometr, havzasining maydoni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dunay\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23847","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23847","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23847"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23847\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23854,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23847\/revisions\/23854"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23847"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23847"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23847"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}