{"id":24433,"date":"2022-04-16T08:25:27","date_gmt":"2022-04-16T05:25:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24433"},"modified":"2022-04-16T08:25:27","modified_gmt":"2022-04-16T05:25:27","slug":"drama","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/drama\/","title":{"rendered":"DRAMA"},"content":{"rendered":"\n<p>DRAMA (Yunoncha drama \u2014 harakat) \u2014 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrtga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga bo&#8217;linishi, bayonning yo&#8217;qligi, personajlar munosabatlarining o&#8217;zaro so&#8217;zlashuvga asoslanishi Dramaning o&#8217;ziga xos xususiyatidir. Ijtimoiy (konkret tarixiy va umuminsoniy) muammolarni aks ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qaxramonlarning hatti-harakatlarida, avvalo dialog va monologlarda ifodalanadi. Drama matni ko&#8217;rishga (imo-ishora, harakat), shuningdek, eshitishga mo&#8217;ljallanadi; u sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi (mizanstsenalar qurilishi) imkoniyatlariga ham muvofiq keladi. Drama adabiy asar sifatida aktyor, rejissyor tomonidan sahnada o&#8217;z talqinini topadi. Drama tufayli teatr san&#8217;ati yuzaga kelgan va u kino san&#8217;ati uchun ham asos bo&#8217;lgan. Drama janrlari: tragediya, komediya, drama (janr sifatida) va tragikomediya. 2) dramaturgiya janrlaridan biri. Ma&#8217;rifatparvarlik davri (Didro, Lessing) dan boshlab Drama badiiy adabiyotning etakchi janrlaridan biriga aylangan. Unda insonning ziddiyatli hayoti ifodalanadi. Tarixiy Dramaga fojiaviylik xos. O&#8217;zbek dramaturgiyasi 20-asr boshlarigacha og&#8217;zaki shaklda mavjud edi. 20-asrning 1-yarmida dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi: &#8220;Padarkush yoki &#8220;To&#8217;y&#8221; (Nusratulla Qudratulla va Hoji Mu&#8217;in), &#8220;Boy ila xizmatkor&#8221;, &#8220;ko&#8217;knor&#8221;, &#8220;Mazluma xotin&#8221; (Hoji Mu&#8217;in), &#8220;Juvonmarg&#8221;, &#8220;ahmoq&#8221; (Abdulla Badriy), &#8220;Baxtsiz kuyov&#8221; (Abdulla Qodiriy), &#8220;Zaharli hayot&#8221;, &#8220;ilm hidoyati&#8221; (Hamza), &#8220;Pinak&#8221;, &#8220;advokatlik osonmi?&#8221;(Avloniy) va boshqalar. Bular Drama janri imkoniyatlarini o&#8217;zida to&#8217;la ifodaladi. 20-30-yillarda o&#8217;zbek dramaturgiyasi G&#8217;ulom Zafariy, Fitrat, Cho&#8217;lpon, Ziyo Said, Xurshid, Sobir Abdulla va boshqa dramaturglar ijodi tufayli yanada rivojlandi. 40-yillar dramaturgiyasi 2-jahon urushi va urushdan keyingi davr vazifalariga muvofiq taraqqiy etdi. Zamonaviy dramatik asarlarda o&#8217;zbek xalqi tarixi, buyuk siymolar ko&#8217;proq yoritildi. H. Olimjon, Izzat Sulton, uyg&#8217;un, Shayxzoda kabilar insonparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sug&#8217;orilgan &#8220;Muqanna&#8221;, &#8220;Jaloliddin&#8221;, &#8220;Alisher Navoiy&#8221;, &#8220;Mirzo Ulug&#8217;bek&#8221; kabi tragediya va dramalar yaratdilar. O&#8217;zbek dramaturgiyasining yetuk namunalari bu janrning eng yaxshi an&#8217;analari asosida yaratildi. Dramada davr muammolari va hayotiy ziddiyatlarni ichki ruhiy kechinmalar asosida ifodalash o&#8217;zbek sahna asarlarining etakchi xususiyatiga aylandi. A. Qahhorning &#8220;shohi so&#8217;zana&#8221;, &#8220;Tobutdan tovush&#8221;, I. Sultonning &#8220;Imon&#8221;, Uyg&#8217;unning &#8220;Parvona&#8221;, O&#8217;. Umarbekovning &#8220;Qiyomat qarz&#8221; pyesalari shular jumlasidan. Ad.: Belinskiy V. G., Tanlangan asarlar, T., 1955; Rahmonov M., O&#8217;zbek teatri tarixi (XVIII asrdan XX asr avvaligacha), T., 1968; Imomov B., Jo&#8217;raev Q., Hakimova H., O&#8217;zbek dramaturgiyasi tarixi, T., 1995. Murod Ibrohimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DRAMA (Yunoncha drama \u2014 harakat) \u2014 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrtga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/drama\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24433","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24433","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24433"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24433\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24440,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24433\/revisions\/24440"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24433"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24433"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24433"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}