{"id":24095,"date":"2022-04-12T20:37:27","date_gmt":"2022-04-12T17:37:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24095"},"modified":"2022-04-12T20:37:29","modified_gmt":"2022-04-12T17:37:29","slug":"paleolit-davri-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paleolit-davri-madaniyati\/","title":{"rendered":"Paleolit davri madaniyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Respublikamiz hududida turli davrlarda, ayniqsa, XX asrning birinchi yarmi, so\u2019nggi choragida olib borilgan tadqiqotlar mamlakatimiz madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir tarkibiy qismi bo\u2019lganligini, turli davrlarda ikki qit&#8217;a &#8211; Osiyo hamda Yevropa madaniyatlari va manfaatlari to&#8217;qnashadigan joy bo\u2018lganligini ko\u2018rsatadi. Bir tomondan, hozirgi O\u2018rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadim-qadim davrlardan buyon bir-biri bilan bog\u2018liq hoida shakllanib taraqqiy etgan bo\u2018lsa, ikkinchi tomondan, qo\u2018shni davlatlar va mintaqalar xalqlari madaniyatidan ta\u2019sirlangan va aksincha. aks ta\u2019sir etgan. O\u2019zbek xalqi madaniyati tarixiga e\u2019tibor bersak, qadim-qadimdan to sho&#8217;rolar zamoni davrlarigacha O\u2018rta Osiyo, Sharqiy Eron, Afg\u2018oniston va Sharqiy Turkiston xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bir-biriga ta\u2019sir ko\u2018rsatgan. Shuningdek, hozirgi kunimizda O\u2018rta Osiyoda yashayotgan o\u2019zbek, tojik, qozoq, qirg\u2018iz, turkman va qoraqalpoq xalqlarining ham taqdiri bir-biri bilan bog\u2018liq bo&#8217;lib, ularning tillari, turmush tarzi va mafkurasi bir xil geografik, iqlim va tarixiy muhit ta&#8217;sirida shakllangan. Mazkur xalqlar madaniyatining shakllanish jarayoni ibtidoiy davrlardayoq o\u2018zaro aloqada bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar umumjahon miqyosida insoniyat tarixi, shu jumladan, madaniyati tarixining vujudga kelishi jarayoniga e\u2019tibor bersak, bu jarayonning eng katta qismi ibtidoiy davrga to\u2018g\u2018ri kelishini ko\u2018ramiz. Ibtidoiy davr madaniyati insoniyat tarixining 99 foizini tashkil etadi. Ibtidoiy jamiyat paleolit (qadimgi tosh), mezolit (o \u2018rta tosh), neolit (yangi tosh) va eneolii (tosh-mis) davrlariga bo\u2019linadi. Qadimgi tosh asrining o\u2018zi ilk (ashel), o\u2018rta (muste) va so\u2018nggi tosh davrlariga bo\u2018linadi. Arxeolog olimlarning ta\u2019kidlashlaricha, ilk tosh davri eng katta davr bo\u2018lib, taxminan bundan 2,5 million yillardan 100 minginchi yillargacha bo\u2019lgan davrni o\u2018z ichiga oladi. Ilk paleolit davrida eng qadimgi odamlar moddiy madaniyatning dastlabki namunalarini: toshdan yasalgan qo&#8217;pol mehnat qurollarini yarata boshlaganlar, tabiiy olovdan foydalanishni 0\u2018rganganlar, asosan, g\u2018orlarda yashaganlar, asta-sekin oddiy turar-joylar (shox-shabba va qamishlardan qurilgan chaylalar, yerto\u2018lalar va boshqalar) qurishib, tasavvurlarning shakllanish jarayoni sodir bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologlarning ko&#8217;rsatishicha, O&#8217;zbekiston hududida odamlar bundan taxminan million yillar oldin yashay boshlaganlar. Masalan, arxeolog U. Islomov Farg\u2018ona vodiysidagi Selungur g\u2018oridan topgan odamlar qoldiqlari (Fergantroplar) bundan taxminan bir million yillar ilgari yashagan odamlarniki ekanligini ta\u2019kidlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilk paleolitning oxirgi davrlari \u00abmuste\u00bb (Fransiyadagi qishloq va g\u2018or nomidan olingan) davri deb atalib, bu davrda neandertal (Germaniyaning Neandertal vodiysi nomidan olingan) odamlari yashagan. Neandertal odamlarning qoldiqlari dastlab O\u2019zbekistonning Teshiktosh g&#8217;oridan topilgan. Shuningdek, Respublikamiz hududidagi Omonqo\u2018ton, Zirabuloq (Samarqand viloyati), Obirahmat, Ko\u2018lbuloq (Toshkent viloyati), Uchtut (Navoiy viloyati) kabi hududlardan ham o&#8217;sha davrga oid bo\u2018lgan madaniyat qoldiqlari ochib o\u2018rganilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Neandertal odamlaming hayoti albatta ancha og\u2018ir kechgan. Ularning moddiy madaniyati namunalari hisoblangan tosh qurollari o\u2018ta qo&#8217;pol ko&#8217;rinishda, tasavvurlari esa juda sodda bo\u2018lgan. Neandertal odamlar qabrlari atroflarining hayvon shoxlari bilan to&#8217;sib qo\u2018yilishi ularda ilk diniy dunyoqarash paydo bo\u2018la boshlaganligini ko&#8217;rsatadi. Buni Teshiktosh g\u2018orida yashagan odamlaming qabrlaridagi izlar ham tasdiqlaydi. Neandertal odam vafot etgandan so&#8217;ng uni qabrga ko&#8217;mib, qabr atrofmi hayvon shoxlari bilan to\u2018sib qo\u2018yganlar. Ularning tasavvuriga ko\u2018ra, hayvonning butun kuch-quvvati, o\u2018zidan kuchli va ayyorroq bo\u2018lgan yirtqich hayvonlarning hujumini qaytaruvchi shoxiga to\u2018plangan. Ikkinchi tomondan esa odam uchun hayvon asosiy oziq m anbayi hisoblangan. Shu boisdan ham hayvonlarga e&#8217;tiqod qilish \u2014 ilk totemistik tasavvurlar ham muste davrida vujudga kelgan bo&#8217;lishi ehtim oldan xoli emas.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018nggi paleolitning dastlabki davrlariga kelib, zamonaviy aqlli odam (homo sapiens) shakllanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, ibtidoiy to\u2019da davridan urug\u2018chilik tuzumi (jamiyati)ga o \u2018tish, ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida vujudga kelgan o \u2018zgarishlar bilan xarakterlanadi. Ibtidoiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tosh qurollar \u00abqo\u2019l cho\u2018kichi\u00bb, \u00abqo\u2018l chopqisi\u00bb va \u00abqo\u2018l boltasi\u00bb vazifasini bajargan.<\/p>\n\n\n\n<p>Urug&#8217;chilik davriga kelib, mehnat qurollari birm uncha takomillashib, tosh qurollari ixchamlashgan. Suyak va hayvon shoxlaridan turli xil buyumlar: igna, bigiz, qarmoq, kamon o\u2018qi va turli bezaklar yasalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda tasviriy san\u2019at o\u2018ta sodda ko\u2018rinishda bo\u2018lsa-da, birmuncha rivojlangan, ya\u2019ni qoyatoshlar hamda g\u2018or devorlariga ov manzaralari, hayvonlar va odamlarning eng sodda tasvirlari tushirilgan. Bunga Surxondaryodagi Zarautsoy toshlaridagi, Chodakdagi (Namangan viloyati) g\u2019or devoriga chizib ishlangan rasmlar hamda suyaklarga hayvon va odamlar qiyofalarining o\u2018yib ishlanganligi misol bo\u2018la oladi. Urug\u2018chilik davriga kelgach, suyakdan tasviriy va xalq amaliy san\u2019atining ilk va eng sodda asarlari yaratilgan, ya\u2019ni suyakdan turli xil taqinchoqlar yasaganlar, suyak ustiga turli rasmlar chizilgan, ona timsolini aks ettiruvchi nomukammal haykalchalar yaratilgan. Ibtidoiy rassom va haykaltaroshlar, eng avvalo, insonga hayot baxsh etuvchi homilador ayollar rasmini chizib, haykalchalar yaratganlar. Ov qilinadigan yirik hayvonlar rasmini va ov manzaralarini tasvirlaganlar. Xullas, O\u2018zbekiston hududidagi Zarautsoy, Molguzar va Nurota tog\u2018laridagi, Qoratog&#8217;ning Uchtut darasidagi, Xo\u2018jakent darasidagi, Teraklisoy va boshqa joylardagi ibtidoiy san\u2019at asarlari tasviriy san\u2019atning yuqori paleolit davridayoq rivojlanganligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mezolit davrida esa ibtidoiy rassomlar tabiatning u yoki bu kuchlariga bo\u2018lgan munosabatlarini, dunyoqarashlarini \u2014 u diniymi yoki dunyoviymi, bundan qat\u2019yi nazar, qoyalarga chizilgan rangli suratlar orqali ifodalab berganlar. Masalan, Zarautsoy qoya toshlaridagi suratlarning bir qismi qizil rang bilan ishlangan. Qoya suratlari orasida yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi diqqatga sazovor. Ba\u2019zi bir ovchilar o &#8216;z ustlariga chaylasimon yopinchiq yopib olganlar. Ular o\u2018q-yoy va palaxmonlar bilan qurollanganlar. Boshqa bir qoya toshda ikki guruh ovchilarning yovvoyi buqani o\u2018rab olish manzarasi chizilgan. Xulosa qilib aytganda, Zarautsoy qoyalaridagi rasmlar orqali o&#8217;rta tosh davri rassomlarining fikr doirasi, diniy tasaw urlari qay darajada rivojlanganligini bilib olsa bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Til va ongning asta-sekin paydo bo\u2018lishi natijasida ob\u2019yektiv voqe\u00fck va uning turli xil hodisalari haqida tushuncha va tasavvurlarda o\u2018zgarishlar ro\u2018y bera boshlaydi. Ibtidoiy kishilarning eng sodda ko&#8217;rinishdagi diniy va badiiy dunyoqarashi shakllana boshladi. Ibtidoiy kishilar o&#8217;zlarining tabiat va uning hodisalariga bo\u2018lgan munosabatlarini turli xil vositalar &#8211; qoya toshlar, g\u2018or devorlariga chizilgan eng sodda ko\u2018rinishdagi suratlarda mehnat ritmi bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan raqslarda ifodalay boshlaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Demak, ibtidoiy davr, moddiy ishlab chiqarish jarayonining takomillashuvi ma\u2019naviy madaniyat elementlarining shakllanishini tezlashtirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018rta tosh (m ezolit) asrining eng katta yutuqlaridan biri, kishilar tomonidan o\u2018q-yoyning kashf etilishi bolgan. Bu ovchilikning rivojlanishiga sabab bo\u2018lgan. Ovchilikning rivojlanishi, o\u2018z navbatida, ayrim hayvonlarni qo\u2018lga o\u2018rgatishga olib kelgan. Xonakilashtirilgan hayvonlar kishilar turmushini binnuncha yaxshilagan. Masalan, it odamlarga ham ovda, ham xavf-xatardan saqlanishda katta yordam bergan. Xonakilashtirilgan hayvonlar esa inson uchun ham go\u2018sht, ham teri, ham jun , ham yog\u2018, ham suyak, ham o\u2019g\u2018it manbayi bo&#8217;lgan. Bu davrga oid Machay g\u2019ori (Surxondaryo viloyati) topilmalari shuni ko\u2018rsatadiki, so\u2018nggi mezolit davriga kelib kishilar tosh qirg&#8217;ichlar, pichoqlar, suyakdan bigiz va ignalar yasaganlar. Bu esa hayvon terilaridan kiyim tikib kiyish va turar-joy atroflari hamda tepasini terilar bilan bekitish imkonini bergan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Respublikamiz hududida turli davrlarda, ayniqsa, XX asrning birinchi yarmi, so\u2019nggi choragida olib borilgan tadqiqotlar mamlakatimiz madaniyati umuminsoniy madaniyatning bir tarkibiy qismi bo\u2019lganligini, turli davrlarda ikki qit&#8217;a &#8211; Osiyo hamda Yevropa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/paleolit-davri-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7929,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-24095","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24095","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24095"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24095\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24096,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24095\/revisions\/24096"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24095"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24095"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24095"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}