{"id":24654,"date":"2022-04-16T15:14:23","date_gmt":"2022-04-16T12:14:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24654"},"modified":"2022-04-16T15:16:54","modified_gmt":"2022-04-16T12:16:54","slug":"dorivor-osimliklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dorivor-osimliklar\/","title":{"rendered":"DORIVOR O&#8217;SIMLIKLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>DORIVOR O&#8217;SIMLIKLAR \u2013 odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o&#8217;simliklar \u2014 giyohlar. Yer yuzida Dorivor o&#8217;simliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq o&#8217;simlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O&#8217;zbekistonda Dorivor o&#8217;simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o&#8217;saditan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o&#8217;simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo&#8217;llaniladigan dori-darmonlarning qariyib 40-47% o&#8217;simlik xom ashyolaridan olinadi. O&#8217;simliklar murakkab tuzilishiga ega bo&#8217;lgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya bo&#8217;lib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor o&#8217;simliklarning quritilgan o&#8217;ti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, po&#8217;stlog&#8217;i, bargi, guli, g&#8217;unchasi, mevasi (urugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan dori-darmon tarzida foydalaniladi. Dorivor o&#8217;simliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) ta&#8217;sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab \u2014 alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2) farmakologik ko&#8217;rsatkichlariga qarab \u2014 tinchlantiruvchi, og&#8217;riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta&#8217;sir qiluvchi, markaziy nerv sistemasini qo&#8217;zg&#8217;atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor o&#8217;simliklarning ta&#8217;sir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka ta&#8217;sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, bo&#8217;yoq moddalar, fermentlar, fitontsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaxaridlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar bo&#8217;lishi mumkin. Dorivor o&#8217;simliklarning organizmga ta&#8217;siri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bog&#8217;liq. Bu birikmalar o&#8217;simlikning qismlarida turli miqdorda to&#8217;planadi. Dorivor o&#8217;simliklarning ta&#8217;sirchanlik quvvati hamda sifati yuqori bo&#8217;lish davri ularning gullash hamda urug&#8217;lash davrining boshlanishi vaqtiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Dorivor moddalar ba&#8217;zi o&#8217;simliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, ba&#8217;zi o&#8217;simliklarning guli yoki mevasida, ba&#8217;zilarida ildizi yoki po&#8217;stlog&#8217;ida to&#8217;planadi. Shuning uchun o&#8217;simliklarning asosan biologik aktiv moddalari ko&#8217;p bo&#8217;lgan qismi Yi-g&#8217;ib olinadi. O&#8217;simliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, o&#8217;simlik uyquga kirgan davrda \u2014 kech kuzda yoki o&#8217;simlik uyg&#8217;onmasdan oldin \u2014 erta bahorda tayyorlanadi. O&#8217;simlikning meva va urug&#8217;lari pishib etilganda yig&#8217;iladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy bo&#8217;ladi. Yangi yig&#8217;ib olingan dorivor o&#8217;simlik mahsuloti tarkibida (yer ustki a&#8217;zolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam bo&#8217;ladi. Bu nam yo&#8217;qotilmasa (quritish yo&#8217;li bilan), o&#8217;simlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz bo&#8217;lib qoladi. Odamlar qadim zamonlardan tabiat ne&#8217;matlaridan foydalana boshlaganidan buen dorivor o&#8217;tlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3-4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qadimgi Misr mamlakatlarida shifobaxsh o&#8217;simliklar haqida ma&#8217;lumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan O&#8217;rta Osiyo xalq tabobatida Dorivor o&#8217;simliklardan foydalanib davolash o&#8217;zining qadimgi an&#8217;analariga ega. Shifobaxsh o&#8217;simliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning &#8220;Al-qonun&#8221; asarida 476 ga yaqin o&#8217;simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar keltiriladi. Hozirgi vaqtda Dorivor o&#8217;simliklarning turi ko&#8217;payib, xalq tabobati shifobaxsh o&#8217;simliklar bilan boyigan. Dorivor o&#8217;simliklardan ko&#8217;proq, anor, achchiqmiya, bodom, do&#8217;g&#8217;buy, dorivor gulxayri, yong&#8217;oq, jag&#8217;-jag&#8217;, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo&#8217;t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyiko&#8217;t, tog&#8217;rayhon, qizilcha, qoqio&#8217;t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qo&#8217;llaniladigan psoralen, isiriqdan Garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va boshqalar alkaloidlar olinadi. Anor pustidan gijja haydovchi pelterin Tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg&#8217;am ko&#8217;chiruvchi va yumshatuvchi, jag&#8217;-jag&#8217; va lagoxilusdan tayyorlangan dorilari qon ketishini to&#8217;xtatuvchi, pista bujg&#8217;uni va choyo&#8217;tdan tayyorlangan dorilar me&#8217;da-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent farmasevtika zavodida O&#8217;zbekistonda o&#8217;sadigan va ekiladigan Dorivor o&#8217;simliklardan turli-tuman dorilar tayyorlanadi. Dorivor o&#8217;simliklarni topish va ulardan alkoloidlar olishda O&#8217;zbekistan Fanlar Akademiyasi o&#8217;simlik moddalari kimyosi institutining xizmati katta. Institutda 4000 dan ortiq o&#8217;simlikning turli organlari alkoloid olish maqsadida o&#8217;rganilib, ulardan 1000 ga yaqin tabiiy birikmalar ajratib olingan. Shu asosda tsitizin, galantamin kabi 20 dan ortiq qimmatli preparat yaratilgan va tibbiyotga joriy qilingan. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti va Botanika bog&#8217;ining efir moyli, dorivor va bo&#8217;yoqli o&#8217;simliklar lab. ilmiy xodimlari mutaxassislar bilan hamkorlikda O&#8217;rta Osiyo hududida ko&#8217;p tarqalgan yuqumli kasalliklardan eng xavflisi sariq (gepatit)ni davolashda ekologik jihatidan toza, samaradorligi yuqori bo&#8217;lgan Dorivor o&#8217;simliklarlar xom ashyolaridan tayyorlangan &#8220;safro haydovchi Hojimatov yig&#8217;masi&#8221;ni yaratdilar va bu yig&#8217;ma ilmiy tibbiyotda qo&#8217;llashga va ishlab chiqarishga ruxsat etildi (1997). Shuningdek, SamDU Botanika kafedrasida, Toshkent davlat farmasevtika institutida Dorivor o&#8217;simliklarni ekib yetishtirish texnologiyasi o&#8217;rganilmoqda. Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Xorazm Ma&#8217;mun akademiyasida Dorivor o&#8217;simliklar yetishtiradigan maxsus xo&#8217;jaliklar bor. Yovvoyi Dorivor o&#8217;simliklar xom ashyolari asosan &#8220;O&#8217;zfarmsanoat&#8221; respublika davlat-aktsiyadorlik kontserni, matlubot shirkatlari va O&#8217;zbekistan qishloq va suv xo&#8217;jalik vazirligining &#8220;shifobaxsh&#8221; ishlab chiqarish birlashmasi xo&#8217;jaliklari tomonidan tayyorlanadi. Ad.: Xolmatov H.X., Habibov Z. H., Farmakognoziya [Darslik], T., 1967; Nabiev M, shifobaxsh giyoxlar, T., 1980; Hojimatov Q., Olloyorov M. , O&#8217;zbekistonning shifobaxsh usimliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988; Xoliqov K., O&#8217;zbekiston janubidagi dorivor o&#8217;simliklar, T., 1992; Hoji matov Q.H., Yo&#8217;ldoshev K.Y., SHogulomov U.Sh., Hojimatov O.Q., Shifobaxsh giyoxlar dardlarga malham (fitoterapiya), T., 1995; M urdoxaev yu.M. Kultura lekarstvennix rasteniy v Uzbekistane, T., 1988. Qahhor Hojimatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DORIVOR O&#8217;SIMLIKLAR \u2013 odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o&#8217;simliklar \u2014 giyohlar. Yer yuzida Dorivor o&#8217;simliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dorivor-osimliklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24654","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24654","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24654"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24654\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24655,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24654\/revisions\/24655"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24654"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24654"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24654"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}