{"id":24751,"date":"2022-04-16T18:41:48","date_gmt":"2022-04-16T15:41:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24751"},"modified":"2022-04-16T18:41:50","modified_gmt":"2022-04-16T15:41:50","slug":"demokratiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/demokratiya\/","title":{"rendered":"DEMOKRATIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>DEMOKRATIYA (Yunoncha demos \u2014 xalq va &#8230;kratiya) \u2014 fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o&#8217;rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: ko&#8217;pchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning bo&#8217;linishi, davlat boshlig&#8217;i va vakolatli organlarning saylab qo&#8217;yilishi. Demokratiyaning bevosita Demokratiya (asosiy qarorlar yig&#8217;ilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yo&#8217;li bilan qabul qilinadi) va vakillik Demokratiyasi (qarorlar saylab qo&#8217;yiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo bo&#8217;lgandanoq, Demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham o&#8217;zining so&#8217;nggi cho&#8217;qqisiga erishganicha yo&#8217;q. Davlat bilan birga vujudga kelgan Demokratiya insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shart-sharoitlarga moslasha borgan. Har bir davlatda, millatda o&#8217;ziga xos qadriyatlar, mentalitet, an&#8217;analar mavjuddir. Ular jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, binobarin demokratik muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, albatta, hisobga olinadi. Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har narsadan yuqori turadi. Bunday davlat o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish, ko&#8217;ppartiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo&#8217;lishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq Demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya tartibotlari huquqiy davlatda mukam mal rivojlanib boradi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yo&#8217;lida katta qadam qo&#8217;ydi. Demokratik tartibotlarni hayotga olib kiruvchi, demokratik siyosiy tizim tarkibiy tuzilmalarini hamda fuqarolik jamiyati bo&#8217;g&#8217;inlarini vujudga keltiruvchi, inson huquqlari kafolatlari tizimini qaror toptiruvchi qonunlar qabul qilinib, amalda ishlay boshladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEMOKRATIYA (Yunoncha demos \u2014 xalq va &#8230;kratiya) \u2014 fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o&#8217;rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/demokratiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24751","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24751","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24751"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24751\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24757,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24751\/revisions\/24757"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24751"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24751"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24751"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}