{"id":24113,"date":"2022-04-15T07:34:01","date_gmt":"2022-04-15T04:34:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24113"},"modified":"2022-04-15T07:34:02","modified_gmt":"2022-04-15T04:34:02","slug":"dasht-zonalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dasht-zonalari\/","title":{"rendered":"DASHT ZONALARI"},"content":{"rendered":"\n<p>DASHT ZONALARI \u2014 tabiiy landshaftlarida ko&#8217;p joyni dashtlar egallagan tabiat zonalari. Shimol va Janubiy yarim sharlarning mo&#8217;tadil va subtropik mintaqalarida tarqalgan. 1) mo&#8217;tadil mintaqalarning dasht zonalari. Iqlimi quruq, kontinental iqlim, suvayirg&#8217;ichlari o&#8217;rmonsiz. Qoratuproq, to&#8217;q kashtan va kashtan tuproqlarda o&#8217;tsimon, ko&#8217;proq boshoqli o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Yevrosiyo, Shimoliy Amerika hududlarida yaqqol ko&#8217;zga tashlanadi, Janubiy Amerikaning Janubda ham uchraydi. Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining ko&#8217;lami yiliga 500-580 kJ\/sm2 (120\u2014 140 kkal\/sm2), radiatsiya balansi 145\u2014 190 kJ\/sm2 (35-45 kkal\/ sm2). Mo&#8217;tadil issiq, yog&#8217;in kam, quyoshli yoz kam qorli sovuq qishga tez o&#8217;tadi. Shimoliy yarim sharda iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 20-24\u00b0, yanvarniki 0\u00b0 dan \u2014 30\u00b0 gacha (O&#8217;rta Sibirning Janub va Markaziy Osiyoda). Yiliga 200 millimetrdan 400 millimetrgacha yog&#8217;in tushadi. Qurg&#8217;oqchilik bo&#8217;lib turadi. Qishda qor bo&#8217;ronlariga, yozda esa garmsel (Suxovey) va to&#8217;zonga aylanadigan kuchli shamollar bo&#8217;lib turadi. Daryo kam, suv miqdori mavsumga qarab keskin o&#8217;zgarib turadi. G&#8217;ovak, lyossimon jinslarning keng tarqalganligi jarlar hosil bo&#8217;lishiga, tabiiy o&#8217;simlik qoplamining keskin kamayishiga olib keladi. Qoratuproqlar gumus va karbonatlarga boy bo&#8217;lgani uchun unumdor. To&#8217;q kashtan va kashtan tup-roklarda gumus kam, sho&#8217;rtob bo&#8217;lganidan unumdorligi past. Dasht zonalarining asosiy qismi haydalib ekinzorlarga aylantirilgan. Tabiiy o&#8217;simliklardan bo shoklilar bilan chalov, betaga, chillak-oyoq, qo&#8217;ng&#8217;irbosh Zabaykale va Markaziy Osiyo dashtlarida, bizon o&#8217;ti, daraxtsimon o&#8217;simliklar shimoliy Amerikaning preriyalarida saqlanib qolgan. Ayrim joylarda butalar, Daryo kayirlarida o&#8217;rmonlar uchraydi. Bahorda efemer va efemeroidlar usadi. Yevrosiyo Dasht zonalarining g&#8217;arbida qarsoq tulki, bo&#8217;ri, sichqon, dasht olaquzani, bo&#8217;rsiq, yumronqoziq, ko&#8217;rsichqon, qo&#8217;shoyoq, sharqida jayran, Daur kirpisi va boshqalar, Shimoliy Amerikada bizon, burama shoxli antilopa, dasht bo&#8217;risi, yumronqoziqning bir necha turi, Qozog&#8217;istonda dasht burguti, to&#8217;rg&#8217;ay, sudralib yuruvchilardan dasht qora iloni, kaltakesak, sariq qorinli chipor ilon, cho&#8217;l baqasi yashaydi. Sharqiy Yevropa tekisligida qo&#8217;riq dashtlar faqat qo&#8217;riqxonalarda qolgan. Qurg&#8217;oqchilik ko&#8217;p bulganligidan, suv va shamol eroziyasi tufayli dehqonchilik meliorasiyaga muhtoj. Dashtlarning tabiiy landshafti Janubiy Sibirning botiqlarida va Markaziy Osiyo tog&#8217;larida yaxshi saqlangan; 2) subtropik mintaqalarning dasht zonalari \u2014 iqlimi quruq issiq, tabiiy landshaftlarda o&#8217;t va buta o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Asosan 25\u00b0 va 40\u00b0 sh. k. va j. k.lar orasida joylashgan. Shimoliy Amerikada Kaliforniya vodiysida, Kolorado platosida, Buyuk tekisliklarning Janubiy qismida, Meksika tog&#8217;ligining ichki qismida uchraydi. Janubiy Amerikada Laplata pasttekisligining va and tog&#8217;oldilaridagi pampalarla, Avstraliyada \u2014 materikning Janub va Janubiy-g&#8217;arbiy qismidagi tekisliklarda, Zakavkazeda kura-Araks pasttekisligining tog&#8217;oldi qismlarida uchraydi. Dasht zonalari yuzasida jami quyosh radiatsiyasining ko&#8217;lami yiliga 580-790 kJ\/sm2 (140-180 kkal\/sm2), radiatsiya balansi 210-290 kJ\/sm2 (50-70 kkal\/sm2). Qishi iliq, qorsiz, eng sovuqoyning o&#8217;rtacha havo t-rasi 5-12\u00b0, onda-sonda sovuqurish kuzatiladi. Yozi issiq, eng issiq oyning o&#8217;rtacha temperaturasi 20-25\u00b0, vegetatsiya davrini 3-4 oygacha qisqartiradigan tez-tez kuchli qurg&#8217;oqchilik bo&#8217;ladi. Yiliga 500\u2014 600 millimetr yog&#8217;in tushadi, materiklarning sharqida maksimum yogin yozda, g&#8217;arbida esa qishda bo&#8217;ladi. Yer ustki oqimlari kam, daryolari kamsuv, qurg&#8217;oqchil mavsumlarda ko&#8217;pincha qurib qoladi. Tuproqlarida temir va alyuminiy oksidlari ko&#8217;p. Tuproqlarning minerallashish jarayonlari mavsumiy bo&#8217;lib, qurg&#8217;oqchil davrda to&#8217;xtaydi yoki keskin kamayadi. Ko&#8217;p joylarda sho&#8217;rlangan tuproqlar shakllanadi. Tabiiy o&#8217;simliklar tarkibida chimli boshoqlilar, ayrim joylarda butalar uchraydi. Daryo vodiylari o&#8217;rmonzor. Daryolar oralig&#8217;ida ba&#8217;zan daraxtzorlar uchraydi. Hayvonot dunyosida kemiruvchilar, tez chopar tuyoqlilar, shuningdek, sudralib yuruvchilar, hasharotlardan to&#8217;g&#8217;riqanotlilar uchraydi. Xo&#8217;jaligi yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka ixtisoslangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DASHT ZONALARI \u2014 tabiiy landshaftlarida ko&#8217;p joyni dashtlar egallagan tabiat zonalari. Shimol va Janubiy yarim sharlarning mo&#8217;tadil va subtropik mintaqalarida tarqalgan. 1) mo&#8217;tadil mintaqalarning dasht zonalari. Iqlimi quruq, kontinental iqlim, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dasht-zonalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24113","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24113","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24113"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24113\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24114,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24113\/revisions\/24114"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24113"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24113"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24113"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}