{"id":24558,"date":"2022-04-16T13:15:04","date_gmt":"2022-04-16T10:15:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24558"},"modified":"2022-04-16T13:15:05","modified_gmt":"2022-04-16T10:15:05","slug":"dekadentlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dekadentlik\/","title":{"rendered":"DEKADENTLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>DEKADENTLIK (lotincha decsdentis \u2014 tanazzul) \u2014 19-20-asrlarda Yevropa madaniyatidagi inqiroziy holatni umumiy tarzda ifoda etgan nom. Tanazzulga yuz tutishlik, umidsizlik kayfiyati, hayotdan bezishlik, yolg&#8217;izlanib qolganlik kabi hissiyotlarda o&#8217;z aksini topgan. Dekadentlikka xos bir qator xususiyatlar modernizmga ham xosdir. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida ro&#8217;y bergan jiddiy o&#8217;zgarishlar, yangilanishlar, inqilobiy jarayonlarning etilishi ijtimoiy voqelikda ziddiyatlarni kuchaytirdi. Eskilik va yangilik o&#8217;rtasidagi kurash avj oldi. Bunday holatni ko&#8217;rgan ayrim madaniyat, xodimlari, ijodkorlar tarix, tabiat, inson tanazzulga yuz tutmoqda, degan fikrga keldilar. Ular o&#8217;z asarlarida ana shu tanazzul, inqiroz sabablarini, inson boshiga tushgan tashvishlar, qiyinchiliklarni aks ettirishni maqsad qilib qo&#8217;ydilar. Natijada san&#8217;at sohasida modernizmning yangi yo&#8217;nalishi Dekadentlik paydo bo&#8217;ldi. Dekadentlar murakkab va qaramaqarshi hodisalarni tarixni buzuvchi kuch, deb qaradilar. Ular insonni jamiyatdan, siyosatdan va boshqa jarayonlardan xoli bo&#8217;lgan tabiatli individ sifatida baholadilar. Shunda inson hech bir jamiyatga qaram bo&#8217;lmagan ozod insonga aylanadi. Boshqacha aytganda, individ estetikasining ajralmas qismi sifatida shaxs erkinligi vujudga keladi. Dekadentlik estetikasidagi bu qarash san&#8217;at, adabiyot va ijodiy jarayonga munosabatda ham o&#8217;ziga xoslikni yuzaga keltirdi. Dekadentlar adabiyotni siyosatdan xoli qilish g&#8217;oyasini ilgari surdilar va buni ijod erkinligi deb hisobladilar. Shu bois Dekadentlik san&#8217;atkorlari asarlaridagi inson ko&#8217;proq individ sifatida namoyon bo&#8217;ladi, ular qahramonlarining shaxsiy xususiyatlari, hayoti tafsilotlari bo&#8217;rtib ko&#8217;zga tashlanadi. Dekadentlik dastlab frantsuz adabiyotida yaqqol namoyon bo&#8217;lgan. &#8220;La&#8217;nati shoirlar&#8221; deb nom qozongan P. Verlen, A. Rembo, S. Mallarme kabi shoirlar etakchilik qilgan simvolizm oqimiga Dekadentlik nihoyatda kuchli ta&#8217;sir etdi. Keyinchalik P. Valeri, P. Klodel, P. For va boshqa asarlarida rivojlantirildi. O. Uayld (Angliya), M. Meterlink (Belgiya), R. Rilke (Avstriya), M. Prust (Frantsiya) kabi 20-asrning 80-90-yillari adiblari ijodida ham aks etdi. Italiyada Dekadentlik lirik shoir J. Paskoli she&#8217;riyatida ko&#8217;zga tashlanadi. Uning ijodi uchun mistik kayfiyat, simvolizm b-n hamohanglik xos. 1900-yillarda Dekadentlik ta&#8217;sirida Italiyada kuch-qudratga sig&#8217;inishlik va urush oldidagi qo&#8217;rquv kayfiyatidagi yangi oqim paydo bo&#8217;ladi (G. Gossano, M. Moretti, F. Martini va boshqalar). Dekadentlik boshqa qator mamlakatlarga ham yoyiladi. Masalan, Germaniyada shoir S. George to&#8217;garagi paydo bo&#8217;lali. Bu to&#8217;garak a&#8217;zolari ijodida Nisshe g&#8217;oyalari ruhidagi afso-naviylik hissiyoti ustunlik qiladi. Rossiyada Dekadentlik simvolizm oqimiga mansub shoirlar ijodida o&#8217;z aksini topadi, lekin bulardagi Dekadentlik ekspressionizmga ancha yaqinlashib keladi. Hayotdan qoniqmaslik, uning achchiq saboklari, yomonliklarga qarshi tinimsiz kurash, mavjud talabga javob bermaydigan narsalarni rad qilish kabi dekadentlarga xos bo&#8217;lgan xususiyatlar hozirgi ham jahon adabiyotida o&#8217;z ifodasini topmoqda. Kamol Matyoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEKADENTLIK (lotincha decsdentis \u2014 tanazzul) \u2014 19-20-asrlarda Yevropa madaniyatidagi inqiroziy holatni umumiy tarzda ifoda etgan nom. Tanazzulga yuz tutishlik, umidsizlik kayfiyati, hayotdan bezishlik, yolg&#8217;izlanib qolganlik kabi hissiyotlarda o&#8217;z aksini topgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dekadentlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24558","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24558","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24558"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24558\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24565,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24558\/revisions\/24565"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24558"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24558"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24558"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}