{"id":24535,"date":"2022-04-16T10:57:01","date_gmt":"2022-04-16T07:57:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24535"},"modified":"2022-04-16T10:57:03","modified_gmt":"2022-04-16T07:57:03","slug":"deyok","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/deyok\/","title":{"rendered":"DEYOK"},"content":{"rendered":"\n<p>DEYOK \u2014 Gerodotnnng ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, Midiyaning dastlabki podshosi (miloddan avvalgi 727-675). Midiyani Ossuriya asoratidan xalos etgandan so&#8217;ng xalq tomonidan hokimiyat tepasiga avval hakam (sudya) sifatida, so&#8217;ngra parokanda mamlakatda uzil-kesil tartib o&#8217;rnatish maqsadida podshoh etib saylangan. Midiyaliklarning bir davlat ostida birlashtirgan, Ekbatana (Hamadon) shahriga asos solgan. Tepalik ustida bunyod etilgan shahar 7 qator mudofaa devorlari bilan o&#8217;rab olingan bo&#8217;lib, har bir devordan keyin keladigan devor o&#8217;zidan oldingisidan bir pog&#8217;ona baland qilib qurilgan. Devorlar turli ranglarda, birinchi devor \u2014 oq, ikkinchisi \u2014 qora, uchinchisi \u2014 sarg&#8217;ish-qizil, to&#8217;rtinchisi \u2014 to&#8217;q ko&#8217;k, beshinchisi \u2014 jigarrang, oltinchisi \u2014 kumushrang, ettinchisi \u2014 zarhal rangda bo&#8217;lgan. So&#8217;nggi mudofaa devorlari o&#8217;rtasida podsho saroyi va xazina qurilgan. Deyok aholiga devor atrofida joylashishni buyurgan. Saroyda quyidagicha tartib o&#8217;rnatilgan: biron-bir shaxsni bevosita, shunchaki podsho huzuriga kirishi man etilgan, har qanday ish bo&#8217;yicha podshoh bilan xizmatkorlar (xabarchilar) orqali bog&#8217;lanilgan. Bundan tashqari ijtimoiy kelib chiqishidan qat&#8217;i nazar har qanday kishini podshoh huzurida kulishi va tufurishi odobsizlik hisoblangan. Shikoyatlar podshohga yozma ravishda topshirilgan, podshohularni ko&#8217;rib chiqqach qaytarilgan. Biror-bir yerda jinoyat sodir etilgan bo&#8217;lsa Deyok aybdorni huzuriga chaqirib qilgan gunohiga yarasha jazolagan. Butun mamlakat hududida uning xabarchilari, ayg&#8217;oqchilari bo&#8217;lgan. Aftidan, Deyok miloddan avvalgi 715 yilda ossuriylar tomonidan asir qilib olib ketilgan va ossuriy yozuvlarida asirlar qatorida nomi keltirilgan midiyalik hukmdorlardan biri Dayaukku bilan aynan bir shaxs bo&#8217;lsa kerak. Miloddan avvalgi 713 yilda Sargon tomonidan tobe ettirilgan Midiyada Bit-Daiakku deb atalgan butun bir viloyatning mavjud bo&#8217;lishi, Deyokning mashhur podsholardan bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEYOK \u2014 Gerodotnnng ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, Midiyaning dastlabki podshosi (miloddan avvalgi 727-675). Midiyani Ossuriya asoratidan xalos etgandan so&#8217;ng xalq tomonidan hokimiyat tepasiga avval hakam (sudya) sifatida, so&#8217;ngra parokanda mamlakatda uzil-kesil tartib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/deyok\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24535","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24535","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24535"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24535\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24541,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24535\/revisions\/24541"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24535"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24535"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24535"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}