{"id":23958,"date":"2022-04-10T20:46:03","date_gmt":"2022-04-10T17:46:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=23958"},"modified":"2022-04-10T20:46:05","modified_gmt":"2022-04-10T17:46:05","slug":"dutor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dutor\/","title":{"rendered":"DUTOR"},"content":{"rendered":"\n<p>DUTOR (fors\u2014 ikki tor) \u2014 1) torli chertma milliy musiqa cholg&#8217;usi. O&#8217;zbek, tojik, uyg&#8217;ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O&#8217;zbek Dutori muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg&#8217;ulardan ajralib turadi. U asosan tut, o&#8217;rik yog&#8217;ochlaridan yasaladi. Cholg&#8217;uning kosaxonasi (rezonatori) 8-12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurg&#8217;a)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona bo&#8217;g&#8217;iz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13-17 ta parda bog&#8217;lanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar o&#8217;yib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qo&#8217;shtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uyg&#8217;urlarda Dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda faqat o&#8217;yma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpog&#8217;istonda kosaxonasi qovurg&#8217;alik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, o&#8217;yma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va jo&#8217;rnavoz cholg&#8217;u sozi bo&#8217;lib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo&#8217;shzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma ma&#8217;lumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy &#8220;Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari&#8221; nomli risolasi (16-bobi) da uchratamiz. 16-17-asrlarda &#8220;Dutoriy&#8221; taxallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining o&#8217;ziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon bo&#8217;ladi. 20-asrda Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip Dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Farg&#8217;onada Qo&#8217;zixon Madrahimov ijrosida &#8220;nolish&#8221;, &#8220;cho&#8217;pon&#8221;, &#8220;Andijon kurdi&#8221;, &#8220;Andijon sayqali&#8221;, &#8220;tuya Bo&#8217;zloq&#8221;, &#8220;Qo&#8217;shtor&#8221;; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, Z. Obidov, S. Yo&#8217;ldoshevlar talqinida &#8220;Sharob 1, 2&#8221;, &#8220;Shafoat 1, 2, 3&#8243;, Toshkent Sayqali&#8221;, &#8220;Toshkent Kurdi&#8221;, &#8220;Rajabiy 1, 2&#8221;, &#8220;Kurash&#8221;, &#8220;Dutor Bayoti&#8221;, &#8220;Dutor Navosi&#8221;; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida &#8220;Guluzorim&#8221;, &#8220;Bebokcha&#8221;, &#8220;Bozurgoniy&#8221;, &#8220;gullar vodiysi&#8221;; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltayev, Yu. Jabborovlar ijrosida &#8220;Koradali&#8221;, &#8220;Aliqambar&#8221;, &#8220;Saqili Navo&#8221; singari mumtoz kuylarda o&#8217;z ifodasini topgan. 1970-yillardan yakka Dutorda Shashmaqom cholg&#8217;u va ashula yo&#8217;llari ham ijro etila boshlandi. O&#8217;zbek bastakorlaridan N. Hasanov &#8220;Gilos&#8221;, F. Sodiqov &#8220;Dutorim&#8221;, S. Yo&#8217;ldoshev &#8220;Dil kuylasin&#8221;, Z. Obidov &#8220;Tog&#8217; go&#8217;zali&#8221;, O. Qosimov &#8220;Yangra sozim&#8221; kabi asarlarni Dutor uchun yaratganlar; 2) dutor-Alt \u2014 an&#8217;anaviy Dutorni 1930-yillarda qayta ishlash natijasida paydo bo&#8217;lgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari) dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yog&#8217;och yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan o&#8217;zbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano jo&#8217;rligida ijro etilayotgan asarlar o&#8217;rin olgan. Mazkur Dutor asosida (O&#8217;zbek xalq cholg&#8217;ulari orkestriga moslab) turli hajmdagi Dutor xillari (Dutor\u2014 bas, Dutor\u2014 kontrabas) ishlandi. Jasur Rasultoyev, Abdurahim Hamidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DUTOR (fors\u2014 ikki tor) \u2014 1) torli chertma milliy musiqa cholg&#8217;usi. O&#8217;zbek, tojik, uyg&#8217;ur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O&#8217;zbek Dutori muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg&#8217;ulardan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dutor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-23958","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23958","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23958"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23958\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":23959,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23958\/revisions\/23959"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23958"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23958"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23958"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}