{"id":24101,"date":"2022-04-13T10:47:31","date_gmt":"2022-04-13T07:47:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24101"},"modified":"2022-04-13T10:47:33","modified_gmt":"2022-04-13T07:47:33","slug":"bronza-davri-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bronza-davri-madaniyati\/","title":{"rendered":"Bronza davri madaniyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Markaziy Osiyoda bronza davri taxminan eramizdan avvalgi III ming yillik o&#8217;rtalaridan to I ming yillik boshlariga qadar davom etgan. Bronza davrida cho&#8217;l va adirlarda chorvachilik madaniyati rivojlangan bo\u2018lsa, janubiy hududlarda hunarmandchilik madaniyati ravnaq topgan. Shu bilan birga Janubiy hududlarda dehqonchilik taraqqiy etib, shaharlarning vujudga kelish jarayoni kechgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilk bronza davrida kulolchilik buyumlariga bir xil geometrik naqsh berish odatga aylangan. Oltintepa (Janubiy Turkmaniston) da olib borilgan qazishmalar shuni ko&#8217;rsatadiki. bu davrda muhtasham ibodatxona saroy tipidagi monumental inshootlar qurish birm uncha rivojlanib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bronza davrida respublikamizning janubiy hududlarida dehqonchilikning rivojlanishi bilan birga ibtidoiy shahar madaniyati ham taraqqiy eta borgan. Akademik A.Asqarov rahbarligida Sopollitepada (Surxondaryo viloyati hududida) olib borgan qazishmalar bronza davrida shahar madaniyati va hunarmandchilikning qanchalik rivojlanganligini ko\u2018rsatib beradi. Qal\u2019a ichkarisidagi uylar yirik xom g&#8217;ishtlardan qurilgan bo&#8217;lib, devorlar va pol somon suvoqda suvalgan. Ko&#8217;pchilik uylarning ichiga odam ko\u2018milgan bo\u2018lib, qabrlardan sopol idishlar, bronza, kumush, oltin va turli qimmatbaho toshlardan ishlangan bezaklar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va pardoz buyumlari, tabiiy ipakdan tikilgan kiyim qoldiqlari topilgan. Qara maydonida 20 ga yaqin sopol pishiradigan xum donlar bo&#8217;lib, ularda 40 dan ortiq sopol idishlar: vazalar, qadahlar, ko &#8216;zalar, xurmacha, choynak, piyola, kosa, tog\u2018ora, xum , lagan, barkash va boshqalar pishirilgan. Shuningdek, Sopollitepada yuzlab metall buyumlar \u2014 oddiy uy -ro\u2018zg\u2018o r buyumlaridan to rtib , harbiy qurollargacha, ayollar pardoz -andozi uchun xilma-xil idishchalargacha ishlanganligi aniqlangan, Oltin va kum ushdan turli xil munchoq va taqinchoqlar ishlangan. Jez oynalar, to\u2018g\u2018nag\u2018ichlar va hayvon ma&#8217;budalari, urug&#8217; jamoasining naqshinkor muhrlari va tamg\u2018alari ham metalldan yasalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bronza davri moddiy madaniyati va unga singdirilgan badiiy tafakkurning qay darajada ekanligini Farg\u2018ona shahri yaqinidan topilgan eramizdan awalgi III ming yillikka oid bronza to\u2018g\u2019nag\u2018ichlar, Chirchiq daryosi yuqori irmog&#8217;idan topilgan eramizdan avvalgi II ming yillikka tegishli bronza bilaguzuk, Chust madaniyati manzilgohidan topilgan turli xil taqinchoqlar, idishlar ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibtidoiy-diniy tasavvurlaming vujudga kelishi badiiy tafakkur namunalarida ham o\u2018z ifodasini topgan. Ibtidoiy davrga oid tasviriy san\u2019at namunalariga e&#8217;tibor bersak, ularda diniy va badiiy tafakkur ham da tabiat hodisalariga bo&#8217;lgan m unosabatlar umumlashib kelganligini ko&#8217;ramiz. Masalan, Saymalitosh g\u2018ori (Farg\u2018ona viloyati)dagi suratda qo\u2018lini yuqoriga ko\u2018tarib, quyosh xudosiga topinayotgan va iltijo qilayotgan kishilar tasviri berilgan. Shuningdek, bu suratda doira chalayotgan odam va qo&#8217;lini yuqori ko\u2018tarib juft-juft bo\u2018lib raqsga tushayotgan kishilar tasviri berilgan, degan xulosaga ham kelish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Saymalitosh rasmlari orasida arxarlar, tog\u2018 echkilari, kiyiklarni ovlash jarayoni tasvirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur suratlarda ibtidoiy davr kishilarining tabiat hodisalariga nisbatan munosabatlari ifodalab berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Markaziy Osiyo hududidagi ko\u2018pgina qoya tosh suratlarida tog\u2018 echkisi tasvirlarining uchrashi qadimgi turk qabilalarining arxarlar (yovvoyi tog\u2018 echkisi) bilan qarindoshligi haqidagi afsonalar bilan bog\u2019liq bo&#8217;lishi ham mumkin. Qadimgi turkiy qavmlar yashagan hududlardan bu jonivorlarning suratlari tushirilgan tamg&#8217;alaming topilgani bu fikrimizning dalili bo&#8217;lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Hayvonlar va odam lar tasvirining kengayishi, ov va diniy mavzularning tasvirlanishi ibtidoiy odam lar tafakkurining kengayib borganligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibtidoiy davrning ham moddiy, ham m a&#8217;naviy madaniyati ishiab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida takomillasha borgan. Ibtidoiy davr ma\u2019naviy madaniyatining vujudga kelishida, birinchidan, mehnat qurollarining takomillashib borishi, ikkinchidan, ibtidoiy odam nutqi va ongining ta\u2019siri benihoya katta bo\u2018lgan. Chunki ibtidoiy odam mehnat qurollari orqali, avvalo, o\u2018zining oziq-ovqatlarga bo&#8217;lgan biologik ehtiyojini qondirgan bo\u2018lsa, so\u2018ngra ana shu qurollarni ishlatish natijasida o \u2018zini qurshab turgan tabiat sirlariga chuqurroq kirib borgan. Tabiat sirlarini bila borish esa tafakkur taraqqiyoti uehun yo\u2018l ochib bergan. Dastlab poda, so\u2018ngra urug\u2018 jamoasi a\u2019zolari o \u2018rtasidagi ijtimoiy m unosabatlar va ijtimoiy hodisalarning shakllana borishi ham da tabiat hodisalarini turli xil vositalar orqali aks ettirishning takomillashuvi ham , sodda ko\u2018rinishdagi ijtimoiy ishiab chiqarish jarayoniga bog\u2018liq bo\u2018la borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilk paleolit davrida ibtidoiy odamlarning obyektiv voqelik haqidagi tasavvurlari birmuncha aniq, hatto o\u2018zlari yovvoyi odam, guruh. aralash oila haqida ham muayyan tasavvurlarga ega bo\u2018lgan. Natijada tartibsiz jinsiy munosabatlar tartibga tusha boshlagan. Turli xil oilaviy an\u2019analar, rasm-rusumlar, udumlar shakllana borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>So&#8217;nggi paleolit davridan boshlab odam lar atrof-m uhitga ta\u2019sir ko\u2018rsatib, o\u2018z tabiatini ham o\u2018zgartira borganlar. Natijada yangidan yangi mehnat malakalari, yangidan yangi madaniy boyliklar yaratila boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>So&#8217;nggi paleolitdan boshlab jamoa turarjoylari o\u2018zgargan. Endi kishilar yerto\u2018la, yarim yerto &#8216;la va yer ustiga chaylalar qurib yashay boshlaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bronza davriga kelgach, diniy tasavvur va tushunchalar murakkablasha borgan. Tabiat hodisalarini boshqarib turuvchi g\u2018ayritabiiy kuchlar haqidagi tasavvurlar paydo bo&#8217;lgan. Ikkinchi tomondan esa yirik qishloqlar va hatto eng dastlabki shaharlar (ayniqsa, hunarmandlar to \u2018planib yashaydigan shaharlar), qo\u2018rg\u2018onlar, diniy e\u2019tiqod markazi hisoblangan ibodatxonalar vujudga kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Markaziy Osiyoning ilk bronza davriga oid arxeologik izlanishlar va topilmalar dehqonchilik madaniyati shakllanib, ya\u2019ni chorvachilikdan dehqonchilik ajralib. o \u2018z navbatida, hunarmandchilik ishiab chiqarishining kuchaya boshlaganligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda sun\u2019iy sug&#8217;orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati qo&#8217;shimcha mahsulot va xususiy mulkning ko\u2018payishiga olib kelgan. Sopollitepa, Jarqo\u2018ton, Kuzamshir, Afrosiyob, Dalvarzin va Chust madaniyatlari hozirgi O&#8217;zbekiston hududida metall qurollar va buyumlar ko\u2018plab ishlab chiqarilganligidan darak beradi. Metalldan yasalgan mehnat qurollari mehnat unum dorligining oshishiga, kishilar turmush madaniyatining o&#8217;zgarishiga olib kelgan. Eramizdan avvalgi III-II ming yilliklar davrida hunarm andchiiikning asosiy bo\u2018g\u2018inlaridan biri \u2014 kulolchilik rivojlanib, kulolchilik charxi keng yoyilgan. Shahar madaniyati va davlatchilikning mustahkamlanishida muhim rol o\u2018ynagan savdo-sotiq nafaqat mintaqa, balki boshqa hududlar va davlatlar bilan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy aloqaning asosiy vositasiga aylangan. Albatta, davlatchilik asoslarining shakllanishi va shahar madaniyatining yuksalishida nafaqat ishlab chiqarish munosabatlari (dehqonchilik va hunarmandchiiik) dagi o\u2018zgarishlar va savdo-sotiqning rivojlanishi, balki mintaqamizning tabiiy-geografik joylashuvi hamda g&#8217;arbiy-strategik (Sharq va G\u2018arb manfaatlarining to\u2019qnashuvi) ahamiyati ham m uhim rol o&#8217;ynagan. Mazkur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy o&#8217;zgarishlar hamda ilk davlatchilikning vujudga kelishida eng qadimgi shaharlar: Sopollitepa, Jarqo&#8217;ton (Surxondaryo), Yerqo\u2018rg\u2018on, Uzunqir (Qashqadaryo), Kuxatepa, Afrosiyob (Samarqand) va boshqa ko&#8217;hna shaharlar muhim rol o\u2018ynagan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy Osiyoda bronza davri taxminan eramizdan avvalgi III ming yillik o&#8217;rtalaridan to I ming yillik boshlariga qadar davom etgan. Bronza davrida cho&#8217;l va adirlarda chorvachilik madaniyati rivojlangan bo\u2018lsa, janubiy hududlarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bronza-davri-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7929,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[101],"tags":[],"class_list":["post-24101","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-madaniyat","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24101","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24101"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24101\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24102,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24101\/revisions\/24102"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7929"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24101"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24101"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24101"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}