{"id":24618,"date":"2022-04-16T14:54:09","date_gmt":"2022-04-16T11:54:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24618"},"modified":"2022-04-16T14:54:10","modified_gmt":"2022-04-16T11:54:10","slug":"dostonchilik-maktabi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dostonchilik-maktabi\/","title":{"rendered":"DOSTONCHILIK MAKTABI"},"content":{"rendered":"\n<p>DOSTONCHILIK MAKTABI &#8211; baxshilik san&#8217;ati markazi. O&#8217;zbek folklorshunosligida Bulung&#8217;ur, Narpay, Qo&#8217;rg&#8217;on, Xorazm, Shahrisabz, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktablaridan tashqari, Qamay, Piskent, Qulbuqon, o&#8217;zbeklaqay va boshqa shunday markazlar ham ma&#8217;lum. Ular repertuarlari, uslubi, ma&#8217;lum ijod tamoyili va ijro usullariga ko&#8217;ra bir-biridan ajralib turadi. Masalan, 19-asrda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanining Qamay qishlog&#8217;i bilan bog&#8217;liq Qamay Dostonchilik maktabi mavjud bo&#8217;lgan. Bu maktab Dehqonobod va G&#8217;uzor tumanlari atrofida yashovchi Abdukarim juyruq (19-asr), Mulla Xolnazar o&#8217;g&#8217;li (1910 yil vafot etgan), Bozor Sherqul o&#8217;g&#8217;li (1887-1953), Hazratqul baxshi Xudoyberdiyev (1920 yil tug\u2019ilgan) kabi 60 ga yaqin baxshilarni birlashtirgan. Ular Shahrisabz dostonchilik maktabi bilan ijodiy hamkorlikda bo&#8217;lgan. Qamay Dostonchilik maktabi vakillari xalq dostonlarining lirik yo&#8217;nalishiga alohida e&#8217;tibor berishgan. Ular poetik shakllar taraqqiyotida Sherobod dostonchilik maktabi vakillariga nisbatan ilgarilab ketganlar. Qamay dostonchilaridan &#8220;Nuralining yoshligi&#8221; (1972, 1977), &#8220;Xonimoy&#8221; (1963) va boshqa dostonlar yozib olingan. Piskent Dostonchilik maktabi Berdi baxshi nomi bilan bog&#8217;liq. Mazkur maktab lirik yo&#8217;nalishga moyil, ba&#8217;zi jihatdan Ergash Jumanbulbul o&#8217;g&#8217;lining ota-bobolari asos solgan qo&#8217;rg&#8217;on dostonchilik maktabi baxshilariga yaqin poetik uslubga ega bulgan. Janubiy Tojikistonda yashovchi o&#8217;zbeklaqay baxshilari Dang&#8217;ara tumanining Jorubko&#8217;l qishlog&#8217;i bilan bog&#8217;liq. Haybat shamol o&#8217;g&#8217;li (19-asr), Tula Haybat o&#8217;g&#8217;li (1884-1966), Mustafoqul Qunduz o&#8217;g&#8217;li (1883-1966), Shomurod shamol o&#8217;g&#8217;li (1883-1964) va boshqalar bu maktabning iste&#8217;dodli vakillaridan hisoblangan. Bu baxshilar repertuarining asosini &#8220;Go&#8217;ro&#8217;g&#8217;li&#8221; dostonlar turkumi tashkil qilgan. Ularning matni nihoyatda qisqa, ixcham. Namangan viloyati Yangiqo&#8217;rg&#8217;on tumani hududida Qo&#8217;lbuqon Dostonchilik maktabi shakllangan. Haydar boycha o&#8217;g&#8217;li, Razzoq qozoq o&#8217;g&#8217;li, Usmon Mamatqul o&#8217;g&#8217;li, bo&#8217;ri baxshi, Mallavoy Hoshimovlardan yozib olingan xalq og&#8217;zaki ijodi namunalari bu maktabga Bulung&#8217;ur dostonchilik maktabi ta&#8217;siri kuchli bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. Ad.: Razzoqov H., Mirzayev T., Sobirov O., Imomov K., O&#8217;zbek xalq og&#8217;zaki poetik ijodi, T., 1980.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOSTONCHILIK MAKTABI &#8211; baxshilik san&#8217;ati markazi. O&#8217;zbek folklorshunosligida Bulung&#8217;ur, Narpay, Qo&#8217;rg&#8217;on, Xorazm, Shahrisabz, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktablaridan tashqari, Qamay, Piskent, Qulbuqon, o&#8217;zbeklaqay va boshqa shunday markazlar ham ma&#8217;lum. Ular &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dostonchilik-maktabi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24618","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24618","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24618"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24618\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24624,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24618\/revisions\/24624"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24618"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24618"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24618"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}