{"id":24812,"date":"2022-04-16T19:51:57","date_gmt":"2022-04-16T16:51:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=24812"},"modified":"2022-04-16T19:51:58","modified_gmt":"2022-04-16T16:51:58","slug":"dorbozlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dorbozlik\/","title":{"rendered":"DORBOZLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>DORBOZLIK, dor o&#8217;yin \u2014 baland dor ustida tomosha ko&#8217;rsatish san&#8217;ati, tsirk san&#8217;ati janri. Dor ustida har qanday noturg&#8217;un holatda ham gavda muvozanatini saqlash mahorati namoyish etiladi. Dorbozlik taxminan 2,5 ming yil muqaddam Sharqda paydo bo&#8217;lgan, so&#8217;ng butun dunyoga tarqalgan. Dorbozlik dastlab past qurilgan, mashklari ham sodda bo&#8217;lgan. Davr o&#8217;tishi bilan dor tobora balandroq qurilib, o&#8217;yinlari murakkablasha borgan. Dorbozlik o&#8217;yinlari avval ochiq maydonlarda, 18-asr oxiridan esa tsirk sahnasida namoyish etiladigan bo&#8217;ldi va tsirk san&#8217;atining ajralmas qismiga aylandi, yangi taraqqiyot davrini boshladi. O&#8217;zbekistonda Dorbozlik qadim tarixga ega. Ba&#8217;zi manbalar Amir Temur saroyida ajoyib dor o&#8217;yinlari ko&#8217;rsatilganini tasdiqlaydi. Dorbozlik O&#8217;zbekistonning barcha yirik shaharlarida, ayniqsa Quva, Asakada taraqqiy etgan. O&#8217;tmishda o&#8217;zbek dorbozlari Xitoy, Hindiston, Afg&#8217;oniston, Eron, 18\u2014 19 asrlarda Rossiyada o&#8217;z mahoratlarini namoyish etganlari to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar bor. O&#8217;zbek dorbozlari 25 \u2014 30 metr balandliqdagi ustunlarga qiya qilib tortiladigan arqon ustida langar-cho&#8217;p bilan bo&#8217;ladigan o&#8217;yinlarni: yugurish (olg&#8217;a, orqaga), sakrash, oyoqlarga pichoq yoki patnis bog&#8217;lab, shuningdek, ko&#8217;zni bog&#8217;lab, boshga xalta yoki qozon kiyib yurish, yakka va qo&#8217;sh chig&#8217;iriqda o&#8217;ynash kabi turli-tuman mashqlarni bajargan. Dor o&#8217;yinlari dor tagida raqqoslarning o&#8217;yinlari, qiziqchilar, askiyachilarning chiqishlari hamda an&#8217;anaviy tsirk turlaridan simdor, yog&#8217;ochoyoq, nayrangbozlik,besuyak, muallaqchilik, o&#8217;rgatilgan ayiq, ilon, maymun, ot, echki o&#8217;yinlari b-n birga olib borilgan. 20-asrda o&#8217;zbek Dorbozlik san&#8217;atini yangi mazmunda rivojlantirishda va an&#8217;analarni davom ettirishda Asaka darbozlari sulolasining atoqli namoyandasi Toshkanboy Egamberdiyevning xizmati juda katta, 20-asrning o&#8217;rtalaridan boshlab o&#8217;zbek dorbozlari repertuariga birmuncha o&#8217;zgarishlar kiritildi. Muhofaza vositalaridan foydalanish natijasida dor ustida yangi, murakkab o&#8217;yinlar ijro etila boshladi. Yakka kishi mashqlari bilan bir qatorda 2, 3, 4 kishi ijro etadigan mashqlar ko&#8217;rsatiladigan bo&#8217;ldi. Jumladan, ikki dorbozning bir-birini yelkasida yoki boshida turib dordan o&#8217;tishi, obkashning ikki tomonida o&#8217;tirgan dorbozlarni olib o&#8217;tish, dorda o&#8217;tirgan dorboz ustidan sakrab o&#8217;tish, umbaloq oshish, yelkasi bilan dorga tiralib, oyoqni tepaga cho&#8217;zish, ikki dorboz yelkasiga o&#8217;rnatilgan taxta ko&#8217;prikcha ustida tik turish va hokazolar. Bu kabi murakkab o&#8217;yinlar 1950-70 yillar faoliyat ko&#8217;rsatgan Shokirjon Toshkanboyev, Odamboy Ibrohimov, Usmonjon Nishonboyev, Ergash va Hakimjon Parpiyevlar, Qosim Abdullayev, Jo&#8217;raxo&#8217;ja Norxo&#8217;jayev rahbarligidagi jamoalarda namoyish etilgan. Hozirgi kunda Yunusali G&#8217;oziyev, Noibjon Hakimov, To&#8217;lqin Boltaboev, Ahadjon Murodov, Ahadjon Nabiyev, Anvar Mo&#8217;ydinov rahbarligidagi jamoalar Dorbozlik an&#8217;analarini davom ettirib kelmoqda. Dorbozlik san&#8217;atini rivojlantirish va targ&#8217;ibot qilish maqsadida muntazam ravishda dorbozlar ko&#8217;riktanlovi o&#8217;tkaziladi. Murod, Tohir va Behzod Toshkanboyevlar &#8220;uch kishilik ustun&#8221; o&#8217;yinini namoyish etmoqda. Mustaqillikdan so&#8217;ng o&#8217;zbek dorbozlari o&#8217;z san&#8217;atlarini dunyoning turli mamlakatlarida namoyish etmoqdalar. &#8220;O&#8217;zbekdavlatsirk&#8221; respublika birlashmasining Olimjon, Tohir va Murod Toshkanboyevlar rahbarligidagi &#8220;O&#8217;zbekiston dorbozlari&#8221; jamoalari qadimgi Dorbozlik an&#8217;analarini zamonaviy tsirkning badiiy ifoda vositalari bilan boyitib kelmoqda. Po&#8217;lat Toshkanboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DORBOZLIK, dor o&#8217;yin \u2014 baland dor ustida tomosha ko&#8217;rsatish san&#8217;ati, tsirk san&#8217;ati janri. Dor ustida har qanday noturg&#8217;un holatda ham gavda muvozanatini saqlash mahorati namoyish etiladi. Dorbozlik taxminan 2,5 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/dorbozlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[116],"tags":[],"class_list":["post-24812","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24812","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24812"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24812\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24817,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24812\/revisions\/24817"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24812"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24812"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24812"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}