{"id":24037,"date":"2022-04-11T14:12:19","date_gmt":"2022-04-11T11:12:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24037"},"modified":"2022-04-11T14:12:19","modified_gmt":"2022-04-11T11:12:19","slug":"dafn-marosimi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dafn-marosimi\/","title":{"rendered":"DAFN MAROSIMI"},"content":{"rendered":"\n<p>DAFN MAROSIMI \u2014 marhumni ko&#8217;mish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan marosim va urf-odatlar. Dafn marosimi insoniyat paydo bo&#8217;lganidan buen geografik muhit, ijtimoiy hayot va kishilarning imkoniyatlari, shuningdek, tabiiy-ilmiy tasavvurlariga va dunyoqarashiga bog&#8217;liq holda o&#8217;zgarib borgan. Bundan 40-18 ming yil oldingi paleolit davridayoq Dafn marosimi oshkora liniy tus olgan. Keyinchalik Dafn marosimi har bir dinning tarkibiy qismi hisoblangan liniy marosim va urf-odatlar bilan qorishib ketgan. Dafn marosimi hamma xalqlarda o&#8217;ziga xos rasm-rusumlarga, qoidalarga ega. Masalan, slavyanlarda vafot etgan kishi bilan vidolashuv 3 kungacha davom etadi, marhum qabrga tobut bilan qo&#8217;yiladi. Hinduizm diniga e&#8217;tiqod qiluvchi xalqlarda, masalan, hindlarda marhum jasadini maxsus gulxanda kuydirib, kulini daryoga tashlaydilar. Dafn gulxani marhumning o&#8217;g&#8217;illari yoki eng yaqin qarindoshlari tomonidan yoqiladi. Keyinchalik gulxan o&#8217;rnida marhumga bag&#8217;ishlangan marosimlar o&#8217;tkaziladi. Parsizm (zoroastrizm) ga e&#8217;tiqod qiluvchi Janubiy Osiyodagi bir qancha xalqlar marhumning jasadini maxsus minoradaxmalarga qo&#8217;yib, quzg&#8217;unlarga yediradilar (shunday daxmalar Bombay shahrining g&#8217;arbiy chekkasida hozir ham bor). O&#8217;zbeklarda Dafn marosimi katta yig&#8217;in hisoblanadi. Marhumning boshini qiblaga qaratib yotqizib qo&#8217;yadilar. Ko&#8217;zlari ochiq qolgan bo&#8217;lsa, yumib qo&#8217;yadilar, engagini bog&#8217;laydilar, oyoqlarining bosh barmoqlarini birlashtirib bog&#8217;lab qo&#8217;yadilar. Marhumning qarindoshlari uzoq-yaqindan yig&#8217;ilib kelgunga qadar (ba&#8217;zan bir kecha-kunduzgacha) kutiladi. Mahalla, qishloqlarga dafn soati to&#8217;g&#8217;risida xabar beriladi. Yaqin qarindoshlar yig&#8217;ilishadi, uydagilar har bir yangi kelgan qarindoshlarga qo&#8217;shilib dam-badam marhumga madh aytib, uning fazilatlarini gapirib yig&#8217;lashadi. Dafn marosimi, odatda, bomdod, peshin yoki asrga mo&#8217;ljallanadi. Maxsus yuvuvchi (g&#8217;assol, murdasho&#8217;y) murdani sartaxtada yuvib (g&#8217;usl), oq mato (maxsus doka) dan qilingan kafanga o&#8217;raydi. Dafn marosimi qatnashuvchilari yig&#8217;ilib bo&#8217;lgach, mayyit tobutga olinadi. Tobut eshikdan emas, balki derazadan oyoq tomoni bilan chiqariladi. Masjidda yoki marhumning hovlisida janoza marosimi o&#8217;tkaziladi. Marhumni faqat erkaklar ko&#8217;tarib, hovlidan ko&#8217;chaga (agar marhum yosh bo&#8217;lsa amakilari yoki akalari, keksa bo&#8217;lsa o&#8217;g&#8217;illari yoki eng yaqin qarindoshlari) chiqarishadi. Ko&#8217;chada shoti singari yog&#8217;och Anbar ustiga tobutni qo&#8217;yib, to&#8217;rt kishi yelkasiga ko&#8217;taradi (marhumning yoshi va jinsiga qarab Anbar motam pardasi \u2014 keksa erkaklarga oq surp, ayollarga \u2014 oddiy mursak, paranji; yigitlarga qizil rangli yoki duxoba mato, juvon-qizlarga duxoba paranji yoki qizil duxoba mato bilan o&#8217;rab qo&#8217;yilgan), qolgan kishilar tobut ortidan boradi. Boshqalar ularga ko&#8217;maklashadi. Tobutkashlar tez-tez almashinib, tezlikda qabristonga olib boriladi. Qabristonga borgach, tayyorlab qo&#8217;yilgan go&#8217;r oldida marhum tobutdan olinib, kafanga o&#8217;ralgan holda go&#8217;rkovga uzatiladi, go&#8217;rkov uni go&#8217;rga yuzini qibla (G&#8217;arb) ga qaratib yotqizib qo&#8217;yib chiqadi (aksariyat yaqin qarindosh-urug&#8217;larni maxsus ajratilgan joyga \u2014 xilxonaga ko&#8217;mish odati ham bor). O&#8217;lik go&#8217;rga qo&#8217;yilgach, kishilar go&#8217;rkov tutgan ketmonga bir siqimdan tuproq tashlaganlar. Go&#8217;rkov tuproqni marhumning boshi ostiga to&#8217;kkan. So&#8217;ngra go&#8217;rning og&#8217;zi berkitilib, tuproq tortilgan. Dafn tugaganidan so&#8217;ng go&#8217;rkov yoki boshqa kishi Dafn marosimi qatnashuvchilariga murojaat qilib, o&#8217;likning nomini aytib: &#8220;qanday odam edi&#8221;, deb so&#8217;raydi, hozir turganlar esa &#8220;yaxshi odam edi&#8221; degan javobni beradilar. Bu so&#8217;roq va javob faqat erkaklarga taalluqli (xotinlar erining ixtiyorida bo&#8217;lgani uchun, xotinlarga yaxshi yoki yomon deb baho berishga erdan boshqa hech kimning haqi yo&#8217;q). Shundan keyin go&#8217;rkov xamma kelganlarga rahmat aytib, tarqalishga ruxsat beradi. Ba&#8217;zan dafnga kelganlarga pul, ro&#8217;molcha, sochiq, sovun, kiyimlik ulashiladi, bu odatni xayrot, isqot deb ataydilar. Mozorga borganlar marhumning uyiga kelib fotiha o&#8217;qib tarqaladilar. Ochil Bo&#8217;riyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAFN MAROSIMI \u2014 marhumni ko&#8217;mish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan marosim va urf-odatlar. Dafn marosimi insoniyat paydo bo&#8217;lganidan buen geografik muhit, ijtimoiy hayot va kishilarning imkoniyatlari, shuningdek, tabiiy-ilmiy tasavvurlariga va dunyoqarashiga bog&#8217;liq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dafn-marosimi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24037","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24037","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24037"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24037\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24042,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24037\/revisions\/24042"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24037"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24037"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24037"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}