{"id":24608,"date":"2022-04-16T14:50:30","date_gmt":"2022-04-16T11:50:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24608"},"modified":"2022-04-16T14:50:30","modified_gmt":"2022-04-16T11:50:30","slug":"dostoevskiy-fyodor-mixaylovich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dostoevskiy-fyodor-mixaylovich\/","title":{"rendered":"DOSTOEVSKIY FYODOR MIXAYLOVICH"},"content":{"rendered":"\n<p>DOSTOEVSKIY FYODOR MIXAYLOVICH [1821.30.10(11.11), Moskva \u2014 1881.28.1 (9.2), Sankt-Peterburg] \u2014 rus yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 1844 yilda boshlangan. Birinchi romani \u2014 &#8220;bechora odamlar&#8221;da (1846) xo&#8217;rlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor bo&#8217;lgan &#8220;kichkina odamlar&#8221;ning qismati hikoya qilingan. &#8220;Qiyofadosh&#8221; (1846), &#8220;oq tunlar&#8221; (1848) qissalari ham ijtimoiy mavzuda. N. Dobrolyubov, V. Belinskiy kabi demokrat ziyolilarning inqilobiy g&#8217;oyalariga Mahliyo bo&#8217;lib qolgan Dostoevskiy 1847 yildan rus inqilobchisi va xayoliy sotsialisti M.V. Petrashevskiy to&#8217;garagiga faol qatnashib, xayoliy sotsializm g&#8217;oyasini qo&#8217;llab-quvvatlaydi. Mazkur to&#8217;garakda qatnashib, mavjud davlat tuzumini kuch ishlatib o&#8217;zgartirishga harakat qilgani uchun Dostoevskiy o&#8217;lim jazosiga hukm qilinadi (1849). Nufuzli davlat va jamoat arboblarining aralashuvidan so&#8217;ng, podsho Aleksandr II o&#8217;lim jazosini 4 yillik qatorga surguni bilan almashtiradi. Yozuvchi Omsk katorga qamoqxonasida (1850-54) va Semipalatinskda intizomiy harbiy xizmatda bo&#8217;ldi (1854-59). 1859 yildan Peterburgda uzoq muddatli tutqunlik va surgun Dostoevskiy ijodida o&#8217;z ifodasini topadi, tushkunlik ustuvor mavzuga aylanadi. &#8220;Stepanchikov qishlog&#8217;i va uning aholisi&#8221; (1859), &#8220;Xo&#8217;rlanganlar va haqoratlanganlar&#8221; (1861), &#8220;o&#8217;lik xonadondan maktublar&#8221; (1861-62) asarlari jaholat botqog&#8217;iga botib, insoniy qiyofasini yo&#8217;qotgan ruslar hayotiga bag&#8217;ishlangan. Dostoevskiy M.M. Dostoevskiy (akasi) bilan hamkorlikda &#8220;Vremya&#8221; (1861-63), &#8220;Epoxa&#8221; (1864-65) jurnallarini nashr etadi. Bularda Rossiyadagi krepostnoylik tartibi, aslzoda (dvoryan) larning ma&#8217;naviyaxloqiy tubanligi, mehnatkashlar shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishini fosh etishdan tashqari, millatchilik, buyuk davlatchilik (shovinizm) g&#8217;oyalari, xususan, chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning zabt etilishi targ&#8217;ib qilinadi. &#8220;Biz Yevropaga bostirib borsak, ular bizni varvarlar sifatida qarshi oladi, Osiyoda esa bizni madaniyatli millat kabi kutib olishadi&#8221;, deb, Kaufman, Skobelev singari harbiylar Turkistonni bosib olishga da&#8217;vat etiladi. &#8220;Jinoyat va jazo&#8221; (1866), &#8220;telba&#8221; (1868) romanlarida rus xalqining ma&#8217;naviy muammolari badiiy bo&#8217;yoqlarda yaqqol aks ettirilgan. &#8220;Jinlar&#8221; (1871\u2014 72), &#8220;o&#8217;smir&#8221; (1875) romanlarida esa rus &#8220;oqsuyaklari&#8221; tabaqasi, amaldorlari orasida ma&#8217;naviy qashshoqlik, amalparastlik, ochko&#8217;zlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani ko&#8217;rsatilgan, ichki-milliy muammolarni boshqa bir xalq hisobiga hal etib bo&#8217;lmasligi e&#8217;tirof etilgan. &#8220;Og&#8217;a-ini Karamazovlar&#8221; (1879-80) romanida jamiyat va shaxs o&#8217;rtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojia o&#8217;z ifodasini topgan. Dostoevskiy ijodi, garchi ziddiyatli bo&#8217;lsada, rus va jahon adabiyotiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Dostoevskiy 19-asrdagi realistik roman janrini yangi o&#8217;ziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib to&#8217;laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar taqdirini, qalb kurashini, balki jamiyat ma&#8217;naviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. O&#8217;zining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, g&#8217;oya va dunyoqarashning fojiaviy to&#8217;qnashuvini mahorat bilan tasvirladi. Dostoevskiy romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi. Dostoevskiy ning &#8220;Jinoyat va jazo&#8221;, &#8220;telba&#8221; va boshqa asarlari Ibrohim G&#8217;afurov tomonidan o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. As: Xo&#8217;rlanganlar va haqoratlanganlar, T., 1966; Telba, T., 1981. Ad.: F.M. Dostoevskiy tug&#8217;ilgan kunning 150 yilligi (esdaliklar), T., 1971. Nabijon Boqiy.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOSTOEVSKIY FYODOR MIXAYLOVICH [1821.30.10(11.11), Moskva \u2014 1881.28.1 (9.2), Sankt-Peterburg] \u2014 rus yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 1844 yilda boshlangan. Birinchi romani \u2014 &#8220;bechora odamlar&#8221;da (1846) xo&#8217;rlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor bo&#8217;lgan &#8220;kichkina odamlar&#8221;ning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dostoevskiy-fyodor-mixaylovich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24608","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24608","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24608"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24608\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24614,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24608\/revisions\/24614"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24608"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24608"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24608"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}